Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'RIK O'SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBINI O'RGANISH
Amirova Toyiraxon Sheraliyevna
Farg'ona davlat universiteti kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD)
Karabayeva Ra'no Botirovna Farg'ona davlat universiteti kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) Rasulova Ma'muraxon Obidjon qizi Farg'ona davlat universiteti kimyo kafedrasi o'qituvchisi
Abbosova Dinora Zokirjon qizi Farg'ona davlat universiteti kimyo kafedrasi o'qituvchisi Mirzabdullaeva Dilbar Qudratjon qizi Farg'ona davlat unversiteti magistranti
Ushbu maqolada o'rik o'simligi bargi tarkibidagi quyimolekulyar bioregulyatorlarni sifat tahlili natijalari keltirilgan. Olib borilgan tajribalar natijasida olingan ekstrakt tarkibida, taninlar, flavonoidlar , terpenoidlar , glikozidlar va kumarinlar mavjudligi aniqlangan.
Kalit so'zlar: o'rik, sifat tahlili, ekstrakt, tanin , flavonoid, terpenoid, glikozid, kumarin.
В данной статье представлены результаты качественного анализа низкомолекулярных биорегуляторов, содержащихся в листьях растения абрикоса.В результате опытов установлено, что экстракт содержит дубильные вещества, флавоноиды, терпеноиды, гликозиды и кумарины.
Ключевые слова: абрикос, качественный анализ, экстракт, дубильные вещества, флавоноид, терпеноид, гликозид, кумарин.
This article describes the results of the quality analysis of the lower molecular bioregulators contained in the leaves of the apricot plant. As a result of the experiments, it was determined that the extract contains tannins, flavonoids, terpenoids, glycosides and coumarins.
Keywords: apricot, quality analysis, extract, tannin, flavonoid, terpenoid, glycoside, coumarin.
Shimoliy Hindiston, Eron, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Shimoliy va Janubiy Afrika, Shimoliy Amerika mamlakatlari va Avstraliya, Markaziy Osiyo, Kavkazorti
630
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
hamda Rossiyaning Yevropa qismi janubida yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda va Xitoyda 5 ming yil, Janubiy Yevropada 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 500 dan ortiq navi bor. O'zbekistonda, asosan, oddiy o'rik turi ekiladi. Bo'yi 5-8 m, shoxshabbasi keng. Bargi keng tuxumsimon, guli oq yoki pushti, barg yozishdan oldin ochiladi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg'ish; danagidan ajraladigan va ajralmaydigan xillari bor, shirin, shirinnordon[1-5]. Tarkibida 14-16% qand, 0,6-1,2% olma, limon va boshqalar kislotalar, 28-31% quruq modda, C, PP vitamini, 0,38-1,27% pektin, 10 mg gacha karotin, danagi mag'zi shirin (ayrim navlariniki achchiq), tarkibida 29-58% yog' bor. Yangiligida yeyiladi, turshak, bargak solinadi, konserva (murabbo, jem, kompot), qaysa qilinadi. Danagidan danaksho'rak tayyorlanadi, xalq tabobatida mevasi va turshagidan yurakqon tomir tizimi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. O'rik yaxshi asal beruvchi daraxt, danagidan va payvand qilib ko'paytiriladi. Payvandtag sifatida yovvoyi O'rik, olcha, bodom va shaftolidan foydalaniladi. Hosildorligi 80-120 s/ga. Ekilganidan so'ng 4-5 yili hosil beradi, 15-17 yoshda to'liq hosilga kiradi. O'zbekistonda mart-aprelda gullaydi, naviga qarab may-iyulda pishadi. O'rik issiqsevar, yorug'sevar, qurg'oqchilik va issiqlikka chidamli, lekin namlik yetishmaganda hosilli vdoxlari meva tugmaydi. Gullagan paytda bahorgi qorasovuqlardan zararlanadi. Ko'chati kuzda va bahorda 6x8, ihota daraxti sifatida 4x6 m sxemada ekiladi. O'rikka vazasimon yoki pog'onasimon shakl beriladi, bahorda bir yillik novdalarining 1/3, 2/3 qismi kesib turiladi. O'rik unumdor, serquyosh, bo'z hamda shag'altoshli sug'oriladigan yerlarda yaxshi o'sadi. O'zbekistondagi o'rikzorlarning asosiy qismi Farg'ona vodiysi va Zarafshon vohasida joylashgan, Markaziy Osiyoda o'rikning 500 dan ortiq navlari va klonlari uchraydi. 20-asrning 30-yillaridan boshlab 40 dan ortiq xalq va ilmiy selektsiya navlari rayonlashtirilgan. O'zbekistonda O'rikning Ahroriy, Subhoniy, Gulungi luchchak, Mirsanjali, Ko'rsodiq, Xurmoi, Isfarak, Javpazak, Oq o'rik, Navoiy, Shalax, Ruhi Juvanon, Mohtobi va boshqalar ko'plab navlari ekiladi[6-10].
