Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING TA’LIM JARAYONIDA DIZAYNERLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH'

O‘QUVCHILARNING TA’LIM JARAYONIDA DIZAYNERLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
39
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dizayner / loyiha / reja / mahorat / tug’ma qobiliyat / ranglar haqida ta’limot / rang xususiyatlari / designer / project / plan / craftsmanship / innate ability / color theory / color characteristics.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boboyeva, Zulfiya Akbarjonovna, Raxmonjonov, Xusan Akbarovich

San’at tushunchasi, o‘quvchilarda dizaynerlik mahoratini shakllantirish, dizaynerlik mahoratini shakllantirish usullari, rangning xususiyatlari haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF DESIGN SKILLS IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF STUDENTS

Understanding of dezign, developing dezign skills among the students, methods of dezign skills among the students, views of scientists about colors in art.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING TA’LIM JARAYONIDA DIZAYNERLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'QUVCHILARNING TA'LIM JARAYONIDA DIZAYNERLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH

Boboyeva Zulfiya Akbarjonovna

Farg'ona davlat universiteti, katta o'qituvchi Raxmonjonov Xusan Akbarovich

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchi

ANNOTATSIYA

San 'at tushunchasi, o 'quvchilarda dizaynerlik mahoratini shakllantirish, dizaynerlik mahoratini shakllantirish usullari, rangning xususiyatlari haqida.

Tayanch so'zlar: dizayner, loyiha, reja, mahorat, tug'ma qobiliyat, ranglar haqida ta'limot, rang xususiyatlari.

АННОТАЦИЯ

Понятия искусства, развитие дизайнерских навыков среди учеников, методы развития дизайнерских навыков, о свойстве цветов.

Ключевые слова: дизайнер, проект, план, мастерство, врожденная способность, теория цвета, цветовые характеристики.

ABSTRACT

Understanding of dezign, developing dezign skills among the students, methods of dezign skills among the students, views of scientists about colors in art.

Key words: designer, project, plan, craftsmanship, innate ability, color theory, color characteristics.

O'zbekistonda yosh avlodni yangi jamiyat talablariga mos ravishda voyaga etkazish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov fikr yuritib, "Har qaysi bolaning o'ziga xos va o'ziga mos qobiliyati"ni tarbiyalash kerakligini ta'kidlaydi

Shu ma'noda, o'quvchilarning darslarda dizaynerlik mahoratini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. "O'zbek tilining izohli lug'ati" da dizayn tushunchasi quyidagicha izohlangan: inglizcha "disign" so'zidan olingan bo'lib, reja, niyat, loyiha, chizma, rasm ma'nolarini anglatadi; atama sifatida badiiy faoliyat turini bildiradi va dizayner esa narsa yoki ob'ektlarni bezash, ularga rasm chizish, tasvir tushirish bilan shug'ullanuvchi shaxsdir.

Shu jihatdan, o'quvchilarning dizaynerlik mahoratini shakllantirish quyidagilardan iborat:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- bolaning tug'ma badiiy va estetik tuyg'usini o'stirish;

- bolani chizma chizish, rasm solish, loyihalar tuzish va estetik zavqli, chiroyli qurilmalar qurishga o'rgatish;

- bolani ijodkorlikka ko'niktirish.

Aynan mana shu o'stirish, o'rgatish va ko'niktirish qonuniyatlari o'quvchilarning dizaynerlik mahoratini kutilgan darajada shakllantirishni ta'minlaydi. Chunki har bir bolada muayyan darajada iste'dod, qobiliyat va layoqatning tug'ma bo'lishi pedagogikada e'tirof etilgan. Bu masala bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining dizaynerlik mahoratini shakllantirishdagi asosiy vazifalardan biridir. Asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:

1.O'quvchilarni ramzlar ma'nolari bilan chuqur tanishtirish. Ma'lumki, dizaynda har bir shakl, rang, chizma, timsol va buyumlar o'z ma'nolariga ega. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, bu masalada islom davri madaniyatimiz rivojiga munosib hissa qo'shgan tasavvuf ta'limoti terminologiyasidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo'ladi

Misol uchun, quyidagilarga e'tibor bering:

a) "Qora rang" - qiyinchilik va nomukammallik;

b) "Qizil rang" - farovonlik va mukammallik;

v) "YAshil rang" - baxtlilik va abadiylik;

g) "Oq rang" - qudratlilik va mutloqlikni bildiradi va h.k.

