Научная статья на тему 'O’RTA OSIYO HUDUDIDAGI QADIMIY TASVIRLAR. SHARQ XALQLARINING MADANIY BADIIY KOMPOZITSION VA ESTETIK QARASHLARI'

O’RTA OSIYO HUDUDIDAGI QADIMIY TASVIRLAR. SHARQ XALQLARINING MADANIY BADIIY KOMPOZITSION VA ESTETIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zaraut / G’arbiy / Xo’jakent / rel’ef / kolorit / Varaxsha / Sharq / miniatyura / kompozitsiya / ritm / san’at / garmoniya. / Zaraut / West / Khojakent / relief / color / Varakhsha / East / miniature / composition / rhythm / art / harmony.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldashev, I.

Maqolada Bugungi kunda O’rta Osiyo jahonning eng qadimiy madaniy markazlaridan bo’lgani isbotlanmoqda. Tadqiqotlar tufayli amalga oshirilmoqda. O’rta Osiyo xalqlarining barcha me’yoriy obidalari, zebi-ziynatlari, ularning badiiy qimmati va ilmiyligi xususida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANCIENT IMAGES IN CENTRAL ASIA. CULTURAL ARTISTIC COMPOSITION AND AESTHETIC VIEWS OF EASTERN PEOPLE

The article today proves that Central Asia is one of the oldest cultural centers in the world. This is done through research. All famous monuments, ornaments of the peoples of Central Asia, their artistic value and science are discussed.

Текст научной работы на тему «O’RTA OSIYO HUDUDIDAGI QADIMIY TASVIRLAR. SHARQ XALQLARINING MADANIY BADIIY KOMPOZITSION VA ESTETIK QARASHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'RTA OSIYO HUDUDIDAGI QADIMIY TASVIRLAR. SHARQ XALQLARINING MADANIY BADIIY KOMPOZITSION VA ESTETIK

QARASHLARI

I.Yuldashev

FarDU Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada Bugungi kunda O'rta Osiyo jahonning eng qadimiy madaniy markazlaridan bo'lgani isbotlanmoqda. Tadqiqotlar tufayli amalga oshirilmoqda. O'rta Osiyo xalqlarining barcha me'yoriy obidalari, zebi-ziynatlari, ularning badiiy qimmati va ilmiyligi xususida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Zaraut, G'arbiy, Xo'jakent, rel'ef, kolorit, Varaxsha, Sharq, miniatyura, kompozitsiya, ritm, san 'at, garmoniya.

АННОТАЦИЯ

В статье сегодня доказано, что Центральная Азия является одним из древнейших культурных центров мира. Это делается благодаря исследованиям. Обсуждаются все известные памятники, орнаменты народов Средней Азии, их художественная ценность и наука.

Ключевые слова: Зараут, Запад, Ходжакент, рельеф, цвет, Варахша, Восток, миниатюра, композиция, ритм, искусство, гармония.

ABSTRACT

The article today proves that Central Asia is one of the oldest cultural centers in the world. This is done through research. All famous monuments, ornaments of the peoples of Central Asia, their artistic value and science are discussed.

Key words: Zaraut, West, Khojakent, relief, color, Varakhsha, East, miniature, composition, rhythm, art, harmony.

KIRISH

O'rta Osiyoda tasviriy san'at juda ham qadimiy bo'lib, uning sarchashmalari ibtidoiy jamoa davrida, tosh asridan boshlanadi. Turli ranglar vositasida toshga bitilgan juda ko'p tasvirlar respublikamiz janubida, Ko'hitang tog'idagi zarautsoydan topilgan. Bu joyni san'atshunoslar katta san'at koshonasiga qiyos qiladilar. Zaraut (so'g'diycha Zaraud-tog' oralig'ining o't-o'langa va suvga mo'l joyi) kamaridagi yovvoyi xo'kizlar ovi tasviri diqqatga sazovordir: ovchilar hayvon terisidan yopinchiq yopinib, tuyaqush ko'rinishidagi ho'kizga yaqinlashmoqda va unga boltacha, tosh nayza yoki kamon bilan hamla qilmoqdalar. Tasvir chekishda rassom o'z niyatini ifodalash uchun tog' sirtidagi bo'rtoq o'rinlardan ham foydalangan va biroz o'yib yoki rang bilan ularga shakl bergan. Tog' darzlaridan handaqni tasvirlash

