Научная статья на тему 'NAVOIY “HAYRAT UL-ABROR”IDAGI HAMDLARDA EZGU GʻOYALAR TALQINI'

NAVOIY “HAYRAT UL-ABROR”IDAGI HAMDLARDA EZGU GʻOYALAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alloh / Muhammad (s. a. v.) / Navoiy / “Xamsa” / doston / bob / hamd / na’t / munojot / shafoat.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ziyoda G‘Afforova

Ma’ruzada buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning “Xamsa”si tarkibiga kirgan birinchisi doston bo‘lmish “Hayrat ul-abror”dagi hamdlar tahlil etiladi. Hamdlarning asar g‘oyaviy-badiiy mohiyatidagi ahamiyati, dostondagi o‘rni, hamd boblar kompozitsiyasi va bu boradagi shoir mahorati yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVOIY “HAYRAT UL-ABROR”IDAGI HAMDLARDA EZGU GʻOYALAR TALQINI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

NAVOIY "HAYRAT UL-ABROR"IDAGI HAMDLARDA EZGU G'OYALAR

TALQINI

Ziyoda G'afforova

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti,

"Shuhrat" medali sohibasi ziyodanasriddinovna@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.13269404 Annotatsiya: Ma'ruzada buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning "Xamsa"si tarkibiga kirgan birinchisi doston bo'lmish "Hayrat ul-abror"dagi hamdlar tahlil etiladi. Hamdlarning asar g'oyaviy-badiiy mohiyatidagi ahamiyati, dostondagi o'rni, hamd boblar kompozitsiyasi va bu boradagi shoir mahorati yoritiladi.

Kalit so'zlar: Alloh, Muhammad (s. a. v.), Navoiy, "Xamsa", doston, bob, hamd, na't, munojot, shafoat.

KIRISH

Alisher Navoiy asarlari - milliy ma'naviyatimiz, qolaversa, umumbashariy tamaddunning eng mo'tabar durdonalari yanglig' g'oyat aziz va qadrli. Bu badiiy yodgorliklarhdagi purma'no g'oyalar va insonni ma'nan boy etishga qaratilgan jihatlarning targ'ibi borasida qilingan ishlardan ko'ra amalga oshirilmagan ishlar -ko'proq.

2. Sho'ro zamonida Navoiy ijodidagi hamdlarni o'rganish amalda taqiqlangan mavzulardan biri hisoblanar edi. Shuning uchin uning "Asarlar"I 15 jildligi tarkibidagi hamd va na't g'azallar, dostonlarning hamd va na't boblari qisqartirilgan. Istiqlol davrida Navoiy ijodining ahamiyati yanada ortdi. Uning dunyoqarashi, har bir fikri, nuqtayi nazari, hayot va taraqqiyot, olam va odam, dunyo va oxirat haqidagi tasavvurlari - bugungi kunda yanada qadrli.

3. Navoiy o'zbek tilida eng ko'p hamd bitgan shoir. Uning hamdlari an'ana talabi uchingina yaratilmagan. Shoir dunyoqarashida Allohga munosabat asosiy o'rin tutadi. Badiiy adabiyotda bevosita Alloh taoloning ta'rifu tavsif etilishi "hamd" deyiladi. Hamdlarning aksariyatida shoir Alloh taolo kulli mavjudotning yaratuvchisi ekenini badiiy til bilan ta'riflaydi.

4. Hamdlar, shartli ravishda, ikki turga, ya'ni tavhid hamd va munojot hamdga bo'linadi. Agar asosiy maqsad Alloh taoloning sifatlarini ta'riflashdan iborat bo'lsa, bunday asar yoki uning bir parchasi "tavhid" deyiladi. "Munojot" esa yalinish, yolvorish ma'nolarini anglatadi. Munojotda muallif to'g'ridan-to'g'ri Alloh taologa murojaat etib, unga iltijolar qiladi. Undan bilib-bilmay qilgan gunohlarini kechirishini, qiyomat kunida payg'ambarimiz Muhammad (s. a. v.) shafoatidan umidvorlik qiladi va hokazo.

5. Musulmon Sharqi dostonchiligida barcha asarlar Allohning madhi bilan boshlangan. Navoiy ham "Hayrat ul-abror"da shu an'anaga amal qilgan holda asarni Alloh hamdi bilan boshlab, bu mavzuga bir necha maxsus boblar bag'ishlagan.

6. Doston umumiy kirish bo'lmish "Basmala", ya'ni "Bismillohir rahmonir rahim" ifodasining harfma-harf talqini boshlanadi. Keyin shoir qat'iy simmetriyaga amal qiladi. Ya'ni beshta hamd va beshta na't bob bitadi. Hamdlarning birinchisi, ya'ni dostonning 2-bobi tavhid hamd. Unda Alloh taolo har taraflama ta'rifu tavsif etiladi. 3 - 6-boblar esa - munojot. Ularda shoir

link qahramoni Yaratganga tavalloyu iltijolarini aks ettiradi.

7. "Hayrat ul-abror"ning birinchi bobida "Bismillohir rahmonir rahim"("Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman")ning ta'rifi keltirilgan. U shunday boshlanadi:

Bismillohir rahmonir rahim,

Rishtag'a chekdi necha durri yatim.

Har dur anga javhari jondin fuzun

Qiymat aro ikki jahondin fuzun [1,7].

