Научная статья на тему 'O‘lchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlili'

O‘lchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlili Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
1735
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻlchash / oʻlchash xatologi / oʻlchash noaniqligi / noaniqlikni baholash / xalqaro hujjat / standart / sertifikat / tashkilot standarti / davlatlararo standart / kalibrlash / qiyoslash / modifikatsiya / statistika / korrelyatsiya / oʻrta arifmetik / natija / taqsimot / ishonchlilik ehtimolligi / dispersiya / измерение / погрешность измерения / неопределенность измерения / оценка неопределенности / международный документ / стандарт / сертификат / стандарт организации / межгосударственный стандарт / калибровка / сравнение / модификация / статистика / корреляция / среднее арифметическое / результат / распределение / вероятность достоверности / дисперсия

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Bobamatov Abdug‘Ani Xusainovich, Ortiqov Hayitali Sharobidin Oʻg‘Li

Maqolada oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar orqali oʻlchashlar, noaniqliklar ularning qay tartibda baholash, ularni kamaytirish yoʻllari va aniqlikni oshrish maqsadida oʻlchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlil qilinib oʻrganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Анализ международной документации по оценке неопределенности измерений

В статье анализируются и изучаются международные стандарты измерений, способы оценки их неопределенностей, способы их уменьшения, а также оценка неопределенности измерений с целью повышения точности посредством научных исследований

Текст научной работы на тему «O‘lchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlili»

UDK 006.91.001

O'LCHASHLAR NOANIQLIGINING BAHOLANISHIGA OID XALQARO DARAJADAGI HUJJATLAR TAHLILI

Bobamatov Abdug'ani Xusainovich NamMQI, PhD dotsent, bobomatov6313@gmail.com +998 93 582 28 90

Ortiqov Hayitali Sharobidin o'g'li NamMQI, magistr, hayitali.7754@gmail.com +998 99 602 51 55

Annotatsiya. Maqolada o'tkazilgan ilmiy izlanishlar orqali o'lchashlar, noaniqliklar ularning qay tartibda baholash, ularni kamaytirish yo'llari va aniqlikni oshrish maqsadida o'lchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlil qilinib o'rganilgan

Аннотация. В статье анализируются и изучаются международные стандарты измерений, способы оценки их неопределенностей, способы их уменьшения, а также оценка неопределенности измерений с целью повышения точности посредством научных исследований

Abstract. The article analyzes and studies international measurement standards, methods for assessing their uncertainties, ways to reduce them, as well as assessing measurement uncertainty in order to increase accuracy through scientific research.

Kalit so'zlar: o'lchash, o'lchash xatologi, o'lchash noaniqligi, noaniqlikni baholash, xalqaro hujjat, standart, sertifikat, tashkilot standard, davlatlararo standart, kalibrlash, qiyoslash, modifikatsiya, statistika, korrelyatsiya, o'rta arifmetik, natija, taqsimot, ishonchlilik ehtimolligi, dispersiya,

Ключевые слова: измерение, погрешность измерения, неопределенность измерения, оценка неопределенности, международный документ, стандарт, сертификат, стандарт организации, межгосударственный стандарт, калибровка, сравнение, модификация, статистика, корреляция, среднее арифметическое, результат, распределение, вероятность достоверности, дисперсия

Key words: measurement, measurement error, measurement uncertainty, uncertainty assessment, international document, standard, certificate, organization standard, interstate standard, calibration, comparison, modification, statistics, correlation, arithmetic mean, result, distribution, reliability probability, variance

O'lchashlar noaniqligining baholashga bag'ishlangan xalqaro va hududiy hujjatlardagi ma'lumotlar tahlil asosida o'rganildi, jumladan, noaniqlikni taqdim etish uchun o'lchashlar noaniqligining quyidagi turlari mavjudligi, xususan, standart noaniqlik (hisoblash usuliga ko'ra A va B turi), jamlangan standart noaniqlik, kengaygan noaniqlik va ifodalash usuliga ko'ra nisbiy noaniqlik. 1-rasmda o'lchash noaniqliklarini usullar va ifodalash uslublariga ko'ra klassifikatsiyasi keltirilgan.

- Standart noaniqlik - bevosita o'lchashlar natijalarining noaniqligi bo'lib, o'rta kvadratik

chetlanish orqali ifodalanadi.

- A turdagi standart noaniqlik - ushbu noaniqlik ko'p marotabali o'lchashlarning natijalarini statistik usullar asosida hisoblanib aniqlanadi.

