Научная статья на тему 'NAYZA ULOQTIRUVCHILARNI KUCH QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH'

NAYZA ULOQTIRUVCHILARNI KUCH QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1532
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nayza uloqtirish / yugurish texnikasi / tezlik / muvozanat / uloqtiruvchi kuch.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — V.Z. Sayidqulov, A.Baratov, Sh B.Xaydarov, O. B.Aqmonov, I.I.Mirzatillayev

Nayza uloqtirish yugurib borayotib nayza ko`targan qo`lni orqaga cho‟zish va nayza uloqtirishdan iborat. Musobaqa qoidasiga binoan nayzani istalgan uzoqlikdan yugurib kelib uloqtirish ham yoki bir joyda turub nayzani aylanib uloqtirish ham ruhsat etiladi. Uni faqat uramdan ushlash kerak. Nayzalar metaldan yoki yog‟ochdan bo‟lishi mumkin. Yog‟och nayza metal uchlik qilinadi. Uloqtirish uzunligi yugurib kelib nayza uloqtirilgan joydagi qiyshiq chiziqli plankaning ichki kirganidan boshlab to nayzaning uchi tushgan joygacha o‟lchanadi. Uloqtirish uzoqligi nayzaning dastlabki uchib chiqish tezligi va to‟g‟ri uchishga bog‟liqdir. Nayza uloqtirishda yugurib kelish shuning uchun kerakki u ohirgi kuch berish boshlanishigacha uloqtiruvchi harakatning tezligini hosil qilib berdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAYZA ULOQTIRUVCHILARNI KUCH QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH»

NAYZA ULOQTIRUVCHILARNI KUCH QOBILYATINI

RIVOJLANTIRISH

V.Z. Sayidqulov

O'zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universiteti

A.Baratov

O'zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universiteti

Sh B..Xaydarov

O'zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universiteti

O. B.Aqmonov

O'zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universiteti

I.I.Mirzatillayev

O'zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

Nayza uloqtirish yugurib borayotib nayza ko'targan qo'lni orqaga cho'zish va nayza uloqtirishdan iborat. Musobaqa qoidasiga binoan nayzani istalgan uzoqlikdan yugurib kelib uloqtirish ham yoki bir joyda turub nayzani aylanib uloqtirish ham ruhsat etiladi. Uni faqat uramdan ushlash kerak. Nayzalar metaldan yoki yog'ochdan bo'lishi mumkin. Yog'och nayza metal uchlik qilinadi. Uloqtirish uzunligi yugurib kelib nayza uloqtirilgan joydagi qiyshiq chiziqli plankaning ichki kirganidan boshlab to nayzaning uchi tushgan joygacha o'lchanadi. Uloqtirish uzoqligi nayzaning dastlabki uchib chiqish tezligi va to'g'ri uchishga bog'liqdir. Nayza uloqtirishda yugurib kelish shuning uchun kerakki u ohirgi kuch berish boshlanishigacha uloqtiruvchi harakatning tezligini hosil qilib berdi.

Kalit so'zlar: nayza uloqtirish, yugurish texnikasi, tezlik, muvozanat, uloqtiruvchi kuch.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Shubhasiz hozirgi kunda butun dunyo sportida murosasiz baxslar avj olgan, shunga ko'ra sportchilarning mashg'ulotlari ham ma'lum bir tizimga asoslanib o'zining ilm-fan bilan hamnafas bo'lgan qiyofasini

yaratmoqda. Nayza uloqtiruvchilarning kuch qobilyatini oshirishga qaratilgan vositalarni mashg'ulot jarayonlariga tadbiq qilish usullari.

Yurtimiz sportchilari nayza uloqtirish turi bo'yicha jahon arenalarida ma'lum bir yutuqlarga erishgan bo'lsada, bu ko'rsatkichlarni saqlab qolish hamda yangi natijalarga erishish uchun mashg'ulot tuzilmasi dasturlarini ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Hozirgi glaballashuv jarayonida nayza uloqtirish bo'yicha sportchilarni tayyorlash tizimida zaruriy qobilyatlarni oshirish asosida yuqori sport natijalariga erishish lozimligini ko'rsatadi. Buning uchun esa nayza uloqtiruvchilarda kuch qobilyatini samaradorligini yanada rivojlantirish zarur. Bu esa sportchilar tayyorlash tizimida bugungi kundagi dolzarb, hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalardan sanaladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tadqiqotning vazifalari: oldimizga qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi.

