Научная статья на тему 'O’RTA TA’LIM MAKTABIDA INFORMATIKANI O’RGATISH METODIKASI'

O’RTA TA’LIM MAKTABIDA INFORMATIKANI O’RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
globallashuv / texnologiya tizim / metod / mutahassis / samaradorlik / AKT / imkoniyat / kelajak.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ahmedov Dilshodbek Mominjon Ogli

O'zbekistonda umumiy ta'lim tizimida informatika fanini o'qitish va o'rganish yigirma yildan ortiq tarixga ega. Kompyuter fanining nazariy fanidan boshlab, endi bizda informatika fanining ba'zi asosiy elementlari bo'lgan ko'plab fanlarni o'rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish kombinatsiyasi mavjud. Maqolada AKTni umumiy ta'limga joriy etish maqsadlari va yondashuvlari muhokama qilinadi, ITni o'qitish va o'qitish jarayonida rivojlanishi kerak bo'lgan kompetentsiyalar va qadriyatlar muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’RTA TA’LIM MAKTABIDA INFORMATIKANI O’RGATISH METODIKASI»

O'RTA TA'LIM MAKTABIDA INFORMATIKANI O'RGATISH

METODIKASI

Ahmedov Dilshodbek Mo'minjon o'g'li

Andijon viloyati 16-maktab informatika fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11185194

Annotatsiya. O'zbekistonda umumiy ta'lim tizimida informatika fanini o'qitish va o'rganish yigirma yildan ortiq tarixga ega. Kompyuter fanining nazariy fanidan boshlab, endi bizda informatika fanining ba'zi asosiy elementlari bo'lgan ko'plab fanlarni o'rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish kombinatsiyasi mavjud. Maqolada AKTni umumiy ta'limga joriy etish maqsadlari va yondashuvlari muhokama qilinadi, ITni o'qitish va o'qitish jarayonida rivojlanishi kerak bo'lgan kompetentsiyalar va qadriyatlar muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: globallashuv, texnologiya tizim, metod, mutahassis, samaradorlik, AKT, imkoniyat, kelajak.

Аннотация. Преподавание информатики в системе общего образования Узбекистана и исследование имеет историю более двадцати лет. Из теоретической информатики с тех пор у нас теперь есть многие базовые элементы информатики. от информационных и коммуникационных технологий (ИКТ) в образовательных науках есть комбинация вариантов использования. B статье обсуждаются цели и подходы, преподавание и изучение ИТ Компетенции и ценности, которые следует развивать в ходе обсуждения.

Ключевые слова: глобализация, технология, система, метод, эксперт, эффективность, ИКТ, возможности, будущее.

Abstract. In Uzbekistan, teaching and studying informatics in the general education system has more than twenty years of history. Starting from the theoretical subject of computer science, we now have a combination of the use of information and communication technologies (ICT) in the study of many subjects with some basic elements of computer science. The article discusses the goals and approaches to the introduction of ICT in general education, discusses the competencies and values that need to be developed in the process of teaching and learning IT.

Keywords: globalization, technology, system, method, expert, efficiency, ICT, opportunity, future.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.10.2020 yildagi "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni IT sohasi bilan rivojlantirish va integratsiyalashuvi chora - tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi. Mazkur farmonga muvofiq, respublika viloyatlarida (shaharlarida) mavjud umumiy ta'lim maktablari negizida bosqichma-bosqich informatika va axborot texnologiyalarini chuqur o'rganadigan ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. O'quvchilar, o'qituvchilar singari, o'quv jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo'llashning afzalliklarini tushunishlari kerak: AKT yutuqlari ba'zi fanlarni o'qitishda ko'rsatilgan. Ushbu qoidalarni amalga oshirayotganda, asosiy faoliyat turlaridan biri umumta'lim maktablarida, ya'ni 5-10-sinflarda AKT imkoniyatlarini jadal rivojlantirishdir.

Muhokama va natijalar. Bugungi kunda o'quvchining mustaqil o'zlashtirishi, bilim olishi va idrok etishi uchun sharoit yaratmasdan turib, ko'zlangan maqsadga erishish, o'qitish muammolarini hal etish mumkin emas. Zamonaviy o'qituvchining vazifasi maktab o'quvchilariga bilim berish emas, balki motivatsiya yaratish va o'zini o'zi tarbiyalash uchun ko'nikmalar to'plamini shakllantirishdir. Albatta, o'qituvchi y

ordamisiz o'quvchiga hech qanday mahorat kelmaydi. Bu o'qituvchining shaxsiy shakllanishiga va uning rivojlanishiga olib keladi. Ta'limning interfaol usullari o'qituvchiga o'quvchilarni dars bilan qiziqtirishga, ularni faol ishtirok etishga, natijalarga erishishga va jamoaviy ishlashga undashga yordam beradi. Barchamizga ma'lumki, XXI asr - globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o'tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo'lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o'tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o'zini mas'ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.