- B turdagi noaniqlik biron-bir aprior ma'lumotlardan foydalanib hisoblanadi. Quyidagilar aprior ma'lumot bo'lishi mumkin:

- tenglamaga kiritilgan kattaliklarning dastlabki o'lchashlardagi berilganlari;

- o'lchash vositalarini attestatlash, kalibrlash yoki qiyoslash bo'yicha berilganlar;

- ma'lumotnomada berilganlar va konstanta va b.q. noaniqligi;

- Jamlangan standart noaniqlik (Uc) - bu bevosita bo'lmagan o'lchashlar natijalarining standart noaniqligi. U bevosita bo'lmagan o'lchash natijalari dispersiyasining fizik ma'nosini bildiradi va boshqa fizik kattaliklarning (argumentlar) dispersiyasi (standart noaniqliklarning kvadratlari) orqali hisoblanadi.

- Kengaygan noaniqlik (U) - ushbu kattalik intervalni aniqlaydi. Interval chegarasida bo'lgan bevosita bo'lmagan o'lchashlarning natijalari yetarlicha asos bilan o'lchangan kattalikka qo'shib yozib qo'yilishi mumkin. Kengaygan noaniqlik jamlangan noaniqlik orqali hisoblanadi.

IEC 60359 standartda boshqa yana o'lchashlar noaniqligi bilan bog'liq bo'lgan to'rtta

termin qo'llanilgan: "asosiy instrumental noaniqlik", "absolyut instrumental noaniqlik", "ishchi

instrumental noaniqlik" va "noaniqlik chegarasi".

O'lchashlar noaniqligini metrologiyaning turli darajadagi ishlarida baholashda turli

xalqaro, hududiy tashkilotlarning tavsiyalaridan foydalaniladi (1-jadval).

Xalqaro miqyosda o'lchashlar noaniqligi "O'lchashlar noaniqligini ifodalash bo'yicha qo'llanma GUM" asosida baholanadi. Hududiy tashkilotlarning o'lchashlar noaniqligini baholash bo'yicha talablari GUM qo'llanmaga asoslanadi.

1-rasm. O'lchashlar noaniqligining klassifikatsiyasi.

1-jadval.

Qo'llanma va tavsiyalar

Xalqaro darajada Hudud darajasida

GUM, ISO/IEC 17025, ISO 10012, ILAC-G17 EA-04/02, EA-04/16, EURACHEM/CITAC Guide QUAM-P1, RMG 43

ISO/IEC 17025 standartining 5.4.6 punktida akkreditlangan sinash laboratoriyalarida o'lchashlarning noaniqligini o'lchash vositalarining muvofiqlik sertifikati yoki kalibrlash bayonnomasida ko'rsatilishi talab qilinadi. ILAC-G17 hujjat o'lchashlar noaniqligi kontseptsiyasi sinashlarda ISO/IEC 17025 standarti talablari asosida qo'llanilishining tafsilotiga bag'ishlangan. ISO 10012 xalqaro standartlarga muvofiq o'lchashlar noaniqligi o'lchashning har bir jarayoni uchun baholanishi kerak.[1]

Kalibrlash laboratoriyalarida o'lchashlar noaniqligini baholash masalalari EA-04/02 hujjatda reglamentlangan bo'lib, ushbu hujjat GUM talablari asosida ishlab chiqilgan. Hujjat, kirish kattaliklari bilan, masshtabli koeffitsientlar bilan, effektiv erkinlik darajalari bilan bog'liq bo'lgan korrelyatsiyalangan o'lchashlar noaniqligini baholash bo'yicha konkret misollar keltirilgan.

EA-04/16 qo'llanma ushbu hududiy tashkilot tomonidan akkreditlangan laboratoriyalarda o'lchashlar noaniqligini aniqlash va baholash masalalariga bag'ishlangan.

Analitik laboratoriyalarni akkreditlash bo'yicha Yevropa tashkiloti EURACHEM/CITAC Guide QUAM-P1 qo'llanmasi o'lchashlar noaniqligini baholash bo'yicha to'rtta bosqichni o'z ichiga olgan:

- o'lchanayotgan kattalik tafsiloti;

- noaniqlik manbalarini aniqlash;

- noaniqlikni tashkil etuvchilarining miqdoriy hisoblari;

- umumiy noaniqlikni aniqlash

RMG-43 (davlatlararo tavsiyalar) tavsiyalari GUM qo'llanmani qo'llash bo'yicha keng tarqalgan bo'lib, uning asosiy masalalari bo'lib:

- GUM qo'llanmaning asosiy talablarini va tavsiyalarini ifodalash hamda amaliy jihatdan qo'llash;

- o'lchashlar aniqligini bayon qilinishidagi ikkita yondashuvning qiyosiy tahlili;

- metrologiya bo'yicha asos normativ hujjatlar va GUM qo'llanmada foydalanilgan o'lchash natijalarining ifodalanishining o'zaro muvofiqligini namoyish qilish.

