Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA KREATIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI'

O‘QUVCHILARDA KREATIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2152
365
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ / kreativ fikrlash / kreativ yoshlar / kreativ ko‘nikmalar / kreativ yondashuv / kreativ faoliyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S. R. Akbatova

Hozirda O‘zbekiston yoshlari kreativ (ijodiy) bo‘lishga intilishadi, inson faoliyatining turli sohalarida yangi g‘oyalarni yaratmoqda. Mavjud muammolarni noan’anaviy va sifatli hal qilinishi jamiyatning o‘sishi, rivojlanish sur’atini tezlashtirishiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA KREATIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI»

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

O'QUVCHILARDA KREATIV KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING

SAMARALI USULLARI S. R. Akbatova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Xalqaro ta'lim

tadqiqotlari" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Hozirda O'zbekiston yoshlari kreativ (ijodiy) bo'lishga intilishadi, inson faoliyatining turli sohalarida yangi g'oyalarni yaratmoqda. Mavjud muammolarni noan'anaviy va sifatli hal qilinishi jamiyatning o'sishi, rivojlanish sur'atini tezlashtirishiga olib keladi.

Kalit so'zlar: kreativ, kreativ fikrlash, kreativ yoshlar, kreativ ko'nikmalar, kreativ yondashuv, kreativ faoliyat.

Kreativ shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenezi - tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.

Kreativlik (ing. "create"- yaratish, ijodkor) - shaxs yangi g'oyalarni ishlab chiqishga tayyorgarligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma'nosini ifodalaydi. Kreativlik hayotimizning istalgan sohasida namoyon bo'ladi. Bu har bir shaxsning rivojlanishida muhimdir. Usiz yangi mahsulotni yaratish, noyob martaba va orzularingizni haqiqatga aylantirishning iloji yo'q.

Har qanday mutaxassis kreativlik qobilyatiga ega bo'lishlari uchun o'quvchilik yillarida poydevor qo'yiladi. O'rta ta'lim tizimida o'qish faoliyatida bo'lgan o'quvchilar kreativlik sifatlariga ega bo'lishlari uchun ularda o'quv va tarbiya jarayonlarida an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalar haqida fikr yuritishi, o'ziga xoslik , tashabbuskorlik talab etiladi.

Ko'pincha kreativlik va daho tushunchalari bir biriga sinonim hisoblanadi. Aksariyat hollarda, bu haqiqat...

2022- yil ilk marotaba Xalqaro PISA dasturida o'quvchilarning kreativ fikrlash ko'nikmalari baholanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash iborasi o'quvchilarning tasavvurlarini ifodalash, bilim olishni rag'batlantiruvchi, orginal va samarali yechim topishga yonaltiruvchi g'oyalarni shakllantirish, baholash va takomillashtirishda faol ishtirok etish kompetensiyasi sifatida ta'riflangan.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Nima sababdan o'quvchilarning kreativ fikrlashlari baholanadi?

Kreativ tushunchalar va yondashuvlar dunyoning turli mintaqalarida insoniyat madaniyatining ravnaq topishiga [1] matematika, tabiiy, falsafa, san'at va gumanitar fanlarning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Bular bilim va tajribaga asoslangan haqiqiy kompetensiya hisoblanib, insonlarning keskin va murakkab vaziyatlarda kutilgan natijalarga erishishlariga imkon beradi. Dunyo miqyosidagi tashkilotlar va jamiyatlar innovatsion g'oyalar va kreativ fikrlashga nisbatan umumiy tashabbuskorlik deb qarab, yuzaga kelayotgan murakkabliklarni yengishda innovatsion g'oyalar, bilim va ko'nikmalarni egallashga e'tibor qaratmoqda [2].

Kreativ fikrlashda ta'limning asosiy roli o'quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo'lgan kompetensiyalar bilan ta'minlashdan iborat. Kreativ fikrlash bugungi yoshlarning dunyoqarashlarini shakllanishi va rivojlanishi uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi [3]. Kreativ fikrlashni o'rgatish bugungi kun o'quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalangan holda hali yaratib ulgurilmagan sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global muammolarning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.

O'quvchilarning kreativ fikrlashlarini rivojlantirishning ahamiyati mehnat bozori talabiga ko'ra ortib bormoqda. Maktablar o'quvchilarni o'z qobiliyatlarini kashf etishlariga, rivojlantirishlariga va aniqlashlariga shu bilan bir qatorda, kreativ qobiliyatlarini namoyon etishlarida muhim o'rin tutadi.

O'quvchilarni o'zlari yashayotgan jamiyatning ajralmas qismi ekanligini va jamiyatning rivoji uchun o'zlarining muhim hissalarini qo'shishlari mumkinligi va buni his etishlarida katta ahamiyat kasb etadi [4].

Kreativ fikrlash o'quvchilarning tajribalar, hodisalar hamda vaziyatlarni yangicha va mazmunli tarzda talqin etishlarini qo'llab-quvvatlash orqali ularning bilim olishlariga ko'maklashadi [5].

O'quvchining maktabdagi o'rganishga bo'lgan qiziqishi va rag'batini oshirish uchun barcha o'quvchilarning ijodkorlikka oid imkoniyatlarini hamda qirralarini ochib bera oladigan yangi uslubdagi o'rganish shakllari rivojlantirilishi lozim. Bunday rivojlanish uslublari maktabda ta'lim olishga qiziqishlari sust bo'lgan o'quvchilarga yordam berib, ularga o'z fikrlarini ifodalash va oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishga imkon beradi [6]. O'qituvchilar kreativ fikrlash qanday aniqlanishini, uni yuzaga keltiradigan vaziyatlarni hamda o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning eng samarali usullari nimalardan iborat ekanini tushunishlari kerak.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Kreativ fikrlash qobiliyati qanday rivojlantirilishini yaxshi tushunish, o'qituvchilarga o'zlari o'rganishlari jarayonida ijodiy fikrlarni "yuzaga chiqarishlariga" imkon berishi mumkin [7].

