Научная статья на тему '“O‘TGAN KUNLAR” FILMINING OVOZLI TOMOSHA MONTAJI XUSUSIYATLARI'

“O‘TGAN KUNLAR” FILMINING OVOZLI TOMOSHA MONTAJI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
61
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
tovush / film / musiqaning vazifalari / shovqinlarning vazifalari / ovozli kino / mualliflik musiqasi / xalq musiqasi / o‘zbek kinosi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shoxrat Charievich Amanmuradov

Ushbu maqola "O‘tgan kunlar" (1969) film misolida ovozli-vizual tahrirlash xususiyatlariga bag‘ishlangan. Maqolaning muallifi filmning musiqiy va shovqinli bezagi vazifalarini ko‘rib chiqadi. Musiqa o‘zbek xalq musiqiy merosidan iqtibos qilingan mualliflik va xalq namunaliridan tashkil topgan. Maqolada asosiy qahramonlarning musiqiy tavsifi, shuningdek, xalq cholg‘u musiqasining ekran ortidagi ovozi tahlil qilingan. Maqolaning xulosasida muallif ushbu filmning o‘zbek kinosi taraqqiyoti tarixidagi ahamiyati haqida yozadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“O‘TGAN KUNLAR” FILMINING OVOZLI TOMOSHA MONTAJI XUSUSIYATLARI»

"O'TGAN KUNLAR" FILMINING OVOZLI TOMOSHA MONTAJI

XUSUSIYATLARI

Shoxrat Charievich Amanmuradov shokhrat26@yandex.ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola "O'tgan kunlar" (1969) film misolida ovozli-vizual tahrirlash xususiyatlariga bag'ishlangan. Maqolaning muallifi filmning musiqiy va shovqinli bezagi vazifalarini ko'rib chiqadi. Musiqa o'zbek xalq musiqiy merosidan iqtibos qilingan mualliflik va xalq namunaliridan tashkil topgan. Maqolada asosiy qahramonlarning musiqiy tavsifi, shuningdek, xalq cholg'u musiqasining ekran ortidagi ovozi tahlil qilingan. Maqolaning xulosasida muallif ushbu filmning o'zbek kinosi taraqqiyoti tarixidagi ahamiyati haqida yozadi.

Kalit so'zlar: tovush, film, musiqaning vazifalari, shovqinlarning vazifalari, ovozli kino, mualliflik musiqasi, xalq musiqasi, o'zbek kinosi

FEATURES OF AUDIO-VISUAL EDITING OF THE FILM "BYGONE

DAYS"

Shokhrat Charievich Amanmuradov shokhrat26@yandex.ru Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article is devoted to the features of audio-visual editing on the example of film "Bygone days" (1969). The author of the article reviews the functions of musical and background noise design of the film. Music is subdivided into author's music and folk music, borrowed from the musical heritage of the Uzbek people. The article contains the musical characteristics of the main characters, as well as an analysis of the offscreen sound of folk instrumental music. At the end of the article, the author writes about the significance of this film in the history of the development of Uzbek cinema.

Keywords: sound, film, music functions, noise functions, audio-visual editing, sound film, author's music, folk music, uzbek cinema

O'zbekiston kinematografiyasi o'zbek kinosining rivojlanish tarixiga 1960-yillarning ikkinchi yarmida "she'riy to'lqin" nomi ostida kirib keldi. Bu davr "shunchalik sermahsul bo'ldiki, uning sadolari keyingi davrlar rejissyorlarining ijodiy izlanishlarida o'z aksini topdi" [4, 139].

I icclT^^^^H 386 http://oac.dsmi-qf.uz

Adabiy asar ekranizatsiyasini namoyish etuvchi janr, rejissyor Yo'ldosh A'zamovning "O'tgan kunlar" badiiy filmi 1969 yilda yaratilgan. Uning asosida mashhur o'zbek adibi Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" nomli tarixiy romani yotadi. Bu kinofilmga kompozitor M.Leviyev musiqa bastalagan; ovoz rejissyori -G.Senchilo. A.Qodiriyning romani o'zining yorqin qahramonlari va milliy hayotning serjilo manzaralari bilan film ijodkorlariga 19 asr o'rtalaridagi tarixiy panoramani yaratish uchun katta va qiziqarli material taqdim etgan. Ushbu mavzuni yoritishda musiqa muhim rol o'ynaydi.