Quyida "O'lchashlar noaniqligini ifodalash bo'yicha qo'llanma" ("Qo'llanma") tahlilini keltiramiz. Qo'llanma quyida keltirilgan xalqaro tashkilotlar tomonidan 1993 yilda tayyorlangan:

- BIPM (O'lchov va tarozilarning xalqaro byurosi)

- IEC (Xalqaro elektrotexnik komissiya)

- IFCC (Klinik ximiyaning xalqaro federatsiyasi)

- ISO (Standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilot)

- IUPAC (Toza va amaliy ximiyaning xalqaro ittifoqi)

- OIML (Qonuniy metrologiyaning xalqaro tashkiloti)

O'lchash natijalarining xatoliklarini taqdim etish va baholash bo'yicha xalqaro birlilikdagi yondashuv masalasi dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu dolzarblikni hisobga olib, o'lchov va tarozilarning xalqaro komiteti (MKMV) 1978 yilda ushbu muammoni o'lchov va tarozilarning xalqaro byurosiga (MBMV) Milliy metrologik laboratoriyalari bilan birgalikda o'rganib chiqish uchun topshirdi. [2,4,5]

O'lchov va tarozilar xalqaro byurosining ishchi guruhi o'lchashlarning noaniqliklari bo'yicha bajarilgan ishlar hisoboti asosida INC-1 (1980) "Eksperimental noaniqliklarni ifodalash" nomli tavsiyani tayyorladi. Ushbu tavsiya O'lchov va tarozilarning xalqaro komiteti tomonidan ma'qullandi va tasdiqlandi. INC-1 (1980) tavsiyalariga asoslangan "Qo'llanma" o'lchashlarning noaniqligini ifodalash va baholash qoidalarini o'z ichiga olgan bo'lib, metrologiya, standartlashtirish, kalibrlash va laboratoriyalarni akkreditlash xizmatlarida foydalanish uchun mo'ljallangan. Ushbu qo'llanmaning tamoyillari o'lchashlarning keng spektrida foydalanish uchun mo'ljallangan. Ma'lumki, amalda normativ hujjatlarda "o'lchashlar noaniqligi" tushunchasidan foydalanilmaydi. Ularda "xatolik" va "xatolik xarakteristikasi" tushunchalari mavjud. SHunday qilib, "Qo'llanma" va mavjud normativ hujjatlar tizimi orasida qarama-qarshiliklar mavjud. Xususan, "Qo'llanma"da mumkin qadar "xatolik" va "xatolik tavsifi", "o'lchanadigan kattalikning asl (chinakam) qiymati" tushunchalarini foydalanish o'rniga qarab ularning o'rniga "noaniqlik" va "o'lchanadigan kattalikning baholangan qiymati", hamda xatoliklarni namoyon bo'lish xarakteriga ko'ra "tasodifiy" va "muntazam" deb tasniflashdan "o'lchashlarning noaniqliklarini baholash usuliga ko'ra" (A turi - matematik statistika usullari bilan va B turi bo'yicha - boshqa usullar bilan) deb tasniflashga o'tish ma'qulroqligi ko'rsatilgan. [6,7]

Quyidagilar Qo'llanmaning maqsadi bo'lib hisoblanadi:

- o'lchashlarning noaniqliklari to'g'risidagi hisobotni qanday tuzish to'g'risidagi ma'lumotlar bilan to'liq ta'minlash;

- o'lchash natijalarini xalqaro miqyosda solishtirish asoslarini taqdim etish;

- o'lchashlarning noaniqliklarini ifodalash va baholash uchun barcha o'lchash turlariga va o'lchashlarda foydalaniladigan barcha ma'lumot turlariga universal usul taqdim etish;