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

uchun foydalanganlar: bu yerga hayvonlarni haydab kelib qulatish tasviri chekilgan. Zarautsoyda yana boshqa turli hayvonlar, har xil asbob-anjomlar, qurollar, hamda quyosh tasvirini ko'ramiz.

Ibtidoiy davrga doir tog' tasvirlari obidalari yana Samarqand yaqinidagi Ilonsoy va Oqsoydan, Toshkent yaqinidagi Xo'jakentdan, Farg'onadagi Suvratsoy va boshqa joylardan topilgan. Toshlarga o'yib ishlangan tasviriy san'at obidalari o'sha davr odamlari hayoti, mashg'uloti va dunyo qarashining ifodasi desa bo'ladi.

Tasvir, naqsh, hattotlik, zargarlik ajdodlarimizning juda ham qadimiy hunarlari bo'lgan. Yuksak did va badiiy nafosat bilan ishlangan ro'zg'or buyumlari, chiroyli xusnixatlar bilan ko'chirilgan bezakli va suratli kitoblar, qit'alar har bir xonadonda qadimdan e'zozlanib kelingan.

Qadimiy ko'chk, saroy hamda chortoqlar tasvirli va naqshin bo'lgan. Bularning barchasi arxeologik topilmalar va san'atshunoslarimiz tadqiqotlari tufayli ma'lum bo'lmoqda. O'zbekistonning boy tarixi, madaniyati o'rganila boshlandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda O'rta Osiyo jahonning eng qadimiy madaniy markazlaridan bo'lgani isbotlanmoqda. Ammo bu ish katta qiyinchiliklar va mashaqqatli tadqiqotlar tufayli amalga oshirilmoqda. Chunki O'rta Osiyo xalqlarining barcha me'yoriy obidalari, zebi-ziynatlari, ularning badiiy nafis ko'chirilgan kitoblari, muttasil chet el bosqinchilari tomonidan talon-taroj qilib kelindi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha: "... yunonistonlik fotih Iskandar O'rta Osiyo xalqlarining ilmu-fan xazinalarini o'z mamlakatiga olib ketdi. Iskandar va uning vorislari tomonidan "hayot vositasi bo'lgan va faxr qilinadigan go'zal san'atlar barbod etilgan edi. Iskandar ko'plab kitoblarni kuydirgan, ajoyib binolarni vayron qilgan".1

1965 yili O'zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya va Madaniyat minstrligi Hamza nomidagi san'atshunoslik institutlari xodimlari tomonidan Afrosiyobda so'g'diylarning yettinchi asrga oid devoriy rasmlari kashf etildi. Qal'a devorlari birida birmuncha saqlanib qolgan suratlar topildi. Janubiy devorda serhasham liboslardagi kishilarning fil, tuya va otlarda ketayotgan tasviri bor. Karvon oldida oq fil. Undagi taxti ravonda malika. Oq fil ortidan otlarda uch ayol bormoqda. Ulardan keyin tuyalarda ikki kishi. Bulardan o'tda to'rt qush tasviri. Qushlar ortida saman otliq shahzoda, otliqlar. G'arbiy devordagi suratlar mazkur sahnani birmuncha to'ldiradi. Devorning boshqa bir bo'lagida gilam ustida o'tirgan bir guruh odamlar suhbati tasviri. Ulardan birining qo'ltig'ida kitob.