Filmga yozilgan musiqa o'zbek kinematografida joriy bo'lgan mazkur soha tajribasini har jihatdan davom ettiradi. Bu yerda "Nasriddin Buxoroda" filmi uchun musiqa qo'llash tajribasiga tayanish seziladi. Xuddi "Nasriddin Buxoroda" filmidagi kabi "O'tgan kunlar"da ham musiqa ikki asosiy "versiya"da namoyish etilgan - bu kompozitor M.Leviyev tomonidan bastalangan mualliflik musiqasi, va an'anaviy o'zbek musiqasi (ham xalq, ham kasbiy musiqa)dir. M.Leviyevning milliy kalitda yaratilgan kompozitorlik musiqasi yorqin koloritga ega. Bu orqali musiqa borasida to'liq uslubiy birlikka erishiladi.

Ayni paytda an'anaviy musiqa film syujetiga juda aniq ergashib, maishiy hayot sharoitlari va tarixiy reallikka to'laqonli mos keladi. Bundan tashqari, an'anaviy musiqa o'z mahalliy uslubiga - A.Qodiriy romanida bayon etilgan va filmda aks ettirilgan voqealar yuz beradigan Farg'ona-Toshkent vohasi xususiyatlariga ham mos keladi.

Filmning boshlanishi va paydo bo'luvchi titrlar orkestr tomonidan ijro etiladigan milliy musiqa jarangi fonida o'tadi. So'ngra bosh qahramonlar - Otabek va Kumushning to'y epizodi keladi, unda shu marosim uchun xos bo'lgan, uchta karnay, ikkita surnay va nog'oradan iborat folklor ansambl ("karnay-surnaychilar ansambli") chaladi. So'ngra kadrda farg'onacha ijro uslubiga ega hofiz va sozandalar ansamblining (tanbur, dutor va h.k.dan iborat) ijrosi boshlanadi. Bunda qizlar -kelinning dugonalari nafaqat Marg'ilon balki umuman Farg'ona vodiysida mashhur bo'lgan to'y qo'shig'i "Yor-yor" kabi kuy-qo'shilari bilan xursandchilik qiladilar. Shu tariqa biz musiqiy-etnografik asosning kuchli ta'sirini ko'ramizki, u film voqealari bilan mutlaqo haqqoniy va tabiiy ravishda bog'lanadi. Va asosiysi, musiqa madaniyatning muayyan mahalliy (farg'onacha) uslubiga aniq mos keladi. Shu kabi aniq musiqiy va musiqiy-tarixiy urf-odatlarga quyidagilar kiradi: Otabek va uning qaynotasi hiyonatda ayblanib, o'lim jazosiga hukm qilingan kadrda katta nog'ora chalayotgan usul; tungi vaqtda doyrada chalinayotgan muayyan usul ovozi (kadrorti jarangi), Toshkentdagi "dorbozlar" tomoshasi vaqtida "karnay-surnay" ansamblining ijrosi (kadrda) va b.

Filmda Otabekning choyxonaga tashrif buyurishi va boshiga kelgan g'am-alamdan qutulish maqsadida mayxo'rlikka berilib, musiqa tinglash epizodi ayniqsa

I îhSi^^Bl ^87 http://oac.dsmi-qf.uz

ajralib turadi. Ushbu lavha A.Qodiriyning romanida ham sezilarli darajada ko'rinadi, sababi unda qahramonning musiqaga bo'lgan alohida munosabati ta'riflanadi, bu yerda musiqa xususidagi teran mushohadalar mavjud. Kadrda yangrayotgan o'zbek mumtoz musiqasi qahramonning qalb kechinmalarini aniq yetkazib beradi va uning sevgilisiga nisbatan sof his-tuyg'ulariga mos keladi.

Qahramonning barqaror tavsifini, uning emotsional holatini yaratish uchun kompozitor tomonidan nihoyatda ifodali kuy bastalangan - ayol ovozi bilan ijro etiluvchi so'zsiz, o'ziga xos vokaliz. Bu kuy milliy mumtoz ijro an'analarida yaratilgan bo'lib, leytmavzu vazifasini bajaradi. U nafaqat qahramon holatini ochib beradi, balki o'zi paydo bo'ladigan barcha epizodlarda dramaturgik harakatni sezilarli darajada kuchaytiradi. Jumladan, u Otabek va qaynotasi aravada olib ketilayotgan lavhada, Otabek va Kumush uchrashuvida, Otabekning Marg'ilondan Toshkentga jo'nab ketish epizodlarida paydo bo'ladi. Va eng so'nggida - Otabekning o'layotgan Kumush bilan vidolashuv lavhasida yangraydi, unda bu yolg'iz ayol ovozi ifodali ramziy ma'no kasb etadi - u yengib bo'lmas to'siqlar sabab halokatga duchor bo'lgan sof muhabbatning fojeali yakunini tasvirlaydi.