2003 yilda davlatlararo standartlashtirish bo'yicha Tavsiyalar RMG 43-2001 "O'lchashlarning noaniqliklarini ifodalash bo'yicha qo'llanma"ning qo'llanilishi amalga kiritildi. Ushbu tavsiyalar o'lchash natijalarini baholash usullariga taalluqli bo'lib, "Qo'llanma"dan foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalarga ega bo'lib, o'lchash natijalarini xatoliklar va o'lchashlar noaniqliklaridan foydalanib o'lchash natijalarini taqdimot qilish shakllarining muvofiqligini ko'rsatadi. Qo'llanma, o'lchashlarning aniqlik xarakteristikalarini o'lchash xatoliklarining ko'rsatkichlarida emas, balki o'lchashlar noaniqliklarining ko'rsatkichlarida ifodalashni tavsiya qiladi. O'lchanadigan kattalikning "asl qiymati" tushunchasi o'rniga "baholangan qiymat" tushunchasi kiritilgan [8].

O'lchashlarning noaniqliklari kontseptsiyasining paydo bo'lishining sabablari juda ko'p bo'lib, ular quyidagilarga asoslangan:

- o'lchashlarning yangi (noan'anaviy) sohalarining (psixologiya, sotsiologiya, meditsina va b.) paydo bo'lishi va ularda metrologiyaning an'anaviy (kattalik, o'lchov birligi, o'lchov, etalon, o'lchash xatoligi) postulatlari ishlamasligi.

- yangi ilmiy yo'nalishlarning ta'siri (kibernetika, axborot nazariyasi, matematik statistika va b.). Ularda noaniqlik tushunchasi salmoqli rol o'ynaydi. Bu xuddi risoladagidek noaniqlikni keng talqin qilinishi bilan bog'liq bo'lib, masalan, o'lchash natijasi o'lchanayotgan kattalikning qiymatini ifodalashiga shubhalanishni bildiradi.

- o'lchanadigan kattalikning asl (chinakam) qiymati bo'yicha xatolik tushunchasi ma'nosini yo'qotadi, chunki, xatolikni hisoblab bo'lmaydi.

- sistematik va tasodifiy xatoliklarni alohida baholash va ular uchun turli xarakteristikalardan foydalanish (ishonch chegaralari va o'rta kvadratik chetlanish) xatoliklarning yuqori baholanishiga sabab bo'ladi.

- o'lchash natijalarining xarakteristikalari uchun umum qabul qilingan va qo'llanilishida sodda bo'lgan universal uslubiyotning zarurligi.

Qo'llanmada "o'lchash xatoligi" tushunchasi o'rniga "o'lchash noaniqligi" tushunchasi kiritilgan. Bunda o'lchash noaniqligi ikki xil ma'noda talqin qilinadi:

- keng ma'noda, o'lchash natijasining ishonchliligiga nisbatan shubhalanish sifatida. Masalan, o'lchash natijalariga barcha tuzatishlar kiritilgandan keyin kattalikning o'lchangan qiymatining aniqligiga nisbatan bo'lgan shubha.

- tor ma'noda, o'lchashlar noaniqligi shunday parametr sifatida tushuniladiki, bu parametr o'lchash natijasi bilan bog'liq bo'lib, qiymatlarning sochilishini xarakterlab, ularning o'lchangan kattalikka asosli ravishda qo'shib yozib qo'yilishi tushuniladi.

Ushbu kontseptsiyada o'lchashlar noaniqligi aynan tor ma'noda tushuniladi.

Umuman olganda, o'lchash noaniqligi - parametr bo'lib, bu parametr o'lchash natijasi bilan bog'liq holda qiymatlarning dispersiyasini (sochilishini) xarakterlaydi, ular o'lchanadigan kattalikka asosli ravishda qo'shib yozib qo'yilishi mumkin. SHuni aniq tasavvur qilish kerakki, o'lchashlarning noaniqligi bu noan'anaviy tushunchadagi ishonch intervali emas (berilgan ishonchi ehtimolligida). Ehtimollik bu yerda ishonch o'lchovini xarakterlaydi, hodisalar chastotasini emas. O'lchashlarning noaniqligi odatda ko'p tashkil etuvchilarga ega bo'ladi. Ularning ayrimlari o'lchashlar qatorlari natijalarining statistika taqsimotidan baholanishi va eksperimental standart chetlanishlar bilan baholanishi mumkin. Boshqa tashkil etuvchilar ehtimolliklarning taxmin qilingan taqsimotlari bilan tajriba yoki boshqa ma'lumotlar asosida baholanadi. Ular, undan tashqari standart chetlanishlar bilan xarakterlanishi mumkin [9,10].

