Научная статья на тему 'O‘QIMOQ VA O‘QITMOQ ZARURIYATI BEHBUDIY ASARI MISOLIDA'

O‘QIMOQ VA O‘QITMOQ ZARURIYATI BEHBUDIY ASARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Mahmudxoja Behbudiy / jadidchilik / "Padarkush" dramasi ma’naviy-axloqiy tarbiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nargizaxon Yo‘lchiboy Qizi Ahmadjonova

Ushbu maqolada Turkiston o‘lkasi jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi, ma’rifatparvar publisist, dramaturg Mahmudxoja Behbudiy asarlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ahvoli va uning shaxs hayotidagi o‘rni masalasi aks etganligi tilga olinadi. Behbudiyning fikrlari va u olib borgan faoliyatning hozirgi yosh avlod uchun ibrat bo‘la oladigan jihatlari, "Padarkush" dramasidagi ma’naviyaxloqiy tushunchalarni bayon qilishining e’tiborga molik jihatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QIMOQ VA O‘QITMOQ ZARURIYATI BEHBUDIY ASARI MISOLIDA»

O'QIMOQ VA O'QITMOQ ZARURIYATI BEHBUDIY ASARI MISOLIDA

Nargizaxon Yo'lchiboy qizi Ahmadjonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Turkiston o'lkasi jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi, ma'rifatparvar publisist, dramaturg Mahmudxoja Behbudiy asarlarida ma'naviy-axloqiy tarbiya ahvoli va uning shaxs hayotidagi o'rni masalasi aks etganligi tilga olinadi. Behbudiyning fikrlari va u olib borgan faoliyatning hozirgi yosh avlod uchun ibrat bo'la oladigan jihatlari, "Padarkush" dramasidagi ma'naviy-axloqiy tushunchalarni bayon qilishining e'tiborga molik jihatlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Mahmudxoja Behbudiy, jadidchilik, "Padarkush" dramasi ma'naviy-axloqiy tarbiya

THE NECESSITY OF EDUCATION AND TEACHING IN THE EXAMPLE

OF BEHBUDI'S WORK

Nargizakhan Yolchiboy kizi Akhmadjonova Fergana regional branch of the State Institute of Art and Culture of Uzbekistan

Abstract: In this article, it is mentioned that the issue of spiritual and moral education is reflected in the works of Mahmudhoja Behbudi, a bright manifestation of Turkestan modernism movement. Aspects of Behbudi's work that can serve as an example for the current young generation and the remarkable aspects of his presentation of spiritual and moral concepts in the drama "Padarkush" are analyzed.

Keywords: Mahmudhoja Behbudi, modernism, "Padarkush" drama, spiritual and moral education

Jamiyatning bir bo'g'ini bo'lmish oiladagi ma'naviy - axloqiy tarbiya haqida gapiradigan bo'lsak, bu bolalarga ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni o'rgatish va halollik, hurmat, mas'uliyat, hamdardlik kabi ijobiy xislatlarni yoshligidan sindirish jarayonidir. Globallashuv davrida milliy va ma'naviy qadriyatlarga - ommaviy madaniyatning tahdidi kuchayib bormoqda. Bu, avvalo, yosh avlodni bilim olish, vatan va yurt ravnaqi, rivojlanishi uchun hissa qo'shishi lozimligiga raxna solib, yoshlarning ongini turli yot tushunchalar bilan yog'irilgan illatlar bilan zaharlanishiga olib kelmoqda. Buning to'laqonli davosi hisoblangan milliy ma'naviy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo'lgan ma'naviy - axloqiy tarbiya ajdodlarimizning ibratli hayoti va asarlarida o'z aksini topgan. Darhaqiqat, turli

mafkuraviy va ma'naviy tahdidlarga qarshi - bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor.

Bizning yurtimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ma'naviyatimizning ildizlari bo'lgan buyuk mutafakkurlarimiz hayoti, ijodini va ular ijodidagi hozirgi yoshlarimizning ma'naviy - axloqiy tarbiyasiga ta'sir etadigan qarashlarini keng ommaga targ'ib qilish ulkan ahamiyat kasb etadi.

Yaqin tarixga nazar tashlab jadidlardan nafs jilovini, yo'qchilig-u to'qchilik ustida fikrlashni, vatan va tuproq nima ekanligini o'rganish mumkin. Ma'lumki, XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy harakat tarix sahnasiga ma'rifatparvar shaxslar - jadidlarni olib chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdulla Avloniy kabi qomusiy bilim egalari ana shular jumlasidandir. Ular o'z bilimlarini millat ravnaqi, jamiyat rivoji yo'lida sarflashga intildi, o'rni kelganda mablag'ini ham ayamadi. Adib, publitsist, pedagog, olim, din va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan va yetakchilaridan biri edi. U ma'rifatning, maorif ishlarining faqatgina nazariyotchisi bo'lib qolmay, balki o'lka maorifi rivojida amaliy tomondan ham jonbozlik ko'rsatdi. Shuningdek, Behbudiy quyi va yuqori maktabning isloh qilinishini millatning isloh etilishiga qiyosladi va uni umummilliy g'oya deb bildi. Millatga "o'qumoq, o'qutmoq kerakdur. Bolalarga otalardan ilmi diniy va ilmi zamoniy meros qolsun", - deya murojaat qilib, o'zi ilgari surgan milliy g'oyani barcha targ'ib qilishi zarurligini ta'kidladi. Behbudiyning umummilliy g'oyasi targ'iboti uchun milliy matbuot kerak edi. Jadidlar chiqara boshlagan gazeta-jurnallar rosmanasiga fikr almashish, ilg'or g'oya va fikrlarni targ'ib etish, bahslashish maydoniga aylangan, demokratik qadriyatlarni o'zida aks ettirgan, fikrlar qarama-qarshiligini ko'tara oladigan, ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi tanqidiy maqolalarni yoritadigan matbuot nashrlari edi. Masalan, Mahmudxo'ja Behbudiy muharrirlik qilgan "Oyina" jurnali ma'rifat va madaniyat tarqatish maqsadida millat va uning haq-huquqlariga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyodagi ahvolga oid turli-tuman maqolalarni chop etdi. Shuningdek, ayni yo'nalishlardagi bahslar uchun minbar vazifasini o'tadi. Behbudiy o'z zamonida millatning zabun ahvolini, Chor Rossiyasi yuritayotgan bosqinchilik siyosatini ko'rib o'zi va xalqining haqini talab qilgan insonlardan edi. Maqolalaridan birining sarlavhasiga ham «Haq olinur, berilmas» deb qo'ygan.