Bu parchani taniqli navoiyshunos, professor Muslihiddin Muhiddinov mana bunday tahlil etadi: "Ana shunday durlar tizilgan marjonning ipi esa "jahonu jon" rishtasidir. Agar bularni biz marjonning xususiyati deb qabul qilsak, uning fazilati boshqa holatda namoyon bo'ladi. Kimki shu marjonni tasbih etib, ko'ngil bilan Haq yo'liga ishtig'ol (harakat) qilsa, ganji baqoni (abadiylik xazinasini) qo'lga kiritadi" [4,405].

Bob davomida "Bismillohir rahmonir rahim"ning har bir harfiga alohida-alohida sharh berilgan.

Istabon, ey xasta Navoiy, navo,

Bo'yla safarg'a qilur ersang havo,

Yo'l yomonu yaxshisidin yema g'am,

"Bismilloh", - degil-u, qo'yg'il qadam [1,10], -

deb tugatadi shoir bobni.

8. Dostonning ikkinchi bobi Xoliq hamdiga bag'ishlanib, u butun olamlardagi har bir zarra Allohga hamd aytishi e'tirofi bilan boshlangan:

Hamd angakim vojibi bizzot erur,

Homid aning zotig'a zarrot erur [1,10].

Shoir Alloh sifatlarini bayon etar ekan, har birining isboti uchun badiiy-mantiqiy dalil-isbotlar ham keltiradi:

Lutfi bila borchag'a mavjudluq,

Qahridin-o'q bo'lg'usi nobudluq [1,13].

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

Dostonning 4-bobi - ikkinchi munojotdan iborat. Unda shoir Allohdan unga imon hamroh etishini so'ragan:

Ul nafas imon manga hamroh qil, Ko'nglum aro mahvi sivalloh qil [1,19].

9. "Navoiy asarlari lug'ati"da "shafoat" so'zi "o'rtada turib vosita bo'lish" [2,693] degan ma'noni anglatadi. Asarning 5-bobi bo'lib kelgan uchinchi munojotda shoir Allohdan payg'ambar (s. a. v.) shafoatidan nasib aylashini iltijo qiladi va o'zini osiy banda yanglig' uning ko'ziga uchratishini munojot qiladi:

Istasa ul qavm xalosini ham, Ko'ziga uchrat meni osiyni ham [1,23].

10. "Munojot" so'ziga "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati"da "y a l i n i sh", "y o l v o r i sh" [3,354] deb ta'rif berilgan.

Munojotda lirik qahramon Allohdan najot so'rab, yolvoradi, iltijolar aylaydi, undan bilib-bilmay qilgan gunohlaridan kechishni, qiyomat kunida mag'firat etilishini, jannat nasib aylashini so'raydi. Shu tariqa munojotda shoir o'z dardini ko'proq ifodalash imkoniga ega bo'ladi. Dostondagi oxirgi, ya'ni to'rtinchi munojotda Allohning bandalari jurm bilan noma qaro bo'lsalar, ularni nomalarini oqqa aylaytirish u Zot uchun oson ishligi aytiladi:

Jumla jahon ahli xato qilsalar, Jurm bilan noma qaro qilsalar,

Nomani oq aylamak oson sanga,

Kim yo'q o'shul amrda nuqson sanga [1,24].

Bu munojotda shoir o'z gunohlari ko'pligini mana bunday qalamga olgan:

Garchi gunahning hadu poyoni yo'q, Aylamasang rahm ham, imkoni yo'q [1,26].

So'nggi munojot yakunida shoir muddaosi bayoni ifodalangan. Lirik qahramonga hur va jannat havasi emas, u uchun Allohning o'zi bo'lsa, bas:

Bo'lsa navo birla bori muhtaram, Aylama mahrum Navoiyni ham.

Ermas anga hur ila jannat havas,

Sen anga bo'lg'ilki, anga ushbu bas [1,26].

11. Navoiy "Hayrat ul-abror" boshida o'zigacha bo'lgan davr she'riyati an'analariga muvofiq ravishda hamd va na't bitgan. Asarning oxiridan oldingi 62-bobida doston tuzish an'anasiga zid ravishda yana munojot bitadi. Bu shoirning o'ziga xos tajdidi, ya'ni novatorligi hisoblanadi. Bobda lirik qahramon,

jumladan, dostonda kalomining cho'zilganidan ham kechirim so'ragan bo'ladi:

Yorab, agar bo'ldi kalomim uzun, Mundin ham jurm qilibmen fuzun [1,311].

Bob yakunidagi mana bu baytlarda shoir lirik qahramoni Allohning rahm qilishi karam ko'rsatishiga umidvorlik qiladi:

Har nechakim, jurmum erur pech-pech, Lekin erur rahmating olinda hech.

Kamlik ila necha manga bo'lsa bim, Sen karam aylakim, erursen karim [1,312].

Demak, doston "Basmala" ya'ni "Bismillohir rahmonir rahim" ifodasining batafsil, ya'ni harfma-harf tahliliga bag'ishlangan bob bilan boshlanib, munojot bob va unga ilova qilingan hikoyat bob juftligi bilan yakun topadi.

12. "Hayrat ul-abror" hamdlarining tahlili Navoiy bu borada o'ziga xos yo'l tutgani, hamdlar asar g'oyaviy-badiiy mazmun-mohiyati bilan chambarchas bog'liqligi, "Xamsa"dagi har bir doston hamdlarning o'rni va ahamiyati bo'yicha alohida-alohida tadqiq etilishini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR:

[1] Алишер Н а в о и й. Мукаммал асарлар туплами. 20 томлик. Т. 7. - Тошкент: Фан, 1991.

[2] Навоий асарлари лугати. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1972.

[3] Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати. 4 жилдлик. Ж. 2. - Тошкент: Фан, 1983.

[4] Мухиддинов М. Кунгил хайратлари. -Тошкент: Tamaddun, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.