Научная статья на тему 'O„QUVCHI-YOSHLAR MA'NAVIY TAFAKKURINI TARBIYALASHDA MAKTAB VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGINING JAMIYATDA TUTGAN O„RNI'

O„QUVCHI-YOSHLAR MA'NAVIY TAFAKKURINI TARBIYALASHDA MAKTAB VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGINING JAMIYATDA TUTGAN O„RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

29
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma‟naviyat / tafakkur / pedagogik hamkorlik / oila / mahalla / ta‟lim muassasasi / pedagogic hamkorlik texnologiyasi. / ma‟naviyat / tafakkur / pedagogik hamkorlik / oila / mahalla / ta‟lim muassasasi / pedagogic hamkorlik texnologiyasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilrabo Ibrohim Qizi Rahmonova

Ushbu maqolada o„quvchi-yoshlar ma‟naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab va jamoatchilik hamkorligining jamiyatga tutgan o„rni, maktab va jamoatchilik hamkorligining vazifalari, pedagogik hamkorlik asosida tarbiyalashning usullari haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the role of school and public cooperation in the society, the tasks of school and public cooperation, methods of education based on pedagogical cooperation.

Текст научной работы на тему «O„QUVCHI-YOSHLAR MA'NAVIY TAFAKKURINI TARBIYALASHDA MAKTAB VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGINING JAMIYATDA TUTGAN O„RNI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897

O'QUVCHI-YOSHLAR MA'NAVIY TAFAKKURINI TARBIYALASHDA MAKTAB VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGINING JAMIYATDA

TUTGAN O'RNI

Dilrabo Ibrohim qizi Rahmonova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika va psixologiya mutaxassisligi

2-bosqich magistranti

Ushbu maqolada o'quvchi-yoshlar ma'naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab va jamoatchilik hamkorligining jamiyatga tutgan o'rni, maktab va jamoatchilik hamkorligining vazifalari, pedagogik hamkorlik asosida tarbiyalashning usullari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, tafakkur, pedagogik hamkorlik, oila, mahalla, ta'lim muassasasi, pedagogic hamkorlik texnologiyasi.

This article talks about the role of school and public cooperation in the society, the tasks of school and public cooperation, methods of education based on pedagogical cooperation.

Keywords: spirituality, thinking, pedagogical cooperation, family, neighborhood, educational institution, technology of pedagogical cooperation.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq, har tomonlama uyg'un rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalash milliy tarbiyamizning bosh maqsadi sifatida belgilab olindi. O'quvchi-yoshlarda sog'lom, ma'naviy tafakkurni shakllantirish haligacha o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q. Hammaga ma'lumki, yuksak ma'naviy tafakkurga ega bo'lib ulg'aygan avlod mamlakatni har tomonlama gullab yashnashiga o'z hissasini qo'shadi. Ma'naviy tafakkur tushunchasiga ta'rif berishdan oldin, "ma'naviyat", "tafakkur" so'zlarining ma'nolarini alohida tahlil qilib chiqish lozim. O'zbek tilining izohli lug'atida "ma'naviyat", "tafakkur" so'zlariga quyidagicha ta'rif berilgan: "Ma'naviyat - arabcha, axloqiy holat, barcha axloqiy narsalar, xususiyatlar. Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va shu kabi tasavvurlari va tushunchalari majmui."

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Demak, ma'naviyat- axloqqa, tarbiyaga doir so'z ekan.

January, 2024

Academic Research in Educational Sciences_Volume 5 | Issue 1 | 2024

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897

Ma'naviyat- insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi.

"Tafakkur- arabcha- fikr yuritish, o'ylash, fikrlash. Ob'ektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in'ikos jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati, fikrlash". Tafakkurni qadimdan barcha olimlar va faylasuflar tadqiq etib kelishgan, uni falsafa va mantiq nuqtai nazaridan o'rganib chiqishgan. Insoniyat mavjudki, doimo tarbiyaga muhtoj. Mamlakat kelajagi yoshlarning qanday tarbiyalanganligi bilan belgilanadi. Hozirgi kunga kelib, ta'lim-tarbiya jarayonida e'tibor qaratilayotgan eng muhim masalalardan biri - bu o'quvchi-yoshlarda sog'lom fikrlashni, ma'naviy tafakkurni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda keng jamoatchilik fikriga suyangan holda rivojlantirishdan iboratdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYALAR

Bizga ma'lumki, o'quvchi-yoshlar ma'naviy tafakkurining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi:

> oila;

> ota-ona munosabatlari;

> oiladagi sog'lom tarbiya va sog'lom muhit;

> ta'lim muassasalari , ta'lim-tarbiya jarayoni;

> tengdoshlar jamoasi;

> mahalla muhiti.