TAJRIBA QISMI
O'rik barglari ekstraktini tayyorlash. O'rik barglari Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Log'on qishlog'i atrodidan yig'ib olingan. O'simlik barglari soyada havoda quritilgan va alohida laboratoriya tegirmonida maydalangan. Maydalangan 100 gramm o'simlik xona haroratida 24 soat davomida ultratovish ta'sirida 1 litr 80% suvli etanolda ekstraksiya qilindi. Ekstraktsiyadan so'ng ekstrakt fltrlab olindi,
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
so'ngra filtrat rotor bug'latgichda pasaytirilgan bosim ostida konsentrlandi. Xom ekstraktlar massasi tortib olindi va ishlatilgunga qadar sovitkichda saqlanadi.
Ekstraktda taninlar, glikozidlar, flavonoidlar, saponinlar, kumarinlar, antraxinonlar, triterpenlar va flobataninlar mavjudligini aniqlash uchun sifat reaktsiylari o'tkazildi [11-13].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Quyi molekulyar bioregulyatorlarga sifat reaktsiyalari yoradmida amalga oshirilgan fitokimyoviy skrining natijasida o'rik barglari ekstraktida glikozidlar, taninlar, flavonoidlar, kumarinlar va triterpenlar mavjudligi aniqlandi(1-Jadval).
1-Jadval. O'rik bargi ekstraktining fitokimyoviy tarkibi.
№ Fotokilyoviy komponentlar O'rik barglari
1 Taninlar + +
2 Flavonoidlar + +
3 Terpenoidlar +
4 Glikozidlar +
5 Kumarinlar +
6 Antraxinonlar
7 Saponinlar
8 Flobataninlar
O'rik barglaridagi tanin bilan sifat tahlili turli reanentlar bilan amalga oshirildi. Turli reagentlar bilan o'zaro ta'sirlashganda taninlarning sifat reaktsiyalari natijalari 2-jadvalda keltirilgan.
2-Jadval.O'rik bargi suvli ekstraktlarida taninlarga xos sifat
reaktsiyalar natijalar.
№ Reaktiv Reaktsiya natijasi Reaksiyaga kirishuvchi birikma
1 Jelatinani 1% li eritmasi Mo'l miqdorda reaktiv qo'shilganda yo'qoladigan loyqa Taninlar
2 Temir-ammoniy achiqtoshi eritmasi qora-yashil rang kondensirlangan taninlar
3 Formaldegidni xlorid Cho'kma kondensirlangan
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
kislota bilan eritmasi taninlar
4 10% sirka kislotasi va qo'rg'oshin atsetat o'rtatuzining 10% eritmalari Loyqalanish gidrolizlanadigan taninlar
5 Natriy nitrat va 0,1 n xlorid kislota eritmasi qo'ng'ir rang gidrolizlanadigan taninlar
Tahlillar shuni ko'rsatdiki, jelatinning 1% eritmasi bilan o'zaro ta'sirlashganda, loyqa paydo bo'lib, reaktivning ortiqcha miqdoridan yo'qoladi; temir-ammoniy achiqtoshi eritmasi bilan - qora-yashil rang (kondensirlangan taninlar) va cho'kma; xlorid kislota va 40% formaldegid eritmasi aralashmasi qo'shilib qaynatilgandan so'ng cho'kma hosil bo'ladi (kondensirlangan taninlar); 10% sirka kislotasi eritmasi va qo'rg'oshin atsetat o'rta tuzining 10% eritmasi qo'shilganda, ozgina loyqak hosil bo'ladi (gidrolizlanadigan taninlar); ekstraktga natriy nitrat bilan 0,1 n xlorid kislota eritmasi qo'shilganda-qo'ng'ir rang hosil bo'ladi[14-18].
Flavonoidlarning sifat reaksiyalari natijalari 3-jadvalda keltirilgan. O'tkazilgan sifat reaksiyalar asosida o'rik barglarida flavonlar, flavonollar, 5-gidroksiflavonollar, 5-gidroksiflavonlar, kalkonlar, auronalar, katexinlar mavjudligi haqida taxmin qilindi [20-21].
3-Jadval.O'rik bargi suvli ekstraktlarida flavonoidlarga xos sifat
reaktsiyalar natijalari.