O'zbekistonda umumiy ta'lim tizimida informatika fanini o'qitish va o'rganish yigirma yildan ortiq tarixga ega. Kompyuter fanining nazariy fanidan boshlab, endi bizda informatika fanining ba'zi asosiy elementlari bo'lgan ko'plab 293 fanlarni o'rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish kombinatsiyasi mavjud. Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug'risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va umumta'lim maktablari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 5 qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg'or yutuqlarini e'tiborga olib akademik litsey va umumta'lim maktablarda har tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llaganda o'quvchi eshitish, ko'rish, ko'rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ta'lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma'lum bir shart - sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir. Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to 'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir. Mamlakatimizda axborotkommunikasiya texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta'lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e'tibor qaratilgan edi. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan "Zamonaviy axborotkommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari"ga oid qaror va "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonunda, belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo'llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun mohiyatini takomillashtirish, ta'limni zamonaviy o'quvchilar darajasida tashkil etish, ta'lim muassasalarida ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko'zda tutilgan. Shu

sababli, bugungi kunda ta'lim muassalarida faoliyat yuritayotgan "Informatika" fani o'qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:

- talabalarning mustaqil bilim olish, o'rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o'rni va ahamiyatini oshirish;

- mashg'ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o'tkazish;

- o'quvchilarning faolligini oshirish, o'zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan metod va shakllarni qo'llash;

- ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.

Yuqorida sanab o'tilgan vazifalardan ko'rinib turibdiki, ta'lim muassasalari o'quvchilarini mustaqil bilim olishiga yo'naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o'rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O'quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborotkommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta'lim jarayonini tashkil qilish ta'lim samaradorligigi ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kun talabi ta'limni sifat o'zgarishlariga olib keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o'rganishdagi yondashuvlar (metodlar) ham o'zgarmoqda. Ta'limda yangi bilimlarni amalda qo'llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan yangi ta'lim yaratilishiga olib kelmoqda. Respublikamizda ta'lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va isloh qilish davlat ahamiyatidagi eng ustivor vazifalar qatoriga kiradi. O'quvchi o'zlashtirgan bilimini amaliyotda qo'llay bilishi uchun uni o'z vaqtida mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o'rganishda qo'llash bilishi va olingan bilimlarni tizimlashtirish ta'lim samaradorligini ta'minlashga olib keladi. O'quvchining bilish faoliyati deganda: - o'rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to'plash; - to'plangan axborotlarni qayta ishlash; - o'rganilgan axborotlarni (ma'lumotlarni) qo'llash kabi uchta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi. Informatika o'quv predmetining asosiy vazifasi o'quvchilarni zamonaviy informatikaning ba'zi bir umumiy g'oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tadbig'ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat.

Shunday ekan, "Informatika" fanini o'qitish samaradorligini oshirish o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish hamda o'tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o'qitish mazmuniga mos dasturiy ta'minotini ishlab chiqish, ularni o'quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e'tiborga olgan holda "Informatika" fanini o'qitishda o'yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o'rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur. Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya'ni rebus va boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o'qituvchi darsni maqsadli tashkil qilishni rejalashtiradi, ya'ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi. Rebus, krossvordlar o'yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. "Rebus" so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, "So'zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash" ma'nosini anglatadi. Bu - biror so'z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir. Rebus - keng tarqalgan va eng mashxur o'yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she'r qismlarini, biror iborani yoki so'zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo'llanilgan. Eng birinchi rebuslar to'plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi

rebuslar "Illyustrasiya" jurnalida 1845 yili chop etilgan. Rebus — bu atamalarni ko'ngil ko'taruvchi xarakterda shifrlashdir.

"Informatika" fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin: Rebus, Tushuncha, Ta'rif. Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o'stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy qiziqish uyg'otadi. O'yin davomida o'quvchilar ma'lum qiyinchiliklarni yengadilar, o'z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar. Ko'pchilikka ma'lum va ommabop bo'lgan krossvord o'yini talabalarda qiziqish uyg'otishi tabiiydir. Krossvord ko'rinishidagi so'rov shakli o'quvchilar uchun har doim qiziqarli va o'ziga tortadigan metoddir. Ushbu o'yinga o'quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o'zlari ham informatikaning turli mavzulari bo'yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo'lishi bilan birga, faqatgina bilimdon o'quvchilarnigina emas, balki past o'zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o'quv fanlaridan past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ko'pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq o'quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar sodda bo'lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.