Oila-murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, bolaning sog'lom ma'naviyatli, yuksak madaniyatli bo'lib kamol topishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'ini. Oilalar birlashib jamiyatni tashkil qiladi, shu sababli, har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini inson tafakkuri va aqliy salohiyati, ma'naviyati va madaniyati belgilab beradi. Insondagi ushbu hislatlar bevosita ta'lim dargohida shakllanadi va rivojlanadi. Shu bois ham, yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish, ularning intellektual bilimlarini, tafakkurini rivojlantirish va ularni qo'llab-quvvatlash dolzarb ijtimoiy ehtiyojlardan sanaladi.

Shu o'rinda haqli bir savol tug'iladi: "Nima uchun o'quvchi-yoshlarda ma'naviy tafakkurni tarbiyalash kerak?". Jamiyatda sodir bo'layotgan bir qancha buzg'unchilik, o'g'irliklarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu noxush voqealarni albatta, jinoyatchilar, o'g'ri-yu , bezorilar sodir qiladi. Shu bezorilar, o'g'rilar ham vaqtida bola bo'lgan, lekin ular yaxshi tarbiyalanmaganligi, ma'naviy tafakkuri shakllanib vatanni anglamaganligi sababli shu holga kelib qolgan. Darhaqiqat bolaga kerakli vaqtda berilmagan tarbiya, e'tibor vaqti kelib jamiyatda juda katta muammolar paydo bo'lishiga olib

January, 2024

121

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j UIF: 6,1 j SJIF: 6,897

keladi. Bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanish faqatgina oilaning ya'ni ota-onaning vazifasi emas, chunki, bola oiladan tashqari ta'lim muassasida, mahallada ham vaqt o'tkazadi. Xalqimizda shunday naql bor: " Bir bolaga yetti mahalla, ota-ona" Bejizga ajdodlarimiz bu naqlni aytishmagan. Bolaning kamol topishida hamma birdek javobgar hisoblanadi. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu jinoyatlarning tub zamirida qarovsizlik, vaqtni behuda sarflash, nazoratsizlik kabi beparvoliklar tashkil qiladi. O'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini samarali o'tkazish, ularni turli mashg'ulotlarga jalb etish oila-mahalla-maktab hamkorligi uzviy amalga oshirilgandagina yaxshi yo'lga qo'yilishi mumkin.

O'quvchi-yoshlar oiladan olgan tarbiyasidan tashqari, ta'lim muassasalarida o'qituvchilar tomonidan ham ta'lim-tarbiya oladi. Maktab davri ulg'ayotgan o'quvchi-yoshlar uchun tayanch fazilatlarni shakllantiruvchi davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda o'quvchilarda axloqiy tarbiyani, ma'naviy tafakkurni tarbiyalash mumkin. Yoshlarni to'g'ri tarbiyalash, ularni mamlakat kelajagiga ishontirish, milliy-ma'naviy tarbiya ruhida tarbiyalash, ma'naviy tafakkurini shakllantirish masalalari oila, mahalla va maktab hamkorligining bosh vazifalari hisoblanadi. O'quvchi-yoshlarni ma'naviy jihatdan komil bo'lib yetishini nazorat qilishda mahallaning roli muhim ahamiyatga ega. Chunki, qadimdan o'zbek xalqi mahalla-ko'y, qo'ni-qo'shnilar bilan birdamlikda yashab kelgan. Biror bir ishni mahalla maslahatisiz qilmagan.

