Научная статья на тему 'O’QUV MOTIVLARINI BAHOLASH MEZONLARI'

O’QUV MOTIVLARINI BAHOLASH MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
o’quv motivi / mezonlari / ta’lim-tarbiya / motivatsiya / psixologik muhit va ijtimoiy psixalogik yondashuvlar / ijtimoiy mezonlar. / educational motive / criteria / education / psychological environment and social psychological approaches.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jumabekov Ziyovuddin Xazratqul O’g’li

Maqolada o’quv motivlarini shakilanishining ijtimoiy-psixologik mezonlari, xususiyatlari, mexanizmlari, talim-tarbiyaga tadbiq qilish shart-sharoitlari haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по Гуманитарные науки , автор научной работы — Jumabekov Ziyovuddin Xazratqul O’g’li

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRITERIA FOR EVALUATING LEARNING MOTIVES

The article describes the socio-psychological criteria, characteristics, mechanisms of the formation of educational motives in students, and the conditions for their application to education.

Текст научной работы на тему «O’QUV MOTIVLARINI BAHOLASH MEZONLARI»

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

O'QUV MOTIVLARINI BAHOLASH MEZONLARI Jumabekov Ziyovuddin Xazratqul o'g'li

Guliston davlat universiteti 2-bosqich magistri va stajyor o'qituvchisi https://doi. org/10. 5281/zenodo.7854966

Annotatsiya: Maqolada o'quv motivlarini shakilanishining ijtimoiy-psixologik mezonlari, xususiyatlari, mexanizmlari, talim-tarbiyaga tadbiq qilish shart-sharoitlari haqida yozilgan.

Kalit so'zlar: o'quv motivi,mezonlari, ta'lim-tarbiya,motivatsiya, psixologik muhit va ijtimoiy psixalogik yondashuvlar, ijtimoiy mezonlar.

CRITERIA FOR EVALUATING LEARNING MOTIVES

Abstract: The article describes the socio-psychological criteria, characteristics, mechanisms of the formation of educational motives in students, and the conditions for their application to education.

Keywords: educational motive, criteria, education, psychological environment and social psychological approaches.

КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ МОТИВОВ ОБУЧЕНИЯ

Аннотaция: В статье описаны социально-психологические критерии, особенности, механизмы формирования учебных мотивов у учащихся, условия их применения в обучении.

Ключевые слова: учебный мотив, критерии, воспитание, психологическая среда и социально-психологические подходы.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori e'lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko'rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash shart sharoitlari keltirib o'tilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda o'rganuvchining o'qish jarayoniga munosabatini hal qiluvchi omillardan biri - bu uning motivatsiyasi. Motivatsiyani 2 ga bolishimiz mumkin: ichki va tashqi. Ichki motivatsiyasi bor inson biror ishni shunchaki o'sha ish unga yoqqani uchun bajaradi. Tashqi motivatsiya esa shu ishdan biror manfaat bo'lganda yuzaga keladi.

Masalan, matematikadan qaysidir masalani qiziquvchanligi sababli yechishga intilish bu ichki motivatsiya. Osha masalani yaxshi baho olish yoki o'qituvchidan dakki eshitmaslik uchun yechish - bu tashqi motivatsiya.

Ayrim o' qituvchilarning xatosi shuki, ular ta lim jarayonida asosan tashqi motivatsiyaga suyanib qolishadi. Turli sovgalar, stikerlar, maqtovlar ko'rinishidagi mukofotlash va jarima,

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

qattiq tanbeh va hatto jismoniy choralar ko'rinishidagi jazolar asosiga o'qish jarayoni taskil etiladi. Ko'p sonli tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tashqi motivatsiya shundoq ham ichki motivatsiyasi bor insonning ana shu ichki motivatsiyasini yo'qotishiga olib kelishi mumkin.

