International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
NEMIS TILINI SAMARALI O'QITISHDA YOUTUBE
PLATFORMASIDAN FOYDALANISH (Using youtube in effective teaching of german language)
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-292-296 Qurbonova Nargiza Samadovna
Ushbu maqolada YouTubening nemis tilini o 'rganish funksiyalari tasvirlangan. Texnologiya yordamida takomillashtirilishi mumkin bo'lgan til ko'nikmalari tahlil qilinadi. Texnologiya yordamida til o 'rganish bo 'yicha samarali maslahatlar taklif qilingan.
Kalitso'zlar: SMARTta'lim, chet til o'rganish, YouTube, mustaqil ta'lim, nemis tili, Veb -resurs.
The functions of YouTube to learn the German language are described in the article. Skills of language, which can be improved, with a help of technology are analyzed. Efficient language learning tips with a help of technology are proposed.
Keywords: SMART education, foreign language learning, YouTube, self study, German language, Web resource.
Bugun biz yashab turgan axborot va texnologiyalar asrida dunyoning barcha burchaklarida ma'lumot almashinish jarayoni nihoyatda tezlashdi [Андреев А.А Тихомиров В.П., 1999: 164]. Aloqa va axborot texnologiyalari fanning turli sohalarida, xususan til o'rganish sohasida ham tubdan sifat o'zgarishlari sodir bo'lishiga hissa qo'shadi. Biz kundalik foydalanadigan mobil ilovalar chet tilini, xususan nemis tilini o'rganishda ham samara berishi mumkin
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi vaqtda "SMART" tushunchasi ta'lim tizimini rivojlantirishdagi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi Bunda bilimning asosiy manbai - elektron, ta'limiy Internet-kontent, texnologik operatsiyalar orqali o'qituvchi va talabalarning o'zaro fikr va bilim almashinuvini ta'minlashdan iborat. SMART yoki Aqlli ta'lim - bu barcha ta'lim jarayonlarini, shuningdek usullarini har tomonlama modernizatsiya
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
qilishni o'z ichiga oladigan tushuncha va bu jarayonlarda ishlatiladigan texnologiyalardir.
SMART ta'limi yuqori darajadagi ta'limni ta'minlay olishi, zamonaviy dunyoning qiyinchiliklari va imkoniyatlariga javob bera olishi bilan yoshlarga tez o'zgaruvchan, beqaror sharoitga moslashishga imkon beradi. Veb -resurslardan foydalanib quyidagi vazifalarni bajarish mumkin [Tony Erben, Ruth Ban and Martha Castaneda, 2009: 81]:
•dars mazmuniga tarmoq materiallarini kiritish; •loyiha ustida ishlash doirasida o'rganuvchi tomonidan ma'lumotni mustaqil izlash;
•turli murakkablikdagi Internet materiallari yordamida o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish
•Internetdagi audio matnlar asosida tinglab tushunish ko'nikmalarini yaxshilash;
•onlayn manbalar asosida so'z boyligini zamonaviy chet tilining qisqartmalari bilan boyitish;
•ma'lum bir til madaniyatini o'rganish.
Hozirgi vaqtda chet tillarini mustaqil o'rganishga bag'ishlangan ko'plab saytlar mavjud. Bunday saytlarda chet tili o'qituvchilarining tayyor darslari, mashqlar, audio yozuvlar, o'quvchiga tushunarsiz bo'lgan grammatik mavzularning batafsil bayonini topishingiz mumkin [3aHHyTgHHOBa M.E., Xo^neBa H.^., 2016: 182].
Bunga yorqin misol sifatida kompyuter texnologiyalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Youtube kabi dasturlarni ko'rsatish mumkin, platforma orqali tilni qisqa muddat ichida va nemis tilini ona tili sifatida so'zlashuvchilar tomonidan taqdim etilgan darslarni to'g'ridan-to'g'ri tomosha etib o'rganish imkoniyati mavjud. Bu kabi dasturlar axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va internet tarmog'i va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari sonining oshishi bilan yanada ommalashdi.
Nemis tilini sayohat qilish maqsadida bazaviy darajada o'rganish uchunmi, yoki o'z bilimlaringiz doirasini kengaytirish maqsadidami, yoki bo'lmasa imtihonlar topshirish oldidan puxta tayyorgarlik ko'rish uchun, xorijda ishlash istagida bo'lganlar uchun bo'ladimi, Youtubeda maqsadingizga mos kanalni tanlab o'zingizga mos vaqt va sharoitda ushbu dastur orqali darslarni ko'rib chiqishingiz mumkin.
Youtube platformasi orqali nemis tilini bir necha xil ta'lim shakllarida o'rganishingiz mumkin. Grammatika qoidalarini tushuntirish oldindan tuzib chiqilgan
293
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
va saytga yuklangan taqdimotlar yoki video ko'rinishida bo'lib, o'rganuvchiga dras jarayonida kirib tanishib chiqishga imkon beriladi. Tinglab tushunish qobiliyati ham katta ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda ma'lumotlar video ko'rinishida Powtoon dasturida yaratilgan lavhalar, qo'shiqlar va subtitrli nemis filmlari bo'lishi mumkin. O'tilgan mavzuni mustahkamlash bo'yicha qo'shimcha amaliyot uchun uy vazifasi, albatta mashqlar ko'rinishida beriladi, buning asosida o'rganuvchi o'tilgan mavzuni yaxshi mustahkamlay oladi.
