Научная статья на тему 'Natyurmort janrining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o’rganish vositasida talabalarning kasbiy kompyetyensiyasini rivojlantirish'

Natyurmort janrining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o’rganish vositasida talabalarning kasbiy kompyetyensiyasini rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
637
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tasviriy san’at / natyurmort / rangtasvir / kompozitsiya / badiiy ijod / kompozitsion yaxlitlik / ritm / rang / kolorit

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxtorjon Abduraximovich Umataliyev

Maqola tasviriy san’atdan malakali pedagog kadrlar tayyorlashda natyurmort janrining rivojlanishi, nazariy asoslari, badiiy asar kompozitsiyasining shakllanishida yevropa rassomlik maktablarining tutgan o‘rni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari xaqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek unda bo‘lajak pedagog rassomlarga natyurmort asarini yaratishdaning qonun-qoidalarini o‘rgatishning usullari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Natyurmort janrining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o’rganish vositasida talabalarning kasbiy kompyetyensiyasini rivojlantirish»

Natyurmort janrining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o'rganish vositasida talabalarning kasbiy kompyetyensiyasini

rivojlantirish

Muxtorjon Abduraximovich Umataliyev Muhtorj onumataliyev@gmail. com Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Maqola tasviriy san'atdan malakali pedagog kadrlar tayyorlashda natyurmort janrining rivojlanishi, nazariy asoslari, badiiy asar kompozitsiyasining shakllanishida yevropa rassomlik maktablarining tutgan o'rni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari xaqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek unda bo'lajak pedagog rassomlarga natyurmort asarini yaratishdaning qonun-qoidalarini o'rgatishning usullari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, natyurmort, rangtasvir, kompozitsiya, badiiy ijod, kompozitsion yaxlitlik, ritm, rang, kolorit

Development of students' professional competence through the study of the historical development stages of the still life

genre

Mukhtarjon Abdurakhimovich Umataliyev Mukhtarj onumataliyev@gmail .com Namangan State University

Abstract: The article provides information about the development of the still life genre, its theoretical foundations, the role of European art schools in the formation of the composition of an artistic work, and the stages of its historical development in the training of qualified pedagogues in visual arts. It also shows the methods of teaching future pedagogic artists the rules of creating a still life work.

Keywords: fine art, still life, painting, composition, artistic creativity, compositional integrity, rhythm, color, color

Moziy sahifalarini nazardan o'tkazar ekanmiz, natyurmort tasviriy san'atning asrlar sinovidan sharaf bilan o'tib, takomillashib borgan janri ekaniga amin bo'lamiz. Uning ildizlari esa Qadimgi Misrga1 borib taqaladi. Misrliklarda sag'ana, maqbara

1 Пунин А.Л. Искусство Древнего Египта. Раннее царство. Древнее царство. - СПб., 2008. - 464 с.

WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1377 [МЩ^в]

intererlarini natyurtmort bilan bezash urf bo'lgan, chunki ular tasviriy asardagi yegulik va boshqa jismlar reallikka aylanib, marhumning narigi dunyodagi hayotida ham zarur bo'lishiga ishonishgan. Janr sifatida natyurmortning ifodaviy imkoniyatlari nihoyatda keng. Bu esa uning dunyoga kelishi, rivojlanish tarixi bilan bevosita bog'liq.

Qadimgi yunon "natyurmortlari" ham uy-ro'zg'or buyumlarini yuksak mahorat bilan tasvirlangani bilan alohida e'tirofga musharraf bo'lgan. Bu kabi tasvirlar Qadimgi Rim zodagonlarining uylaridan ham topilgan va ular yanada hashamatli ekani bilan ajralib turgan. Aslzodalar xonalarni oziq-ovqat mahsulotlari va gullar tasvirlangan kartinalar va mozaikalar bilan bezashni juda yaxshi ko'rishgan. Chunki, ularning nazarida, bu suratlar xonadon egasining mehmondo'stligi, yil fasllari bilan bog'liq bayramlar va hayot go'zalligi timsoli vazifasini o'tagan.

