Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

O’QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1213
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / ijtimoiy-iqtisodiy / ma’naviy-axloqiy / qadriyat / madaniyat / malakali kadr / axloq / madaniyat. / education / socio-economic / spiritual and moral / value / cultural / qualified personnel / moral / cultural

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raxmonova, Gullola Shavkatovna, Hakimova, Nargiza Supxonovna

Ushbu maqolada o’quvchilarni tarbiyalashda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy rivojlanishi ko‘p jihatdan kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga yo‘nalgan ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali kadrlar qilib tarbiyalashda interfaol metodlardan foydalanish nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF STUDENTS

This article provides for the use of interactive methods in the education of students as socially active, highly cultured, qualified personnel, whose socio-economic, spiritual and moral development largely depends on them, who are able to freely enter into new social relations, profess universal values, oriented to spiritual and moral values.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

Scientific Journal Impact Factor

O'QUVCHILARNI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH

Raxmonova Gullola Shavkatovna

BuxDU, maktabgacha ta'lim kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Hakimova Nargiza Supxonovna

BuxDU, maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu maqolada o 'quvchilarni tarbiyalashda ijtimoiy-iqtisodiy, ma 'naviy-axloqiy rivojlanishi ko 'p jihatdan kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e'tirof etadigan, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga yo'nalgan ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali kadrlar qilib tarbiyalashda interfaol metodlardan foydalanish nazarda tutilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, qadriyat, madaniyat, malakali kadr, axloq, madaniyat.

В данной статье предусматривается использование интерактивных методов в воспитании учащихся как социально активных, высококультурных, квалифицированных кадров, социально-экономическое, духовно-нравственное развитие которых во многом зависит от них, способных свободно вступать в новые общественные отношения, исповедовать общечеловеческие ценности, ориентированных на духовно-нравственные ценности.

Ключевые слова: воспитание, социально-экономическое, духовно-нравственное, ценностное, культурное, квалифицированное кадровое, нравственное, культурное.

This article provides for the use of interactive methods in the education of students as socially active, highly cultured, qualified personnel, whose socioeconomic, spiritual and moral development largely depends on them, who are able to freely enter into new social relations, profess universal values, oriented to spiritual and moral values.

Keywords: education, socio-economic, spiritual and moral, value, cultural, qualified personnel, moral, cultural

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi, unda yashovchi aholining ma'naviy-axloqiy saviyasi nechog'lik yuksakligiga bog'liq. O'quvchi-yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi davlatimizning ta'lim sohasini isloh qilish bo'yicha asosiy hujjatlarida «Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi», - deb belgilab qo'yilgan.

Bugungi ba'zi bir yoshlar ma'naviyatining qisman buzilayotganligi, ayrimlarining bizga mutlaqo yot bo'lgan urf-odat, madaniyatga berilib ketayotganligi, voyaga etmagan yoshlar o'rtasida turli bezorilik, jinoyat sodir etish hollari uchrab turishi barchamizni tashvishga solmoqda.

Bunday yoshlar kelajakda Vatan ravnaqi uchun o'zlarining qanday hissalarini qo'sha oladilar, qanday kadr bo'lib etishadilar. Vaholanki, mustaqil O'zbekistonning jahondagi rivojlangan mamlakatlar darajasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy rivojlanishi ko'p jihatdan yosh avlodni kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e'tirof etadigan, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga yo'nalgan ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali kadrlar bo'lib etishishiga bog'liq.

O'zga millatlarning ma'naviy qadriyatlari qanchalik ta'sir ko'rsatmasin, kattalarga, ota-onaga hurmat,kamtarlik, halollik, iymon mehnatsevarlik, mehmondo'stlik singari milliy ma'naviy xislatlarimiz barqarordir.Chunki bu ma'naviy xislatlar qon-qonimizga singib ketgan. Xalqimizning axloq, andisha, sharmu-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati to'g'risidagi ma'naviy qadriyatlariga zid bo'lgan evropacha an'analar yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning istiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan tarbiyachi o'qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga etkazishga nisbatan shijoatiga bog'liq. Har qanday ta'lim muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim- tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish o'qituvchi zimmasiga yuklatilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Scientific Journal Impact Factor

Shu bois o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ta'lim-tarbiya tizimiga innovatsion, ya'ni ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish davr talabi bo'lib kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Axloq -ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib,uning mohiyati, shaxs xatti-harakatlari, yurish-turish, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari,qoidalari,shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu boiz, axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos muhim ahamiyatga ega. Axloq-odob - jamiyatda, kishilar o'rtasida kundalik turmushda zarur bulgan hatti-harakatlar, urf-odatlar normalari, qoidalaridir. Barcha norma va qoidalarini kishilar tomonidan ado etilishini nazorat etish va tartibga solish ijtimoiy, yuridik asosda ta'minlanadi. Axloq - odob qoidalari va normalari xar bir xalqning qadriyatlarida muhim o'rin egalaydi. Unda o'sha xalqning turmush tarzi madaniy saviyasi, an'analari guruxi, dini ifodalanadi, aks etadi. Shuning uchun axloq-odob qoidalari va normalari o'sha xalqning bitmas tugalmas ma'naviy boyligi hisoblanadi va millat darajasida shakllanganlik darajasi deb qaraladi. Axloq-odob norma va qoidalari jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib, o'zgarib boradi. Bunda qardosh xalqlar, mintaqada yashovchi xalqlar, millatlar urf-odatdari bir-biriga ta'sir ko'rsatadi. Ilg'or, qulay urf-odatlar, an'analarga,an'analar esa qadriyatlar darajasiga ko'tariladi.

Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo'lgan ma'naviy komillik asosini, poydevorini tashkil etadi. Bir so'z bilan aytganda axloq- jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan xulq-odob normalari majmuidir.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma'naviy-axloqiy ta'lim-tarbiya o'zaro bog'liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxs ma'naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma'naviy-axloqiy ta'lim o'quvchilarga ma'naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to'g'risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma'naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma'naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo'lib, izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim. Mamlakatimiz ta'lim tizimida samarali qo'llanib kelinayotgan innovatsiyalar va xorijiy tajribalar sifatida interfaol metodlarni keltirishimiz mumkin.

Interfaol so'zi inglizcha so'z bo'lib, «inter» - o'zaro va «act» - harakat qilmoq ma'nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya'ni o'zaro harakat

Scientific Journal Impact Factor

qilmoq ma'nosini anglatadi. Bunday o'zaro harakat turlariga "tinglovchi -o'qituvchi" va "tinglovchi-tinglovchi"ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol o'qitishda o'qituvchi o'quv faoliyatnining faol tashkilotchisi bo'lib, talabalar bu faoliyatning sub'ekti sifatida namoyon bo'ladi. Interfaol o'qitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo'lib, interfaol o'qitish jarayonida ta'lim oluvchi o'qitishning ob'ektidan o'zaro hamkorlikning sub'ektiga aylanishi, o'quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. Mashg'ulotlarda interfaol metod (strategiya, grafik organayzer)lar bilan ishlash talabalar tomonidan o'quv axborotlarini tizimli, yaxlit holda o'zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, interfaol metodlar yordamida talabalar o'quv axborotlari bilan ishlashda bilimlarni tahlil qilish, sintezlash, muhim tushunchalarni tizimlashtirish, ob'ekt, jarayon, faoliyat, voqea, hodisalarning umumiy mohiyatini aniq ifodalash kabi ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishga muvaffaq bo'ladi.

Interfaol metodlar ta'lim jarayonining asosiy ishtirokchilari - o'qituvchi, talaba va talabalar guruhi o'rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg'in bahs-munozalar, o'zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi. Bu jarayonda ularda

- erkin fikrlash;

- shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish;

- muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash;

- o'quv materiallarini o'zlashtirishda talabalarning o'zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish;

- "o'qituvchi - talaba - talabalar guruhi"ning o'zaro bir-birlarini hurmat qilishlari;

- bir-birlarini tushunishlari;

- bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlari;

- bir-birlariga samimiy munosabatda bo'lishlari;

- ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.

1. "Ikki sahifali kundalik" metodi.

Metodning maqsadi - mazkur metod nafaqat matnning mazmunini

o'rganishga, matn mazmunini o'zining shaxsiy tajribasi bilan bog'lashga va

o'zlashtirgan axborot, g'oya, yoki fikrlarga nisbatan o'z munosabatini yozma ifoda etishga imkon beruvchi oddiy va samarali usul bo'lib, talabalardagi shaxsiy pozitsiyani shakllantirishga yordam beradi.

Metodni o'tkazish tartibi:

• ish daftari vertikal chiziq bo'yicha ikkiga bo'linadi.

• chap tomonga talabalar mavzu yuzasidan unda taassurot uyg'otgan, yoqqan

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yoki savol tug'dirganssitata, g'oya yoki fikrlarini yozadi (masalan, juda aqlli ta'rif, dalil yoki sabab va boshqalar).

• o'ng tomonda keltirilganssitata yoki fikrga o'zining sharhlarini yozadi, ya'ni o'z munosabatini quyidagi yo'nalishlarda bildiradi: Uni bu fikr yoki g'oyaning nimasi qiziqtirdi va yozib olishga undadi? Bu nima haqda o'ylashga

majbur etdi? Bu fikr bo'yicha u qanday savollarni o'yladi?

• matnni o'qiyotganida talabalar kerakli qo'shimcha fikrlarni aniqlab, kundalikka yozib boradi.

• ish yakunlagandan so'ng talabalar juftliklarda ishlashlari, tahlillarini almashishlari, o'rtoqlari tahlilida ularga yoqqan fikrni muhokama etishlari va

ko'rsatishlari mumkin.

2. "Qanday ?" grafik organayzeri. Muammoni hal qilishda o'zingizga beradigan asosiy savol - bu "QANDAY?" savolidir. Ko'pchilik holatlarda nima qilish haqida o'ylamaysiz. Muammoning javobi deyarli hamma vaqt buni qanday qilish kerak savolida bo'ladi.

