Научная статья на тему 'NISBIY ATOM MASSA VA IZOTOPLARNING FOIZ TARKIBINI ANIQLASHGA DOIR YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING YECHISH USULLARI'

NISBIY ATOM MASSA VA IZOTOPLARNING FOIZ TARKIBINI ANIQLASHGA DOIR YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING YECHISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1278
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Izotop / izobar / izoton / izoelektron / nisbiy atom massa / massa ulush. / Isotope / isobar / isotone / isoelectron / relative atomic mass / mass fraction.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Biloliddin Xusanboy O’G’Li Nizomov, Mexriniso Raxmatjon Qizi Rayimjonova, Rayhona O’Ktamjon Qizi Abdurasulova

Ushbu maqola kimyo fanini o’rganuvchilarning bilimlarini oshirish va ularda kimyodan masalalar ishlashga bo’lgan ko’nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada nisbiy atom massa va izotoplarning foiz tarkibini aniqlashga doir yangi turdagi masalalar va ularning yechish usullari keltirilgan bo’lib, o’rganuvchilarning fikrlash qobiliyatlarini yanada oshirishga va ushbu mavzuni mustahkam o’rganishgan yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW TYPES OF PROBLEMS FOR DETERMINING THE RELATIVE ATOMIC MASS AND PERCENTAGE CONTENT OF ISOTOPES AND THEIR SOLUTIONS

This article aims to increase the knowledge of chemistry students and strengthen their skills in working with problems from chemistry. The article introduces new types of problems in determining the relative atomic mass and percentage content of isotopes and their solutions, which will help to further improve the thinking skills of researchers and a solid study of the subject.

Текст научной работы на тему «NISBIY ATOM MASSA VA IZOTOPLARNING FOIZ TARKIBINI ANIQLASHGA DOIR YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING YECHISH USULLARI»

www.scientificprogress.uz

NISBIY ATOM MASSA VA IZOTOPLARNING FOIZ TARKIBINI ANIQLASHGA DOIR YANGI TURDAGI MASALALAR VA ULARNING

YECHISH USULLARI

Biloliddin Xusanboy o'g'li Mexriniso Raxmatjon qizi Rayhona O'ktamjon qizi Nizomov Rayimjonova Abdurasulova

Andijon mashinasozlik instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola kimyo fanini o'rganuvchilarning bilimlarini oshirish va ularda kimyodan masalalar ishlashga bo'lgan ko'nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada nisbiy atom massa va izotoplarning foiz tarkibini aniqlashga doir yangi turdagi masalalar va ularning yechish usullari keltirilgan bo'lib, o'rganuvchilarning fikrlash qobiliyatlarini yanada oshirishga va ushbu mavzuni mustahkam o'rganishgan yordam beradi.

Kalit so'zlar: Izotop, izobar, izoton, izoelektron, nisbiy atom massa, massa

ulush.

NEW TYPES OF PROBLEMS FOR DETERMINING THE RELATIVE ATOMIC MASS AND PERCENTAGE CONTENT OF ISOTOPES AND THEIR

SOLUTIONS

Biloliddin Khusanboy ugli Mekhriniso Rakhmatjon Rayhona Oktamjon kizi Nizomov kizi Rayimjonova Abdurasulova

Andijan Institute of Mechanical Engineering

ABSTRACT

This article aims to increase the knowledge of chemistry students and strengthen their skills in working with problems from chemistry. The article introduces new types of problems in determining the relative atomic mass and percentage content of isotopes and their solutions, which will help to further improve the thinking skills of researchers and a solid study of the subject.

Keywords: Isotope, isobar, isotone, isoelectron, relative atomic mass, mass fraction. KIRISH

Kimyo fani tabiiy fanlar sirasiga kirib, moddalar, ularning xossalari va turli jarayonlar natijasida bir turdan boshqa turga aylanishini o'rganadi. Bu fan biologiya, geografiya, tarix, geologiya, fizika, matematika va boshqa ko'plab fanlar bilan

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

bog'langan bo'lib, ular orasida matematika alohida o'rin tutadi. Chunki, kimyo fanining ko'plab mavzularida masalalar ishlanadi va buning uchun bizga matematika fani yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Adabiyotlarda quyidagi turdagi masalalar berilgan:

Of on

1. Tabiiy rubidiy tarkibida ikkita izotop Rb va Rb bo'ladi. Rubidiyning nisbiy atom massasi 85,47 ga teng. Har qaysi izotopning massa ulushini foizlarda aniqlang.

2. Agar tabiiy kislorod molyar ulush bo'yicha tarkibida 99,76 % 16O, 0,204 % 18O

11

va 0,037% O bo'lsa, elementning atom massasi qanchaga teng bo'ladi?

3. Tabiatda misning o'rtacha nisbiy atom massasi 63,5. U 63Cu va Cu izotoplaridan iborat. Tabiiy misdagi 63Cu izotopining massa ulushini (%) toping.

4. Bir - biriga izobar yoki izotop bo'la olmaydigan elementlar qatorini aniqlang. A) 1H; B) ; C) £K«Ar ; D) ¡OCa^Cl.

Quyida biz " Nisbiy atom massa va izotoplarning foiz tarkibini " mavzusi bo'yicha yangi turdagi masalalar va ularning yechimlarini ko'rib chiqamiz.