O'rta asrlarda rassomlarning asosiy e'tibori diniy mavzularni yoritishga qaratilgani sababli, natyurtmort janri o'zining asl mohiyatini yo'qotib bordi. Aksariyat holatlarda natyurmort Injildagi voqelarni aks ettirgan kompozitsiyalarning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Natyurmortni diniy maqsadlarga moslashtirishga jiddiy kirishgan rassomlar undan shu mavzudagi qo'lyozmalarni bezashda ham faol foydalanib kelishdi.

XVI va XVII asrlardan boshlab Flandriya va Gollandiyada natyurmort alohida va mustaqil janr sifatida shakllanishni boshladi2. Ana shu davrdan e'tiboran u moddiy dunyo predmetlarining rang-barangligini ifodalashga qodir qudratli, nafis, cheksiz imkoniyatlarga ega mukammal yo'nalish sifatida rivojlanib bordi. Bundan shiddatli taraqqiyotning o'ziga yarasha sabab va omillari bor, albatta.

Birinchidan, XVI asrda G'arbiy va Markaziy Yevropada "Reformatsiya davri"3 nomi bilan tarixga kirgan ijtimoiy harakat dunyoga keldi. Uning ta'sirida Niderlandiyada diniy islohotlar o'tkazildi. Sahnaga nasroniylik dinining ikki yirik oqimi - katolitsizm va pravoslaviyega raqobotchi sifatida uchinchi yirik yo'nalish -protestantizm kirib keldi. Katolitsizmdan ajralib chiqqan va ruhoniylarning Xudo bilan inson o'rtasidagi vositachiligini inkor etadigan protestanizm ikonalar, cherkov san'atini ham rad etdi. San'at Cherkov tizimidan tobora uzoqlashib, dunyoviylik kasb etishni boshladi. Bu rassomlarning buyurtmachilari safi badavlat shaharliklar, traktir sohiblari, fermerlar bilan boyiganida ham ko'rish mumkin. Albatta, diniy mavzular muayyan vaqt mobaynida o'z ta'sirini saqlab qoldi; bu, ayniqsa, o'sha davrlarga xos dastlabki natyurmortlarda tasvirlangan buyumlar va ularning zamiriga yashiringan ramziy ma'nolarda yaqqol ko'rinadi.

Ikkinchidan, 1602 yilda asos solingan va mamlakatning eng yirik savdogarlarini birlashtirgan Gollandiya Ost-Hind kompaniyasi natyurmort janrining rivojlanishiga

2Власов В. Г. Натюрморт // Новый энциклопедический словарь изобразительного искусства. - СПб.: Азбука-классика, 2007. - Т. 6.

3 Chadwick O. The early Reformation on the con-tinent. Oxf.; N. Y., 2001

katta va ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Sharq mamlakatlari bilan vositachilarsiz, bevosita hamkorlik qilish maqsadida tashkil etilgan kompaniyaning savdo kemalari Gollandiyaga shu paytgacha noma'lum bo'lgan mevalar va gullarni olib keldi. Savdo rastalarida Sharq ziravorlari, Xitoy chinnilari, ipak va boshqa ekzotik tovarlar paydo bo'ldi. Bunday ajoyib shaklu-shamoyilga ega bo'lgan meva va uy jihozlaridan badiiy san'at ustalari turli ko'rinishdagi natyurmortlarni tashkil etdilar va mahorat bilan tasvirlashni yo'lga qo'ydilar. Bundan tashqari, Gollandiya Yaxshi Umid burni, Indoneziya, Surinam, Antil orollari, Osiyo qit'asining turli hududlarida o'z mustamlakalarini tashkil qilgan. Ular mamlakatni moliyaviy jihatdan boy davlatga aylantirishgan. Natyurmortlarda esa odatiy, jo'n buyumlardan ko'ra shirinliklar, shu paytgacha mahalliy aholiga noma'lum bo'lgan noyob mevalar, kumush va chinni idishlar, perlamutr tasvirlariga ko'proq ustvorlik berilgan. Ramziylik o'z o'rnini moddiylikka bo'shatib bergan.

Golland natyurmorti janrning yanada mayda tarkibiy qismlar- janrchalarga bo'lingani bilan ajralib turadi va butun umri mobaynida faqat bitta kichik janr doirasida ijod qilgan musavvirlar ko'p uchraydi.

