Научная статья на тему 'NASRIY ASARLARGA REJISSYORLIK YONDASHUV'

NASRIY ASARLARGA REJISSYORLIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
19
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sahna / aktyor / rejissyor / oila / xarakter / musiqa / Jahongir Qosimov / Lola Badalova / Xojiakbar Nurmatov / Dilbar Ikromova / Tо‘ychi Oripov / Sayyora Yunusova / Karim Mirxodiyev

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O.R.Dadamirzayev

Maqolada oddiy bir xikoyaning qanday qilib sahnaga, ekranga kо‘chishi, mukammal badiiy asarga aylanishi tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi. Bundan tashqari rejissyor nasriy asar ustida ishlaganda nimalarga e’tibor qaratishi, qanday badiiy kompanentlarni bilashi va ijodiiy faoliyatda qо‘llay olishi ustida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NASRIY ASARLARGA REJISSYORLIK YONDASHUV»

NASRIY ASARLARGA REJISSYORLIK YONDASHUV

O.R.Dadamirzayev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada oddiy bir xikoyaning qanday qilib sahnaga, ekranga ko'chishi, mukammal badiiy asarga aylanishi to'g'risida so'z yuritiladi. Bundan tashqari rejissyor nasriy asar ustida ishlaganda nimalarga e'tibor qaratishi, qanday badiiy kompanentlarni bilashi va ijodiiy faoliyatda qо'llay olishi ustida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: sahna, aktyor, rejissyor, oila, xarakter, musiqa, Jahongir Qosimov, Lola Badalova, Xojiakbar Nurmatov, Dilbar Ikromova, To'ychi Oripov, Sayyora Yunusova, Karim Mirxodiyev

DIRECTING APPROACH TO PROSE WORKS

O.R.Dadamirzayev Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article talks about how an ordinary Hickory moves to the stage, to the screen, to become a perfect work of art. In addition, the director reflects on what he will focus on when working on a prose work, what artistic components he will know and be able to apply in creative activities.

Keywords: stage, actor, director, Family, character, Music. Jahongir Kasimov, Lola Badalova, Khojiakbar Nurmatov, Dilbar Ikromova, Toychi Oripov, Planetary Yunusova, Karim Mirkhodiyev

Inson dunyoga kelibdi-ki, u har doim yangilikga intilib yashaydi. "Hayot bu sahna odamlar esa undagi aktyorlar" deb bejizga aytmagan V.Shekspir. Haqiqatdan ham odamlar har doim yangilik izlab yashaydi shu jumladan san'at ahli ham. Hayotni badiiy ifodalash undagi bor narsalarni uzini tushunchasi orqali, unga yangilik kiritib yashaydigan bu rejissyorlardir. San'atda mukammal ijod qilaman degan san'atkor uch hislatni bilishi shart, bu o'z fikri, aql-idrok, hamdardlik, yaratuvchanlik ya'ni (ijod). Shu uch hislatga ega bo'lgan ijodkor qilgan ishlari bilan ajralib turadi. Biz ham shu ijod yo'lida ekanmiz har doim yangilikni kashf qilish ishtiyoqida yuramiz. Hozirgi kunda biz o'qib o'rganayotgan kursda o'zimizga ma'qul bo'lgan asar, hikoya, romanlardan parcha olib ishlayapmiz. Ayni damda bir hikoyadan parcha olib ishlayapmiz, bu hikoyani nomi "Yo Jamshid" muallifi Hayriddin Sultonov. Asar mavzusi -Xudo tomondan berilgan muqaddas oilani asrab qolish. Nega shu mavzuni ko'tarib chiqdik. Asarni o'qiganda odamlarni va rejissyorni birinchi vazifasi badiiy

