Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA WEB SAHIFALARDAN FOYDALANISH'

O‘QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA WEB SAHIFALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

43
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektr / rezistor / maxanika / interaktiv o„qitish jarayoni / muammoli vaziyat / konsturuktor / electrical / resistor / mechanics / interactive teaching process / problem situation / constructor

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Adizjon Alijonovich Isroilov

Maqolada o„quvchilarning tadqiqotchilik ko„nikmalarini shakllantirishda phet.colorado.edu va boshqa web sahifalardan foydalanish keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents the use of phet.colorado.edu and other web pages in the formation of students' research skills

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA WEB SAHIFALARDAN FOYDALANISH»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

O'QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA WEB SAHIFALARDAN FOYDALANISH

Maqolada o'quvchilarning tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishda phet.colorado.edu va boshqa web sahifalardan foydalanish keltirilgan.

Kalit so'zlar: elektr, rezistor, maxanika, interaktiv o'qitish jarayoni, muammoli vaziyat, konsturuktor

The article presents the use of phet.colorado.edu and other web pages in the formation of students' research skills.

Keywords: electrical, resistor, mechanics, interactive teaching process, problem situation, constructor

Mamlakatimizdagi shiddatli o'zgarishlar talim tizimini rivojlantirish uchun jahon miqyosida keng yo'l ochib bermoqda, zamonaviy informatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi, global telekommunikatsion texnologiyalarning takomillashib borishi elektron talim muhitida o'quvchilarning talimga bo'lgan yondashuvini kreativligini va tadqiqotchilikka aloqadorligini talab etmoqda. Bugungi kunda umumiy o'rta talim muassasasi pedagoglarini muhim kasbiy vazifalaridan biri zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Sanoatning, xususan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi inson resurslarining kreativ qobiliyatlardan foydalanishiga bog'liq. Shu bilan birga, kreativ tadqiqotchi odamlarni shakllantirish talim tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Kreativlik, tadqiqotchilik har qanday faoliyatda shaxsning yangi, original g'oyalarni yaratish qobiliyatini anglatadi. Shu bilan birga, kreativlikni rivojlantirish jarayoni turli faoliyat sohalariga xosdir. [6] O'quvchilarning tadqiqotchilik

Adizjon Alijonovich Isroilov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qtuvchisi isroilov. adiz@gmail. com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

ko'nikmalarini rivojantirish - bu bolalarni zamonaviy yuqori

March, 2023

texnologiyali turmush tarziga tayyorlashning ajoyib usuli hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'quvchilarning tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishda yurtimiz va MDH mamlakatlarida K.T. Suyarov , M.A Kuchkarov ,I.Sh Egamberganov va boshqalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilyapti. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi olimlari I.N.Golitsyna, N.L.Plotnikova, B.E.Starichenkolar mobil texnologiyalarni istiqbolli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qatoriga kiritadilar. Shuningdek, M.Y.Novikov, I.I.Roganova, va boshqa pedagoglar o'zlarining pedagogik amaliyotlarida mobil ilovalar va ularning xizmatlaridan foydalanishgan

MUHOKAMA

Fizikadan STEM ta'limini olib borishda juda ko'plab web saxifalardan foydalanish mumkin ulardan bir nechasini quyada avzalliklari va kamchiliklari bilan keltiramiz. So'nggi yillarda fizika bo'yicha virtual laboratoriyalar sezilarli darajada o'zgardi. Buni o'quv yoki ilmiy laboratoriyada ishlash bilan taqqoslab bo'lmaydi, ko'pincha haqiqiy tajribalar o'tkazish uchun imkoniyatlar va shart sharoitlar yertarli emas hisoblanadi. Ayni shu joyda bizga virtual laboratoriyalar yordamga keladi. Ushbu maqolada laboratoriya daslarini Phet.colorado.edu va Algodoo texnologiyalari yordamida o'qitish texnologiyasining ijodiy fikrlash qobiliyatiga ta'sirini tahlil qildindi.

phet.colorado.edu

PhET qiziqarli, bepul, interaktiv, tadqiqotga asoslangan fizika,kimyo, biologiya va matematika simulyatsiyalarini taqdim etadi. Ta'lim samaradorligini ta'minlash uchun har bir simulyatsiyani keng qamrovli sinovdan o'tkaziladi va baholanadi. Simulyatsiyalar HTML5 da yozilgan (Java yoki Flash-da ba'zi eski simulyatsiyalar bilan) va ularni onlayn ishga tushirish yoki kompyuterga yuklab olish mumkin. Bir nechta homiylar PhET loyihasini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa ushbu resurslarni barcha talabalar va o'qituvchilar uchun bepul bo'lishiga imkon beradi.Usbu web sahifa juda ko'plab fizik jarayonlarni o'z ichiga