Golland natyurmortining eng mashhur turlaridan biri "nonushta" hisoblanadi va uning vatani Xarlem shahridir. O'z natyurmortlari bilan shon-shuhrat qozongan musavvir Piter Klas aynan shu shaharda yashagan. Uning asarlarida asosan yegulik va idish-tovoqlar bilan bezatilgan stollarni ko'rish mumkin. Lekin predmet tanlashga rassom nisbatan tiyiqlik bilan yondashgan va ko'pincha vino quyilgan bokal, qalay likopcha, bulochka, tuzlangan seld balig'i yoki vetchina, limon yoki uzum g'ujumi bilan cheklangan.

Yana bir kichik janr - gulli natyurmort ham hayratga soladi. Uning yirik vakillari Yan Davids de Xem, Yustus van Xeysum va uning o'g'li Yan van Xeysum asarlari nafisligi, go'zalligi, har bir gulning beqiyos mahorat bilan tasvirlangani bilan maftun qiladi.

XVII asrga kelib natyurtmort janrining asosiy xususiyatlari shakllanib ulgurdi. Gollandiyaning Rembrant, Ispaniyaning Surbaran, Pereda singari mashhur rassomlari shu yo'nalishda barakali ijod qilishdi. Buyumlar olamiga bag'ishlangan asarlar musavvirning tasvirdagi jismga munosabatini ifodalash orqali uning voqealik haqidagi tasavvuri tabiati hamda mohiyatini oshkor etishga xizmat qildi. Ijodkor buyumlar, ularning rangi, shakli, hajmini ranglar yordamida tasvirlarkan, kundalik turmushda ishlatiladigan odatiy predmetlarning funksional va estetik qiymati, inson hayoti bilan chambarchas bog'liq ekanini ifodalashga erisholgan [19]. Shunga qaramay, natyurmortga tasviriy san'atning ikkichi darajali janri sifatida qarash urfga aylangandi. Shu fikrda yakdil shaxslar bu janr orqali buyuk ijtimoiy g'oyalarni ifodalash mumkinligiga ishonmaganlar.

Natyurmort janri rivojlanishiga, ayniqsa, Yevropa ma'rifatparvarlik davrining eng yirik vakillaridan biri, fransuz rassomi Jan Batist Simeon Sharden (1699-1779) katta hissa qo'shgan. Ta'kidlash o'rinliki, u tamomila yangicha asarlar yaratish uchun bir-biridan keskin farq qiladigan an'analarni o'zaro uyg'unlashtirishda mohir edi. Sharden o'z asarlarida ro'zg'orda foydalaniladigan kam sonli buyumlarni tasvirlash orqali insonlarning odatiy kundalik hayotini ifodalashga harakat qilgan. Kartinalari kompozitsiyasi soddagina bo'lsa ham, ularda ulug'vorlik, ilhombaxshlik va musiqiylik barq etib turadi. Mane, Matiss, Sezann, Brak, Sutin, Morandi kabi tasviriy san'at darg'alari Sharden va uning natyurtmortlariga yuksak baho berishgan.

Janrning XVII asrda Yevropa maktabi uchun shakllangan asosiy vazifalari XIX asr o'rtalarigacha ahamiyatini saqlab qoldi. Shu davrdan boshlab natyurmort taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. Janr mohiyatida sezilarli o'zgarishlar kuzatildi, ko'plab rassomlar uchun natyurmort yangidan yangi ijodiy tajribalar maydoni sifatida bo'y ko'rsatdi. Qizig'i shundaki, tasviriy san'atning eng konservativ janrlaridan hisoblangan natyurmort mo'yqalam ustalariga juda katta imkoniyatlar tuhfa qildi. Ular janr doirasidan chiqmagan holda o'zlarining kutilmagan, ba'zan mantiq bilan ham izohlash murakkab ijodiy g'oyalarini sinab ko'rishga jur'at topishdi. Ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Fransiyada shakllangan va keyinroq butun dunyoga tarqalgan impressionizm vakillari natyurmort taqdiriga kuchli ta'sir ko'rsatishdi.

