Научная статья на тему 'NAZAR ESHONQUL IJODIDA FOJIA TALQINI “TOBUT” HIKOYASI MISOLIDA'

NAZAR ESHONQUL IJODIDA FOJIA TALQINI “TOBUT” HIKOYASI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qahramon / nutq / porteret / obraz / modernizm / ramziylik / timsol / konflikt. / Hero / speech / portrait / image / modernism / symbolism / symbol / conflict

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ruzmurodova Rayhona, X.Abdullayev

Modernistik Yozuvchi Nazar Eshonqulning “Tobut” hikoyasi keng va uzun choʻllarda chekka muzofotning bir shahrida yuz bergan sirli oʻlimning sabablarini aniqlash uchun keltirilgan taftish guruhdagi arxetektor talaba tilidan bayon etiladi.Hikoyada gʻayri tabiiy oʻlimning junbogʻini topish uchun masalaga oydinlik kiritmoqchi boʻlgan bosh qahramonning xulosalari negizida qurilgan murakkab va ziddiyatli konstruksiyaga ega hikoya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INTERPRETATION OF TRAGEDY IN NAZAR ESHONQUL'S WORK AS AN EXAMPLE OF THE STORY "COFFIN"

Modernist writer Nazar Eshanqul's story "Coffin" is told from the language of an architect student in a research group sent to determine the causes of a mysterious death that occurred in a city in a remote province in a wide and long desert. a story with acomplex and conflicting structure.

Текст научной работы на тему «NAZAR ESHONQUL IJODIDA FOJIA TALQINI “TOBUT” HIKOYASI MISOLIDA»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE INTERPRETATION OF TRAGEDY IN NAZAR ESHONQUL'S WORK AS AN EXAMPLE OF THE STORY

"COFFIN" Ruzmurodova Rayhona

Karakalpak state named after Berdak University. Philology and language teaching: Uzbek language The field of education is a student of the 1st stage H.Abdullayev Scientific supervisor https://doi.org/10.5281/zenodo.11183642

ABSTRACT

EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

Received: 05th May 2024 Accepted: 12th May 2024 Online: 13th May 2024 KEYWORDS Hero, speech, portrait, image, modernism, symbolism, symbol, conflict

Modernist writer Nazar Eshanqul's story "Coffin" is told from the language of an architect student in a research group sent to determine the causes of a mysterious death that occurred in a city in a remote province in a wide and long desert. a story with a complex and conflicting structure.

NAZAR ESHONQUL IJODIDA FOJIA TALQINI "TOBUT" HIKOYASI MISOLIDA

Ruzmurodova Rayhona

Berdaq nomidagi Qaraqalpoq davlat univeriteti Filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili Ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi X.Abdullayev Ilmiy rahbar https://doi.org/10.5281/zenodo.11183642 ARTICLE INFO ABSTRACT

Modernistik Yozuvchi Nazar Eshonqulning "Tobut" hikoyasi keng va uzun cho'llarda chekka muzofotning bir shahrida yuz bergan sirli o'limning sabablarini aniqlash uchun keltirilgan taftish guruhdagi arxetektor talaba tilidan bayon etiladi.Hikoyada g'ayri tabiiy o'limning junbog'ini topish uchun masalaga oydinlik kiritmoqchi bo'lgan bosh qahramonning xulosalari negizida qurilgan murakkab va ziddiyatli konstruksiyaga ega hikoya.

