Научная статья на тему 'O`RTА АSRLАRDА SURXONDАRYO VOHАSIDА MАQBАRАLАR ME’MORCHILIGI'

O`RTА АSRLАRDА SURXONDАRYO VOHАSIDА MАQBАRАLАR ME’MORCHILIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O`rta asr / maqbara / maqbara-turbat —qabr ustiga qurilgan maxsus bino / Oq Ostona bobo maqbarasi. / Middle age / mausoleum / mausoleum-turbat -a special building built on the grave / mausoleum of Grandfather Ak Astana.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdiraxmonova Maxfuza Nodir Qizi, Isroilov Asadbek Islomovich

Maqolada surxondaryo viloyatining o`rta asrlardagi shahrsozligi va me’morchiligi,o`rta asrlarga tegishli hududning arxeologik obyektlari haqida so`z yuritilgan. Maqabaralar tasnifi, xususan Oq Ostona bobo maqbarasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARCHITECTURE OF TOMBS IN THE SURKHANDARYA OASIS IN THE MIDDLE AGES

The article talks about the medieval urbanism and architecture of the Surkhandarya region, and the archaeological objects of the region belonging to the Middle Ages. Classification of mausoleums, in particular information about the mausoleum of Ak Astana Baba.

Текст научной работы на тему «O`RTА АSRLАRDА SURXONDАRYO VOHАSIDА MАQBАRАLАR ME’MORCHILIGI»

Open access journal

www.in-academy.uz

ARCHITECTURE OF TOMBS IN THE SURKHANDARYA OASIS IN THE MIDDLE AGES Abdirakhmonova Makhfuza Nadir's daughter

Assistant of Termiz Institute of Engineering and Technology Israilov Asadbek Islamovich

Termiz Institute of Engineering and Technology Architecture (by types) III stage student

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 29th May 2024 Accepted: 05th June 2024 Online: 06th June 2024

KEY WORDS Middle age, mausoleum, mausoleum-turbat - a special building built on the grave, mausoleum of Grandfather Ak Astana.

The article talks about the medieval urbanism and architecture of the Surkhandarya region, and the archaeological objects of the region belonging to the Middle Ages. Classification of mausoleums, in particular information about the mausoleum of Ak Astana Baba.

ORTA ASRLARDA SURXONDARYO VOHASIDA MAQBARALAR

ME'MORCHILIGI

Abdiraxmonova Maxfuza Nodir qizi

Termiz Muhandislik-Texnologiya instituti asisstenti Isroilov Asadbek Islomovich

Termiz Muhandislik-Texnologiya instituti Arxitektura (turlari bo'yicha) III bosqich talabasi

ARTICLE INFO

Received: 29th May 2024 Accepted: 05th June 2024 Online: 06th June 2024

KEY WORDS O^rta asr, maqbara, maqbara-turbat — qabr ustiga qurilgan maxsus bino, Oq Ostona bobo maqbarasi.

ABSTRACT

Ma qolada surxondaryo viloyatining o^rta asrlardagi shahrsozligi va me'morchiligi,o^rta asrlarga tegishli hududning arxeologik obyektlari haqida so^z yuritilgan. Maqabaralar tasnifi, xususan Oq Ostona bobo maqbarasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Markaziy Osiyoda maqbara qurilishiga qadimdan katta e'tibor berilgan. Maqbaralar, asosan islom dini o'rnatilgandan so'ng yirik din, fan arboblari, podshohlar uchun qurilgan. O'rta asrlarda qurilgan maqbaralarning aksariyati bir xonadan tashkil topgan. Keyinchalik maqbaralar ikki, uch va undan ortiq xonalarni (ziyoratxona, go'rxona, kirish xonasi) o'z ichiga olgan. Shuningdek, davr o'tishi bilan maqbaralar yoniga yana boshqa shaxsga tegishli maqbaralar, qo'shimcha xonalar qo'shilib, katta majmualarga aylantirilgan. Maqbara, turbat — qabr ustiga qurilgan maxsus bino. Oddiy turi chorsi xonadan iborat, unga peshtoqli eshik

Open access journal

www.in-academy.uz

orqali kirish mumkin. Ba'zan xonaning to'rt tomoni ravoqli chordara shaklida bo'lgan. Maqbara - qabr ustiga qurilgan memorial bino - mavzoley. Ba'zan uni marqad, turbat deb ham atashadi. Musulmon dinida dastlab qabr ustiga biror tosh qo'yish, imorat qurish umuman man etilgan. Lekin IX asrdan boshlab maqbaralar qurilgani ma'lum. Movarounnahrda ham IX asrning oxiridan boshlab maqbaralar qurish odatga kira boshlaganini G.A. Pugachenkova, P.Zohidov, M.Q. Ahmedov, L.Yu. Mankovskaya kabi qator olimlar o'z tadqiqotlarida bayon etganlar.