Ular voqelikni dastlabki, oniy taassurotlarga tayanib ifodalashni sevishardi, borliqni harakatda, tabiiyroq tasvirlashga intilishardi. Impressionistlarning bu sa'y-harakatlari natyurmortda ham darhol o'z askini topdi: bevosita tabiatdan olingan sof, uyg'un ranglar paydo bo'ldi, kompozitsiyaning tabiiyligi va hayotiy soddalik kasb etishi muhim xususiyatga aylandi.

Impressionizm rassomlarning ijodiy imkoniyati sarhadlarini yanada kengaytirdi. Shu bilan birga, impressionistik natyurmortning dunyoga kelishi asarlarning majoziy (allegorik) va mifologik mazmuniga chek qo'ydi. Mo'yqalam sohiblari bu janrda o'zlarini ilgariga nisbatan erkinroq his qilishni boshlashdi. XIX asr oxiriga kelib esa natyurmort ikkinchi darajali janr maqomidan qutilib, tasviriy san'atning o'ziga xos ijodiy laboratoriyasiga aylanib qoldi.

Fransuz rassomi Pol Sezann (1839-1906) tomonidan yaratilgan va rang hamda shakl uyg'unligiga asoslangan "jozibadorlik formulasi" natyurmortni san'atning ikkinchi darajali janri emasligini isbotladi. Anri Matiss (1869-1954), Andre Deren (1880-1954), Alber Marke (1875-1947) singari rassomlarning asarlariga nisbatan tanqidchilar tomonidan kinoya bilan atalgan fovizm (fransuz tilidan o'girganda "yovvoyi" ma'nosini beradi, lekin yuqorida tilga olingan musavvirlar bu ta'rifni tan olishmagan) vakillari mutlaqo boshqa yo'ldan borishdi. Ular hajmni ifodalashdan voz

kechishdi, natijada kartinalar yassi ranglardan iborat tizimga aylanib qoldi. Hajmning buzilishi esa rasmning yaqqol deformatsiyalashuvi bilan kechdi.

Kubizm vakillari (J.Brak, P.Pikasso, X.Gris va b.) natyurmortning badiiy-tahliliy imkoniyatlaridan foydalanib, makon va shakl ifodasining yangi usullarini yaratishga harakat qilishdi. Natyurmort boshqa oqimlar namoyondalarini ham o'ziga jalb qilib keldi va ularni rang, fazo, shakl bilan yangicha tajribalar o'tkazishga ilhomlantirdi.

Rossiyada natyurmort tasviriy san'atning mustaqil janri sifatida XVIII asr boshlariga kelibgina shakllanishni boshladi. Uning konsepsiyasi, birinchi navbatda, narsalar va tabiat ne'matlarini haqqoniy va aniq tasvirlash asosiga qurilgandi. O'sha davrning bilishga bo'lgan ishtiyoqini aks ettirgan va bizgacha yetib kelgan ilk rus natyurmortlarida golland ijod maktablarining ta'siri seziladi.

Natyurmortning eng ommaviy va mashhur turi ko'zni shamg'alat qiladigan tasvirlardan iborat asarlardir. Ularni "aldovchi natyurmort" yoki trompley (fransuzcha trompe-l'œil jumlasidan olingan bo'lib, "aldamchi ko'z", "aldamchi ko'rinish" ma'nolarini anglatadi) deb ham atashadi. Tarixi Qadimiy Gretsiyaga borib taqaladigan ko'zni chalg'ituvchi asarlarda rassom bo'yoqlar yordamida, tokchalariga narsalar joylashtirilgan, aytaylik, javonni tasvirlaydi. Unga qaragan inson esa tasvirning ikki emas, uch o'lchamli ekaniga aldanib, haqiqiy predmetlarni ko'rgandek bo'ladi. Yanada soddaroq tushuntirilsa, zamonaviy texnologiyalar orasida kompyuter grafikasining 3D (uch o'lchamli) tasvirlar yaratadigan yo'nalishi mohiyatan shu usulga yaqin.

