Научная статья на тему 'NATRIY KARBONAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMALASHTIRISH METODLARINI TADQIQ QILISH'

NATRIY KARBONAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMALASHTIRISH METODLARINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
422
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TEXNOLOGIK JARAYON / AVTOMATLASHTIRISH / TIZIM / KALTSINATSIYALANGAN SODA / ABSORBSIYA / OQIM / NAZORAT / ENERGIYA / HARORAT / GAZ / SUYUQLIK

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Rahmonov D.B., Narzullaeva A.M.

Maqolada mualliflar Respublikamizda ko‘plab sanoat tarmoqlari uchun xomashyo bo‘lgan soda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini taqdim etadilar. Mualliflarning vazifasi soda ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirishni joriy etishning dolzarbligini va jarayonni avtomatlashtirish usullarini o'rganish edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INVESTIGATION OF METHODS OF AUTOMATION OF SODIUM CARBONATE PRODUCTION PROCESSES

In the article, the authors present technological processes for the production of soda ash, which is a raw material for many industries in our Republic. The task of the authors was to investigate the relevance of the introduction of automation at soda ash production plants and to study the methods of process automation.

Текст научной работы на тему «NATRIY KARBONAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMALASHTIRISH METODLARINI TADQIQ QILISH»

UDK 681.5.01

Rahmonov D.B.

M7-20 TJBAKT gurux magistranti Narzullaeva A.M.

"NMKT" kafedrasi o'qituvchisi Buxoro muhandislik- texnologiya instituti

NATRIY KARBONAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMALASHTIRISH METODLARINI TADQIQ

QILISH

Annotatsiya: Maqolada mualliflar Respublikamizda ko'plab sanoat tarmoqlari uchun xomashyo bo'lgan soda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini taqdim etadilar. Mualliflarning vazifasi soda ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirishni joriy etishning dolzarbligini va jarayonni avtomatlashtirish usullarini o'rganish edi.

Kalit so'zlar: texnologik jarayon, avtomatlashtirish, tizim, kaltsinatsiyalangan soda, absorbsiya, oqim, nazorat, energiya, harorat, gaz, suyuqlik.

Rakhmonov D.B. master's student group M7-20 TZHBAKT Narzullayeva A.M.

teacher

department of "HTNV" Bukhara Institute of Engineering and Technology

Uzbekistan, Bukhara

INVESTIGATION OF METHODS OF AUTOMATION OF SODIUM CARBONATE PRODUCTION PROCESSES

Abstract: In the article, the authors present technological processes for the production of soda ash, which is a raw material for many industries in our Republic. The task of the authors was to investigate the relevance of the introduction of automation at soda ash production plants and to study the methods of process automation.

Keywords: technological process, automation, system, soda ash, absorption, flow, regulation, energy, temperature, gas, liquid.

Davlatimiz va bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosati tufayli, haqiqatan ham keyingi yillarda Navoiyazot kombinati va butun O'zbekiston kimyo sanoatini rivojlantirish borasida katta ishlar qilindi. Ushbu

loyihalar eng yaxshi soha mutaxassislarini jalb qilgan holda muvofiqlashtirildi. Asosiy vazifa - energiya sarfini va natijada mahsulot tannarxini kamaytirish uchun hozirgi vaqtda eng zamonaviy va samarali tizimlar va texnologik uskunalarni joriy etish. Har uchala loyiha ham Xitoy, Yaponiya va Shveysariya kompaniyalari tomonidan o'zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda "kalit taslim" asosida amalga oshirilmoqda. Loyihalarni amalga oshirishga jami 4000 dan ortiq kishi jalb etildi.Xitoyning China CAMC Engineering CO kompaniyasi bilan hamkorlikda PVX (100 ming tonna), kaustik soda (75 ming tonna) va metanol (100 ming tonna) majmuasini qurish ishlari olib borilmoqda. Ltd. [1].

Ushbu zaxiralar yanada kengaytirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning yana bir tarkibiy qismi - ammiak, zavod "O'zkimyosanoat" DAK korxonalari: "Maksam-Chirchiq" OAJ (Chirchiq) va "Navoiyazot" OAJ (Navoiy) tomonidan ta'minlanadi. Oxirgi uch yilda DUK "Qo'ng'irot soda zavodi" mahsulotlarini xorijga sotish hajmi besh barobar oshdi [2].

Malumki texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish - insonning bevosita qatnashganisiz ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishni ta'minlaydigan, tiz im yoki tizimlarni amalga oshirishga mo'ljallangan usullar va vositalar to'planmasidir.

Turli xildagi kimyoviy moddalar: kaltsinirlangan soda yoki natriy karbonat N2CO3 (to'kma zichligi 0,5 t/m3); shuningdek og'ir soda deb ataladigan Na2CO3 (to'kma zichligi 0,9-1,2 t/m3); natriy gidrokarbonat NHCO3; kristall soda Na2CO3-10H20; kaustik soda yoki o'yuvchi natriy NaOH - bularning barchasi sanoatda «soda» nomi bilan ishlab chiqariladi.

Kalbtsinirlangan soda - oq kukun kristall modda bo'lib, zichligi 2,53 g/sm3, 854OC da suyuqlanadi. Soda havodagi karbonat angidrid va suv bug'ini biriktirib olib qisman natriy gidrokarbonatga aylanadi. Natriy karbonat suv bilan bir qator birikmalar: Na2CO3-10H2O, Na2CO3-7H2O, Na2CO3^O hosil qiladi. Soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi harorat oshishi bilan ortadi (0 va 100OC haroratda 100 g suvda tegishlicha 6,8 va 44 g eriydi). Soda suvdagi eritmasida kuchli ishqoriy xossani namoyon etadi [3].

