Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI'

O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
647
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil o‘qitish texnologiyalari / chet tillarni o‘rgatish metodologiyasi / dunyoqarash / tafakkur qilish / оғзаки нутқ / ёзма нутқ / nutqiy va kommunikativ kompetensiyalar / munosabat bildirish / mustaqil fikrlash / muloqot qilish / kreativ va innovatsion yondashuvlar. / independent teaching technologies / foreign language teaching methodology / worldview / thinking / speaking / writing / speaking and communicative competencies / communication / independent thinking / communication / creative and innovative approaches.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilnoza Abduvaxobova

Mazkur maqolada o‘quvchilarga ingliz tili fanini innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o‘rgatish va ularda bu tilni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish omillarining ilmiy-nazariy tomonlari yuzasidan olim va pedagoglarning fikrmulohazalari, ilmiy qarashlari tahlil qilingan va ularga subyektiv munosabat munosabat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES AND INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS

This article analyzes the views of scholars and educators on the scientific and theoretical aspects of teaching English to students through innovative technologies and interactive methods and the factors that stimulate their interest in learning the language, and their subjective attitudes.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI»

O'QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI

Dilnoza Abduvaxobova

O'zDJTU Xorijiy til va adabiyoti, ingliz tili fakulteti 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'quvchilarga ingliz tili fanini innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o'rgatish va ularda bu tilni o'rganishga qiziqish uyg'otish omillarining ilmiy-nazariy tomonlari yuzasidan olim va pedagoglarning fikr-mulohazalari, ilmiy qarashlari tahlil qilingan va ularga subyektiv munosabat munosabat bildirilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil o'qitish texnologiyalari, chet tillarni o'rgatish metodologiyasi, dunyoqarash, tafakkur qilish, OF3aKH Hyr«;, e3Ma HyTK, nutqiy va kommunikativ kompetensiyalar, munosabat bildirish,mustaqil fikrlash, muloqot qilish, kreativ va innovatsion yondashuvlar.

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES AND INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS

ABSTRACT

This article analyzes the views of scholars and educators on the scientific and theoretical aspects of teaching English to students through innovative technologies and interactive methods and the factors that stimulate their interest in learning the language, and their subjective attitudes.

Keywords: independent teaching technologies, foreign language teaching methodology, worldview, thinking, speaking, writing, speaking and communicative competencies, communication, independent thinking, communication, creative and innovative approaches.

Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalanuvchilardan boshlab ta'lim bosqichlaridagi o'quvchi va talabalarga ingliz tilini dars jarayonida innovatsion texnologiyalar asosida o'rgatish asosiy vazifalardan biri sanaladi. Respublikamizda dunyodagi davlatlar bilan turli sohalarni rivojlantirish bo'yicha serqirra hamkorlik qilish, iqtisodiy, ma'naviy, madaniy ishlarda aloqalar o'rnatish, ayniqsa bir-birini anglash va tushunish, qadrlash, e'zozlash, hurmat qilish singari insoniy tuyg'ular rivoji ingliz tilini o'rganish bilan chambarchas bog'liq.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son " Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish

chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida "Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur o'zlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta'minlash; ta'limning yangi pedagogik texnologiyalari va o'qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta'lim jarayonini tashkil etish, o'quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o'qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o'quv jarayonini sifat jihatidan yangilash; oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarishning o'zaro mustahkam integratsiyasini ta'minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash" kabi qator vazifalar belgilangan.

Har bir o'qituvchi ingliz tili o'qitish jarayonida ta'lim oluvchilarnung shaxs sifatida shakllanishi, rivojlanishi, bilim olishi va uni egallashga sharoit yaratadi. Til o'rganish asosida o'quvchi, talabalarda fanni o'rganib ingliz tilining grammatikasini bilgan holda erkin muloqot qilishi, mustaqil holatda fikr bildira olishi, tafakkur qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ingliz tili darslarini ilg' or zamonaviy usullar, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarni qo'llab darsni tashkil qilish ularning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda, og'zaki va yozma nutqini o'stirishda o'rni salmoqli sanaladi.

O'quvchi yoshlarga ingliz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, ulardagi mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, qo'llab-quvvatlash ishlarini olib borish bu tilni tezroq o'rganishga yordam beradi.Shuning uchun o'quvchilarni ingliz tilini o'rganishga oidquyidagi ishlarni amalga oshirish zarur

• turli elekron manbalar bilan ta'minlash ishlarini olib borish;

• ta'lim muassasalarida til o'rganish bo'yicha metodik ta'minotni yaratish;

• mavjud o'qitilayotgan darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirish;

• dars jarayoniga kuchli va malakali mutaxassislarni jalb qilish;

• o'quv jarayoniga yangi ta'lim texnologiyalarining yetarli darajada joriy etish;

• o'qitishda o'quvchilarni rag'batlantirish ishlariga e'tibor qaratish va baholash tizimi sifatini nazorat qilish.