1. Gul natyurmorti. XVII asr o'rtalarida Niderlandiya rangtasvir maktabida shakllangan rangtasvir turi. Mazkur yo'nalish jozibador gullar tasviri orqali insonlar ruhiyatiga ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga ega. Ular estetik zavq beradi, tasavvurni uyg'otadi, ko'tarinkilik bag'ishlaydi, inson shuurida go'zallik dunyosini yaratadi. Olamning umumbashariy uyg'unligini aks ettiruvchi san'at shifobaxsh qudratga ega ekani kabi, gul natyurmortlari ham insonni tushkunlikdan olib chiqib ketishi, unga quvonch va zavq berishi, xastaliklarini bartaraf qilishi mumkin. Gullar juda ko'p holatlarda mevalar bilan yonma-yon tasvirlanadi va ular birgalikda tabiat nafosatidan hikoya qilishadi. Tasvirga kiritilgan ulug'vorlik va hashamat belgilari esa kompozitsiyani badiiy mazmun bilan boyitadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Baymetov Botir Boltaboevich Formation of the skills of portraying the future teacher of fine arts in pencil drawing ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Year: 2020, Volume: 10, Issue:5 Firstpage: (1122)

2. Botir Boltabaevich Baymetov, Muratov Khusan Kholmuratovich, Self Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30493 Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Vol. 63. No. 2, (2020) @ www.

solidstatetechnology. us

3. Б. Байметов. История развития изобразительного искусства Узбекистана. Наука, образование и культура, Москва, 2016. стр. 19-23.

4. Baimetov Botir Boltabayevich, Sharipjonov Muhiddin. Development of students» descriptive competencies in pencil drawing practice. Issue 08, 2020 issn 2689-100x the usa journals, usa www. usajournalshub. com/inde x.php/tajssei... mso, ISSN 2689-100X The USA Journals, 261-267.

5. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students'Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. http://www.usajournalshub.com/index.php/tajssei. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.

5. Boltabayevich, B. B., & Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. http://www.usajournalshub.com/index.php/tajssei. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.

6. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students' Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.

7. Boltabayevich, B. B., & Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.

8. Boltabayevich, B. B, & Pardaboy, K. (2020). Scientific and theoretical aspects of the formation of compositional abilities of students in painting Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 |e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30494 classes. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

9. Байметов Ботир Болтабаевич. Актуальные вопросы подготовки педагогических кадров республике Узбекистан. Международный научный журнал «ВЕСТНИК НАУКИ» 2020/10. Том 1. 10 (31). Страницы 5-9.

10. Байметов Ботир Болтабоевич. Тасвирий санъатдан булажак рассом-укитувчиларни касбий тайёрлашда композиция фанининг назарияси ва методикаси. Science and education journal. 2020/4. Стр. 461-467

11. Байметов, Б. Б. (2020). Педагогика олий таълим муассасаларида талабаларга композиция фанини укитишнинг назарияси ва амалиёти. Science and Education, 1(7).

12. Байметов, Б. Б., & Талипов, Н. Х. (2016). Методическая последовательность ведения работы над живописным портретом в педагогическом ВУЗЕ. Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии, (4-1), 46-50.

13. Baymetov, B. B. (2020). Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. The American Journal of Applied sciences, 2(10), 154159.

14. Botir Boltabaevich Baymetov. Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. 2020/10 Журнал. The USA Journals. Том 2. Страницы- 154-159

15. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021. Стр. 463-468 Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30495

16. B.B Baymetov. Inson qomatining turli ko'rinish va holatlaridan qisqa muddatli tasvirlaridan bajarish myetodikasi. "Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue. 357-365

17. Botir Boltabaevich Baymetov. oliy pyedagogik ta'limda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning ba'zi masalalari. academic research in educational sciences volume 2 | issue 1 | 2021. 277-283 бетлар.

18. BB Baymetov, XX Muratov.Tasviriy san'atdan amaliy mashg'ulotlarida talabalarning tasvirlash mahoratlarini takomillashtirish texnologiyalari.Science and Education, 2021.349-354.

19. Мукаддам Тожикузи кизи Хамрокулова, Рашид Неъматович Зульфиев, Ботир Болтабаевич Байметов. Теория и практика преподавания академического рисунка в подготовке будущего художника педагога. Science and education scientific journal. 2020/12.Том 1. Номер 9. стр 364-372.