O'lchash natijalarining noaniqligi o'lchanadigan kattalik qiymatini aniq bilmaslikni ifodalaydi. U hatto ma'lum sistematik xatoliklarga tuzatishlar kiritilgandan keyin ham o'lchanadigan kattalikning noaniqliklari oqibatidagi faqat "baho" ekanligini va bu noaniqliklarning tasodifiy effektlar va sistematik xatoliklarga bo'lgan natijaning noto'g'ri tuzatilishi natijasida kelib chiqadi [11].

Noaniqlikning ikki xilda baholanishi kiritilgan:

- A turdagi baholash - bu noaniqlikni kuzatuvlar qatorlarini statistik tahlil yo'li bilan baholash usulidir;

- B turdagi baholash - kuzatuvlar qatorini statistik tahlildan boshqa usullarda baholash usulidir.

A va B turlarga tasniflashning maqsadi noaniqliklarning tashkil etuvchilarini baholashning ikkita turli usulda baholashni ko'rsatishdir.

A turdagi standart noaniqlik - ehtimollikning zichlik funktsiyasidan olinadi.

B turdagi standart noaniqlik - hodisaning ro'y berishiga bo'lgan ishonchga asoslangan ehtimolliklar zichligining taxmin qilingan funktsiyasidan olinadi. Bu ehtimollik ko'pincha sub'ektiv ehtimollik deb nomlanadi. Ko'pchilik hollarda, Y o'lchanadigan kattalik bevosita o'lchanmaydi, balki m - boshqa o'lchanadigan X1, X2, ..., Xm kirish kattaliklari deb nomlangan kattaliklarga funktsional bog'liqlik orqali bog'liqdir.

Y = f(X1, X2, ..., Xm), (1)

bu yerda Y - chiqish kattaligi bog'liq bo'lgan X kirish kattaliklarning o'zlari o'lchanadigan kattalik sifatida qaraladi.

O'z navbatida ular boshqa kattaliklarga tuzatma va sistemaning effektlarga bo'lgan tuzatish koeffitsientlari. Bu esa f murakkab funktsional bog'lanishiga olib keladi va ularni aniq yozib bo'lmaydi. Undan tashqari, f ni eksperimental aniqlash mumkin yoki u algoritm sifatida mavjud bo'lishi va sonli amalga oshirilishi mumkin.

O'lchanayotgan Y kirish kattaligining bahosini, y sifatida baholangan, yuqorida keltirilgan tenglamadan x1, x2, ..., xm kirish baholaridan X1, X2, ..., Xm kattaliklarning qiymatlari uchun olinadi. Chiqish bahosi y o'lchash natijasi hisoblanib, quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

y = f(x1, x2, ..., xm). (2)

A turdagi standart noaniqlik ua ko'pkarrali o'lchashlarning natijalari bo'yicha baholanadi, bunda uni hisoblash uchun dastlabki berilganlar bo'lib ularning natijalari Xi1, ..., Xin i, bu yerda i=1, ..., m, ni - i-inchi kirish kattaligining o'lchashlar soni. Kirish kattaligining i-inchi yagona o'lchanishining standart noaniqligi uA,i - quyidagi ifodadan hisoblanadi:

M

1 "i -7 X (Xiq -

"i - 1 q=1

Xi ),

(3)

- 1 "'

X = -X Xiq

bu yerda q= - i-inchi kirish kattaligining o'rta arifmetigi.

i-inchi kirish kattaligini o'lchashning standart noaniqligi quyidagi ifodadan aniqlanadi va bunda natija o'rta arifmetik sifatida aniqlanadi.

UAi =

(4)

B turdagi standart noaniqlik x kattalikni baholash uchun foydalaniladi, u takroriy kuzatishlar natijasida olinmagan. U bilan bog'liq bo'lgan baholangan standart noaniqlik uB(xi) -x ning kutilishi mumkin bo'lgan o'zgaruvchanligiga asoslangan barcha qulay axborotlarga asoslangan ilmiy mulohazalar bazasida aniqlanadi. Bunday axborotlar fondi o'z ichiga quyidagilarni oladi:

- dastlabki o'lchashlarga doir berilganlar;

- tajribalar natijasida olingan ma'lumotlar yoki mos keluvchi material va asboblarning xulqi va xossalariga oid ma'lumotlar;

- tayyorlovchining spetsifikasi;

- qiyoslash, kalibrlash, asbob to'g'risida tayyorlovchining ma'lumotlari, sertifikatlar va shunga o'xshashlar to'g'risida ma'lumotlar;

- noaniqliklar.

