Научная статья на тему 'NOR SHIRACH OʻSIMLIGINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI'

NOR SHIRACH OʻSIMLIGINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nor shirach / pushti shirach / Eremurus robustus / Qizil kitob / urugʻ / real urugʻ mahsuldorligi / patensial urugʻ mahsuldorligi. / Eremurus robustus / Red book / seed / actual seed yield / potential seed yield.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Sharifmurodov K.I.

Ushbu maqolada Nor shirach oʻsimligining qisqacha botanik tavsifi, biologiyasi, xususiyatlari keltirilgan. Oʻsimlikning urugʻ biologiyasi tajribalarda kuztilib, real va patensial urugʻ hosildorligi, 1000 dona urugʻining massasi aniqlangan hamda tegishli xulosalar keltirib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME BIOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE PLANT NOR SHIRACH

This article presents a brief botanical description, biology, and properties of the Nor shirach plant. The seed biology of the plant was observed in the experiments, the real and potential seed yield, the mass of 1000 seeds were determined and relevant conclusions were drawn.

Текст научной работы на тему «NOR SHIRACH OʻSIMLIGINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

UO'K: 58.009

Sharifmurodov K.I.

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

NOR SHIRACH O'SIMLIGINING AYRIM BIOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Nor shirach o'simligining qisqacha botanik tavsifi, biologiyasi, xususiyatlari keltirilgan. O'simlikning urug' biologiyasi tajribalarda kuztilib, real vapatensial urug' hosildorligi, 1000 dona urug'ining massasi aniqlangan hamda tegishli xulosalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar. Nor shirach, pushti shirach, Eremurus robustus, Qizil kitob, urug', real urug' mahsuldorligi, patensial urug' mahsuldorligi.

Sharifmurodov K.I.

Uzbek-Finnish pedagogical institute

SOME BIOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE PLANT NOR

SHIRACH

Abstract. This article presents a brief botanical description, biology, and properties of the Nor shirach plant. The seed biology of the plant was observed in the experiments, the real and potential seed yield, the mass of 1000 seeds were determined and relevant conclusions were drawn.

Keywords. Eremurus robustus, Red book, seed, actual seed yield, potential seed yield.

Kirish. Nor shirach (pushti shirach) - Eremurus robustus shirachdoshlar oilasiga mansub o'simlik. Shirach turkumining o'zbekistonda 21 turi tarqalgan bo'lib, shundan 12 tasi O'zbekiston respublikasining "Qizil kitob"iga kiritilgan.

Ko'p yillik o't, bo'yi 100-200 sm. Barglari keng qalami, tashqi tomonidagi barglarining eni 4-8 sm, novsimon. Gulqo'rg'on bargchalari pushti yoki och pushti, asosi sariq dog'li (1-rasm). May-iyul oylarida gullab, urug' beradi. Tog' mintaqasi soz tuproqli yonbag'irlarida o'sadi [3,5].

Shirach-xushmanzara, dorivor, bahorda ko'kat sifatida iste'mol qilinadigan qimmatli yemish olinadigan yovvoyi o'simlikdir. Shu xislatlari sabab bo'lsa kerak uning tabiatdagi zaxiralari juda tez kamayib bormoqda. Shirach yer shari florasi ayniqsa Markaziy Osiyoning o'ziga xos qiymatli o'simliklar turkumidir. Uning tasmasimon tojbarglari jozibador sulton (shingil) tarzidagi to'pguli, yulduzsimon shaklli va sariq sutsimon suyuqlikka boy ildiz sistemasi kishining e'tiborini jalb etadi. Shirachning guli asalshira (nektar)ga boy, qurigan poyalari asalari qutilari uchun ishlatiladi, yosh barglari C darmondorisiga boy. Tarkibida C vitamini,

кагойт, о^атк kislotalari, ко'р miqdorda егетигап polisaxarid, alkaloidlar, shirach (yelim) bo'yoqlar va boshqa moddalar bor. Bargi xalq orasida yel haydovchi ildizi meda-ichak kasalliklarida qoplab oluvchi dori sifatida qo'llaniladi. Baгcha qismlaгidan ipak, jun, paxtadan qilingan matolami saгiq гangga bo'yaydigan bo'yoq olinadi [2,4].