Bir hazilomuz hikoyada aytilishicha, bir cholning uyi yonida yosh bolalar muntazam beysbol o'ynashni odat qilishibdi. Shovqin va to'polondan charchagan chol ajoyib yo'l tutibdi. U bolalarni chaqirib, «uyimning yonida besybol o'ynasanglar, 5 dollardan har biringga beraman» debdi. Shundoq ham har kuni bu yerga kelib, beysbol o 'ynab yurgan bolalar cholni tentakka chiqarishsa-da, bunga xursandchilik bilan rozi bo'lishibdi. Bir muddat bolalarga 5 dollardan berib yurgan chol, bir kuni bolalarni chaqirib, endi 5 emas, 1 dollardan berishini aytibdi. Bolalar biroz hafalik bilan buni ham qabul qilishibdi. Yana ozroq vaqtdan song esa, chol bolalarga «endi sizlarga pul bermayman, lekin shu yerga kelib, beysbol o'ynab tursanglar xursand bo'laman» debdi. Bu safar bolalar «agar pul berilmasa, bu sassiq joyda beysbol o'ynamaymiz» deb taklifni rad etishibdi.

Tashqi motivatsiyaga urg'u berilgan darslarda o'quvchi fanga oid ma'lumotni emas, unga berilgan mukofot yoki jazoni eslab qolishi osonroq bo'ladi. Masalan, tarix fani o'qituvchisi dars payti har bir to'g'ri javob uchun bittadan konfet bergan bo'lsa, bir necha kun o'tib o'quvchilar konfet yeganini eslaydi-yu, to'g'ri bergan javoblarini unutib qo'yadi. Yoki xuddi o'sha darsda, noto'g'ri javob uchun, o'quvchilarni turg'izib qo'yib, so'kilsa, bola ma'lumotlarni emas, turib, so'kish eshitganini yaxshiroq eslab qoladi.

Qolaversa, mukofot va jazo tizimi vaqt o'tgan sari o'z ta'sirini yo'qotadi, va o'quvchilarda motivatsiya saqlash uchun mukofot va jazolar darajasini tobora oshirib borishga to'g'ri keladi. Mukofot va jazolar berilmay qo'yganda esa, motivatsiya butkul yo'qolish xavfi bor.

Shu sababdan, asosiy e'tibor jazo va mukofotlarga, baho va imtihonlarga emas, fanning o'ziga qaratilishi lozim. O'qituvchi iloji boricha darsga va topshiriqlarga qiziqish uyg'otishi, o'quvchilar bilan yaqindan muloqot o'rnatib, ularning hayotiy sharoitlari, maqsadlari va ularni ruhlantiruvchi omillarni o'rganishi talab etiladi.

Ichki motivatsiyaning kamchilik tomoni shundaki, uni shakllantirish k'oproq vaqt talab etadi. Bundan tashqari, ichki motivatsiyani uyg'otish har bir o'quvchiga alohida yondashuv talab qiladi va o'quvchilar shaxsiyatini yaxshi bilishni taqozo etadi. Garchi qiyin tuyulsa ham, odatda inson o'rganishga bo'lgan tabiiy ichki motivatsiyaga ega bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Faqat ana shu motivatsiyani dars mazmunini boyitish, o'rganuvchilarning qiziqish va kechinmalarini hisobga olish orqali chaqirilsa, bas. Ichki motivatsiyaga ega insonlar yaxshiroq natijalarni ko'rsatishadi, o'rganishlari osonroq kechadi va ichki motivatsiya uzoqroq muddat yo'qolmay turadi. Va yana bir muhim jihat, ichki motivatsiya insonning ruhiy holati hamda salomatligi yaxshiroq bo'lishiga ham xizmat qiladi. Ichki motivatsiyaning kuchli bo'lishi ko'plab ruhiy muammolar, hayotdan bezish, zo'ravonlik va hatto narkomaniyaning ham oldini olib, o'quv muassasa hududidagi tartib-intizom va ma'naviy muhit yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Motivatsiya masalasi nafaqat ta'lim, balki deyarli hamma sohalarga tegishli. Buni anglagan ish beruvchilar tobora ko'proq ish joyini xursandchilik joyiga aylantirishga, har bir xodim o'z mehnatidan chinakamiga rohatlanishiga e'tibor qaratishmoqda. Oddiy misol sifatida, Google kompaniyasini olishimiz mumkin. U yerda ishchilar uchun o'yin maydonlari, massaj

i VOLUME 2 I ISSUE 4 I 202Э ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.7GS) | UIF (S3)

kursilari, alohida shinam xonalar, tekin taom va shirinliklar kabi qulayliklar yaratilgan. Maqsad shuki, xodimlar bu yerda o'zini erkin va yoqimli his qilsin.