fikr yuritishdan iborat bo'ladi. Nima uchun shu masala hozirgi kunda oila muammolari har joyda bor. Oila muammosiz bo'lmaydi dersiz. Lekin oila bejizga qurilmaydi, uni qurish uchun nimalar qilinmaydi. Oilani buzilib ketishi esa bu dunyoda juda ham katta muammo hisoblanadi. Har oilani tosh tarozisi bor, lekin biz siz bilan tanishmoqchi bo'layotgan oilada bu hol juda boshqacha. O'zini mehnati bilan oilasini yetar- yetmas qilib boqib turgan yigit haqida. U oilasini yaxshi ko'radi, ularni bekami-ko'st yashashini istaydi kunu-tun mehnat qilib ularni va onasini boqadi. Kunlarning birida u yomon odamlar qo'liga tushib qolib, ularning gapiga kirib, qimor o'ynaydi, ular unga agar yutsang boyib ketasan, hamma narsang bo'ladi, kamchilik nima ekanini bilmaysan deb yigitni boshini zaxarlaydilar, yigit ham orzu-havasga berilib oilasini kamchiliklarini tuzatish uchun rozi bo'lib o'ynaydi va katta pul yutqazib qo'yadi. Uni nimasi borki sotib qutiladi, oilada xotini to'rt nafar bolasi va onasidan boshqa sotish uchun arzigulik biror narsasi yo'q. Nima qilishni bilmay uyni sotsammikan deb o'ylab qoladi. Nima qilib bo'lsa ham omon qolish kerak. Oilasi uni qo'liga qarab yashaydi joni omon bo'lsa, uy ham topilar lekin pulni vaqtida olib bormasa joni omon qolmaydi shuniyam o'ylab yigit uyni sotmokchi bo'ladi. Onasi esa uni akasiga, ammasiga va amakisiga chopar yuborgan bo'ladi ular kelib biron nima qilishar deb umidda bo'ladi. Bor umidi shu qarindoshlaridan. Yigit ishonmasdi ularni kelib biron nima qilib berishiga kelsa ham nasihatdan boshqa biron narsa qilib berolmaydi deb o'ylardi. Endi yigit nima qiladi ertalab olib bormasa sog' qolmaydi, nima ish qilib qo'yganini anglaydi yo'li yo'q ko'chaga kirganini bilib nima qilishini bilmaydi unga kim yordam beradi? Bu noma'lum? Mavzuni dolzarbligi o'ylamay qilingan har qanday ish oxiri voy, agar oxiri voy bo'lib u o'lib ketsa bolalari yetim, xotini beva bo'lib qoladi ularni hayoti butkul o'zgarib ketadi nima bo'lsa ham tirik qolishi kerak, nima qilib bo'lsa ham oilani asrab qolish kerak. Bu mavzuni dolzarbligi yigitni o'lishdan yoki uyni sotib bola chaqasi bilan ko'chada qolishdan boshqa yo'li yo'q, unga yordam berish o'rniga uni koyib kelgan akasi koyiy-koyiy oxirida bir tin ham berolmasligini aka-uka o'rtasidagi oqibat yuzaga chiqadi. O'z jigaridan biror yordam chiqmasligi, akasi xotinini nomini sotib qutilib qolganligi, aka unga yordam berolmasligini bilgandan keyin yigitni ahvoli og'irlashganligi yanada aniqlashadi. O'z jigari yordam qo'lini cho'zmagandan keyin amakim va ammam haqida o'ylamasam ham bo'ladi deb turganda amakisi ozrog'ini, ammasi esa qolganini ko'tarishini bilgan yigit baribir qon qarindosh bekorga emasligini biladi. Amakisi va ammasi, akasining arvohi hurmati shu oilani asrab qolish uchun qilgan xizmati bu asarning g'oyasi "Butun insoniyatni oqibatli bo'lishga undaydi". Bu dunyoda hamma yomon emas bitta yomon odam bo'lsa ikkita yaxshi odam borligini isbotlaydi. Oqibatli bo'ling azizlarim nima bo'lgandayam mehr, oqibatni bir-biringizdan ayamang. Inson zoti pulni, mol-davlatni topadi. Nima bo'lganda ham odamiylik his-tuyg'ularni unitib qo'ymaylik, bir-birimizni boshimizga