-mavzuga oid ilmiy uslubiy adabiyotlar tahlil qilish.

-tanlangan sportchilarni dastlabki jismoniy rivojlanganlik darajasini aniqlab

olish.

-sportchilarni ma'lum bir testlar orqali kuch qobilyatini natijalarini aniqlash.

Kuch qobilyatini juda qisqa vaqt ichida muskullar tomonidan qarshilikni yengishga qaratilgan, bajarilishiga ko'ra dinamik ish harakatiga kiradi. Kuch qobilyatini turida muskullar qisqa muddat davomida katta kuchni namoyon etadi va bu ish A=F.t formula bilan ifodalanadi (A-ish, F-kuch, t-vaqt).

Tadqiqot olib borilayotgan o'quv mashg'ulot guruhi sportchilarni uch oy davomida aylanma usulda kuch qobilyatini oshirish uchun gimnastika turnigida tortilish, qo'llarni yerga tiragan holda bukib yozish, qo'llarni oldinga cho'zgan holda oyoqlarga o'tirib turish kabi o'z vaznidan hamda og'ir atletika sportining bir q ator mashg'ulotlaridan keng miqyosda foydalanildi. Buning natijasida kuch bilan birgalikda tezlik jismoniy sifati rivojlandi va eng asosiysi harakat koordinatsiyasi saqlanib qoldi. Nayza uloqtiruvchilarning harakat koordinatsiyasini saqlab qolish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. O'ta og'ir toshlar bilan muntazam ishlash harakat koordinatsiyasini yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Buning natijasida muskul tolalarida kratin zahirasi keragidan ortiqcha yig'ilib harakat texnikasiga salbiy tasir ko'rsatishi aniqlandi.

Tadqiqotda tayyorgarlik davrida nayza uloqtiruvchilarning mashg'ulotlarida kuch qobilyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan quyidagi mashg'ulot vositalaridan foydalanildi:

-tana vaznining o'ttiz foizidagi shtangani yelkaga olib, yarim o'tirgan holatda trener svistogiga, yuqoriga sakragan holda javob reaksiyasini qaytarish.

-yarim o'tirgan holatda 1-1,10 sm lik tumbaga takroriy usulda sakrab chiqish va tushish.

-qo'llarni yerga tiragan (anjumaniy) holatda qo'llar bilan yuqoriga sapchish. -yelkaga tana vaznining o'ttiz foizidagi shtangani olib turgan joyda takroriy usulda sakrash.

-tana vaznining qirq foizidagi shtangani yelkaga qo'yib, o'ttiz sekund davomida maksimal tezlikda o'tirib turish.

-mashg'ulotni minimal og'irlikdan shtangani dast ko'tarib maksimal og'irlikgacha ko'tarib, optimal og'irlikgacha tushirish.(o'zgaruvchan usul).

-o'ttiz santimetrli tumbadan bir oyoqda sakrab tushib, yuqoriga sapchish takroriy usulda.

-ma'lum balandlikdan pastdan yuqoriga qarab yugurib chiqish hamda yuqoridan pastga qarab yugurib tushish.

Shu kabi portlovchi kuch qobilyatini rivojlantirishga qaratilgan mashg'ulotlardan kengroq foydalanildi. Bu esa tajriba so'ngida o'z samarasini ko'rsatdi. Tajriba va nazorat guruhi sportchilarinining jismoniy rivojlanganlik darajasi umumiy o'rtacha ko'rsatkichlari quyidagi jadvalda ko'rsatib o'tildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tajriba va nazorat guruhi sinaluvchilarining tadqiqotdan oldingi va keyingi

natijalar.