O'quvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda nimalrga e'tibor berish lozim.

Kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda o'quvchi o'zini erkin seza oladigan o'z fikrlari, g'oylari bilan bo'lisha oladigan muhit yaratishi lozim. O'quvchilar ongida yuz berayotgan jarayonning faollashtirish uchun o'rnatilgan qonun qoidalar, standartlardan chetka chiqib, turli savollarga javob berishda erkin harakar qilishlari kerak. O'qituvchi o'quvchilardagi kreativlikni noodatiy g'oyalarni o'rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag'batlantirish orqali qo'llab quvatlaydi. O'qituvchining o'quvchilar berayotgan kreativ g'oyalariga nisbatan to'g'ri munosabati ularning mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning barchasi o'qituvchi o'quvchi munosabatining muhim qismi bo'lib o'quvchilar muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

O'quvchilarda kreativlikni shakllantirish uchun o'quvchilarni qiziqarli, murakkab vazifalar, aniq maqsad va vaqt bilan ta'minlash;

-o'quvchilarga kreativlik muvozanatsiz hissini yuzaga keltirishni anglatish, bezovtalik va qo'rquv hissidan halos bo'lishga yordam berish, kreativ fikrlash ko'nikmalarini boshqa ko'nikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish hamda yo'l yoriq ko'rsatish;

-o'quvchilarni suhbat orqali rag'batlantirish, konstruktiv sharxlar bilan ta'minlash, yangi ko'rsatmalar bilan tanishtirib borish;

-o'quvchilar o'zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlari, guruhlarda ishlay olishlari, xissiy jihatdan ijobiy fikrlarga ega bo'lishlari uchun poydevor bo'ladigan muhitni yaratish jarayonida o'qituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga e'tibor qaratishlari lozim.

O'quvchilarda kreariv ko'nikmalarni rivojlantirishda quyidagilarni hulosa qilamiz:

■ birinchidan, pedagoglar o'quv manbalarini yaratishga nisbatan kreativ yondashib, o'quvchilarni umumiy rivojlanishi hamda kasbiy shakllanishiga e'tibor qaratish;

■ ikkinchidan, tayyorlangan o'qiv materiallarini g'oyaviy, ilmiylik, vezuallik, tizimlilik, o'quv axborotining izchil bayon etilishi, o'quv axborotlari o'rtasida o'zaro bog'liqligikni inobatga olish;

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

■ uchinchidan, topshiriqlar o'quvchilar yosh xususiyatiga mosligi, amaliy ahamiyatga egaligi, aniq maqsadga yonaltirilganligi hamda o'quvchilarnining extiyojlari va qiziqishlariga muvofiq tayyorlanishi;

■ to'rtinchidan, kreativlik ko'nikmalarini rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalarni maqsadli, izchil qo'llanilishi, shuningdek, pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish;

■ bechinchidan, o'quvchining krearivlik qobilyatlari rag'batlantirilsa va o'quvchi tomonidan samimiy muhit o'quvchilarni juftlikda, kichik guruhlarda faol ishlashlari uchun sharoit yaratilsa, mustaqil, ijodiy, tanqidiy kreativ fikrlash qobilyatlari rivojlanadi.

REFERENCES

1. Hennessey, B. and T. Amabile (2010), "Creativity", Annual Review of Psychology, Vol.61, pp. 569 -598.

2. OECD (2010), The OECD Innovation Strategy: Getting a Head Start on Tomorrow, OECD.

3. Lucas, B. and E. Spencer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can Think Critically., Crown House Publishing, https://bookshop.canterbury.ac.uk/Teaching-Creative-Thinking-Developing-learners-who-generate-ideas-and-can-think-critically_9781785832369 (accessed on 26 March 2018).

4. Tanggaard, L. (2018), Content-Driven Pedagogy: On Passion, Absorption and Immersion as Dynamic Drivers of Creativity, Springer, http://vbn.aau.dk/en/publications/contentdriven-pedagogy(96d07758-fcbe-490c-b090-426c6e096466).html (accessed on 26 March 2018).

5. Begetto, R. and J. Kaufman (2007), "Toward a broader conception of creativity: a case for "mini-c" creativity", Psychology of Aesthetics, Creativity, and the Arts, Vol. 1/2, pp. 73-79, http://dx.doi.org/10.1037/1931-3896.L2.73.

6. Hwang, S. (2015), Classrooms as Creative Learning Communities: A Lived Curricular Expression, https://digitalcommons.unl.edu/teachlearnstudent/55 (accessed on 26 March 2018).

7. Ksikszentmihalyi, M. (1996), Creativity:Flow and the Psychology of Discovery and Invention, Harper Collins Publishers, https://books.google.fr/books/about/ Creativity.html?id = K0 buAAAAMAAJ&redir_esc=y (accessed on 26 March 2018).

8. O 'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi (2020) UO'K 116.25.326 BBK 74.88(5Y3Ô).

9. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshi rish milliy markazi. Kreativ fikrlashni baholash (2021) UO'K 37.014.6:001 KBK 74.00 T 12

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 31 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.