Ingliz tili darslarining sifat va samaradorligini nazoratga olish, olingan ma'lumotlarni asosiy qismini kundalik hayotdan olishulardagi nutq ko'rinishlarida o'sganlida namoyon bo'ladi. Darsda innovatsion texnologiyalardan foydalanish til o'qitish va o'rgatish vositasi sifatida baholash ko'plab ijobiy natijalarni, afzalliklarni yuzaga kelishiga yordam beradi.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 ISSN: 2181-1601

Innovatsiya (inglizcha "innavatsion") - yangilik kiritish, yangilikdir. Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda ahamiyatli jihatga ega.

Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Interaktiv metodlarning o'ziga xos s xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular o'qituvchi va o'quvchilar bilan hamkorlikda, birgalikda faoliyat olib borishi vositasida amalga oshiriladi.

Bu kabi hamkorlikdagi faoliyat o'quvchilarning bilimini kengaytirishga, kommunikativ va nutqiy kompetensiyalar rivoji uchun asos bo'ladi.

Innovatsion texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarning tafakkuri, tasavvurlari, dunyoqarashi, qiziqishlarini orttirish bo'yicha olib borilgan ishlarda o'z ifodasini topadi. Makkartining ta'kidlashicha, "chet tillarini o'qitish metodologiyasi o'tgan yarim asr davomida juda rivojlandi. Turli vaqtlarda grammatik tarjima, audio-lingvistik tuzilish, global audiovizual, induktiv/deduktiv, funksional, g'oyaviy, situatsion, kommunikativ, immersiya, o'rganish/olish, tavsiya va boshqalarda olib borilgan". Binobarin, dars jarayonida audiovizual vositalardan foydalanish natijasida xotirada so'zlarning semantik ma'nosini yodda saqlash va leksik birliklarni qo'llash ko'nikmasi takomillashadi.

Ilg'or zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va interaktiv metodlar o'quvchi-yoshlarning yuqori darajada bilimli, keng darajada yuqori malakaga ega bo'lishini ta'minlaydi .

Shuni aytish lozimki, o'quvchilar ingliz tilini o'rganishlari uchun bu tilning grammatikasi bo'yicha bilim, ko'nikma, malakalarga ega bo'lishi uchun ular, avvalo, o'z ona tilisining grammatikasini yetarli darajada bilishi va jonli nutqda to'liq rioya qilishi bilan xarakterlanadi. Xususan, o'quvchilar nutqida faol bo'lgan leksik birliklardan biri bu olmosh sanaladi. Dastavval, olmosh haqida ona tili grammatikasidagi bilim, ko'nikmalar hosil qilingan bo'lsa, ingliz tilida shu mavzuni oson tushunib yetadi.

"Ingliz tilida ham o'zlik olmoshi mavjud. Ingliz tilida o'zlik olmoshi egalik olmoshlariga (my, your, your, her) va kishilik olmoshlariga (him, it, them) -self so'zi qo'shish orqali yasaladi. O'zbek tilida ushbu so'z o'z so'ziga tog'ri keladi"1. O'zaro suhbat va matn yaratishda, o'zlik olmoshi bilan hosil qilinadigan tobe bog' lanishni mustaqil tuza oladi.

"Avgorning individual uslubini va uning asaridagi milliy xususiyatlarni saqlab qolishdek muhim vazifani hal qilish yo'lidagi qiyinchiliklar ma'lum darajada

1 D. B. Muminova., D. I. Normatova Nofilologik institut talabalari uchun ingliz tili grammatikasidan uslubiy qo'llanma.- Toshkent 2016.56-bet.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 ISSN: 2181-1601

leksika va frazeologiyani tarjima qilish masalalari bilan vobastadir"2.Lekin o'quvchilar nutqida ayniqsa frazeologiyaning ingliz tilidagi tarjimasi biroz qiyinchilik tug'diradi.

Demak, o'quvchilarga ingliz tilini innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o'rgatish ularda bu tilni o'rganish uchun, mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma, malakalar hosil bo'lishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. D. B. Muminova., D. I. Normatova Nofilologik institut talabalari uchun ingliz tili grammatikasidan uslubiy qo'llanma.- Toshkent 2016.56-bet.

2. Саломов F. Тил ватаржима. -Тошкент., "Фан", 1966., -239-бет.

2 Саломов F. Тил ватаржима. -Тошкент., "Фан", 1966., -239-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.