B turdagi noaniqlik uchun sub'ektiv ehtimollik nazariyasining apparati qo'llaniladi: ehtimollik ishonch o'lchovini xarakterlaydi, hodisalar chastotasini emas. B turdagi noaniqlikni aniqlashda foydalaniladigan berilganlarning noaniqligi to'g'risida aprior ma'lumotdan keng foydalaniladi.

B turdagi noaniqlik berilgan bo'lishi mumkin, masalan, xuddi ayrim karrali standart chetlanishlar kabi, 90, 95 yoki 99 foiz ishonch darajasiga ega bo'lgan interval kabi. Agar boshqa hech narsa ko'rsatilmagan bo'lsa, unda noaniqlikni hisoblash uchun normal taqsimotdan foydalanilgan deb taxmin qilish mumkin. SHuning uchun standart noaniqlikni keltirilgan qiymatni normal taqsimot koeffitsientiga bo'lib aniqlash mumkin.

Ko'pincha, X ta'sir etuvchi omil bilan bog'liq bo'lgan standart noaniqlikni baholashga to'g'ri kelib, uning qiymati berilgan x-Д dan x+Д gacha chegaralarda joylashgan bo'ladi. X kattalik to'g'risida mavjud ma'lumotlar bo'yicha X ning berilgan chegaralar ichida bo'lishi mumkin bo'lgan qiymatlari uchun ehtimollikning ayrim aprior taqsimotini qabul qilish kerak. SHundan keyin standart noaniqlik Дш k koeffitsientga bo'lib topiladi, ushbu koeffitsient qabul qilingan taqsimot funktsiyasiga bog'liq bo'lib:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bunda quyidagilar nisbatan tipik hodisa bo'lib hisoblanadi:

- faqat chegaralar ma'lum bo'lib, ularda X, ya'ni 2Д qiymat bo'lishi mumkin

- xmol - qiymati va chegaralari ma'lum, odatda simmetrik, yo'l qo'yiladigan qiymatlar ±Д;

- interval (xmol^p) ma'lum bo'lib, p ehtimollikning berilgan qismini egallaydi.

Birinchi holda, tekis taqsimot taqsimot tahlil qilinganda k koeffitsientning qiymati simmetrik chegaralar uchun V3 deb qabul qilinishi mumkin.

Ikkinchi holda, xmol qiymati ma'lum bo'lgan hol uchun, X ning xmol yaqinida bo'lish ehtimolligi xmo^ chegarasi yaqinida bo'lishdan ko'proq bo'ladi. Ya'ni, ehtimollikning

u(x) = Д/k .

(5)

uchburchakli taqsimotini tekis (to'g'ri burchakli) va normal taqsimot orasidagi o'rta deb qabul

Uchinchi holda, ehtimollikning taqsimoti normal deb olinadi va k koeffitsientning qiymati berilgan ehtimollikka bog'liq bo'ladi. Masalan, p=0,99 uchun k=2,58.

Noaniqlikni B turi bo'yicha baholash an'anaviy statistik yondashuv ramkasidan tashqariga chiqish va zaruriy statistik axborotlarni olish qiyinlashgan yoki mumkin bo'lmagan hollarda noaniqliklarning tashkil etuvchilarining qiymatini topish imkonini beradi [12,13,14].

Jamlangan standart noaniqlik turi mavjud bo'lib, bu o'lchash natijasining standart noaniqligidir. Bunda natija boshqa kattaliklar qatorining qiymatlaridan olinadi. Baholangan standart chetlanish, chiqish bahosi yoki o'lchash natijasi y bilan bog'liq bo'lsa, jamlangan standart noaniqlik deyiladi va uc(y) ko'rinishda belgilanadi. Korrelyatsiyalanmagan kirish baholanish uchun jamlangan standart noaniqlik quyidagi ifodadan aniqlanadi:

Ushbu ifodadan u noaniqlik A-turi bo'yicha ham B-turi bo'yicha ham aniqlanishi mumkin. Jamlangan standart noaniqlik baholangan standart chetlanishni ifodalaydi va qiymatlarning sochilishini xarakterlaydi, ular o'lchanayotgan Y kattalikka yetarlicha asos bilan qo'shib yozib qo'yilishi mumkin. Jamlangan noaniqlikning o'lchash natijalarining noaniqligini ifodalash uchun foydalanilishi mumkin bo'lishi bilan bir qatorda, ayrim hollarda, masalan savdoda yoki sog'liq va xavfsizlikka doir o'lchashlarda noaniqlikka chegara (o'lchov) berish kerak. Bu o'lchov chegarasida o'lchanayotgan kattalikning taqsimlanadigan qiymatlarining katta qismi joylashgan bo'ladi. Buning uchun kengaygan noaniqlik tushunchasidan foydalaniladi.