1-jadval

Guruhlar Joyidan turib uzunlikka sakrash (sm) 30 m ga yugurish (sek) 60 m ga yugurish (sm) Yadroni ikki qo'llab oldinga uloqtirish (m,sm) Yadroni ikki qo'llab orqaga uloqtirish (m,sm)

Tajriba guruhi 2,78 4,36 7,47 15,97 16,71

2,89 4,16 7,22 16,4 17,22

t 2,4 2,8 1,2 5,4 1,1

P P<0,05 P<0,05 P>0,05 P<0,05 p>0,05

Nazorat guruhi 2,77 4,37 7,51 15,95 16,85

2,86 4,23 7,36 16,1 17,13

t 2,5 2,8 0,5 1,5 0,7

P P<0,05 P<0,05 P>0,05 p>0,05 P>0,05

Olingan natijalar taxlili: Nayza uloqtiruvchilami kuch qobilyatini qobilyatini tekshirishga qaratilgan bir qator pedagogik tajribalar amalga oshirildi. Nayza uloqtiruvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik davrida mashg'ulotning aylanma (bekatlarda to'xtab) usulidan kengroq foydalanildi.

Tajriba so'ngida olingan natijalar shuni ko'rsatdiki joydan turib uzunlikka sakrash tajriba guruhida 11 sm ga 4% hisobida o'sgan bo'lsa, nazorat guruhida 9 sm 3.2% hisobida o'sgan. 30 m ga yugurish tajriba guruhida 20 dolisekundga 4.6% hisobda o'sgan bo'lsa, nazorat gurihida 14 dolisekunt 3.2% ga ko'tarilgan. 60 metrga maksimal tezlikda yugurish tajriba guruhida 25 doli sekuntga 3.3% hisobda o'zgargan bo'lsa, nazorat guruhida 15 dolli sekuntga 2% hisobida ko'tarilgan. Yadroni ikki qo'llab oldinga uloqtirish natijalari 43 sm ga 2.7% hisobida o'sgan bo'lsa, nazorat guruhida 15 sm 0.9% hisobda o'zgargan. Yadroni ikki qo'llab orqaga uloqtirish natijalari tajriba guruhida 51 sm ga 3.1% hisobida o'zgargan, nazorat guruhida esa 28 sm ga 1.7% ko'tarilganini ko'rishimiz mumkin. To'g'ri nazorar guruhi natijalarining ham ma'lum bir ko'rsatkichlari yaxshilangan bo'lsada lekin olingan natijalarning ahamiyatlilik darajasiga diqqatimizni qaratadigan bo'lsak tajriba guruhi ko'rsatkichlarining, nazorat guruhi ko'rsatkichlariga nisbatan ahamiyatlilik darajasi bir muncha yuqori bu esa tajriba guruhiga qo'llanilgan vositalar va metodlarnining samarasi, nazorat guruhiga qo'llanilgan vosita va metodlardan avzalroq ekanini ko'rsatadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aynish mumkinki tajriba guruhiga qo'llanilgan mashg'ulot vositalari va tadqiqotlarining ahamiyatlilik darajasi nazorat guruhi ko'rsatgan natijalardan bir muncha yuqori bo'lib, buni amaliyotga kengroq yoyish bilan ma'lum bir yutuqlarga erishishimiz mumkin. Qolaversa nayza uloqtirish texnikasi texnik jihatdan murakkab jarayon bo'lib, texnika samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmagan holda umumiy jismoniy tayyorgarlik bazasini yaratish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Nayza uloqtiruvchilarning natijalari jismoniy sifatlariga bevosita bog'liq bo'lib, bunda sportchining balistik ish qobilyatining rivojlanganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Agar sportchining kuch va tezlik sifatlari yaxshi rivojlangan bo'lsa-yu unda chaqqonlik sifati yetarli darajada shakllanmagan bo'lsa, texnika qismlarini bir butun qilib harakatni ijro etishda qiyinchiliklarga duch keladi bu esa o'z navbatida sportchining natijalarining qotib qolishiga olib keladi. Bu kabi muamolar murabbiyning mahoratidan kelib chiqqan holda hal qilinadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni. 04.09.2015 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) o'tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiyada o'yinlari va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida"gi farmoni. 09.03.2017 y.

3. Jilkin A. I., Kuzmin V. S., Sidorchuk Е. V. Legkaya atletika (Ucheb. posobie dlya stud. vissh. ucheb. zavedenii. 237-238-str. M.: 2009 g.