Oilada axloqiy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy odatlar: odobsizlik, mamamlik, kibrlilik, ko'ngli qoralik, dangasalik, maxtanchoqlik, xasislik, sotqinlik, chaqimchilik, xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e'tiqodsizlik, adolatsizlik, yolg'onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik,

kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga izzat ko'rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldi olinishiga erishiladi. Oila tarbiyasi bu yuqarida ta'kidlab o'tilganidek, ota onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tommonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarini har tomonlama yetuk, sog'lom, bilimli etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Shu o'rinda aytish joizki, haqiqiy oila bu axloq, xushmuomalalik, mehnatsevarlik asosida qurilgan bo'lishi insonlar o'rtasidagi munosabat va muloqotlarda o'ta muhim va shaxsning fe'l-atvori, yurish-turishida alohida kasb etadi. Agar ona o'z farzandini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu his-tuyg'u unga butun hayoti davomida hamroh bo'ladi.

Mahmudxo'ja Behbudiy milliy g'oyasining yana bir targ'ibot quroli, bu -adabiyot edi. Jadidlar Navoiy, Fuzuliy, Sa'diy singari buyuk zotlar hayoti va ijodini chuqur bilishgani sababli adabiyotni xalqqa yaqinlashtirishga, uning tilida yozishga intildilar va bu ishni uddaladilar. Ular tomonida ko'plab asarlar yaratildi. Shulardan biri Behbudiyning 1911-yilda „Padarkush" dramasi hisoblanadi. Bu birinchi o'zbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo'lib, o'qimagan, johil va nodon bolaning o'z otasini o'ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini „milliy fojia" deb atagan. Shu bilan birgalikda "Padarkush" dramasi orqali o'zbek teatriga tamal toshini qo'yildi. Bu asarda u ilmsizlik, jaholatning qanday fojealarga sabab bo'lishi mumkinligi haqida aytib o'tadi. Drama va undagi obrazlar: boy, ziyoli, domla, boyning o'g'li Toshmurod hamda uning do'stlari orqali adib oilada axloqiy tarbiyani naqadar katta ekanini ko'rsatib bergan. Ushbu dramaning dastlabki satrlaridanoq Toshmurodning tarbiyasiz ekanligi aniq sezilib turadi. Uning beadablarcha otasi va domla gaplashib o'tirgan xonaga besalom kirib kelishi, otasini mensimay gapirishi ilmsizlik og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligining yaqqol namunasidir. Toshmurodning bunday ahvolga tushib qolishida boyning hissasi katta. Uning ilmga befarqligi, ilm ahlini kamsitishi, albatta, bizda boy haqida yaxshi taassurot qoldirmaydi. Uning bu harakatlari esa oxir-oqibat nodon o'g'li uning o'limiga sabab bo'lishiga olib keldi. Asarda ilm olish zarurligi va uning foydalari domla hamda ziyoli obrazlari orqali yoritib berilgan.

Bilim va ko'nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg'ayrat yoshlar oilada axloqiy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yilgandagina yuzaga chiqadi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya o'z-o'zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantirish uchun ota-onalar farzandlari bilan shug'ullanishlari va o'zlari ham yaxshi xulq-atvorga ega bo'lishlari shuningdek, o'z atrof-muhitlariga befarq bo'lmasliklari lozimdir. Buning aksini biz "Padarkush" dramasi orqali ko'rishimiz mumkin. Behbudiyning adib sifatida ma'naviy-axloqiy tarbiya masalasi o'sha davr kishisi nuqtayi nazaridan ko'ra olganini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Zaynobidin Abdurashidov. Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy. - T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. - 156 b

2. Aliyev A. Mahmudxo'ja Behbudiy.-Toshkent:-Yozuvchi. 1994 yil

3. Ishoqxon Ibrat nomli jamoa xo'jaligi madaniyat ishlari bo 'yicha rais muovini B.Nizomov bilan K.Vohidova tomonidan o'tkazilgan suhbat materiallari. 1994.

4. Hamroyeva, X. (2022). Oila tarbiyasi asoslari (yosh oilalar misolida). Scientific progress, 3(4), 582-586

5. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.