Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

O‘QUVCHILARDA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
San’at / musiqa / pedagogika / intuitsiya / shtrix / rubob / kuy / klassik / zarb / ko‘nikma / kreativlik. / Art / music / pedagogy / intuition / bar / rubob / melody / classical / percussion / skill / creativity.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Hakimov Qudratjon Qurbonaliyevich

Mazkur maqolada o‘quvchilarda milliy cholg‘u ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, shu jumladan; o‘quvchilarning ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirishda cholg‘u soziga xos bo‘lgan zarblar va bezaklar haqidaularga kengroq ma’lumot berilishi,uniamalda o‘qituvchining o‘zi ijro qilib har bir usulda ishlatiladigan shtrixlar haqida aniq tushuncha hosil qilishi, o‘quvchilar ushbu ko‘rsatilgan amallarni mustaqil bajarishni amalga oshira olgandagina ularda muayyan ko‘nikma hosil bo‘lishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari ularning xotirasida intuitsiya shaklida umumlashishi, mazkur jarayonda ijrochilik ko‘nikmalarining rivojlanishi haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF DEVELOPING STUDENTS' PERFORMANCE SKILLS OF NATIONAL INSTRUMENTS

In this article, the pedagogical possibilities of developing students' national musical instrument performance skills, including; in the development of students' performance skills, they should be given more information about the beats and decorations characteristic of the sound of the instrument; it is thought that they will develop certain skills onlywhen the students can perform these actions independently. In addition, thoughts are expressed about the generalization of the acquired knowledge of students in their memory in the form of intuition, and the development of performance skills in this process.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF DEVELOPING STUDENTS' PERFORMANCE SKILLS OF NATIONAL

INSTRUMENTS Hakimov Kudratjon Gurbanaliyevych

teacher, UzNMАI named after Yunus Rajabi https://doi.org/10.5281/zenodo.13268073

EURASIAN |0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th July 2024 Accepted: 07th August 2024 Online: 08th August 2024

KEYWORDS Art, music, pedagogy, intuition, bar, rubob, melody, classical,

percussion, skill, creativity.

In this article, the pedagogical possibilities of developing students' national musical instrument performance skills, including; in the development of students' performance skills, they should be given more information about the beats and decorations characteristic of the sound of the instrument; it is thought that they will develop certain skills only when the students can perform these actions independently. In addition, thoughts are expressed about the generalization of the acquired knowledge of students in their memory in the form of intuition, and the development of performance skills in this process.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИСПОЛНЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА НАЦИОНАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ

Хакимов Кудратжон Курбоналиевич

Преподователь, УзНИМИ имени Юнуса Раджаби https://doi.org/10.5281/zenodo.13268073

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th July 2024 Accepted: 07th August 2024 Online: 08th August 2024 KEYWORDS

Искусство, музыка,

педагогика, интуиция, такт, рубоб, мелодия, классика, ударные,

мастерство, творчество.

В данной статье рассмотрены педагогические возможности развития у учащихся навыков игры на национальных музыкальных инструментах, в том числе; при развитии исполнительских навыков учащихся следует давать им больше информации о тактах и украшениях, характерных для звучания инструмента, считается, что определенные навыки у них будут формироваться только тогда, когда учащиеся смогут выполнять эти действия самостоятельно; Кроме того, высказываются мысли об обобщении полученных знаний учащихся в их памяти в форме интуиции, развитии в этом процессе исполнительских навыков.

OQUVCHILARDA MILLIY CHOLGU IJROCHILIK KONIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

ARTICLE INFO

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Hakimov Qudratjon Qurbonaliyevich

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.13268073

ABSTRACT

Received: 30th July 2024 Accepted: 07th August 2024 Online: 08th August 2024

KEYWORDS San'at, musiqa, pedagogika, intuitsiya, shtrix, rubob, kuy, klassik, zarb,

ko 'n ikma,krea tivlik.