Maktablarga, shuningdek boshqa ta'lim muassasalari, kutubxonalar va uy xo'jaliklariga kompyuter va kompyuter texnologiyalarining tez kirib borishi oldindan tayyorlangan o'quv dasturlari va ta'lim standartlarini qayta ko'rib chiqishga majbur qilmoqda. Xalqaro va milliy tadqiqotlarga ko'ra, ko'plab maktab yoshidagi bolalar ko'p vaqtlarini kompyuterda o'tkazadilar. O'qitish va o'qitishning sifat jihatdan yangi bosqichini shakllantirish uchun AKTni ta'limning barcha mumkin bo'lgan bosqichlariga kiritish imkonini beradigan tegishli choralarni ko'rish zarur. YuNESKO tomonidan taklif qilingan maktablarda AKT rivojlanishining qiyosiy tadqiqoti shuni ko'rsatadiki, o'zbek maktablari qo'llaniladigan va amalga oshirilgan yondashuvlar o'rtasida o'tish bosqichida. Birinchisi, AKTning o'qishga qo'shgan hissasi haqida yangi tushuncha ishlab chiqqan maktablar bilan bog'liq. Diffuzion yondashuv bir qator kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan maktablar bilan bog'liq, o'qituvchilar AKT shaxsiy mahsuldorligini o'zgartirishning yangi usullarini kashf qilmoqdalar, o'quv dasturlari real hayotda qo'llaniladigan dasturlarni aks ettirish uchun fan sohalarini birlashtira boshlaydi. Biz ma'lum bir maqsadga erishish uchun AKT vositalaridan qanday va qachon foydalanish kerakligini tushunish bosqichiga o'tmoqchimiz. Bu bosqich AKTni rivojlantirishga yondashuvlarni kiritish va o'zgartirish bilan bog'liq. IT -o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqilgandan so'ng, bu maktab hayotining o'quv modelini shakllantirishda yanada foydali bo'ladi va yaxlit umumiy ta'limga o'tishga hissa qo'shishi kutilmoqda. O'zbekiston umumiy ta'lim maktablarida AKTni joriy etish strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan biri - boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarni AKTdan foydalanishga o'rgatishdir. Bu vazifa barcha ta'limni takomillashtirish va modernizatsiya qilishda tabiiy va muhim ahamiyat kasb etadi. Vazifa yanada oshadi: AKT o'quv jarayoniga chuqurroq kirib, ta'lim mazmunining ajralmas qismiga aylanishi kerak. Internet va mobil aloqadan foydalanish kundalik vositaga aylandi.

Xulosa. O'quvchilarning zamonaviy ta'lim va o'z-o'zini tarbiyalash ehtiyojlarini qondirishi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. O'qituvchilar nimadan va qanday foydalanishni maslahat berishlari, o'quvchilarning qiziqishlari va ijtimoiy ehtiyojlari bilan o'zaro bog'liq bo'lishi uchun bolalarning axborot ko'nikmalarini rivojlantirishlari va ko'p qirrali o'qishga mos materiallarni topa olishlariga intilish kerak. YuNESKO tavsiyanomalarida qayd etilganidek, maktabda AKT kursining mazmuni juda muhim rol o'ynaydi. Agar o'tgan asrning asosiy

vakolatlari o'qish, yozish va arifmetikaning kombinatsiyasi sifatida qaralsa, bizning davrimiz asosiy va kerakli narsani izlashga majbur qiladi. Axborot texnologiyalari kursi uchta asosiy qismdan iborat: axborot olish, matnni qayta ishlash va raqamli ma'lumotlar bilan ishlash. Bu uchta savol hamma joyda va hamma uchun dolzarbdir. Shu sababli, maktab o'quvchilari uchun majburiy bo'lgan informatika kursining asosiy qismini aynan shu narsalar tashkil qilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.10.2020 yildagi "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va IT sohasi bilan integratsiyasi chora -tadbirlari to'g'risida" qarori.

2. Rustamov Kh.Sh., Khayriyev F.N. E-learning methodologeis and features // Problems of Science. No. 9 (57), 2020. P. 69-72

3. Ахмедов, Б. А. (2021). Задачи обеспечения надежности кластерных систем в непрерывной образовательной среде. Eurasian Education Science and Innovation Journal, 1(22), 15-19.

4. Ахмедов, Б. А. (2021). Динамическая идентификация надежности корпоративных вычислительных кластерных систем. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 495-499.

5. Ахмедов, Б. А. (2020). О развитии навыков интерактивных онлайн-курсов в дистанционных условиях современного общества (модель-программа для преподавателей образовательных учреждений). Universum: тех. науки, 12-1 (81).

6. Akhmedov, B. A. (2021). Cluster methods for the development of thinking of students of informatics. Academy, 3(66), 13-14.

7. Akhmedov, B. A. (2021). Innovative cluster model for improving the quality of education. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 528534.

8. Akhmedov, B. A. (2021). Information technologies in Cluster systems: a competence approach. Universum: технические науки, 4 (85

9. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. Eurasian Education Science And Innovation Journal, 3(10), 97-100.

10. Akhmedov, B. A. (2021). Development of network shell for organization of processes of safe communication of data in pedagogical institutions. Scientific progress, 1(3), 113-117.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.