Markaziy Osiyo maqbaralariga xos me'moriy - rejaviy xususiyatlarni umumlashgan holda quyidagicha belgilash mumkin:

1. Bir xonali maqbaralar, ularning tarhi kvadrat shaklida bo'lib, hajmi kubsimon, gumbazli, ko'rinishidan to'rt tomoni bir xil.

2. Bir xonali maqbaralar, ularning chortoq (to'rt tomonida toq - ravoqli bo'lgan to'rtburchak xona) ko'rinishidan to'rt tomoni bir xilda qurilmagan, gumbazli - peshtoqli.

3. Ko'p xonali maqbaralar, ularning tarhi to'g'ri to'rtburchak bo'lib, gumbazli - peshtoqli.

4. Maqbara bir gumbazli, qo'sh gumbazli va gumbazlarning turlari: balxi, charxi, dumaloq, konussimon, kulohiy shakllardan iborat.

5. Maqbara bezaklarida, oddiy g'ishtin, rang-barang o'ymakor va sirkor bezaklardan, kufiy yozuvlardan keng foydalanilgan bo'lib, betakror me'morlikni shakllantirgan.

Gumbazli zal bilan birga ko'p gumbazli kompozitsiyalar ham shakllangan. Bu ustunlar ustidagi gumbazli zallar va devor bo'ylab yoki hovli atrofi bo'ylab bir yoki bir necha qatorda gumbazli galereyalar. Ular boshlang'ich nuqtasi bilan bir xil yechimlarga ega, ammo ko'paytirilgan shaklda. Bu, aftidan, butun o'rta asrlar me'morchiligida qabul qilingan panjara ustida reja tuzish g'oyasini keltirib chiqardi. Ularning ustiga gumbazlar yotqizilgan va o'qlarning kesishgan joylarida ustunlar belgilangan. Bir tirgakda to'rtta gumbaz, to'rtta ustun - to'qqizta gumbaz va hokazo.

O'rta asrlarda Surxondaryo viloyatida quyidagi maqbaralar bunyod bo'lgan: Sariosiyo tumani Telpakchinor qishlog'ida joylashgan Oq Ostona bobo maqbarasi, Angor tumanida joylashgan Xo'ja Ro'shnoyi maqbarasi, Sherobod tumanida joylashgan Atoulla Sayid Vaqqos maqbarasi, Termiz shahrida joylashagan Al Hakim at-Termiziy hamda Zulkifl maqbarasi, Sulton Saodat majmuasidagi maqbaralar, Sherobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziy maqbarasi.

Oq Ostona bobo maqbarasi Sariosiyo tumani Telpakchinor qishlog'ida joylashgan. Maqbara qubbali, dunyo tomonlariga monand to'rtburchak shaklida X asr oxiri - XI asr boshida bunyod etilgan. Maqbara markazga intilma tuzilishga ega, reja bo'yicha chorsi shaklda, har bir tomoni dunyoning to'rtala tomoniga qaratib qurilgan . Guldasta minorachalar bilan himoyalangan, uning kubsimon tanasi uzra uchli qubba savlat to'kib turibdi. Gumbazning pastki qismiga shakldor g'isht terilib, poydevor ko'rinishini olgan. Ichki devorlarda o'n ikki qirrali uchli va chuqur mehroblar saf tortgan. Yon devorlarga g'ishtlar juft-juft qilib terilib, endor tik choklar hosil bo'lgan. Tarhdagi o'lchamlar, ichki - 5,65x5,80 m, tashqi kontur - 9x8,7 m. Maqbara XV asrda bir qator o'zgarishlarga uchragan, janubiy-sharqiy devor ko'chirilgan, boshqa jabhalarning pastki qismlari katta g'ishtlardan qilingan qo'shimcha devor bilan mustahkamlangan, sharqiy qismdan tashqari burchaklardagi qasr minoralari o'rnatilgan. XIX asr oxirida yurchilik usta Xudoyberdi yodgorlikning yarim qismi

Open access journal

www.in-academy.uz

o'pirilgan gumbazini qayta tiklagan, binoning sharq tomonidan qo'shimcha kirish yo'lagi barpo etgan.