Mazkur maqolada o'quvchilarda milliy cholg'u ijrochihk ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, shu jumladan; o'quvchilarning ijrochihk ko'nikmalarini rivojlantirishda cholg'u soziga xos bo'lgan zarblar va bezaklar haqida ularga kengroq ma'lumot berilishi, uni amalda o'qituvchining o'zi ijro qilib har bir usulda ishlatiladigan shtrixlar haqida aniq tushuncha hosil qilishi, o'quvchilar ushbu ko'rsatilgan amallarni mustaqil bajarishni amalga oshira olgandagina ularda muayyan ko'nikma hosil bo'lishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlari ularning xotirasida intuitsiya shaklida umumlashishi, mazkur jarayonda ijrochilik ko'nikmalarining rivojlanishi haqida fikrlar bayon etilgan.

Milliy cholg'u ijrochilik san'ati o'zbek xalqi musiqa madaniyatining ajralmas qismi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda mohir ustozzoda san'atkorlar hamda yosh ijrochilar tomonidan milliy mumtoz musiqa asarlar hamda bastakorlik ijodiyotiga oid musiqiy namunalar cholg'u ijrochiligida mohirona kuylanib xalqimizning madaniy hayotidan mustahkam o'rin egallab kelmoqda. O'zbek xalqining uzoq o'tmishga ega bo'lgan, o'z mazmunida milliy urf-odatlarini, qadriyat va an'analarini mujassam etadigan milliy musiqiy meros namunalarini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, ular vositasida o'quvchilarni estetik tarbiyalash va dunyoqarashini rivojlantirish masalalariga a'lohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'limning mazmunini milliy asosda barpo etish bugungi kunda eng asosiy vazifalardan biri qilib belgilangan. Xususan bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son, "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 yildagi PQ-112-son Qarorida a'lohida ahamiyat qaratilgan[1;2]. Mazkur qarorning mazmunida aholi, ayniqsa olis hududlarda ham istiqomad qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlarini ko'rsatish darajasini oshirish, madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular bilan ta'minlash hamda o'quvchilarda "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligiga xos bilim va ko'nikmalar hosil qilish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bugungi kunda o'quvchi yoshlar dunyoqarashini milliy san'at vositalari yordamida kengaytirib borish, ayniqsa ularni musiqa san'ati vositasida estetik tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

San'at va badiiy ijodiyotning inson hayotida tutgan o'rni va ahamiyati haqida sharqning buyuk faylasufi, qomusiy olim, Abu Nasr Al-Farobiy shunday deydi: «Bu fan (ya'ni musiqa) shu ma'noda foydaliki, kimning fe'l atvori muvozanatni yo'qotgan bo'lsa, tartibga keltiradi, kamol topmaganni kamolotga, muvozanatda bo'lganlarning muvozanatini saqlaydi. Musiqiy bilimlar tanning sog'ligi uchun ham foydalidir[3]. Bu kabi buyuk musiqashunos faylasuf

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

olimlarimizning nazariy ta'limotlariga tayangan holda shuni ta'kidlash mumkinki, o'quvchilarda milliy cholg'u ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantirish orqali ularda milliy musiqiy namunalarga bo'lgan hurmat, milliy dunyoqarash hamda estetik tarbiya tushunchalarining kengayib borishiga xizmat qiladi.