Ta'lim muassasasi va jamoatchilik hamkorligi asosida o'quvchi-yoshlarning ma'naviy tafakkurni tarbiyalashda uzluksiz ta'lim jarayonida davlat va jamoatchilik tashkilotlarining boshqaruvini takomillashtirishni, ularning ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir doirasini yanada kengaytirish lozim.

"Pedagogik hamkorlik- pedagogik maqsad asosida tashkil etilgan, muayyan dastur asosida tartibga solingan, o'quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishida mas'ul, ularni rivojlanish jarayonida qo'llab-quvvatlovchi va muayyan darajada javobgar asosiy tarkibiy tuzilmalarning o'zaro faol ijtimoiy harakatdan iborat uyushmasidir." Maktab va jamoatchilik hamkorligi asosida o'quvchi-yoshlarda ma'naviy tafakkurni tarbiyalash texnologiyasini ishlab chiqishda shu kungacha qo'llanilgan ta'lim va tarbiya texnologiyalaridan foydalandik. Texnologiyani bayon etish uchun dastlab kutiladigan natija, natijadan kelib chiqib qo'yilgan maqsad hamda faoliyat vazifalariga to'xtalib o'tish lozim.

January, 2024

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897

Maqsad:

Pedagogik vazifalar:

Kutiladigan natija:

Maktab va jamoatchilik hamkorligi asosida o'quvchi-yoshlarda ma'naviy tafakkurni tarbiyalash va rivojlantirish.

1) O'quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib qilish orqali ularning ma'naviy tafakkurini tarbiyalash;

2) Sinfda va sinfdan tashqari ma'naviy-tarbiyaviy tadbirlarni, to'garaklami tashkil qilish orqali o'quvchilar tafakkurini tarbiyalash;

3)kino, teatr, muzey, konsert tomoshalariga o'quvchilarni sayrga olib chiqish.

va

Pedagogik hamkorlik (maktab jamoatchilik) asosida o'quvchi-yoshlar ma'naviy tafakkurini tarbiyalash.

Maktab va jamoatchilik hamkorligi asosida o'quvchi-yoshlar ma'naviy tafakkurini

tarbiyalashning texnologik modeli.

Ushbu texnologik modelda belgilangan pedagogik vazifalar samarali yo'lga qo'yilsa, maktab o'quvchi-yoshlarining ma'naviy tafakkuri yanada kengayadi.

XULOSA

Pedagogik hamkorlik dolzarb muammo sifatida o'quvchi-yoshlarni tarbiyalash jarayonining samaradorligini baholash va sifat o'lchamini aniqlash orqali o'quvchi-yoshlar tarbiyasida "maktab va jamoatchilik" hamkorligining ta'sir doirasini o'rganishga imkon beradi.

Umumiy o'rta ta'limda o'quvchi-yoshlar ma'naviy tafakkurini tarbiyalashda asosiy xalqa vakillarining birlikdagi mas'uliyati, javobgarligi hamda qo'llab -quvvatlashi asosidagi ma'naviy hamjihatligiga bog'liq bo'lib, o'quvchi shaxsini rivojlantirish nafaqat ta'lim tashkiloti balki maktabdan tashqari tarbiyaviy ta'sirlarning mushtarak ta'minlab beruvchi mahalla jamoatchiligi yordamisiz amalga oshmaydi.

O'quvchi-yoshlar ma'naviy tafakkurini hamkorlik asosida tarbiyalashni sifat jihatdan baholashda hamkorlik asosida tarbiyalashning huquqiy asosini tahlil qilish, har bir hamkor tomonning vakolatlarini o'rganib chiqish muhim bosqich hisoblanadi.

January, 2024

123

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j UIF: 6,1 j SJIF: 6,897

REFERENCES

1. O'zbek tilining izohli lug'ati, Toshkent, 566-bet

2. O'zbek tilining izohli lug'ati, Toshkent, 14-bet

3. Abdullayeva G.A. "O'quvchi-yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi" diss.ishi. Toshkent-2023. 65-bet

4. R.A.Mavlonova, B.Normurodova.,,Tarbiyaviy ishlar metodikasi" o'quv qo'llanma.

5. Dilrabo Rahmonova "Sinf rahbarining oila va jamoatchilik bilan hamkorligini tashkil etish" Educational and pedagogical sciences

January, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.