Ammiakli usul bilan kalbtsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik bosqichlari qo'yidagilardan iborat.

NaCl + NH3 + C02 + H20 ^NaHC03 + NH4CI

Ushbu reaktsiya 2 ta pog'onada o'tkaziladi. Birinchi pog'onada absorbtsiya va ikkinchi pog'onada karbonizatsiya jarayonlari o'tkaziladi. Karbonizatsiya jarayonida cho'kmaga tushgan NaHCO3 filtratsiya usuli bilan ammoniy xlorid tuzidan ajratib olinadi va kaltsinatsiyalangan soda olish uchun kalbtsinatsiya bo'limiga yuboriladi

2Na HCO ^ Na2C03 + C02 + H2 0

Parchalash temperaturasi 160-1800C tashkil qiladi. Hosil bulgan uglerod oksid gazi karbonizatsiya bo'limiga yuboriladi va bu yerda asosiy jarayonlardan tashqari bir nechta yordamchi jarayonlar o'tkaziladi.

Hosil bo'lgan NH4Q dan esa ammiak regeneratsiya etilib, absorbtsiya bo'limiga yuboriladi:

2NH4Cl + Ca (0H)2 — 2NH3 + 2H20 + CaCl2 ) CaCl2 chiqindi sifatida maxsus yig'indilarda saqlanadi. Kaltsiy gidrooksid olish uchun zarur bo'lgan CaO karbonat xomashyosidan olinadi.(bo'r, ohak toshi va boshqalar).

CaC03—Ca0 + C02 CO2 gazi karbonizatsiya bo'limiga yuboriladi, CaO dan esa kaltsiy gidrooksidi olinadi.

СаО + Н2О <-+Са (ОН)2 Barcha soda zavodlarida NaCl suv eritmasi Na2CO3 va Ca(OH)2 yordamlarida Ca va Mg ionlaridan tozalanadi.

MgCl2 + Ca(OH)2—Mg (0H)2 + CaCl2 CaCl2 + Na2CP3 — CaC03 + 2NaCl СаСО3 ва Mg(OH)2 чикинди сифатида саклангичларга ташланади, тозаланган NaCl эритмаси абсорбция булимига юборилади [4].

Quyida kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishda absorbsiya jarayonini

1- Rasm. Absorbsiya bo'limining avtomatlashtirih sxemasi 1- bosim idishi; 2 - havo yuvish moslamasi; 3 - distillash gazini sovutgichi; 4- absorber gazini yuvuvchi, 5 - minoralar gazini yuvish moslamasi; 6 - birinchi absorber; 7 - ikkinchi absorber; 8,9 -purkalovchi sovutgichlar; 10 - bak; a - daraja nazoratchisi; b - nisbat nazoratchisi; v - vacuum nazoratchisi; d - harorat nazoratchilari.

avtomatlashtirish sxemasi keltirilgan.

Tozalangan namakob ikki oqimda absorbsiya apparatlariga o'tadi. Asosiy oqim bosim idishi 1 dan filtrli havo yuvish moslamasi 2ga kiradi, so'ngra minoralar gazini yuvish moslamasi 5 va birinchi absorber 6 orqali o'z o'oqim kuchi bilan o'tadi va u erda bosimli idishdan minoralar gazini yuvish jixozi orqali bu erga keladigan namakobning ikkinchi oqimi bilan aralashadi.

Gazlar absorbsiya jarayoniga uchta oqimda kiradi: distillash gazi (etakchi oqim) distillash gaz sovutgichi 3, ikkinchi absorber 7, birinchi absorber 6 va absorbsiya gazini yuvish moslamasi 5dan o'tadi, shundan so'ng qolgan karbonat angidridni o'z ichiga olgan gaz karbonizatsiya bo'limiga o'tadi.

Tozalangan namakobning sarfini nazorat etish yo'li orqali absorbtsiya jarayonini avtomatlashtirish tizimi, gazlar orqali kirib kelayotgan ammiakning to'liq yuttirilishini va ammoniylashgan namakobdagi talab etildaigan NH3 kontsentratsiyasini taminlay olishi kerak. Absorbtsiya bo'limini nazorat etish bo'yicha avtomatlashtirilgan tizimga quyid agi avtomatik qurilmalar kiradi:

-bosim idishi 1dagi namakob darajasini nazorat etuvchisi a; -filtrat bo'yicha muvofiq distillyatsiya jarayoni kuchi va toozallanagan namakob bo'yicha absorbtsiya jarayoni nisbati nazoratchisi b.

Foydalanilgan adaboyotlar ruyxati: Журнал Химическая техника №6/2018, АО «Navoiyazot» - активное развитие, Интервью с директором по производству - главным инженером АО «Navoiyazot» Н. Ё. Жураевым http://old.navoiyazot.uz/press-czentr/puWikaczii-v-smi/ao-%C2%ABnavoiyazot%C2%BB-%E2%80°/o93-aktivnoe-razvitie

2. elektron resurs: http://uzkimyosanoat.uz/ru/press/about-

us/kungradskiy_sodovyy_zavod_v_2012_g_proizvel_92_tys_tonn_kal_cinirova nnoy_sody/print3. A.M. Narzullaeva, B.N. Umarov Kaltsinatsiyalangan soda texnologiyasi. El. darslik, 2021y. DGU 12794

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.