Kengaygan noaniqlikdan savdodagi, sanoatdagi, tartibga soluvchi aktlarda, sog'liqni va xavfsizlikni saqlashdagi o'lchash natijalarining noaniqligini ifodalash uchun noaniqlikning qo'shimcha o'lchovi sifatida foydalaniladi.

Kengaygan noaniqlik U jamlangan standart noaniqlikni uc(y) qamrov koeffitsientiga k ko'paytirish orqali olinadi:

Unda o'lchash natijasi Y = y±U ifodalanadi. Bu, Y kattalikka qo'shib yoziladigan qiymatning afzalroq bahosi bo'lib y hisoblanishini bildiradi. y-Y dan y+Y gacha bo'lgan interval kutilganidek, qiymatlar taqsimotining ko'p qismiga ega bo'lib, ularni hech ikkilanmasdan Yga qo'shib yozib qo'yish mumkin.

Ishonch oralig'i (interval) va ishonch darajasi (ehtimollik) tushunchalari statistikada intervalga quyidagi shartda qo'llaniladi: agar, noaniqlikning barcha tashkil etuvchilari A turdagi baholanishdan olingan bo'lsa, ya'ni, kuzatishlarning natijalariga statistik ishlov berilgan bo'lsa.

Ushbu kontseptsiyada "interval" so'zini modifikatsiyalash uchun "ishonch" so'zi, U

qilish mumkin. k koeffitsientning qiymati ushbu holda V6 ga teng bo'ladi.

(6)

U = kuc(y).

(7)

orqali aniqlanadigan intervalga havola qilinganda ishlatilmaydi. "Ishonchli daraja" atamasi ham ishlatilmaydi, uning o'rniga "ishonch darajasi" atamasini ishlatish afzalroq hisoblanadi. U interval, o'lchash natijalari doirasida, berilgan deb qaraladi va ehtimollik p taqsimotining ko'proq qismiga ega bo'lib, natija bilan hamda uning to'liq standart noaniqligi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, p berilgan interval uchun "ehtimollik qamrovi" yoki "ishonch darajasi" bo'lib hisoblanadi.

U interval bilan bog'liq bo'lgan p ishonch darajasi ko'rsatilishi va baholanishi lozim, uc(y) ni o'zgarmas kattalikka ko'paytirish hech qanday natija bermasa ham, mavjud bo'lgan ma'lumotni yangi ko'rinishda ifodalaydi. Shuni e'tiborga olish kerakki, p ishonch darajasi y va uc(y) larning ehtimollik chegarasining chegaralanganligi holda, uc(y)ni o'zining noaniqligi tufayli, noaniq bo'lib qoladi. Qamrov koeffitsientining k qiymati y-Y dan y+Y gacha interval talab qiladigan ishonch darajasi bilan aniqlanadi, odatda, 2 dan 3 gacha bo'lgan qiymatlarga ega bo'ladi. Ushbu koeffitsient bu diapazon chegarasidan tashqariga ham chiqishi mumkin. Amplituda k koeffitsient bilan berilgan ishonch darajasi bilan bog'liqligini amalga oshirish juda qiyin. Lekin, ehtimolliklarning taqsimoti normal taqsimotga yaqin bo'lsa, unda k=2 deb qabul qilinishi 95% ga teng bo'lgan ishonch darajali intervalni beradi, k=3 bo'lganda ishonch darajasi 99% bo'lgan intervalni beradi deb taxmin qilish mumkin. Taqsimotni tekis deb olinganda qamrov koeffitsienti 1,65 va 1,71 qiymatlarga ega bo'ladi.

O'lchash natijalari va ularning noaniqliklarining keltirilishi, "kam ma'lumot bergandan ko'ra ko'proq ma'lumot berish afzalroq" tamoyilidan kelib chiqadi.

Masalan, quyidagilar keltirilishi zarur:

- o'lchash natijalari va uning noaniqliklarini eksperimental kuzatuvlar va kirish ma'lumotlarini hisoblash uchun foydalaniladigan usullar tafsilotini yozish;

- noaniqlikning barcha tashkil etuvchilarini sanab o'tish va ularning qanday baholanganligini ko'rsatish;

- berilganlar tahlilini shunday tarzda keltirish kerakki, taqdim qilingan hisoblashlarni oson takrorlash mumkin bo'lishi; tahlilda foydalanilgan barcha tuzatishlar va konstantalar va ularning manbalarini berilishi zarur [15].