20. Botir Boltabaevich Baymetov. Art Of Modern Uzbekistan: The History Of Its Development During The Years Of Independence. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2020/10. 125-132.

21. BB Boltaboevich. Methods of portraiture in the process of making sketches and drawings of the human face in higher pedagogical education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 2020. Том 24. Номер 5.Страницы 6408-6415.

22. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2021/1. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021.том 3.номер 1. Страницы 463-468.

23. BB Baymetov.Inson qomatining turli ko'rinish va holatlaridan qisqa muddatli

tasvirlaridan bajarish myetodikasi"Science and Education"Scientific. January 2021.Volume 2Issue1.357-365. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30496

24. BB Baymetov, XX Muratov. Tasviriy san'atdan amaliy mashg'ulotlarida talabalarning tasvirlash mahoratlarini takomillashtirish texnologiyalari. Science and Education, 2021. 349-356.

25. Botir Boltabaevich Baymetov Xusan Xolmuratovich Muratov. Methods Of Teaching Students To Do Sketches In Independent Learning.2020/12. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2. Номер 12. Страницы 8-13

26. Ulfat Shuxratovich Ismatov Botir Boltabaevich Baymetov. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarini bosh namunasini tasvirlashga o'rgatish orqali tyexnik mahoratlarini takomillashtirish. 2020/11. "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8 Страницы 476-484

27. Laylo Mirsoatova Botir Boltabayevich Baymetov. Oliy pyedagogik ta'limda inson qomatini tasvirlashning nazariyasi va myetodikasi.2020/11 "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8. Страницы 467-475

28. Botir Boltabaevich Baymetov, Ulfat Shuhratovich Ismatov. Development of competencies of future fine art teachers in description of nature in graphic materials. 2020. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.TOM 10.Номер 11 .Страницы 864-871.

29. Botir Boltabaevich Baymetov. Creativity Of The Outstanding ArtistMiniaturist Kamaleddin Behzad (1455-1536). International scientific and current research conferences "science and innovation in the xxi century: crucial issues, discoveries and achievements" Doi - 03 2021/2/19.Pages: 67-71. Hungary, Europe.

30. Shoxidahon Odiljonovna Botirova Boltabaevich Baymetov. Theoretical foundations of coloring in the organization of fine arts classes.2021/4. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com.ToM 11,номер 4,Страницы 775-782. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30497

31. Bobur Abdugani Ogli Nabiyev Botir Boltabayevich Baimetov. Technologies for Improving the Composition of Students in the System of Higher Pedagogical Education 2021/4. The American Journal of Social Science and Education Innovations.Нoмер 03. Страницы 64-70

32. Pardaboy Khudoyberdiev Baimetov Botir Boltabayevich Use The Theoretical Foundations Of Color Science In Teaching Students To Work With Educational Productions From Painting. 2021/3. The American Journal of Social Science and Education Innovations. Номер 03.Страницы 330-337.

33. Muxiddin Sharipjonov Botir Baymetov. Oliy pedagogik ta'limda talabalarga inson qiyofasini amaliy tasvirlash jarayonida ijodiy kompyetyensiyalarini

rivojlantirish. 2021. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. Том 2.Номер 3.1066-1070.

34. Iqboloy Ibrahimova Botir Boltabaevich Baymetov. Technologies for using fine arts in developing students' artistic imagination. 2021/4. Asian Journal of Multidimensional. Research (AJMR) https://www.tarj.in.ToM 10.4. 544-551.

35. Botir Boltabayevich Baymetov. Theory and Practice of Teaching Composition to Future Fine Arts Teachers in Pedagogical Higher Education Institutions Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 26514451 | e-ISSN 2651-446X. www.turkjphysiotherrehabil.org. Pages: 30482-30497

36. Байметов Ботир Болтабаевич.ТАСВИРИЙ САНЪАТ ДАРСЛАРИДА ХДРАКАТДАГИ ИНСОНЛАРНИ ЛОМАКИ ТАРЗДА ТАСВИРЛАШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. 2022/7. Multidisciplinary Scientific Journal. Том 1, номер 4. Стр.136-139.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.