Youtube asosida nemis tilini o'rganishni rejalashtirgan o'rganuvchi yangi o'rganilgan materialni yaxshi o'zlashtirish uchun qulay sharoitda va joyda bo'lishi maqsadga muvofiq. Nemis tilini mustaqil uyda o'tirib onlayn tarzda o'rganish vaqtni tejashga imkon beradi. Quyida nemis tilini o'rganish uchun eng samarali deb topilgan kanallarni havola etamiz:
1. Travlang.com — nemis tilining eng batafsil tematik bo'limlari mavjud ingliz tilidagi sayt.
2. German.about.com — eshitish va to'g'ri talaffuzni rivojlantirish uchun grammatika, mashqlar, treninglar.
3. Mediasprut.ru — tilni o'rganish va takomillashtirishga bag'ishlangan rus, nemis va xorijiy saytlarga havolalarning keng katalogi.
4. Deutsch-uni.com.ru — nemis tilini o'rganayotganlar uchun qiziqarli sayt, juda foydali va qiziqarli ma'lumotlar.
5. Speakasap.com — Yelena Shipilovaning sayti. Kim kamida bir marta nemis tilini mustaqil ravishda o'rganishni boshlagan bo'lsa, ehtimol uning ismini eshitgan.
Video darslarni tomosha qilish jarayonida o'rganuvchi o'z lug'at boyligini kengaytirishi mumkin. Bu videroliklarni doimiy ravishda ko'rib borish orqali passiv lug'at boyligidagi so'zlarni aktiv lug'atga o'tkazishni tezlashtiradi.
Ushbu platformaning eng asosiy ijobiy xususiyati shundaki, o'rganuvchi o'rganish tizimi grafigini va vaqtini mustaqil tanlashi, shuningdek, offlayn ko'rib chiqish uchun Youtube platformasining o'zida yoki, SaveFrom dasturi orqali kompyuter va boshqa qurilmaga saqlab olishi mumkin. Bu esa ta'lim sifatini oshirishga imkon yaratadi [EorarKO ^.H, 2012: 69]. Bu kabi mustaqil va interaktiv ta'lim turi nemis tilini o'rganish uchun o'quv markazlariga borish imkoniyatiga ega bo'lmagan sayohatchilar, yosh onalar, talabalar, biznesmenlar va homiladorlardan iborat bo'lgan til o'rganuvchilarning katta ommasi qiziqishlarini qamrab oladi.
Bu turdagi o'qitish tizimi orqali nemis tilini o'rgatish samarali, motivatsion va vaqt yaxshi o'tkazish vositasiga aylanishi mumkin.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
O'quvchi videodarsni ko'rib chiqayotganda ular o'qituvchi bilan birga-bir ishlaydilar. Videoni ko'rib chiqib, ular mavzuga tegishli savollar va o'z izohlarini qoldirishi mumkin. Albatta, javoblar yozma ko'rinishda izohlar sifatida qaytarilishi yoki o'rganuvchilar savollari asosida yana bir qo'shimcha dars taqdim etilishi mumkin.
Albatta yaxshi natijaga erishish uchun dars mashg'ulotlari uchun aniq belgilangan vaqtni tanlab olish muhim.
Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgan holda omma oldida so'zlashga qiynaladigan o'rganuvchilar o'z videolarini tasvirga olib YouTube platformasiga joylashtirishi mumkin.
XULOSA
Shunday qilib, hozirgi vaqtda ta'lim jarayonini innovatsion pedagogik texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yo'q. Bugungi kunda chet tili o'qituvchisi uchun darslarni yanada qiziqarli o'tkazishga yordam beradigan ko'plab imkoniyatlar yaratilgan. An'anaviy o'qitish usuli bilan solishtirganda, yangi usuldagi o'qitish ga o'tish muqarrar ravishda o'qituvchining rolini o'zgartiradi [Aripov H, 2008: 146]. Uning vazifasi - talabalarning mustaqil ta'lim olish soatini oshirish, shaxsiyatini rivojlantirishda yordam berishdan iborat. Bunday mashg'ulotlar o'quvchida o'qishga bo'lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirishga, an'anaviy usul bilan solishtirganda muloqot ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Андреев А.А Тихомиров В.П. Виртуальная образовательная среда: предпосылки, принципы, организация.Монография / Тихомиров В. П., Солдаткин В. И., Лобачев С. Л. - М.: Издательство МЭСИ, 1999
2. Aripov H., Axborot texnologiyalari, Toshkent. 2008.
3. Tony Erben, Ruth Ban and Martha Castaneda, Teaching language learners through technology, New York: Routhledge, 2009.
4. Богатко Я.Н. Использование информационно-коммуникационных технологий на уроках иностранного языка. - M., 2012.
5. Зайнутдинова М.Б., Хожиева Н.Ж. "Автоматлаштирилган укитиш тизимларида ахборотни куллаб кувватлашнинг назарий ва амалий ахдмияти" Республика илмий амалий анжуман материаллари туплами ^арши - 2016.
6. Kh K. G. et al. The role of education system in human capital development //Восточно-европейский научный журнал. - 2021. - №. 2-1 (66). - С. 48-51.
295
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
7. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),
8. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).
9. Насирова, С. А. (2021). ВОЕННАЯ СИСТЕМА ДРЕВНЕГО КИТАЯ: ОБЗОР ТЕРМИНОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 139-146.
10. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10
257-262.