March, 2023

265

qamrab oladi. Har bir jarayon tabiiy analogi bilan aniq mos kelganligi tufayli bajarilgan virtual laboratoriya ishlari aniq tabiiy jarayondagi kabi natija beradi. Ushbu web saxifa ingliz tilida bo'lsada google tarjimonning web versiyasini o'rnatgan hoda tajriba ishlari bilan o'zbek tilida tanishishingiz mumkin. Ijodiy fikrlash qobiliyatlari shakllantirishda shuning bilan birga qiyin fizik tushunchalarini va jarayonlarni tushunishda Phet juda muhimdir .Phet yordamida laboratoriya ishlarini tashkil qilishda quyidagi QR kod orqali kirib o'zingizga kerakli laboratoriya

Algodoo (www.algodoo.com) bu fizika 2D simulyatsiyalari uchun raqamli dasturdir. Bu talabalarga va o'qituvchilar osongina fizik jarayonlarni 2D animatsiyalarini yaratish imkonini beradi.Fizikani mexanika va optika bo'limlaridagi fizik jarayonlar animatsiyasini yaratishda ushbu dastut juda muhim hisoblanadi. Foydalanuvchilarga qulay bo'lgan interfeys ingliz tilida bo'lganligi tufayli biroz murakkabliklar tug'dirishi mumkin lekin lug'at yordamida bu muammo ham osongina yechiladi.

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

2-rasmda algodoo dasturi yordamida yaratilgan fizik jarayonlarning animatsiyasidan

Algodoodagi tayyor loyihalarni Internet orqali butun dunyo bo'ylab boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko'rish mumkin. Xuddi shunday, siz boshqa foydalanuvchilarning loyihalarini yuklab olishingiz va ularni o'zingiz ishga tushirishingiz mumkin. Algodoo - bu fizikani o'rganish bilan birga dasturlashni ham o'rganish vositasi hisoblanadi. Ixtiro qilish, kashf qilish, o'rganish va Algodoo bilan juda oson.

Algodoo dasturida quyidagi QR kod yordamida o'z kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan ikki dsasturdan tashqari yana ko'plab dasturiy taminotlar va web sahifalarga misol ketirish mumkin lekin bu ikkisi Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari tomonida pedagogik amaliyot vaqtida maktab o'quvchilarida dars otish jarayonida foydalanildi o'quvchilarning tushinish ,tasavvur qilish,fizik jarayonlarni bir biriga bog'lash qobiliyatlari ancha oshganini talabalar ta'lim berish jarayonida qayt qilishdi. Phet.colorado.edu va Algodoo texnologiyalarining dasturiy taminoti ham mavjud. Ulardan foydalanishda telefonga yuklakshing o'zi yetarli.

O'quvchilar va talabalar mustaqil tarzda shug'illanishlari uchun ushbu dasturlarning o'rni beqiyosdir.

Shuning qilib fizika fannini o'qitishda yangi innovatsion texnologiyalar va pedagogik texnologiyalar joriy qilish lozim. Ayniqsa laboratoriya daslarini tashkil qilishda bu vositalar juda muhumdir. Web sahifalardan va mobil ilovalardan foydalanish bugungi zamon talabiga muvofiqdir. Web sahifalar va mobil ilovalarning qulayligi shundan iboratki, fizika faniga oid axborot va ta'lim resurslaridan foydalanish, misol va masalalarni yechish, laboratoriya ishlarini bajarish , ma'lumotlar to'plash, tahlil qilishda o'qituvchilar faoliyati samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarning tushinish qobiliyatini yaxshilaydi.

bir lavha berilgan.

XULOSA

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni.

2. Eshchanov B.Kh., Arzikulov Z.K., Using Information Technology in the Teaching of Atomic Physics and maths in Higher Educational Institutions International Journal Of Scientific & Technology Research Volume 9, Issue 02, February 2020. -pp. 6319- 6323.

3. Isroilov , A. A., & Egamberganov , I. S. (2022). FIZIKA O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI. Academic Research in Educational Sciences, 3(6), 571-576

4. Algodoo: A Tool for Encouraging Creativity in Physics Teaching and Learning. Bor Gregorcic Madelen Bodin January 2017 The Physics Teacher 55(1):25-28

5. phet.colorado.edu web sahifasi

6. Буронова, Г. Ё. (2022). ROBOTOTEXNIKA TOGARAKLARIDA LEGO EDUCATION TOPLAMLARI VOSITASIDA OQUVCHILARDA KREATIVLIK, TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 2022(2022).

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.