Uzluksiz ta'lim tizimining majburiy bo'lmagan turi hisoblangan, maktabdan tashqari ta'lim berishga mo'ljallangan davlat bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini ko'rsatish to'g'risidagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-sonli qarori"da Respublikamizning barcha hududlarida istiqomad qilayotgan har bir yosh avlod o'zlarining iste'dodi, xohish va qiziqish imkoniyatlaridan kelib chiqib bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim olishi, o'quvchilarni milliy va jahon musiqasi, tasviriy san'atning yuksak namunalaridan va o'zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand bo'lishi uchun zarur sharoitlar hamda o'quvchilarning ma'naviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish kabi masalalarga a'lohida e'tibor qaratilgan. Shuning bilan bir qatorda o'quvchilarning estetik tafakkurini kengaytirishda cholg'u ijrochiligi ham a'lohida ahamiyatga ega. Bolalar musiqa va san'at maktablari o'quvchilarida ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantirib borish natijasida ularning estetik olami ham kengayib boradi. Shu bilan bir qatorda o'quvchilarda ijodkorlik qobiliyatining rivojlanib borishiga zamin yaraladi. Buning uchun o'qituvchi birinchi darsdan boshlab o'quvchilarning ijrochilik holatiga katta e'tibor berish bilan bir qatorda to'g'ri pastanovkani shakllantirishi, o'ng va chap qo'llarning holati va harakati, cholg'u sozini to'g'ri ushlashi, dastani to'g'ri tutishi, mizrobni to'g'ri ushlashi kabi elementlarni sinchiklab tushuntirishi maqsadga muvofiq. Mazkur jarayonda yo'l qo'yilgan kamchiliklar va xatolar (rubobni to'g'ri tutmaslik, gavda, qo'l va oyoq harakatlari) o'quvchilarning ijrochilik faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu jarayonda asosiy masalalardan biri bu o'quvchilarni yo'naltirilgan pastanovka hisoblanadi. An'anaviy cholg'u (rubob) sinflarida o'qituvchi o'quvchilarga muayyan asarni taqdim etishdan oldin kichik mashqlar ustida ishlashdan boshlashi lozim. Keyinchalik o'quvchilarning yosh va o'zlashtirish imkoniyatlariga qarab muayyan asarlardan taqdim qilishi, asarning mazmuni haqida tushuncha berib borishi, uning xarakteri hamda mazkur asarda ijro etishni o'rgatib hamda ularni nazorat qilib, rag'batlantirib borishi natijasida o'quvchilarda ijrochilik ko'nikmalari rivojlanadi. Ijro paytida ijrochining gavda, qo'l va oyoq harakatlari erkin bo'lishi, ijrochining uzoq muddat toliqmasdan faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. O'quvchilarga taqdim etilgan muayyan topshiriqlar ustida ishlashi, gavda, qo'l, oyoq harakatlarining erkin bo'lishi, hamda ushbu jarayon o'qituvchi nazoratida bo'lishi ijro pastanovkasining to'gri shakllanishiga xizmat qiladi. Noto'g'ri qo'yilgan pastanovka, shuningdek, o'ng va chap qo'llarning harakatlanishidagi erkinlikka e'tibor bermaslik natijasida ijrochining ijro paytida tez charchab qolish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Shunga ko'ra o'quvchilarda ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantirishda o'qituvchi sozanda to'g'ri yo'nalish ko'rsatib borishi muhim hisoblanadi. Mazkur jarayonlarda o'quvchilarda ijro imkoniyatlarining rivojlanishi bilan bir qatorda ularda tarbiyaviy imkoniyatlar ham rivojlanib boradi. O'quvchilarda ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantirishda mumtoz kuylardan namunalar ijro etishga o'rgatish o'quvchilarda milliy tarbiyani shakllantirishga xizmat qiladi. O'quvchilarni o'zbek xalqining milliy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari aks etgan musiqa san'atiga oid bilimlar vositasida tarbiyalash orqali ularda milliy hamda umuminsoniy fazilatlar tarkib topadi. Maktab o'quvchilariga rubob

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

cholg'u ijrochiligini o'rgatish ularda musiqiy namunalarning tuzilishi, uning mazmun mohiyatini anglashga hamda uni idrok etishga ko'maklashadi.

O'zbek xalqining milliy mumtoz musiqa merosi ko'p asrlar davomida yosh avlodning badiiy didini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Ma'lumki, o'zbek milliy mumtoz musiqalarida o'zbek xalqining milliy madaniyati, ruhiyati, mentalitetiga oid ma'lumotlar o'z ifodasini topadi. Milliy mumtoz musiqa asarlari o'zining ritmik xususiyatlari, usullari hamda musiqiy bezaklari bilan boshqa musiqa san'ati janrlari namunalaridan ajralib turadi. Bugungi kunda musiqa va san'at maktablarida milliy mumtoz musiqa asarlarini o'rganish, o'quvchilarda ushbu san'at turi bo'yicha keng tushunchalar hosil qilish, shuningdek, ularda milliy mumtoz musiqa asarlarida ijro ko'nikmalarini shakllantirish orqali musiqiy tarbiyaviy imkoniyatlarini kengaytirib borish a'lohida ahamiyatga ega. Bolalar musiqa san'at maktablari an'anaviy cholg'u ijrochiligi sinfi dars jarayonlarida milliy mumtoz musiqa asarlari, bolalar xalq qo'shiqlari hamda bastakorlar ijodiyotiga tegishli musiqiy namunalarni o'rganish o'quv dasturlarida belgilab berilgan. Ushbu dars jarayonlarida o'quvchilarning o'quv faoliyatlari o'quv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular doirasida qamrab olinishi, hamda ularda milliy cholg'u ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantirib borish a'lohida ahamiyatga ega.