1-rasm

Metodlar. O'simlikning fenologiyasi, o'sishi va гivojlanishi I.N.Beydeman va boshqalar metodikasi bo'yicha o'гganildi. Sutkalik va mavsumiy gullash va uгug' biologiyasini o'гganishda Ponomoгyov metodikasidan foydalanildi, о^тНкп^ fitosenozda tutgan o'mi Drudening 6 ballik shkalasi yordamida aniqlandi.

Natijalar. Urgut tumanida 2023-yilda пог shiгachning uгug' mahsuldoгligini hisoblab chiqdik. Вип^ uchun 25 tup o'simlik tanlab olindi. Haг biг tup o'simHkdagi hosil bo'lgan gullaг soni hisoblab chiqildi. Ochilgan gullaгdan nechta uгug' shakllanishi mumkinligi aniqlandi va е1екгоп taгozida 1000 ta uгug'ning massasi hioblab chiqildi. Shu ma'lumotlaгga asoslanib 1 tup o'simlikda qancha gr uгug' hosil bo'lishi mumkinligi hisoblab topildi va olingan natijalar 1-jadvalda keltirildi.

у Shundan Hosil bo'lgan mevalar ей "GO S Shundan Bir tupdagi to'q urug' lar

№ "ьс | я ■5 3 "So ей Ц Sf> в1 1 1 pucli urug'lar to о

SX) тз -о с. з йй "я С != Я с M з 15 а в4 о jC я — Ci та та -О ГЛ ей «3 О я P p я

13 £ S M pq j-r '—1 О с с тз £ T3 EL тз о ф о

1 315 200 64,0 80 36,0 12 7 15 11 73,3 4 26,7 100 3, 5 28,3

2 379 235 62,0 144 38,0 7 2,9 13 8 61,5 5 38,5 56 1 27,0

3 247 186 75,3 61 24,7 11 6,0 14 10 71,4 4 28,6 110 3, 4 27,0

O'rtacha 207 7,1 90 33 10 5,3 14 9,6 68,7 4 31,2 88,6 3, 0 27,4

Jadvaldan shu narsa ma'lum bo'ldiki, nor shirach o'simligi o'rtacha bir tupda 315 tadan 247 tagacha g'uncha hosil qilib, shundan 200-207 ta (71%) gul hosil qildi. Shundan 90 tasi (33%) to'kilib ketdi. 14 ta urug' haosil qilib shundan patensial urug' mahsuldorligi 31.2 %, real urug' mahsuldorligi 68.7 % ni tashkil qildi. 1000 ta urug'ning massasi o'rtacha 27,4 gr ni tashkil etdi.

Xulosa. Nor shirach o'simligi xushmanzara, dorivor, yem-xashak hamda vitaminga boy, muhofazaga muhtoj bo'lgan o'simlik hisoblanadi. 1000 dona urug'ining massasi 27,4 gr ni tashkil etib, real urug' mahsuldorligi 68,7%, patensial urug' mahsuldorligi 27,4% ni tashkil qiladi. Demak, ushbu o'simlik urug'lari yordamida ko'payishi qiyin, shuning uchun o'simlikni vegetativ yo'l bilan ko'paytirsh yaxshi samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior o'simligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. - 2023. - T. 2. - №. 5. - C. 8-10.

2.M.Sanoyeva, M. Ergasheva "Shirach(eremurus)ning o'simligining bioekologik xususiyatlari" INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY CONFERENCE OF MODERN SCIENTIFIC RESEARCH 107-109-b.

3.Pratov O'., L. Shamusaliyeva "Botanika" Toshkent-2010. 241-b.

4.Qarshiboyeva N. NOR SHIRACH (E. ROBUSTUS REGEL) NING GULLASH BIOLOGIYASI //Solution of social problems in management and economy. - 2023. - T. 2. - №. 3. - C. 8-14.

5.Toxirov B. B. et al. Dorivor o'simliklarning o'ziga xos xususiyatlari haqida yangi ma'lumotlar //Science and Education. - 2022. - T. 3. - №. 1. - C. 112-118.

6.Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYCYRRHIZA GLABRA L. NING BA'ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. - 2021. - Т. 2. - №. 1.

7.Xurramova N.X., Mirzaliyev S.R., Juraxujayev D.D. O'RTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA'SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI // Экономика и социум. 2023. №6-1 (109). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-rta-zarafshon-havzasi-landshaftlariga-antropogen-ta-sir-va-havza-landshaftlarining-rivojlanish-qonuniyatlari (дата обращения: 23.07.2024).

8.https ://www.plantarium.ru/page/view/ item/14934.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.