4. Nikitushkin V.G., Uchebnik. Teoriya i metodika yunosheskogo sporta. 201 -str. M.: 2010 g.

5. Ozolin N.G., Xomenkov L.S. i dr. Uchebnik trenera po legkoy atletike. 77-78-str. M.: 1986 g.

6. Shakirjanova K.T., Nayza uloqtirish o'quv qo'llanma 8 b/t. 131-bet.T.:2011 y.

7. Olimov M.S., Soliev I.R., Xaydarov B.Sh. Sport pedagogik maxoratini oshirish. 125-133 bet. Darslik T.: 2017y.

8. Sh, A. (2021). Research Of The Physical Education Of Students Of The MilitaryTechnical Lyceum" School Of Temurbeks" Taking Into Account The Influence Of Regional Factors. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(11), 7009-7011.

9. Солдав, И. Р., Смурыгина, Л. В., Олимов, М. С., Расулова, Т. Р., Иванова -Тюрина, В. В., & Каримов, Ф. М. (2021). УРТА МАСОФАГА ЮГУРУВЧИЛАРНИ МУСОБА^АЛАРГА ТАЙЁРЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 100-109.

10. Абдусаматова, Ш. С., & Султанкулова, Г. (2020). ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ОРИЕНТАЦИЯ ШКОЛЬНИКОВ ВЫПУСКНИКОВ К ПСИХОЛОГИИ. Scientific progress, 1(2).

11. Абдусаматова, Ш. С., & Исматов, И. И. О. (2020). Мeжличностныe отношeния к проблeмe влияния чeловeчeского тeмпeрамeнта. Высшая школа нучно-практический журнал, 1, 36-39.

12. Rabidjanovna, S. S., & Mirabidovna, M. H. (2021). Methods of resolution of conflict in the pedagogical process. Middle European Scientific Bulletin, 11.

13. Rabidjanovna, S. S., & Bakhtiyarovich, T. S. (2021). Technology for the development of cognitive competence of students in the information and educational environment. Middle European Scientific Bulletin, 11.

14. Rabidjanovna, S. S., & Aburakhmatovich, E. K. (2021). Development trends in the subject of pedagogy and the education system. Middle European Scientific Bulletin, 11.

15. Тураев, А. И., & Ёкубов, И. К. (2021). Эффективные приёмы обучения чтению на уроках английского языка. Academic Research in Educational Sciences, 2.

16. Aliyeva, S. B., & Achilov, O. Q. (2021). Xorijiy tillarni o'qitishning samarali usullari (nemis va ispan tillari misolida). Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

17. Abdurashitovna, A. S. (2020). The influence of motivation in the foreign language learning process. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 37-38.

18. Норбоева, Ф. Р. (2020). Процесс преподавания иностранного языка в неязыковом вузе. Интернаука, 20(149 часть 2), 74.

19. Suyunovna, M. S. (2020). Interactive teaching methods in the process of foreign language communicative competence development. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 35-36.

20. Akhmedovna, A. M., Olimjonovna, A. K., & Khamidovna, D. K. (2020). Enhancing student's writing through pre-writing activities. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 3118-3130.

21. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.

22. Tashkenbayevna, S. K., Rozikovich, S. I., Vladimirovna, L. L., Sotivoldiyevich, O. M., Mukhammadjonovich, B. A., Omonboyevich, A. B., & Valikhojayevich, S. Z. (2020). Pedagogical technologies and interactive methods as a factor of increasing special knowledge of students. Journal of Critical Reviews, 7(6), 42-46.

23. Roziqovich, S. I. (2019). Functional training level of runners student-athletes sprinters. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

24. Солиев, И. Р. (2018). К,иска масофаларга югуришда спортчиларни техник тайёргарлик даврида старт реакцияларини такомиллаштиришни тахлил килиш. Фан-Спортга, (2), 56-61.

25. АРСЛАНОВ, Ш. А., АДИЛОВ, С. К., ЛЮЛИНА, Е. С., & ТАШМАТОВ, А. Р. (2021). Эффективность применения педагогической технологии совершенствования координационных способностей дзюдоистов 13-14 лет. Fan - sportga, 51-53.

26. СОЛИЕВ, И. Р. (2021). Токио (япония) шахрида булиб утган xxxii олимпия уйинларида спортнинг енгил атлетика тури буйича утказилган мусобакаларнинг тахлили. Fan - sportga, 13-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.