Ushbu kuydan tashqari yana bir leytmotiv - bu milliy cholg'u surnay jarangiga taqlid qiluvchi goboyda ijro etiladigan mayus xarakterdagi ifodali cholg'u kuyidir. Mazkur tembrli effekt, alohida vaziyatlarda boshqa cholg'ular bilan to'ldirilib, qayg'u va g'amning nihoyatda ifodali obrazini yaratadi. U Kumush Toshkentga kelgach, Otabek bilan uchrashuv sahnasini psixologik jihatdan kuchaytiradi. Bu yerda yakkanavoz cholg'u jo'rsoz arfa fonida yangraydi.

Shuningdek, filmda mavjud bo'lgan yana bir nechta muvaffaqiyatli musiqiy tavsifnomalarni alohida ta'kidlash mumkin - bular ommaviy sahnalarning musiqiy tavsifi - bu Toshkentning oddiy aholisini tunash va bosqinchilik qilish sahnasi - u motamsaro xor xonishi fonida kechadi. Otabek qaynotasi uyidan quvilib, Marg'ilondan Toshkentga jo'nab ketgan lavhalarda eshitiladigan g'ijjak milliy cholg'usi ijrosidagi solo ifodali yangraydi. Filmda tabiat ovozlarining muvaffaqiyatli "qayd qilingani" kuzatiladi - bu Otabekning Toshkentdan Marg'ilonga safar qilish chog'idagi, va ko'm-ko'k o'simliklarga boy tog'oldi tumanlari bo'ylab ortga qaytishidagi qushlarning sayrashi; Otabekning hovlisidagi qumrilar ovozi mustaqil oila hayotining an'anaviy obraz manzarasini yaratadi.

Shunday qilib, "O'tgan kunlar" filmining musiqiy bezagi o'zbek kinematografining bu vaqtga kelib joriy bo'lgan eng sara an'analarida uyushtirilgan. Ularning eng asosiysi - bu ekranda aks ettirilgan tarixiy reallikni aniq tasvirlash, qo'shilgan musiqaning film qahramonlarining emotsional kechinmalariga aniq mos kelishi, musiqaning u yoki bu turi badiiy-estetik va funksional jihatdan milliy tasavvurlarga mos kelishidir. Filmda kompozitorning o'zi yaratgan musiqaga

388

http://oac.dsmi-qf.uz

ehtiyotkorlik bilan, puxta o'ylab munosabatda bo'lishi, uning milliy an'analarga va rejissyoming dramaturgik g'oyasiga to'liq moslashishga intilishi seziladi.

Mazkur filmning ovozli tomosha montaji o'zbek kinematografining eng sara yutuqlaridan bo'lib, kinematografik ijodning ushbu sohasida puxta o'ylangan va teran tafakkur etilgan konseptual yondashuv namunasi bo'lib xizmat qilishi mumkin.

"Prezidentimizning tashabbuslariga ko'ra, 1969 yilda rejissyor Yo'ldosh A'zamov tomonidan yaratilgan "O'tgan kunlar" filmining to'liq versiyasi negativ plyonkadan qayta tiklanib, raqamli formatga o'tkazildi va 2019 yil 7 dekabr kuni O'zbekistonga taqdim etildi.

O'zbekiston Respublikasi hukumatining ko'magi bilan, 2019 yil 29 dekabr kuni "O'zbekkino" va 10 ta milliy telekanal "O'tgan kunlar" filmining to'liq versiyasini namoyishi bo'lib o'tdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abul-Kasimova X., Teshabayev D., Mirzamuxamedova M. Kino Uzbekistana. Tashkent: Izdatelstvo literaturi i iskusstva im. Gafura Gulyama, 1985. -286 c.

2. Abul-Kasimova X. Osnovi kinoiskusstva. Tashkent., 2007. - 120 c.

3. Annotirovanniy katalog xudojestvennogo kino Uzbekistana (1925 - 2008). [Kollektiv avtorov]. /Otvetstvenniy redaktor Xaytmatova S.A. Tashkent: Izdatelstvo jurnala «San'at», 2009. - 242 c.

4. Karimova N. Igrovoy kinematograf Uzbekistana. Tashkent: Izdatelstvo jurnala «San'at» , 2016. - 216 c.

5. Yanov-Yanovskaya N.S. Muzika uzbekskogo kino. Tashkent: Izdatelstvo «Fan» Uzbekskoy SSR, 1969. - 174 c.

389

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.