Maqbaraning nomlanishi Oq so'zi gumbaz ko'rinishiga binoan qo'llangan bo'lishi mumkin. Ostona so'zi esa shaxs nomi emas, albatta. Lug'atlarda "ostona" so'zining asl ma'nosi "bo'sag'a" tarzida izohlansa, ikkinchidan uning majoziy ma'nosi ham berilgan, "bir kishining huzuri", "ziyoratgoh". Bas, shunday ekan, "ostona bobo" aslida "ostonai bobo" boboning ziyoratgohi ma'nosida bo'lib, bu yerda "bobo" deb unda hoki yotgan kishi nazarda tutiladi. Shunday ekan, "Ostonai bobo" azizu avliyolar ziyoratgohi ma'nosida ishlatilib, u talaffuzda Ostona bobo shaklini olib, bir shaxs nomiga o'xshab qolgan. Har qanday boshqacha talqin asliyatdan uzoq bo'lib, tarixiy haqiqatga mos kelmaydi.

Maqbaraning g'arbiy devori tashqarisida 2 ta tamg'asimon g'ishtin bezaklar mavjud bo'lib, ular yetti burchakli yulduzlar shakliga ega. Har ikkala bezakning markazida o'rama (spiral) shaklli o'simlik tasvirlangan. Ularning gardishiga esa 7 ta to'lqinsimon nurli aylana -Quyosh ramzi ishlangan bo'lib, ular ham atrofidan 7 qirrali yulduz bilan o'ralgan. Chap tomondagi yulduzsimon bezak atroflari yana 7 ta to'lqinsimon barglar bilan o'rab chiqilgan . Oq Ostona bobo maqbarasidagi ikki murakkab kompozitsiyadagi devoriy bezakning badiiy, astrologik va falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinishi natijasida bu ikkala kompozitsiya bitta g'oyaga xizmat qilgani aniqlangan.

Umuman olganda, o'rta asrlarda Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishi natijasida, maqbaralar me'morligi paydo bo'ldi. Maqbaralar ma'lum bir shaxslarga atab barpo etilgan. Surxondaryoda maqbaralar asosan bir gumbazli bo'lib, boshqa hududlardan farqli ravishda binoning bezaklari kamligi, Abu Iso at-Termiziy va Al-Hakim at-Termiziy maqbaralari tipologiyasida masjid va xonaqoh kompleks tarzda jipslangan.

References:

1. AôgupaxMOHOBa M., Eo6oMypogoBa M. ^AMOAT MAPKA3^APMHMHr EYrYHrM KYH^ArM 3AMOHABMM ^OMM^A-TAK^MO^APM //Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot. - 2022. - T. 1. - №. 24. - C. 309-313.

2. Abdiraxmonova M. KOKILDOR OTA XONAQOHI //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. - 2022. - T. 1. - №. 7. - C. 334-336.

«

Open access journal

www.in-academy.uz

3. Абдирахмонова М. ТУРИЗМ ИНФРОСТРУКТУРАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ХОНАКЩЛАРНИНГ УРНИ //Eurasian Journal of Academic Research. - 2022. - Т. 2. - №. 13. - С. 1532-1535.

4. Masson V.M. Drevnyaya Baktriya. Izdatelstvo "Nauka" Leningradskoe otdelenie, 1974. a. Pugachenkova G.A., Rtveladze E.V. Severnaya Baktriya - Toxaristan. T.: 1990.

5. Staviskiy B.Ya. Kushanskaya Baktriya: problemi istori i kulturi. M.: 1977.

6. Askarov А.А. Eng qadimiy shahar. T.: Ma'naviyat, 2001

7. Rtveladze E.V. Materiali Toxaristanskoy ekspeditsi. Arxeologicheskie issledovaniya Kampirtepa. T.: 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.