№ Reaktiv Reaktsiya natijasi Reaksiyaga kirishuvchi birikma
1 Sianidin rektsiyasi Och-pushti rang Flavonollar Flavanol-3-glikozidlar
2 Xlorid kislota Qizil rang Xalkonlar,auronlar, katexinlar,antosianidinlar
3 Vilson reaktivi Sariq rang, sariq-yashil rangli fluoressensiya 5-gidroksiflavonlar, 5-gidroksiflavonollar
4 10% li ammiak eritmasi Limon-sariq rangli fluoressensiya C3 va C5 holatda ikki oksiguruhga ega flavonoidlar
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
5 5% li aluyminiy xlorid eritmasi qo'ng'ir rang gidrolizlanadigan taninlar
6 1% temir(III) xlorid eritmasi Qizil-qo'ngir rang Flavonollar
7 Qo'rg'oshin atsetat Sariq-jigar rang cho'kma Halqada erkin ortogidroksil guruhga ega flavonlar xalkonlar va auronlar
8 Vanilining sulfat kislotadagi 1% li eritmasi Malina-qizil rang Katexinlar, floroglyutsin va rezortsin hosilalari
Kumarinlar uchun sifatli reaksiyalar natijasida ekstrakt 10% li kaliy gidroksid bilan o'zaro ta'sirlashganda va suv hammomida 5 daqiqa qizdirilganda (lakton sinovi) eritma sarg'ayishi, yangi tayyorlangan Kutachek bo'yicha Pauli diazoreaktivi qo'shilishi natijasida, eritma olcha-qizil rangga ega bo'lishi, o'rik barglarida kumarinlar mavjudligini ko'rsatdi(4-jadval).
4-Jadval.O'rik bargi suvli ekstraktlarida kumarinlarga xos sifat
reaktsiyalar natijalari.
№ Reaktiv Reaktsiya natijasi
1 Lakton sinovi (10% li kaliy gidroksid eritmasi va qizdirish) Sariq rang
2 Azoqo'shilish reaktsiyasi (Kutachek bo'yicha Pauli diazoreaktivi) Olcha-qizil rang
XULOSA
O'rik barglaridan olingan ekstraktlarning sifat reaksiyalari natijalari shuni ko'rsatadiki, o'rganilayotgan ekstraktning fenol birikmalarm majmuasi asosan kondensirlangan taninlar, flavonlar, flavonollar, 5-gidroksiflavonollar, 5-gidroksiflavonlar, kalkonlar, aronlar, katexinlar, kumarinlardan iborat. Olingan ma'lumotlar o'rik barglarini biologik faol moddalar manbai sifatida, shu jumladan ekstraktlarni olish uchun, terapevtik va profilaktik maqsadlarda foydalanish uchun qiziqish uyg'otadi [23-24].
REFERENCES
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBrik
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
2. Саминов, Х. Н. У., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. М. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ФИТОХИМИЧЕСКИХ КОМПОНЕНТОВ PÚNICA
УЗБЕКИСТАНЕ. Universum: химия и биология, (1-1 (79)), 57-60.
3. Карабаева, Р. Б., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. М. (2020). ОПРЕДЕЛЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ ЛИПИДОВ И КИСЛОТ В МАСЛЕ ЯДЕР КОСТОЧЕК ДВУХ ОБРАЗЦОВ PRUNUS PERSICA VAR. NECTARINA. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 51-55.
4. Карабаева, Р. Б., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. М. (2020). Определение содержания химических элементов и аминокислот в Prunus persica var. Nectarina. Universum: химия и биология, (9 (75)), 15-18.
5. Карабаева, Р. Б., Ханабатова, М. Т. К., & Абдуллаева, М. К. (2022). Определение жирнокислотного состава масла ядер семян Prunus dulcis var. amara.Universum: химия и биология, (6-2 (96)), 30-32.
6. Карабаева, Р. Б., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. М. (2020). Компонентный состав эфирного масла Prunus persica var. nectarina, произрастающего в Узбекистане. Химия растительного сырья, (4), 165-170.
7. Ибрагимов, А. А., Аббасова, Д. З., & Назаров, О. М. (2020). Определение содержания химических элементов в Ephedra equisetina bunge с использованием нейтронно-активационного анализа. Universum: химия и биология, (8-1 (74)), 36-
8. Назаров, О. М., & Амирова, Т. Ш. (2022). ОПРЕДЕЛЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ МАКРО-И МИКРОЭЛЕМЕНТОВ В РАЗЛИЧНЫХ ВИДАХ КОЖИ МЕТОДОМ МАСС-СПЕКТРОМЕТРИИ С ИНДУКТИВНО-СВЯЗАННОЙ ПЛАЗМОЙ. Главный редактор, 18.