"QANDAY"? usulini ishlatgan paytimizda "Qanday ?"degan bir savolga javoban yana boshqa shunday savol bo'lishi kerak. Shu sababli ish jarayonida siz na faqat imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo'llarini ham o'rganib chiqasiz.

XULOSA

Demak, interfaol ta'lim texnologiyalari va uning muhim tarkiliy elmenti bo'lgan interfaol metodlar ta'lim jarayonini tashkil etish ko'rsatkichlarining o'zgarishini ta'minlaydi. Zero, zamonaviy ta'lim doimiy ravishda fan va texnologiya rivoji bilan

Scientific Journal Impact Factor

bog'liqlikda ta'lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining yangilanib borishini talab qiladi. Qolaversa, ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qo'yilayotgan talablar ham tobora ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida o'qitish tizimiga ilg'or, shu jumladan, interfaol ta'lim texnologiyalari va metodlarini izchil tatbiq etishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Sh, R. G. (2021). THE ROLE OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION IN THE SPIRITUAL FORMATION OF STUDENTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(11), 317-320.

2. Рахмонова, Г. Ш. (2021, October). РАЗВИТИЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У СТУДЕНТОВ: DOI: 10.53885/edinres. 2021.30. 30.038 Рахмонова ГШ, научный исследователь кафедры «Дошкольное образование» БГУ, Асадова Вазира, одарённый студент факультета Дошкольного образования БГУ. In Научно-практическая конференция (pp. 9697).

3. Рахмонова Г. ТАЛАБАЛАРДА МАЪНАВИЙ-АХЛОКИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Матерiали конференщй МЦНД. - 2021.

4. Shavkatovna R. G. Methods of formation of spiritual and moral competencies in the education of future teachers //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL 27.MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 2. - С. 976-980.

5. Rakhmonova G. S. Development of Spiritual and Moral Competencies in Students as a Pedagogical Problem //International Journal of Culture and Modernity. - 2021. - Т. 11. - С. 311-314.

6. Рахмонова Г. Ш., Тошхонова З., Тохдрова М. ТАЛАБАЛАРДА МАЪНАВИЙ-АХЛОКИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 1032-1037.

7. Нигматова М. М., Файзуллаева Ш. Ф. К., Кодирова С. Д. К. Способы эффективного использования методов обучения математике в начальных классах //Academy. - 2020. - №. 3 (54).

8. Нигматова М. М. ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОЙ ЛИЧНОСТИ //ББК 71.0 И74 Редакционная коллегия Ответственный редактор. -2019. - С. 191.

9. Негматова М. М., Курбонова Э. К. К., Курбонова Н. К. К. О качествах

современного учителя //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

1017

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

10. Нигматова М. М., Умарова Г. У. ВЛИЯНИЕ ИНФОРМАЦИОННОГО ПРОСТРАНСТВА НА РАЗВИТИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДОШКОЛЬНИКОВ //Academy. - 2020. - №. 12 (63).

11. Nigmatova M. РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ НА ЗАНЯТИЯХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

12. Нигматова М. М. Художественное и эстетическое воспитание детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2019. - С. 44.

13. Nigmatova M. RAQAMLI O'YINLAR BOLALARNI O'QITISH USULI SIFATIDA //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. -№. 3. инновации-современные концепции. - 2019. - С. 82-85.

14. Нигматова М. М. Формирование и развитие толерантности в семье //Наука и инновации-современные концепции. - 2019. - С. 82-85.

15. Mahmudovna N. M. Reasons for Personal Change of Modern Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

16. Makhmudovna N. M. The role of artpedagogy in the growth of new generation //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

17. Мирзаева, Дилфуза Шавкатовна, and Зилола Исмоиловна Курбанова. "Арт-педагогические технологии коррекции страхов у детей дошкольного возраста." Scientific progress 2.7 (2021): 1206-1212.

18. Hakimova, N. (2021). ОБУЧЕНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 22(22).

19. Гулноз Касымовна Хасанова, Дилфуза Шавкатовна Мирзаева ПОДВИЖНАЯ ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТ-ПЕДАГОГИКИ // Scientific progress. 2021. №7.

20. Nigmatova M. M., Sh M. D. ART PEDAGOGY IN MODERN EDUCATION //Проблемы науки. - 2021. - С. 54.

21. Нигматова Мавджуда Махмудовна, Мирзаева Дильфуза Шавкатовна РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСТВА ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С ПОМОЩЬЮ ART ПЕДАГОГИКИ // Вестник науки и образования. 2021. №14-3

(117).

22. Hakimova, N. (2021). ОБУЧЕНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 22(22).

Scientific Journal Impact Factor

23. Supkhonovna, Hakimova Nargiza. "Technology for the development of the qualities of pedagogical competence in future teachers." ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH 10.5 (2021): 372-382.

24. Хасанова Г. Х., Рахматова Г. Ш. Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в развитии образовательного процесса //Academy. - 2019. - №. 10 (49).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.