Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING FUTBOL BO’YICHA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIK TOMONLARINI O’RGANISH MUAMMOLARI'

O’QUVCHILARNING FUTBOL BO’YICHA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIK TOMONLARINI O’RGANISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

355
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport / futbol / futbolchi / ta’lim / nazariy / amaliy / texnika / taktika / priyomlаr / o’yin / zarba / to‘p / hujum / jarayon. / спорт / футбол / игрок / воспитание / теоретическое / практическое / техника / тактика / принципы / игра / удар / мяч / атака / процесс.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Bekmurod Dilmurod O‘G‘Li Anorboyev

Ushbu tezis(maqola) o‘quvchi yoshlarni futbol darslari va to‘garaklarida texnik-taktik tayyorgarligini o‘zlashtirish jarayonida kuzatiladigan muammolar yoritilgan. Bu muammolarni samarali yechish borasida tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной тезис (статье) освещены проблемы, наблюдаемые в процессе овладения технико-тактической подготовкой юных школьников в футбольных секциях и клубах. Даны рекомендации по эффективному решению этих проблем

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING FUTBOL BO’YICHA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIK TOMONLARINI O’RGANISH MUAMMOLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

O'QUVCHILARNING FUTBOL BO'YICHA TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIK TOMONLARINI O'RGANISH MUAMMOLARI

Bekmurod Dilmurod o'g'li Anorboyev

CHDPU "Jismoniy madaniyat metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu tezis(maqola) o'quvchi yoshlarni fútbol darslari va to'garaklarida texnik-taktik tayyorgarligini o'zlashtirish jarayonida kuzatiladigan muammolar yoritilgan. Bu muammolarni samarali yechish borasida tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: sport, fútbol, futbolchi, ta'lim, nazariy, amaliy, texnika, taktika,priyomlar, o'yin, zarba, to'p, hujum, jarayon.

АННОТАЦИЯ

В данной тезис (статье) освещены проблемы, наблюдаемые в процессе овладения технико-тактической подготовкой юных школьников в футбольных секциях и клубах. Даны рекомендации по эффективному решению этих проблем

Ключевые слова: спорт, футбол, игрок, воспитание, теоретическое, практическое, техника, тактика, принципы, игра, удар, мяч, атака, процесс.

ABSTRACT

This thesis (article) highlights the problems of football in the process of mastering the technical and tactical training of the students in their classes and clubs. Recommendations are given for this effective solution.

Keywords: sport, football, player, education, theoretical, practical, technique, tactics, principles, game, kick, ball, attack, process.

Kirish. Bugungi kunda futbol sport tunning kun sayin rivojlanishi, jismonan baquvvat va iste'dodli o'yinchilarni tayyorlab berishni taqozo etmoqda.

Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar olimpiya zaxiralari sport maktablari hamda futbol yo'nalishidagi maktab-internatlar nizomida ko'rsatib o'tilganidek, iste'dodli va umidli futbolchilarni tarbiyalash butun o'quv mashg'ulot davomida olib boriladi.

Keyingi yillarda futbolga doir ko'pgina ilmiy maqolalar, usuliy ko'rsatmalar va qo'llanmalarda yosh futbolchilarni iqtidorli futbolchi qilib tarbiyalash masalalari keng yoritilmoqda.

May 6

92

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Murabbiylar futbolchilarning yoshlik davrdan texnik- taktik harakatlarga katta e'tibor qaratishni ta'kidalaydilar.

R.I.Nurimov yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligi, o'yin texnikasining ayrim usullariga o'rgatish, o'rganilaganlarni nazoratsiz qoldirilishi mumkin emasligi, agar o'yin texnikasiga o'rgatish rejalashtirilgan, muntazam mashg'ulotlar bilan o'tkazilsa, unda yaxshi natija berishini ta'kidlagan. [4]

Dolzarbligi. Yosh futbolchilarning dastlab tayyorgarligi o'yin texnikasidani xatolarni tuzatish, texnik tayyorgarlikda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, bu narsa boshlovchi o'yinchilar uchun ahamiyatlidir. Texnikani yomon o'zlashtirish oxir oqibat mahoratni keyinchalik takomllashtirishga to'sqinlik qiladi. Futbol mutaxassislari futbolga endi kirib kelgan bolalarning texnik harakatlanirni tarbiyalashda, to'pni his qilish qobiliyatini rivojlantirish, bunda to'p bilan oddiy mashqlar, to'pni olib yurish,to'pni tepish va janglyorlar qilishni,har mashg'ulotda olib borishni e'tirof etishadi.

K.X.Xedergot, A.Chanadi xulosalariga ko'ra, hamma mashg'ulotlar turlari orasida yangi shug'ullanuvchilar uchun birinchi navbatda «sof» texnika buyicha o'tkaziladigan trenirovka muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlashadi. [3]

Texnika turidagi trenirovkalarni o'tkazish tezligi quyidagilarga bog'liq: [2]

- yosh futbolchilarning yoshi;

- ularning tayyorgarlik darajasi;

- trenirovka davri;

- trenirovka sharoitlari.

Haftadagi mashg'ulotlar soni uch marta yoki undan ortiq bo'lgan va tegishli miqdorda to'plarga bo'lgan jamoalarda, mashg'ulot davridan qat'i nazar, haftadagi kamida bitta trenirovka «sof» texnika bo'yicha o'tkazilishi kerak.O'smirlar va o'spirinlik yoshidagi futbolchilar gavda tuzilishi hamda markaziy asab tizimi holati nuqtai nazardan,harakatlarni juda yaxshi egallab olish xususiyatiga ega.