9. Аббосова, Д. З. (2022). EFEDRA (EPHÉDRA EQUISETÍNA BUNGE) O 'SIMLIKLARDAN XALQ TABOBATIDA DORIVOR SIFATIDA QO 'LANILISHI. Журнал химии товаров и народной медицины, 1(3), 94-106.
10. Amirova, T. S. H., Ibragimov, А. А., Nazarov O.M. Annals of R.S.C.B., ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 3, 2021, Pages. 7089 - 7093
11. Саминов, Х. Н. О., Ибрагимов, А. А., & Назаров, О. М. (2022). Изучение антиоксидантной активности масла семян púnica granatum l. сорта «каюм» и композиции на основе подсолнечного и хлопкового масел. Universum: химия и биология, (10-1 (100)), 53-56.
GRANÁTUMСОРТА
КАЮМ
ПРОИЗРАСТАЮЩЕЙ
В
39.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
12. Абдуллаев, Ш. В., Maмaткyловa, С. А., & Назаров, О. M. (2019). Компонентный состав экстрактов Raphanus sativus L. произрастающего в Узбекистане. Universum: химия и биология, (8 (62)), 29-31.
13. Назаров, О. M., & Дyсaлиевa, С. Ш. К. (2022). mMro^^^^ СОСТАВ ЭФИРНОГО MАСЛА ЛИСТЬЕВ RUBUS IDAEUS L. Universum: химия и биология, (5-2 (95)), 34-36.
14. Ибрагимов, А. А., Xолмaтовa, M. А., & Назаров, О. M. (2020). ОПРЕДЕЛЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ XИMИЧЕСКИX ЭЛЕMЕHТОВ В ОБРАЗЦАX ЖЁДА С ИСПОЛЬЗОВАHИЕM НЕЙТРОННО-АКТИВАЦИОННОГО АНАЛИЗА. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 9598.
15. Саминов, X. Н. У., & Назаров, О. M. (2022). АНОР УСИMЛИГИHИHГ ДАЛК ТАБОБАТИДА ТУРЛИ КАСАЛЛИКЛАРНИ ДАВОЛАШДА КУЛЛАНИЛИШИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 180-182.
16. X.H.Сaминов, А.А.Ибрагимов, Назаров О.M. Определение содержания химических элементов Púnica granátum сорта"Каюм". Fa^U. ILMIY XABARLAR.2022. №1, Б.78-81.
17. X.N.Abdikunduzov, A.A.Ibragimov, I.J.Jalolov, E.R.Akbarov,O.M.Nazarov.Uzum (Vitis vinifera) о^ш^ pinot noir navining bargi tarkibidagi flavonoidlarni sifat va miqdor tarkibini aniqlash FarDU. ILMIY XABARLAR.2022. №1, Б.65-69.
18. D.Z.Abbasova, A.A.Ibragimov, O.M.Nazarov Ephédra equisetína Bunge o'simligidan ajгatib olingan efedrin alkaloidi. FarDU. ILMIY XABARLAR.2022. №3, Б.86-90.
19. Назаров, О. M., & Амирова, Т. Ш. (2022). ОПРЕДЕЛЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ MАКРО-И MИКРОЭЛЕMЕHТОВ В РАЗЛИЧНЫЕ ВИДАX КОЖИ MЕТОДОM MАСС-СПЕКТРОMЕТРИИ С ИНДУКТИВНО-СВЯЗАННОЙ ПЛАЗMОИ. Главный редактор, 18.
20. Амирова, Т. Ш. (2022, June). Xимический состав шелковых и шерстяных тканей. In Conference Zone (pp. 79-80).
21. Ибрагимов, А. А., Амирова, Т. Ш., & Иброхимов, А. (2020). СЕРТИФИКАЦИЯ И КЛАССИФИКАЦИЯ ТКАНЕЙ НА ОСНОВЕ Ж БИОЛОГИЧЕСКИ СВОЙСТВ И XИMИЧЕСКОГО СОСТАВА. Univereum: химия и биология, (10-1 (76)), 10-13.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
22. Амирова, Т. Ш. (2022, April). ХИМИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА ТКАНЕЙ ИЗ НАТУРАЛЬНОГО ШЁЛКА. In Conference Zone (pp. 137-138).
23. Ибрагимов, А. А., Амирова, Т. Ш., & Иброхимов, А. А. (2021). ХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ МАРГИЛАНСКОГО ШЁЛКА. Deutsche Internationale Zeitschrift für zeitgenössische Wissenschaft, (14), 12-15.
24. Ibragimov, A. A., Amirova, T. S., & Ibrokhimov, A. A. (2020). Certification and classification of tissues based on their biological properties and chemical composition. Universum: Chemistry and biology: Sci. Jorn, (10 (76)), 10.