Qashqar rubobida ijro imkoniyatlari keng bo'lganligi sababli, o'zbek klassik musiqasi, maqom kuylari hamda bastakorlarimiz asarlarini ijro etish maroqlidir. Cholg'u ijrochiligi o'qituvchisining yana bir muhim vazifalaridan biri, o'quvchilarni muayyan asarning xarakterini his qilishga o'rgatish, uning ijro etilishi, ritmik xusiyatlari haqida muayyan ko'nikmalarni hosil qila olishidir. Buning natijasida o'quvchilarning estetik olamini boyitib borish imkoni yuzaga keladi[3].

O'quvchilarning ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantirishda cholg'u soziga xos bo'lgan zarblar va bezaklar haqida ma'lumot berib, uni amalda o'qituvchining o'zi ijro qilib har bir usulda ishlatiladigan shtrixlar haqida keng va aniq tushuncha berib borilsa hamda o'quvchilar ushbu ko'rsatilgan amallarni mustaqil bajarishni amalga oshira olgandagina ularda muayyan ko'nikma hosil bo'ladi. Ushbu o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlari ularning xotirasida intuitsiya shaklida umumlashadi. Natijada o'quvchilar tomonidan ko'nikmaga aylangan muayyan bilimlar ularning hatti harakatlarida namoyon bo'ladi[5]. Bugungi kunda urib chalinadigan torli cholg'ularga xos bo'lgan zarblarning asosan sakkiz xili mavjud bo'lib, bular qashqar rubobini o'qitish amaliyotida ham foydalaniladi. Misol uchun: Yakka zarb, Qo'sh zarb, teskari zarb, ufar zarb. zarbi parron (uchma zarb), bilak zarb, rez, kalta rez.

Xulosa qilib aytganda O'quvchilarda milliy cholg'u ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantirib borish murakkab pedagogik jarayon bo'lib, o'z navbatida cholg'u ijrochiligi o'qituvchisidan tanlangan mutaxassislikdan chuqur nazariy bilim, hamda pedagogik mahoratni talab qiladi. Cholg'u ijrochiligi o'qituvchisi bolalar musiqa va san'at maktablarining ilk sinflaridanoq o'quvchilarda musiqa san'atiga, xususan tanlangan cholg'uda ijro etishni sevishga undagi har bir taraladigan ohanglarni estetik idrok etishga o'rgatishdan boshlashi lozim. O'qituvchi o'quvchilarda milliy cholg'uda ijro etishni eng sevimli mashg'ulotlariga aylantira olsagina ko'zlagan maqsadiga to'liq erisha olishiga muvaffaq bo'ladilar. Buning uchun o'quvchilarni ijro jarayoniga jalb qila olishi, o'quvchilarni kreativlikka unday olishlari lozim bo'ladi. Masalan: qashqar rubobining dastasi uzun, torlari ingichka va jarangdorlik yuqori bo'lganligi uchun tovush chiqarish usullari boshqa mizrobli cholg'ulardan farq qiladi. O'quvchilarni cholg'u

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ijrochiligida o'qitish individual xarakterga ega bo'lganligi sababli har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga olgan holda muayyan asarlarni maqsadga muvofiq ravishda tanlasa, o'rganilayotgan shtrixlarni, usul va bezaklarni oson o'zlashtirilishida ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. O'z navbatida mazkur jarayon ham o'qituvchidan yuqori darajada mahorat va mehnat talab qiladi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son, "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 yildagi PQ-112-son Qarori

3. Форобий Абу Hacp. Фозил одaмлaр шaхри. - Т.: АДодирий ном. Хaлк; мероси нaшpиёти., -Т., 1993. - 224 Б.

4. Педaгогикa: энциклопедия. II жилд / Ty3yB4K«ap: жaмоa.//Тошкент: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Дaвлaт илмий нaшpиёти. 2015. - 376 Б.

5. Shоmurоdоv J.O. O'quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi о'quv materiallarini kоgnitiv qabul qilish layоqatini rivоjlantirish mexanizmlari ped. fan. falsafa dоk. (PhD) diss. -T:. 2023. - 156 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.