MUHOKAMA

1 - masala.

Tabiiy bariyning Cs131, Cs132, Cs133, Cs134 izotoplari uchraydi. Cs132 va Cs133

izotoplarining massa ulushlari yig'indisi, Cs131 va Cs134 izotoplarining massa ulushlari

1 1

yig'indisidan 3 marta katta. Cs va Cs izotoplarining massa ulushlari esa 1 : 2 nisbatda bo'lib, bariyning o'rtacha nisbiy atom massasi 132,7 ga teng bo'lsa, izotoplarning massa ulushlarini foizda toping?

NATIJA

Yechim.

Masala shartiga ko'ra Cs132 va Cs133 izotoplarining massa ulushlari yig'indisi, Cs131 va Cs134 izotoplarining massa ulushlari yig'indisidan 3 marta katta bo'lsa, demak ularning massa ulushlari 3 : 1 nisbatda bo'ladi. Umumiy massa ulush 100 % bo'lishini bilgan holda Cs132 va Cs133 izotoplarining massa ulushlari yig'indisi 75 % ((100/4)x3=75) va Cs131 va Cs134 izotoplarining massa ulushlari yig'indisi 25 % ((100/4)x1=75) ekanini aniqlaymiz.

Cs va Cs izotoplarining massa ulushlari 1 : 2 nisbatda bo'lsa, 75 % ning 50 % qismi ((75/3)x2=50) Cs133 ga, qolgan 25 % qismi (75 - 50 =25) esa Cs132 izotopiga to'g'ri keladi. Cs132 va Cs133 izotoplarining massa ulushlari aniqlandi.

Endi Cs131 va Cs134 izotoplarining massa ulushlarini aniqlaymiz. Buning uchun Cs132 va Cs133 izotoplariga to'g'ri keluvchi massalarni o'rtacha nisbiy atom massadan chiqarib yuboramiz.

133 x 50 132 x 25 = 33

100 '5 100 132,7 - 66,5 - 33 = 33,2 gr 33,2 gr massa Cs131 va Cs134 izotoplariga to'g'ri keladi. Ularning massa ulushlarini quyidagi usullar orqali aniqlash mumkin.

1 - usul. Tenglama usuli.

Cs134 ning massa ulushini a bilan belgilasak, Cs131 niki (0,25 - a)(foiz massa ulushga o'tib hisoblandi) bo'ladi. Ularning massalari yig'indisini 33,2 grga tenglab tenglama tuzamiz va ishlaymiz:

134a + 131(0,25 - a) = 33,2 134a +32,75 - 131a = 33,2 134a - 131a = 33,2 - 32,75 3a = 0,45 a = 0,15 ya'ni 15 % Demak, Cs134 ning massa ulushi 15 % bo'lsa, Cs131 10 % (25 - 15 = 10) bo'ladi.

2 - usul. Diogonal usuli.

Dioganalning o'rtasiga 33,2 ni, ikki uchiga esa izotoplarning 25 % miqdor massasini hisoblab qo'yamiz va izotoplarning foiz tarkibini aniqlaymiz: Cs131 131 x 0,25 =32,75 Cs134 134 x 0,25 = 33,5

0,75 - 25 %

Javob: Cs131 10%, Cs132 25 %, Cs133 50 %, Cs134 15 %

Quyidagi masalalarni ham shu usul orqali ishlash mumkin. 1. Tabiiy bariyning Ba136, Ba137, Ba138, Ba139 izotoplari uchraydi. Ba137 va Ba138 izotoplarining massa ulushlari yig'indisi, Ba136 va Ba139 izotoplarining massa ulushlari

1 "37 1

yig'indisidan 3 marta katta. Ba va Ba izotoplarining massa ulushlari esa 2 : 1

nisbatda bo'lib, bariyning o'rtacha nisbiy atom massasi 137,3 ga teng bo'lsa, izotoplarning massa ulushlarini foizda toping?

2. Tabiiy qo'rg'oshinning Pb206, Pb206, Pb206, Pb206 izotoplari uchraydi. Pb207 va Pb208 izotoplarining massa ulushlari yig'indisi, Pb206 va Pb210 izotoplarining massa

907 9ПЯ

ulushlari yig'indisi bilan 1 : lnisbatda . Pb va Pb izotoplarining massa ulushlari esa 4 : 1 nisbatda bo'lib, qo'rg'oshinning o'rtacha nisbiy atom massasi 207,2 ga teng bo'lsa, izotoplarning massa ulushlarini foizda toping?

XULOSA

Bu kabi masalalar kimyo fanini o'rganuvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga va izotoplar, o'rtacha nisbiy atom massani topishga oid masalalarni tushunishda yordam beradi deb hisoblayman. Bu esa mavzuni o'zlashtirish samaradorligini oshiradi va ta'lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. I. R. Asqarov, Sh. H. Abdullayev, O. Sh. Abdullayev. "Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo'llanma" Toshkent: Ilm-Ziyo-Zakovat, 2017, 150-b.

2. I. A. Tashev, I. I. Ismoilov, R. R. Ro'ziyev. "Anorganik kimyodan mashq va masalalalar to'plami" O'qituvchi.Toshkent - 2005, 103 - b.

3. В. В. Щербаков, Н. Н. Барботина, К. К. Власенко. Общая химия.Сборник задач. Москва.Юрайт - 2019, с -100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.