1 Abu Rayhon Beruniy.Tanlangan asarlar. 1 jild. Toshkent. "Fan" nashriyoti, 1968, 83-bet.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Boshqasining choponi etagida esa so'g'diycha yozuv bo'lib, unda Chag'oniyon shohining Samarqand shohiga yuborgan elchisi haqida gap boradi. Ana shu yozuvga asoslanib, arxeolog L.I.Al'baum janubiy devorda Chag'oniyon podshohining elchilari, shohning o'zi saman otda tasvirlangan va oldidagi malika ekanligini aniqlaydi. Elchilar Samarqand shohiga tortiq eltishmoqda. Hadyalar orasida ajoyib qushlar, qimmatbaho buyumlar bor. G'arbiy devorda yana Samarqand shohiga hadyalarni topshirish sahnasi tasvirlangan. Chag'oniyon elchisi shohga tortiq bilan birga o'z shohi maktubini ham topshirmoqda. Mazkur tasvirlar an'ana va qadim asosga ega. Ular oddiy tabaqaning maishiy turmushini aks ettirgan.

Termiz yaqinidan, Tuproqqal'a ibodatxonasidan topilgan eramizning birinchi va uchinchi asrlariga doir tasviriy san'at namunalari: changchi qiz, uzum va shaftoli terayotgan ayol tasviri O'zbekiston xududida o'ziga xos tasviriy-badiiy markazlar bo'lganidan dalolat beradi.

1908 yili Samarqandning Biyanayman qishlog'idan topilgan sopol va chinni idishlardagi tasvirlar ham diqqatga sazovordir. Ularning birida ark, peshtoqida islimiy naqshlar, uning ustunlari yonida tojdor odamlar, qilichlarida ilon surati, ba'zilarining qo'lida manqal. Bu tasvirlarda o'sha davr devoriy suratlari aks ettirilgan. Xolchayon tepaligidan topilgan qal'a saroyi devoriy tasvirlari orasida dutorchi qiz, changchi ayol, suvoriylar tasvirlangan. Tasvirdagilar asosan kushonlar podshosi oilasiga mansubdir. Markazda taxt, shoh va malika ularning oila a'zolari tasvirlangan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Urushdan keyingi yillar Buxorodan topilgan yettinchi-sakkizinchi asrlarga doir buxorxudotlar saroyi Varaxsha tasviriy san'ati topilmalari ham katta ilmiy va estetik qimmatga ega. Varaxsha tasvirlarining to'la kompozitsiyasini tiklash imkoni bo'lmasa ham ularning muayyan mazmundagi sahnalardan tashkil topganini kuzatish mumkin. Tasvirlar naqshin namoyonlar bilan ajratilgan. Daraxtlar tepasida qizlar qiyofasidagi qushlar. Ovchilar oldidagi kiyiklar, alqorlar chopib ketishmoqda. Umuman rasmlarda odamlar, hayvonlar hamda afsonaviy shoxdor maxluqlar va turli o'simliklar tasvirini kuzatish mumkin. Ba'zi tasvirlar tekis, ba'zilari bo'rtoq yoki haykallar tarzida g'oyat jonli qilib ishlangan.

Varaxsha koshonalarining birida podshohning qabul marosimi tasvirlangan. Kompozitsiya markazida shohning besh-olti metrli surati, u taxtda o'tiribdi. Taxt suyanchiqlari qanotli tuyalar tasviri bilan bezatilgan. Taxtning ikki tomonida serhasham kiyimlardagi aslzodalar. Ularning qo'llarida turli idishlar. Taxt yonida yonayotgan qurbonlik tasviri.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Samarqand yaqinidagi qadimiy Panjikentning arxeologlar kashf etgan oltmishdan ortiq xonasida tasviriy san'at obidalari topilgan. Ularda muqaddas olovga qurbonlik keltirish, jang, bazm, janoza, ov, olishuv, to'y marosimi, navro'z, hovuzda cho'milish, shuningdek so'g'diylarning xo'jalik va ma'naviy hayoti sahnalari chekilgan. Mazkur marosimlarning ko'pchiligida xotin-qizlarning ham ishtirok etganligi diqqatga sazovordir. Tuproqqal'aning qadimiy tasvirlari bilan Panjikentning ilk o'rta asrga doir tasvirlari katta estetik qimmatga ega. Tuproqqal'a tasvirlari soddaligi, ranglarning erkin va jozibali chekilgani, tabiiy chiqqan kompozitsiyalari bilan ajralib tursa, Panjikentning ilk o'rta asr odamlari tasvirida ba'zi detallar aniqlik bilan ishlangan bo'lsa ham ko'proq shartlilik mavjud. Ba'zi tasvirlarda qo'shni Sharq xalqlariga xos ifoda belgilarining mavjudligi o'sha davr xalqlar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarning mustahkamligidan nishonadir.