Bundan tashqari, vatandoshimiz Najmiddin Kubro (1145-1221) "Favoyih ul-jamol" (Go'zallikni anglash) asarida ranglarning psixologik ta'sir ko'rsatuvchanligini shunday ko'rsatib o'tadi:

a) "Qora rang" - salbiy hissiyot uyg'otadi;

b) "Qizil rang" - miyada qo'zg'alish hosil qiladi;

v) "YAshil rang" - umid va ko'tarinki ruh bag'ishlaydi;

g) "Oq rang" - quvontiradi va zavqlantiradi va h.k.

Dizaynerlik mahoratida layoqat, ijod va amaliyot birligi muhim o'rin tutadi. SHu sababli, milliy pedagogikamiz tadrijida bu masala "hunar nufuzi", ya'ni kasb sirlarini chuqur egallash tushunchasi bilan ifodalanib kelingan. Misol uchun, Kaykovus (XI asr) mazkur masalada quyidagilarni ta'kidlaydi: "Ogoh bo'lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf etkurmas" Demak, kasb egasi bo'lish nafaqat shaxsning o'zi uchun, balki o'zgalar uchun ham zaruriyatdir. Bunda yagona shart - o'z kasbi bo'yicha yuksak mahoratga ega bo'lishdir. Kaykovusning fikricha, nafosat kasbida, ya'ni dizaynerlikda mahoratga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ega bo'lish uchun shaxs besh ichki va besh tashqi sifatlarini rivojlantirishi kerak. Besh ichki sifatlar:

1) xotira;

2) tasavvur;

3) fikrlash;

4) tushunish;

5) so'zlash (izhor qila olish).

Besh tashqi sifatlar:

1) zavqlanish;

2) eshitmoq;

3) ko'rmoq;

4) sezmoq;

5) yaratmoq.

Diqqat qilinsa, dizaynerlik mahoratiga ega bo'lish uchun shaxs tabiati rivojlantirilishi lozim. SHu sababli, mazkur masalada "o'rganmak va eshitmoqdan or qilmaslik kerak". Zero, o'quvchilarni dizaynerlik asoslari ma'nolari bilan chuqur tanishtirish ularda bu boradagi malakaning kutilgan darajada shakllanishiga olib keladi.

1) o'quvchilarni dizayn materiallari tayyorlashga o'rgatish. Bu borada quyidagilarga e'tibor berish kutilgan samarani beradi:

a) o'quvchilarni dizayn mahsulotlari va materiallarining tarkibi,

xususiyatlari va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish;

b) o'quvchilarni ranglar, yog'och, plastmassa, temir, dizayn ashyolari va boshqa materiallar bilan ishlashga o'rgatish;

v) talabalarda mustaqil ijodkorlik ko'nikmasini tarkib toptirish;

g) o'quvchilarni o'z ijodiy layoqati, iste'dodi va qobiliyatini ro'yobga

chiqarishga odatlantirish.

O'quvchilarning dizaynerlik mahoratini shakllantiruvchi shakl, usul va vositalar ko'p. Ular orasida mehnat ta'limi alohida o'rin tutadi. Negaki, mehnat ta'limi o'quvchini nazariya va amaliyot uyg'unligi asosida rivojlantiradi. Davlat standartlarida "boshlang'ich sinf o'quvchilarining mehnat darslarida qog'ozdan buyumlarni loyihalash, karton, tabiat materiallari, gazlamalar bilan ishlash, turli xil materiallardan foydalanish, modellashtirish elementlari, qishloq xo'jalik mehnati, boshlang'ich politexnik ta'lim elementlarini o'rgatish va shakllantirish" talablari belgilab qo'yilgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SHu ma'noda, mehnat ta'limi mashg'ulotlari o'quvchilarning dizaynerlik mahoratini shakllantirishdagi muhim vositadir. Bu mashg'ulotlarda quyidagilarga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi:

- o'quvchilarning qobiliyat va layoqatini aniqlash;

- o'quvchilarga dizaynerlik asoslari haqida dastlabki tushunchalar berish;

- o'quvchilarni badiiy va estetik loyihalashga ko'niktirish;

- o'quvchilarni qog'oz, karton, plastilin, gazlamalar va tabiiy materiallardan turli xil narsalarni mustaqil yasashga o'rgatish;

- o'quvchilarni turli xil mehnat qurollaridan to'g'ri foydalanishga yo'naltirish;

- o'quvchilarning mehnatsevarlik tuyg'usini maqsadli shakllantirish. Shunday qilib bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mehnat darslarida dizaynerlik mahoratini shakllantirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish juda katta ahamiyatga egaligini ko'rish mumkin.