Yangi futbolchilar trenirovkalarida jismoniy va asab tizimiga tushadigan nagruzka o'yinchining texnika darajasiga mos bo'lishi mumkin. Haddan tashkaribo'lgan nagruzkalar zo'riqish yoki tezlik yaxshi o'zlashtirishga to'sqinlik qiladi, buningnatijasida harakatlarda ma'lum bir xatolar mustahkamlanib qoladi.

O'yin texnikasiga boshlangich o'rgatishda sharoitlarni yengillashtirish vategishli uslublar bilan texnikani tez egallashda o'yinchilarga yordam ko'rsatish lozim. O'yinchilar bajariladigan texnika usullarini «tushu yetganlaridan», texnika usullarini nisbatan mustahkam

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

olganlaridan so'ng kelgusidagi o'rgatishda boshlang'ich davrda qo'llanilgan o'sha uslublardan foydalanmaslik zarur.

O'rgatishdagi xatolik, bir tomondan,qo'llaniladigan o'rgatish uslublaridan, ikkinchi tomondan shundan iboratki, texnikani egallash paytida futbolchilar ba'zan tegishli jismoniy tayyorgarlikka ega emaslar.

Xatolikning tez-tez yuzaga kelishi yana shunga bog'liqki, o'yin texnikasi buyicha mashqlar ham jadallik bilan bajarilmaydi. Ko'pchilik futbolchilar, ularga hech kim halaqit qilmagan paytlarda, to'p bilan a'lo darajada o'ynaydilar, hattoki stirkcha tryuklarga ham qodir bo'ladilar, lekin o'yinda esa ularni tanib bo'lmaydi.

Kuchli kurashish vaziyatlari futbol o'yini uchun xosdir. Yuqorida aytib o'tilganidek, gavda bilan kurash olib borishga futbol qoidalarida ruxsat beriladi. Bu o'yinda raqib tomonidan faol qarshilik ko'rsatish vaziyatida texnika usullarini har vaqt va har erda bajarish lozim demakdir. Shuning uchun yosh futbolchilarni bunday o'yinga tayyorlab borish juda muhimdir. O'yin texnikasiga o'rgatish va trenirovka uslublari o'yin mohiyatiga zid bo'lmasligi lozim, aksincha, texnikaga o'rgatishda o'yin talablarini har doim hisobga olish zarur. O'yin vaziyatlariga yaqinlashtirilgan va o'yinchilarning o'yindagi majburiyatlarini hisobga olib tanlangan mashqlar juda muxim bo'lib, trenirovka mashg'ulotlari o'quv materiallarining 50-60% ni tashkil etadi.[5]

O'yin vaziyatlarining hayotiyligiga qaratilgan texnika buyicha mashqlar yuzaga keladigan o'yin holatlarining mukammal nusxasi hisoblanadi. Mashqlarning mohiyati: o'yindagiga yaqin tezlik va raqibning faol to'sqinlik qiluvchi faoliyati. Mashqlarni o'rganish paytida raqibning faol harakat qilishijuda muhimdir. Agar o'yinchi raqibiga halaqit berayotgandek o'zini ko'rsatishga harakat qilsa,bu mashq foyda keltirmaydi.

Xulosa. Ilg'or tajribalarni umumlashtirish shuni ko'rsatdiki, tayyorgarlikning boshlang'ich davridagi o'quv mashg'uloti ishlari quyidagicha prinsiplar asosida olib borilishi lozim.

1. O'quv-trenirovka mashg'ulotlaridan tashqari vaqtda bolalarni faqat uynab o'rgana olmayotgan yo bo'lmasa qo'pol xatolar qilib o'rganayotgan texnik usullar va taktik harakatlar bilan shug'ullantirish lozim. O'yinda kam uchraydigan vaziyatlarni, biroq muhim biomexanika asosida tashkil etuvchi harakatlarni alohida-alohida o'rgatiladi.

2. Taktik va texnik tayyorgarlik bo'yicha o' materiallarini bosqichma-bosqich emas, balki spiralsim

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

o'rgatish кегак. Bunda albatta quyidagi vazifalar quyilish ilozim:

a) futbolchilarning texnik usullari va taktik harakatlarining turli-tumanligi haqida keng ko'lamda tushuncha berish;

b) o'rganilayotgan texnik usullarni o'yin jarayonida taktik harakatlarga mos bajarishni tushuntirish.

REFERENCES

1. "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5887-sonli farmoni. 4-dekabr, 2019-yil.

2. A.I.Talipjanov "Futbol texnikasi" Toshkent 2010y.

3. I.A. Koshbaxtiev "Yosh futbolchilarni tayyorlashda texnik va taktik jarayonlarning ro'li va axamiyati" Toshkent 2015y.

4. R.A.Akramov "Zamonaviy futbol asoslari" Toshkent 2012 y.

5.Жaвлoнбeк A6,nyK;axop угли Зулxaйдaрoв. Футбoлчилaрни тaйёрлaш жaрaёнидaги Myco6a^anap фaoлияти курсaткичлaрини тaxлил килишнинг axaM^ra //Academic research in educational sciences (ARES) //volume 2, issue 10, 2022. 764-770.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.