Научная статья на тему 'O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATIDA PSIXOLOGIYANING AHAMIYATI'

O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATIDA PSIXOLOGIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
565
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuzatish / pedagogika / intervyu / anketa / integratsiya / distansion / qadriyat / grant / shartnoma. / observation / pedagogy / interview / questionnaire / integration / distance / value / grant / contract.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Madina Baxtiyorovna Xo’Jayeva, Madinabonu Ravshanovna Hamroyeva

Ushbu maqolada pedagogikaning bir qancha muammolari va ularning yechimlari to’g’risida ma’lumot berib o’tilgan. Bundan tashqari o’qituvchining fazilatlari, kasbiy xususiyatlarining qanday bo’lishi, ta’lim-tarbiya jarayonida psixologiyaning ahamiyati, o’quvchilarning kayfiyati va ruhiyatiga qarab muomalada bo’lish to’g’risida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PSYCHOLOGY IN THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF THE TEACHER

This article provides information on several problems of pedagogy and their solutions. In addition, the teacher’s qualities and professional characteristics, the importance of psychology in the educational process, and dealing with students according to their mood and mentality were discussed.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATIDA PSIXOLOGIYANING AHAMIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATIDA P SIXOLOGIYANING

AHAMIYATI

Madina Baxtiyorovna Xo'jayeva Madinabonu Ravshanovna Hamroyeva

Buxoro muhandislik-texnologiyalar instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada pedagogikaning bir qancha muammolari va ularning yechimlari to'g'risida ma'lumot berib o'tilgan. Bundan tashqari o'qituvchining fazilatlari, kasbiy xususiyatlarining qanday bo'lishi, ta'lim-tarbiya jarayonida psixologiyaning ahamiyati, o'quvchilarning kayfiyati va ruhiyatiga qarab muomalada bo'lish to'g'risida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: kuzatish, pedagogika, intervyu, anketa, integratsiya, distansion, qadriyat, grant, shartnoma.

THE IMPORTANCE OF PSYCHOLOGY IN THE PROFESSIONAL ACTIVITY

OF THE TEACHER

ABSTRACT

This article provides information on several problems of pedagogy and their solutions. In addition, the teacher's qualities and professional characteristics, the importance of psychology in the educational process, and dealing with students according to their mood and mentality were discussed.

Key words: observation, pedagogy, interview, questionnaire, integration, distance, value, grant, contract.

Respublikamiz mustaqillik yillarida ta'lim-tarbiya tiziminini tubdan isloh qilish maqsadida bir qator asoslarnini ishlab chiqdi. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi" ning yaratilishi va amaliyotga tatbiq etilishi xalq ta'limi sohasida ham buyuk burilishlar yasadi. Milliy pedagogikamizning jadal sur'atlarda taraqqiy etishi, ta'lim-tarbiya jarayonida Al-Buxoriy, At Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy singari ulug' olim-u adiblar, fozil-u fuzalolarning merosidan foydalanish imkoniyati yaratildi. [1]

Pedagogikaning ko'pgina muammolarini hal etishda ta'lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg'or o'qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o'qituvchilarning faoliyatlari ham o'rganib boriladi. Chunki tajribalarni o'rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Pedagogik tajribalami o'rganishda kuzatish, intervyu olish, anketalar tarqatish, o'quvchilaning yozma va ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarni o'rganish metodlaridan foydalaniladi. Kuzatish — o'rganish lozim bo'lgan pedagogik hodisani ma'lum maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish ob'yektiga oid bo'lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.[4] Suhbat (fakt) dalillar to'plash yoki kuzatish davomida to'plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo'llaniladi. Anketalar tarqatish. Bu ommaviy ravishda material to'plash maqsadida anketalar tarqatish yo'li bilan amalga oshiriladi. Tadqiqot uchun muhim bo'lmagan materiallar o'quvchilarning yozma va bir qancha fanlar bo'yicha mustaqil ishlarni bajargan daftarlarini tekshirish, o'rganib chiqish yo'li bilan turlarga ajratilishi mumkin.

Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi tartib-qoidalarining yig'indisi sifatida gavdalanadi. Xulosa qilib aytganda, insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo'lgan munosabatidan uning axloqi namoyon bo'ladi. Xalqimiz axloqiy fazilatlarni qadim zamonlardan beri boyitib kelgan. Axloq-odobga oid fikrlar "Avesto" kitobida, qadimgi bitiklarda, pandnomalarda va boshqa yozma manbalarda o'z ifodasini topgan Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri - o'qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki o'qituvchida barcha pedagogik g'oyalar mujassamlangan bo'lib, uning faoliyati orqali bu g'oyalar amalga oshiriladi va hayotga tadbiq etiladi. 0'qituvchining ko'p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi.[6] Bularni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog'liq: bolalarni o'qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o'tkazish, ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi o'qituvchidan chuqur bilimga ega bo'lishni, o'z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.