Yuqorida tahlil etilgan xalqaro hujjatlardagi ma'lumotlardan kelib chiqib, o'lchash noaniqliklarini baholashda dastlab, uning tashkil etuvchisi, yani manbaini aniqlash lozim. Noaniqlik manbaini kamaytirish imkoniyati qanchalik darajada ekanligiga qarab, uni bartaraf etish yoki kamaytirish mumkin. Bu esa o'lchash natijalari ishonchliligini oshirish va shu orqali sifatni yuqori darajaga olib chiqish uchun imkoniyat yaratadi. O'lchash najisining ishonchliligi va ishonchlilik intervallari mahsulot sifati uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi yuqorida atroflicha yoritilgan. O'chash noaniqliklari va ularni kamaytirish usullari xalqaro hujjatlardan o'rin olganligi ularning mahsulot sifatini oshirishda katta ahamiyat kasb etishidan dalolatdir.

ADABIYOTLAR

1. Походун А.И. Экспериментальные методы исследований погрешности и неопределенности измерений. Уч. пособие. ИТМО, Санкт-Петербург - 109 с.

2. Хакимов О.Ш., Латипов В.Б. Оценка неопределенности измерений. Учебное пособие. Т., НИИСМС, 2008. - 110 с.

3. Государственный стандарт Узбекистана "O'z Dst ISO/IEC 17025:2007 Общие требования к компетентности испытательных и калибровочных лабораторий". Ташкент, НИИСМС, 2007. 30 с.

4. Международная научно-техническая конференция «Метрология и метрологическое обеспечение». г. Минск, 26-27 апреля 2007 года. Тезисы докладов. с. 9094.

5. Русско-узбекский толковый словарь терминов по линиям связи и системам передачи. Ташкент, ЦНТМИ, 2008. 254 с.

6. Джураев, А., Турдалиев, В., Бобоматов, А., & Холтураев, Х. (2016). Разработка конструкций и методы расчета параметров колебавшихся сеток. Монография. Изд. LAP LAMBERT. Монография. Изд. LAPLambertAcademicPublishing.

7. Шотмонов, Д. С., Маннонов, Ж. А., Бобоматов, А. Х., & Махмудов, А. А. (2016). Формирование профессиональных качеств учителя профессионального образования. In научно-практическое обеспечение интеграции современной обучающей среды: проблемы и перспективы (pp. 165-167).

8. Джураев, А. Д., Мавлянов, А. П., Далиев, Ш. Л., Раджабов, О. И., & Бобоматов, А. Х. (2017). Многогранная сетчатая поверхность очистителя волокнистого материала. In перспективы развития технологий обработки и оборудования в машиностроении (pp. 85-87).

9. Далиев, Ш. Л., Джураев, А. Д., & Бобоматов, А. Х. (2016). Полнофакторные экспериментальные исследования очистителя хлопка от мелкого сора сетчатой поверхности с упругими опорами. In Поколение будущего: в

10. Киргизов, Х. Т. (2021). Результаты исследований по выбору типа рабочих органов для полосной обработки. Universum: технические науки, (3-1 (84)), 14-17.

11. Насритдинов, А. А., Киргизов, Х. Т. (2015). Агрегат для полосной обработки почвы. Современные научные исследования и инновации, (12), 412-416.

12. Kirgizov, X. T., Kosimov, A. (2021). Combined Tillage Unit. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 9, 91-96.

13. Мелибаев, М., Ортитов, Х., Хужаназаров, Ш., & Абдумаликов, А. (2022). Машина трактор агрегатларининг иш шароитларида носозликлар сабабларини бах,олаш. Science and Education, 3(3), 284-290.

14. Мелибаев, М., Хожиева, Д., Ортитов, Х., & Ахмедова, Д. (2022). Шиналарнинг хизмат мувозанати ва эскириш курсаткичига таъсир этувчи омиллар. Science and Education, 3(3), 319-330.

15. Мелибаев, М., & Абдуллажонов, Б. С. (2022). Машинасозликда деталларни улчамини назорат килишда метрологик таъминот. Таълим ва ривожланиш тах,лили онлайн илмий журнали, 2(4), 109-115.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.