Nazar Eshonqul estetik tafakkuriy fikrlari,sirli majozi timsollari bilan orqali alohida ajralib turadi. Yozuvchi adabiyotga globallashgan davrning universal odami obrazini olib kirgan. Uning mavzu va tafakkur hikoyasi olami keng. Ayniqsa, O'zbek tabiatidagi eng qadimiy va eng tabiiy tuyg'u kindk qoni to'kilgan ona zaminga muhabbat tuyg'usi hisoblanadi. Nazar Eshonqulning "Ozod qushlar", "Maymun yetaklagan odam", "Tobut","Xayol tuzog'i" kabi ko'plab hikoyalarida ozod vataning ozod sohibi obrazlari turkumi yaratildi, desak to'g'ri bo'ladi. Shunday namunalardan biri "Tobut" hikoyasidir. Bu hikoyaning nomlanishi ham

Received: 05th May 2024 Accepted: 12th May 2024 Online: 13th May 2024 KEYWORDS Qahramon, nutq, porteret, obraz, modernizm, ramziylik, timsol, konflikt.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'ziga xos. Hikoya sarlavhasini o'qigan o'quvchida qiziqish uyg'otadi. Nega aynan "Tobut" ?. Bu timsol ostida qanday ma'no yashiringan? Yozuvchi o'quvchilarga bu hikoya orqali nima demoqchi? Buning zamonga aloqasi mavjudmi? Bu kabi barcha savollarga asarni o'qigandan so'ng javob olish mumkin.

Tobut o'zi nima? Tobut-eng avvalo mayyid solinadigan "To'rt oyoqli cho'bin ot". Musulmonlar tobutdan mayyidni qabristonga olib borish uchun foydalanishadi. Tobut yer yuzidagi barcha xalqlarga mushtarak bo'lgan bo'lgan, umumiy qismat-eng oxirgi manzil, qochib qutulib bo'lmaydigan, eshigi, tuynigi yo'q muthish bir go'shadir.

Nazar Eshonqulning mazkur "Tobut" hikoyasi konsentirik sujet asosida qurilgan bo'lib kitobxonlar diqqatini bir nuqtaga qaratishi bilan qiziqishni oshiradi. Hikoya hamma g'amga botgan, o'yin -kulgu, bayramu -tomosha allaqachon unut bo'lgan, barcha jim; o'limini kutayotgandek uni tik qarshi olayotgan kichik bir jamiyat taqdiri bilan boshlanadi. Shaharda hamma narsa bor: uylar, do'konlar, maktab, bolalar maydonchalari. Lekin eng asosiy narsa shaharda "tozahavo" yo'q. Dim havo, odamni behuzur qiladigan achqimtir hid, ko'ngilni aynitadigan bir xillik mavjud.Shahardagi bu hidning taralishi jamiyatga oralagan "qurtlar" ning isiga ishora qiladigan ramziylik bor desak mubolag'a bo'lmaydi. Hikoya konflikti bu unsiz shaharga navbatdagi taftish guruhning yuborilishi bilan boshlanadi. Guruhda ximik, professorlar qatorida tibbiyotga umuman aloqasi yo'q, me'morchilikka ham shunchaki havaskor, bu sohaga bironta loyihasi qabul qilinmagan bosh qahramon muhandis yigit ham bor. Allaqanday sirli o'lim sabablarini taftish qilish uchun yuborlgan maxsus guruh mudhish shaharga yetib bormasdan oldin ularni shahar hokimi kutib oladi. Yozuvchi hokim portret uni mahorat bilan yaratadi. Hokim g'oyat purim kiyingan, tepakal qisqa soqoli did bilan taralgan odam. Lekin bu odamda salobat yo'q. Unda ham uning o'zi kabi tepakal yordamchilarining yuzlarida nur taft yo'q. Mohiyatan bu mayydlar ham aynan tobutning o'zi qimmat baho yog'ochdan did bilan yasalgan , ko'rgan ko'zni quvontiradigan zar hal harflar bitilgan ammo, ichida sasib chirib ketgan mayyd bor. Go'yoki shahardagi o'lik mayydlarni shu "tobut" yutgandek edi. Ushbu ramziylik tasvirlar orqali voqealar rivoji boshlanadi.Hikoyada yosh me'morni qiynagan savollar, ularga javob qidirish hikoya voqealarini dinamik harakatga keltiradi. Shahar aholisining beparvoligi, professorlardan ham hech bir sado chiqmasligi, nuqul " Biz bunday o'latni birinchi marotaba uchratishimiz"- deb turishi, shuncha o'qigani-yu olgan bilimlarini hatto qo'llab ko'rishni hayoliga ham keltirmasligi me'morni hayratga soladi. Sahroda qurilgan shaharning chiroy va jozibasini ko'p maqtaydi- yu ammo, shahar ichidagi holatdan xabarlari yo'q bo'lsa ham jimgina jamiyatga singib ketgandek go'yo.Ushbu shaharga yangi ko'chib kelganlar ham bu " joziba va chiroy" ga oshiq bo'lishadi-yu ammo,shahardagi lo'ttibozlik, poraxo'rlik, xunrezlik va ilimsizlikka yo'g'rilgan jamiyat aslida yuz minglab mayydlar yotgan ulkan "tobut" ekanligiga ahamiyat berishmaydi. "Tobut" hikoyasidagi bizni o'ziga jalb qiluvchi qahramon bu Maoz qabristoni atrofida telbalarcha aylanib yuradigan -me'mor. U odamlarga kelajak fojialaridan gapirib yuradi.Me'morning "Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki. U menga aytib turibdi, men qurib berdim" kabi alamli, dardga to'la timsollarda lo'ttibozlik o'z o'tmishidan va bugunidan norozi, qaddi egik odamlar akslanadi. Buni asar kulminatsiyasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Biroq uning so'zlariga hech kim e'tibor bermaydi. Uni junninga chiqarishadi. Yozuvchi hikoyada "Kiyimlari uvada, qaddi bukik, hashamdor va viqorli, shaharni ataylab Me'morga vazifa qilib bergan insonning

