Научная статья на тему 'NEMIS TILI DARSLARIDA MUAMMOLI O’QITISHNI TASHKIL ETISH'

NEMIS TILI DARSLARIDA MUAMMOLI O’QITISHNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
125
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muammoli o’qitish / mustaqil fikrlash / muammoli vazifalar / muammoli vaziyatlar / shaxsiy yondashuv

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Xamidova Tilovatxon Raxmatjonovna

Ushbu maqolada agrar soha talabalariga nemis tili darslarida muammoli o’qitishni tashkil etish, o’qitishning samarali usullaridan foydalanish, ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILI DARSLARIDA MUAMMOLI O’QITISHNI TASHKIL ETISH»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. NEMIS TILI DARSLARIDA MUAMMOLI O'QITISHNI TASHKIL

ETISH

Xamidova Tilovatxon Raxmatjonovna

Toshkent davlat agrar universiteti "Tillar" kafedrasi o'qituvchisi miss_till11@mail.ru ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada agrar soha talabalariga nemis tili darslarida muammoli o'qitishni tashkil etish, o'qitishning samarali usullaridan foydalanish, ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: muammoli o'qitish, mustaqil fikrlash, muammoli vazifalar, muammoli vaziyatlar, shaxsiy yondashuv.

O'quv jarayonini takomillashtirish metodlari muammoli o'qitish jarayonida samaradorligi bilan alohida ahamiyatga ega. Ulardan talaba ijodiy shaxsni - bo'lg'usi mutaxassisni shakllantirish nuqtai nazardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday o'qitishda talabalarning bilish mustaqilligini shakllantirish va rivojlantirish katta ahamiyatga ega, chunki u talabalarda bilimga bo'lgan barqaror qiziqishni shakllanganligini, tashabbus va mustaqil faoliyatning muntazamligini, muayyan aqliy harakatlar va aqliy sifatlar tizimini ko'zda tutadi.

Muammoli o'qitishda pedagogik faoliyatning xususiyatlari o'quv axborotlari mazmunini muammoli vazifalar va muammoli vaziyatlarga ko'chirish orqali maqsadlarni oydinlashtirish jarayonidan iborat bo'ladi.

Ijodiy o'quv faoliyati muammoli o'qitishning asosiy qoidasini saqlagan holda -ma'lum darajada harakatlarga erkinlik berish va bu harakatlarni bilish jarayonining butun tuzulmasi tizimida tartibga tushurish bilan boshqariladi.

Muammoli o'qitishdan foydalangan holdagina talabalarda o'quv muammolari va kasbiy vaziyatlarni yechishda ilmiy tekshirish jihatdan yondashuvni tarbiyalash, mustaqil bilish malakasi va metodlarni shakllantirish mumkin. Muammoli o'qitishni qo'llash, bilishni tushunishni shakllantirishga yordam beradi, pedagogik ijod va kasbiy mahoratni, psixologik hamda kasbiy tayyorgarlikni shakllantiradi.

Muammoli o'qitish talabalarning faqat tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi bo'lishini taqazo qiladi. U ilmiy tafakkur uslubini rivojlantiradi. Muammoli vazifalar o'zida operatsion-prosessual tarkiblarni birlashtiradi. Ular axborot mazmunini yangilash va yangi bilimlar olish orqali tahlilga, tushunish va izohlashga, o'rganilayotgan ilmiy muammolarni nazariy jihatdan fikrlashga diqqatini qaratadi.

Muammoli o'qitishni tashkil etish natijasida talabalarda kasbiy bilim va ko'nikmalar hamda fikrlash qobiliyatlarini o'stirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Muammoli texnologiyani amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak

bo'ladi:

- eng dolzarb, ahamiyatli vazifalarni tanlash;

- o'quv ishlarining barcha turlarida muammoli o'qitishnig o'ziga xos xususiyatlarini belgilash;

- muammoli o'qitishning eng maqbul tizimini ishlab chiqish, darslik, o'quv va metodik qollanmalar, tavsiyanomalar yaratish;

- shaxsiy yondashuv va o'qituvchi mahorati.

Masalan, nemis tili darslarida turli mavzularga oid osondan murakkabga qaratilgan har xil topshiriqlarni ishlab chiqish mumkin. Bu topshiriqlar talabani zerktirmasligi, uni fanga bo'lgan qiziqishini orttirishi hamda topshiriqlar o'tilgan mavzular bo'yicha bo'lishi kerak. Darslarda lug'atlardan samarali foydalanish kerak. Topshiriqlarni bajarishga bo'lgan qiziqish talabani lug'atdan foydalanishga majbur qiladi. Agar talaba notanish so'z tarjimasini o'zi izlab topsa, bu so'zni u xotirasida uzoq vaqt saqlaydi. Chunki u lug'atdan o'sha so'znig tarjimasini topguncha beixtiyor shu so'zning yozilishiga bir nechabor qaraydi va takrorlaydi. Bu esa o'sha so'zning yodda qolishiga sabab bo'ladi. O'qituvchining galdagi vazifasi esa shu so'zni qisqa gaplarda va matnlarda qo'llashni o'rgatishdir. O'qishni, yozishni, gaplar va matnlar tuzishni oson o'zlashirayotgan har qanday o'quvchining tilga bo'lgan ishtiyoqi yanada ortadi. Endi u o'zi xohlab o'qituvchidan topshiriqlarni so'raydi. So'ngra esa o'zi mustaqil ravishda vazifalarni bajaradi.