Tashqi motivatsiyadan butunlay voz kechish ham shart emas. U ham muayyan turtkiga sabab bo'ladi. Ayniqsa, dastlabki davrda, hali ichki motivatsiya shakllanib ulgurmagan paytda u ham qo'l kelishi mumkin. Lekin, bolada ichki motivatsiya shakllangan sari, tashqi motivatsiya omillarini asta-sekin kamaytirib borish maqsadga muvofiq.

Ichki motivatsiyaning asosiy shartlaridan biri bu - ixtiyoriylik. Har ikki tomon, o' quvchi ham, o'qituvchi ham darsga xohlab, o'z ixtiyori bilan kelayotgan bo'lishi juda muhim. Shu bois, o'rganuvchi va o'rgatuvchilarning xohish-istaklarini yaxshi aniqlash, ularga nima kerag-u, nima kerak emasligidan ogoh bo'lish zarurdir. O'quv muassasa rahbariyati o'qituvchilarning kayfiyati, ishga bo'lgan intilishini ijobiy bo'lishi uchun mehnat sharoitlari hamda muassasadagi psixologik muhitni yaxshi holatda saqlashi ham juda muhim. Zero, o'qituvchidagi intilish va qiziqish o'quvchiga ham o'tadi, va aksincha, o'qituvchi ham faqat tashqi motivatsiya asosida ishlayotgan bo'lsa, darsda u o'quvchilardagi ichki motivatsiyani so'ndirib qo'yishi ham hech gap emas.

Natija qanday bo'layotgani ma'lum - Google dunyodagi eng muvaffaqyatli kompaniyalardan bo'lib kelmoqda. Albatta, bunday darajadagi sharoitlarni hosil qilish katta mablag'ni talab etadi. Hamma ham bunga qodir emas. Lekin, ba'zi bir arzimas ko'ringan holatlarni yaxshilash, hech bo'lmasa behuda uzundan-uzoq majlis yoki hujjatbozliklarni kamaytirish, xodimlarni bir-biri bilan taqqoslayverishni bas qilishning o'zi ham muhitga va ish sifatiga ijobiy ta' sir o'tkazadi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati psixologik diagnostika tayyorgarligining psixologik shart-sharoitlarini aniqlanganligi; ta'lim tizimi uchun psixologik motivatsiya dasturlari ishlab chiqilganligi;ta'limni psixologik diagnostika asosida takomillashtirishga yo'naltirilgan o'quv-metodik ta'minot ( ilmiy-metodik tavsiyalar)ning mavjudligi bilan izohlanadi.

O'qituvchilar o'quvchilar uchun eng foydali va ta'lim faoliyati uchun zarur bo'lgan shakllantiruvchi baholash turlarini yaratish va ulardan foydalanishlari kerak. Formativ baholar yakuniy baholarga ta'sir qilmaydi va bu o'quvchilarda materialni dastlabki assimilyatsiya qilishda muqarrar bo'lgan xatolardan qo'rqishni olib tashlashga imkon beradi. Muhim shart: baholash haqiqatan ham shakllantiruvchi bo'lishi uchun uning natijalari o'qituvchini o'qitishni to'g'rilash uchun ishlatishi kerak. Ular o'quvchiga etkazilishi va rejalashtirish uchun ishlatilishi kerak. Nafaqat o'qituvchi, balki bola ham yaqin kelajakda nima ustida ishlashi kerakligini tasavvur qilishi kerak.

XULOSA

Ijtimoiy motivlariga va mexanizmlariga ta'sir qiluvchi asosiy psixologik pedagogik omillarni aniqlash, oliy ta'lim tizimida talabalarda ijtimoiy motivatsiyalar shakilanish tamoyillari, shakl, metod va vositalarini aniqlashtirish asosida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishiqilishi kerak.

Foydalaniladigan adabiyotlar

1. KarimovI.A.Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1997.

2. G'oziev E.G\ —Pedagogik psixologiya asoslaril. Toshkent. 1997.

3. V.Karimova—Psixologiya.Toshkent.2000.

4. G'oziyevE.G'.Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi) . T. ,O'qituvchi, 1994.

5. Davletshin M.G.,Do'stmuxamedova Sh.A., To'ychiyeva

6. S.M., Mavlonov M. —Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. T.: TDPU, 2004 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.