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

oldidagi maqsadi nima bo'lgan? Shuncha insonning qurbon bo'lishi ularga nega kerak edi? -deyilgan ochiq savollar yozuvchi tomonida har bir kitobxonning fikrlashga undaydi. Bu esa yozuvchining o'ziga xos uslublaridan biri hisoblanadi. Yosh me'mor shu sharhni qurgan me'morni ko'rishni hoxlaganda professor uni tobi yo'qligini aytadi. Aslida esa haqiqatni so'zlab turgan, jamiyatni ogohlikka undagan teran fikrlovchi aqlan sog'lom me'morni hech kim tinglamas va telbaga chiqarib ajratib qo'yishadi. Me'mor bilan uchrashgan yosh taftishchi uning yuzlarida, ko'zlarida nurni qandaydir iliqlikni ko'radi. Lekin shu bilan birga nafrat va norozilikni ham.Hali bu shaharga kelib uchratmagan, faqat bir xil yuz bir xil sovuqlikni ko'rib yurgan taftishchi yigit hayratlanadi.Hikoyani yechimi sifatida me'mor tomonidan shaharni tobut shaklida qurilganligini aniqlash bilan tugallanadi.

Hikoyani o'qish davomida shunday xulosalarga kelishimiz mumkin : Insonlar orasida halollik, to'g'ri so'zlik, tabiiylik unut bo'lgan har qanday jamiyat vaqt o'tishi bilan tobutga aylanib qolishi hech gap emas.Insonlar hatto tirik murdaga aylanib, nima qilishini bilmas o'zlari chiqargan qarorlar o'zlari qilgan amallar ularni ko'zi ochiq junninga aylantirib qo'yishi mumkin. Nazar Eshonqul ushbu asarida jamiyatimizni e'tiborli bo'lishga, ogohlikka chorlayotgan bo'lsa ajab emas.

References:

1. U. Hamdam Jahon adabiyoti:modernizm va postmodernizim. T.2020

2. N.Eshonqul. Ijod falsafasi. Mendan -mengacha.T.: 2018.

3. N. Eshonqul "Tobut" T.: 2018

4. Shoxruxbek Maxmidjanov,Saidaxon Kamalovna "Tobut'' hikoyasi tahlili.

5. Nurafshon Oripova "Nazar Eshonqulning moderin asarlari tahlili" tadqiqot.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.