Deylik, "yil fasllari" mavzusi yuzasidan topshiriqlarni tuzish kerak. Avvalo talabalarga yil fasllarining nemis tilidagi nomlari, yil fasllarining o'ziga xosliklari tushuntirilgan va o'tilgan bo'lishi kerak. Boshida ularga turli rasmlar va shu rasmlarni ifodalovchi gaplar beriladi. Ular mustaqil ravishda qaysi gap qaysi rasmga tegishli ekanini topishadi. O'qitvchi savolga javob olishi bilanoq to'g'ri va noto'g'ri javoblarni baholamasligi, balki talabalardan savollarga har tomonlama javob talab qilishi, noto'g'ri javoblarni esa to'g'risini aytmasdan ularni to'g'rilash imkonini berish kerak. Talabalar lug'atdan foydalangan holda vazifalarni bajarishi lozim.

Aufgabe 1. Ordnen Sie zu.

( ) Es regnet . ( ) Es ist windig.

(B) Es sind 25 Grad. Es ist warm. ( ) Es sind nur 7 Grad. Es ist kalt.

( ) Die Sonne scheint. ( ) Es scheint.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Undan so'ng navbatdagi topshiriq beriladi. Topshiriqlar turli shakllarda, rasmli va rangli qilib berilsa yanada maqsadga muvofiq bo'lar edi. Masalan, yil fasllari ta'riflanadi, lekin o'sha yil faslining nomi aytilmaydi. Talabalar ta'rif qaysi yil fasliga tegishli ekanini topishlari kerak.

Aufgabe 2. Welche Jahreszeit ist das?

Die Natur erwacht. Alles blüht. Es wird immer wärmer.

Das Wetter ist sehr heiß. Die Sonne scheint. Der Himmel ist wolkenlos.

Es regnet oft. Es wird immer kühler. Die Nächte werden länger, und die Tage werden kürzer. Es beginnt die Baumwollernte.

Alles ist weiß. Es schneit. Es ist kalt . Man läuft Schi und Schlittschuh.

Bu topshiriqlarni bajarish davomida talabalar so'zlarni nafaqat yozuv balki rasm orqali ham eslab qolish imkoniga ega bo'ladi.

Bilamizki, chet tili darslarida albatta matnlar ustida ham ishlash kerak. Bu talabaga bir oz qiyinlik qiladi va zeriktiradi. Buning uchu ularga matn ichidagi tanish so'zlarni toping yoki „yil fasllari" matnida keltirilgan ob-havoga oid gaplarni aniqlang kabi topshiriqlar berilsa, u o'ziga tanish bo'lgan so'zlar yoki gaplarni topish jarayonida beixtiyor matnni o'qib chiqadi. Yuqoridagi savolimizga javob olgandan so'ng, qaysi notanish so'zlarni uchratdingiz? - degan savolni berish mumkin. Bir talaba uchun notanish bo'lgan so'z ikkinchisi uchun tanish bo'lishi mumkin. Ular o'zaro muhokamaga kirishadi. Yakunda barcha uchun noma'lum bo'lgan so'zlar yana lug'at yordamida aniqlanadi. Bu jarayonda o'qituvchi kuzatuvchi vazifasini bajaradi, talaba esa faol bo'ladi.

O'qituvchi talabalar tomonidan bajarilgan ishlar natijasini baholab, u ishda muvaffaqiyatli qatnashganlarni alohida ta'kidlab o'tadi. Shuningdek, ayrim kamchiliklarga yo'l qo'yganlarni ham qayd qiladi va ishlash usullarini kelgusida takomillashtirish, ya'ni keyingi mashg'ulotlarda qanday vazifalar qo'yilishini belgilab beradi. Bu jarayonlar talabani o'ylashga va o'z ustida ishlashga yo'naltiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. M.M. Hamidov, T.R. Hamidova - DEUTSCH Toshkent 2014

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

2. H.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madiyarova, E.U. Eshchanov - Pedagogik texnologiyalar va pedagogic maxorat. Toshkent - 2009

3. N.N. Azizxo'jayeva - Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent 2006

4. Schritte 1 international. Nevau A1/1, 2006

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

8. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

9. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

10. Сaрдoржoн Кoдиржoн Yгли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

11. Astanaliev E. T. O. The Process Of Electronic Document Management In The System Of Railway Automation And Telemechanics //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 76-80.

12. Astanaliev E. The formalization of the electronic document in railway automatics and telemechanics on the basis of simulation modeling //European Scholar Journal (ESJ). - Т. 2. - №. 3.

13. OGLI A. E. T. Software for Electronic Document Management System of Technical Documentation on Railway Automation and Telemechanics //JournalNX. - 2021. - Т. 7. -№. 1. - С. 204-209.

14. Astanaliev E. ELECTRONIC MODEL OF TECHNICAL DOCUMENT MANAGEMENT PROCESS /^рник наукових праць ЛОГО!. - 2021.

15. Baratov D., Astanaliev E. Functional Features of the Technical Documentation Control Program //International Journal on Orange Technologies. - 2021. - Т. 3. - №. 1. - С. 7-11.

16. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.

17. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv isrofini barataraf etish. "Academic research in educational sciences", 3(1), 434-440. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-41-47

18. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Bug'-gaz qurilmasi gradirniyalaridagi aylanma suv isrofini kamaytirish "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue,15-21

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.