Panjikentda VI-VIII asrlarga oid sakkiz metrlik devor panelida afsonaviy hayvonlarning ganj va yog'ochdan ishlangan bo'rtoq tasvirlari bor. Ayniqsa, bu yerdan topilgan yog'och haykal diqqatga sozovordir. Ular hashamdor kiyimdagi raqqosalar haykali bo'lib kiyimlari va taqinchoqlarigacha nozik did bilan ishlangan. Bunday haykallar O'rta Osiyoning boshqa joylaridan ham topilgan. Yog'och o'ymakorligi va haykaltaroshligining arablar istilosidan oldin, qadimdan davom etib kelganligini yozma manbalar ham tasdiqlaydi. Masalan, muarrix Tabariy Samarqandda Qutaybanning ko'plab yog'och haykallarini gulxanlarga tashlatgani haqida hikoya qiladi. Narshaxiy esa Buxoroda yiliga ikki bor shunday haykallar sotiladigan maxsus bozor tashkil etilgani haqida yozadi.1

O'zbek xalqining VIII asrgacha, ya'ni arablar istilosidan ilgari ham o'ziga xos tasviriy san'at an'analari bo'lganligi haqida yozma yodgorliklarda ham qaydlar uchraydi. Bir Xitoy salnomasida Kushoniya (hozirgi Kattaqo'rg'on) shahri binolaridan biri haqida quyidagilar yozilgan: "Shaharning Sharqiy tomonida bir-ikki qavatli imorat bor. Uning shimoliy devoriga o'rtalig' davlat hukmdorlari, Sharqiy devorida turk hoqonlari va hind hukmdorlari, g'arbiy devorida fors va rum hokimlarining rangli tasviri chekilgan edi. Akademik V.V.Bartol'd bu taxlitdagi tasvirlar, ya'ni bir bino ichida Rim, Eron, O'rta Osiyo va Hind hukmdorlari suratlari bo'lishini So'g'diyona davlatidan boshqa biror joyda topish qiyin ekanligini aytadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. N.Abdullaev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007 y.

2. Sh.Shoyoqubov. Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi. T.-2006 y.

1 Narshahiy Muhammad. Istoriya Buhari. Tashkent, 1897, str 30-31.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. A.Axmedov. O'zbekiston tarixi manbaalari.-Toshkent.-2001 y.

4. "San'at" O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2010 y.

5. A.Egamberdiev, S.Saidov, R.Rajabov. Tasviriy va me'morlik san'ati tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 2007 y.

6. "San'at" O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2000 y.

7. V.Oripov, V.Jabborov, O'zbekiston san'ati va me'morchiligi. Toshkent-1994 y.

8. V.Oripov, T.Axmadaliev, Namangan me'morchilik san'ati. Namangan-1999 y.

9. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent-2002 y.

10. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Toshkent-1992 y.

11. Клавиксо Руи Гонсалес. Дневник путешествия ко двору Темура в Самарканде в 1403-1406 гг. М.,-1990.

12. Курбонова, Б. М., & Юлдашев, И. Т. (2015). К вопросам развития композиционного мышления студентов в процессе обучения изобразительному искусству. Молодой ученый, (7), 803-805.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.