Hozirgi zamon o'qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri - o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, o'z kasbini sevishi uni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o'qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog'liq. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o'zi o'qitayotgan predmetini chuqur bilishi, uning metodikasini o'zlashtirib olgan bo'lishi zarur. [9]Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o'quvchilarga yetkaza olishi bolalarning shu predmetga bo'lgan qiziqishini oshiradi, o'qituvchining obro'yini oshiradi. 0'quvchilar o'qituvchining o'z bilimlarini o'quvchilarga yetkaza olish imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning fidoyiligini ham taqdirlashadi. 0'qituvchining yuksak

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

madaniyati, uning teran bilim doirasi (ayniqsa, 0'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng xalqimizning o'z tarixi, madaniyati, urf-odatini o'rganishga, bilishga bo'lgan qiziqishi ortib borayotgan davrda) ta'lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Hozirgi zamon o'qituvchisi va ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchisi milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, sinfda uning otashin targ'ibotchisi ham bo'lishi kerak. O'qituvchi kasbiga xos bo'lgan muhim talablardan biri— o'quvchilarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o'qituvchi bo'la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o'qituvchilik kasbiga loqayd inson haqiqiy o'qituvchi bo'la olmaydi.[3]

Bo'lajak o'qituvchining kasbiy shakllanib borishida I kursdan boshlab o'tkaziladigan uzluksiz pedagogik amaliyot alohida ahamiyatga ega. Bu amaliyot 1, 2-kurslarda amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi o'qishning birinchi yilidan boshlaboq, talabalarni maktabga o'rgatish, o'qituvchilik kasbidan xabardor qilib borishdir, qolaversa, uzluksiz amaliyot kasb tanlashga yo'llash vazifasini ham o'taydi. Bunday amaliyotlar birinchi kursning o'zidayoq: tanlagan kasbim to'g'rimi? Shu kasbni egallashga menda imkoniyat va xohish bor edimi, degan savollarga javob qaytarish imkoniyatini beradi. [7] Bunday amaliyot davomida talabalar maktab va sinf jihozi, sinf o'qituvchisining ish tartibi, plan-konspekti, o'quvchilar tarkibi, ulaning uy sharoitlari, darslik va o'quv qurollari bilan ta'minlanganligi kabilar bilan tanishadilar. 0'qituvchining darslarini kuzatadilar, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda o'qituvchiga yordam beradilar, maktabda kuni uzaytirilgan guruhlari bo'lsa, shu guruh tarbiyachilari ishi bilan tanishib boradilar. Ota-onalar majlislarini tayyorlashda va o'tkazishda o'qituvchiga yordam berishadi. Xulosa qilib aytganda, uzluksiz pedagogik amaliyot talabalarni o'quv-pedagogik amaliyotga tayyorlanib boradi.[1]

Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichiga ega. Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.

Ikki bosqichli oliy ta'lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: - bakalavriat va magistratura uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish; - oliy ta'lim muassasalari uchun professor -o'qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan, chet ellardagi yetakchi o'quv va ilmiy markazlarda tayyorlash; - oliy ta'lim muassasalarida tarkibiy o'zgartirishlar o'tkazish; -oliy ta'lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish; - ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

integratsiyasi ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; -o'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta'lim tizimi texnologiyasi, vositalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish; - yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o'qitishni jadallashtirish; - xalqning boy ma'naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta'limning insonparvarlik yo'nalishini ta'minlash.

ADABIYOTLAR

1. Khujaeva, M. B. Essence of professional education system improvement / M. B. Khujaeva // . - 2022. - Vol. 2, No. 43. - P. 349-353.

2. Gulchekra, A. (2022). STUDY OF DYNAMIC ANTHROPOMETRY FOR MAKING CLOTHES FOR VARIOUS PURPOSES. Universum: технические науки, (2-7 (95)), 43-46.

3. Абдуллаева, Г. Ш. ИЗУЧЕНИЕ ДИНАМИЧЕСКОЙ АНТРОПОМЕТРИИ И ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПОДРОСТКОВОЙ ОДЕЖДЫ. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА'. Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022).

4. Хужаева, М. Б. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ОПЫТ И КАЧЕСТВА. Scientific progress, 4(1), 334-341.

5. Nurillaevna, T. Z., Zhabborovna, R. G., & Sodikovich, S. I. (2020). Marketing researches in designing forms for students of academic liceues. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(5), 360-364.

6. Shukhratovna, A. G., & Shukhratovna, A. S. (2023). DISTANCE EDUCATION PERSPECTIVES AND INNOVATIONS. Journal of new century innovations, 21(2), 97-99.

7. Tosheva, N., & Abdullaeva, G. (2022). THE CONCEPT OF" INNOVATION" AND TYPES OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Scientific progress, 3(3), 586-589.

8. Хужаева, М. Б. (2023). KIYIMLARNI TIKISHDA INSON TANASI O'LCHAMLARTNI OLISH USULLARI. Scientific progress, 4(3), 49-57.

9. Nematova L.X. Applicftion jf information technologies at the scientific world and intellectual level of students. Novateur publications a Multisciplinary Peer Reviewed journalVolume 6, Issue 5, May-2020. Р.41-44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.