Chunki, talabalar ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlik asoslari bo'yicha ko'rgazmali va "jonli" ta'lim berishga, loyihalash, chizish va ijod qilishga tezkor o'tishadi, bundan tashqari vaqtini tejash, nazariyadan amaliyotga tezkor o'tishga erishishadi.

O'rta Osiyoda ranglar haqidagi ta'limot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik va devorlarga freska pannolar ishlash bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etgan.

Shuning uchun har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishga bog'liq kimyoviy jarayonlarni o'rgangan. Ranglarning tabiatda qanday hosil bo'lish va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg'onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Leon Batista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir hakidagi asarlarida ranglarning xususiyatlari hakida yozganlar. Atoqli va mashhur olimlar I.Nyuton, M. Lomonosov va Gelmgolslar ranglarning moxiyatini ilmiy asosda tekshirganlar. Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o'rgangan bo'lsa, nemis shoiri va san'atshunos olim I.V.Gyoteni ko'proq ranglarning kishi organizmiga ko'rsatadigan ta'siri qiziqtirgan, Gyote «ranglar haqida ta'limot» nomli asarida turli ranglarni inson ongiga turlicha ta'sirini ajratib bergan.

XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgols ranshunoslik nazariyasida muhim yangilik yaratgan. Ko'p yillik tajribalari asosida xromatik ranglarni uchta

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asosiy alomat - rang tusi (nomi), rangning och-to'qligi va to'yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko'rsatgan.

Rang muammolarini o'rganishga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan. Hozir ham dunyoda yagona bo'lgan Tokio rang institutida inson qalbiga ta'sir etadigan tabiat hodisasi bo'yicha - rang atroflicha o'rganiladi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. YUksak ma'naviyat - engilmas kuch. - T.: Ma'naviyat. 2009.

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. Birinchi jild. - T.: O'zME. 2006. Fitrat A. Najot yo'li. - T.: SHarq. 2001.

3. Komilov N. Tasavvuf. - T.: "O'zbekiston". 2010. 60 - 140 b.

4. Najmiddin Kubro. Tasavvufiy hayot. - T.: "Movarounnahr". 2005. - 160-161 b. umuman moddiy materiallar bilan ishlashga o'rgatish;

5. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

6. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

7. Qurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA BO 'LGAN E'TIBOR. Research Focus, 7(2), 248-253.

8. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). The Role Of Historical Monuments In The Development Of Central Asian Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.

9. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

10. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 7(2), 296-300.

11. Курбанова, Б. М., Юнусал^в, М., & Apзиeвa, Н. (2022). ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ. Research Focus, 7(2), 319-325.

12. Курбонова, Б., Aхмeдовa, Н., & Юлдaшeв, И. (2022). РАНГТАСВИР ТЕХНИКАСИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Research Focus, 7(2), 231237.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

13. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

14. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

15. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

16. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHIZMACHILIK FANIDAGI O'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 110-114.

17. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

18. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФAOЛЛИКНИ РИВOЖЛAНТИРИШДA TACBKPHH CAHbATHHHT УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

19. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL

20. Aхмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖAЗ CAHbATmHT БETAКPOP НAФOСAT OЛAМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

21. Aхмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ AВЛOДНИ AXЛO^ИЙ, КОГНИТИВ BA ЭСТЕТИК TAPБИЯСИНИ ШAКЛЛAНTИPИШДA КИТОБОТ СAНЪATИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.

22. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 1(2), 296-300.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

23. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

24. CynaftMaHOBa, C., OMOHOB, & At3aM^OHOB, A. (2022). Annmep HaBonn acapnapngaH 6agHHH ohhh TatnHM Myaccacanapnga TacBHpnn cantarHH yKHTHm ^apaeHHga ^onganaHHmHHHr 3apypHtfra. Research Focus, 1(2), 272-277.

25. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.