og'ir kun tushganda bir-birimizning og'irimizni olaylik. Aka-aka o'rtasidagi jigarlik bu Allox tomonidan berilgan eng katta inoyatdir deb X.Sultonov shu so'zlarni aytmoqchi. Biz qo'yayotgan parchani g'oyasi xuddi shunday deb bilaman. X.Sultonov bir hikoya ichida bir necha kahramonlarni bir-biriga sira o'xshamaydigan qiyofalarni chizadi. Xarakterlarni juda ixcham tasvirlaydi. Uning qahramonlari hammasi oxirigacha kurashib nimagadir erishishiga ishonib yashaydi, har bir hikoyada u insoning qalbida beg'uborlik, mehribonlik hislatlarini ko'rsatib o'tadi uni qahramonlari orzu qilgan va orzusiga asar oxirida erishadilar. Inson yuksalishi uchun ma'naviyat gavhari bo'lishi kerak deb o'ylaydi. Inson qalbi nur taratadigan damlarni tasvirlaydi. Asarda bosh qahramon obrazi judayam o'ziga tortuvchan hisoblanadi, uning xarakteristikasi o'ylamay qilgan ishi uni qanday odam ekanliligini ochib beradi. U hayotda yoshligidan erkatoy bo'lib o'sgan onasi u nimani istasa olib bergan. U shu gamho'rliklarni qadriga yetadimi yo'qmi avtor buni o'ylashni bizga tashlaydi. Biz esa o'zimizni dunyo qarashimiz bilan tasavvur qilamiz u nima bo'lgandayam, shu onani o'g'li balki uni yuragida onasiga nisbatan mehr bordir, onasini xursand qilmoqchi bo'lgandir. Nima bo'lgandayam u oilasiga yaxshi bo'lishini istardi. Shuning uchun shu yo'lga kirgandir. Asar haqida xulosa shundan iboratki, bir-birimizdan mehrimizni ayamaylik hozir aytaylik, vaqtimiz borida hozir yordam beraylik. Bu asar hozirgi kunga judayam kerak deb o'ylayman.

Xuddi rassomning, shoir va kompozitorning kasbi ma'nosini bir og'iz so'z bilan ifodalash mumkin bo'lmaganidek, rejissyor kasbi ma'nosini ham bir og'iz so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Qo'pol qilib aytganda, rejissyor o'z ijodiy maqsadini (yagona o'y fikrini) kasbi talab qilgan spetsifik unsurlar yordamida amalga oshirib, undan vaqt va makonda ifodalanadigan san'at turini yaratadi. Binobarin rejissyor ijodi ikki asosiy etapdan iborat bo'ladi: spektaklning rejissyorlik rejasini tug'ilishi (yagona o'y-fikr) va uni amalga oshirilishi (spektakl). [1.B.42] Yagoga o'y-fikr-bu rejissyorning ijodiy izlanishi uchun ko'rsatma.

Rejissyor ijodining materiali nimalardan iborat? Rejissyor ijodiy rejasini amalga oshirishdagi birlamchi "jismoniy" element - bu aktyorning tabiiy va jismoniy imkoniyatlari (ovozi, tanasi, psixikasi), pyesa (ssenariy), dekoratsiya (maydon) musiqa, chiroq va hokazo. [2.-B.37] Rejissyorlik san'ati, bo'lajak spektaklning yagona o'y-fikri tug'ilishidan boshlanadi. Yagona o'y-fikrni tug'ilishidan na faqat rejissyorlik san'ati, balki ijodning hamma ko'rinishlari boshlanadi.

Yagona o'y-fikr - bu undan unib chiqadigan san'at asarining urug'i hisoblanadi. U ijodkorning butun hayotiy va ijodiy tajribasining mahsuli, uning hayot to'g'risidagi, dunyoni his qilish xususidagi fikrlari mujassamligi. Shu bilan birga aniq, yagona o'y-fikr juda katta izlanishlar, tadqiqotlar, to'plangan ma'lumotlar ko'lamining ifodasi.

«Ilhom - bu tanballarni yoqtirmaydigan mehmon. U faqat o'zini chaqiruvchilargagina mehmon bo'ladi xolos». Har bir rejissyorning o'z dunyo qarashi va o'z yondashuvlari bo'lib, bu ijodiy izlanishlar maxsuli o'laroq keng ommaga namoish etiladi va baho beriladi. Ushbu asar asosida rejissyor Jahongir Qosimov "Changak" videofilmini suratga olgan. Lola Badalova, Xojiakbar Nurmatov, Dilbar Ikromova, To'ychi Oripov, Sayyora Yunusova, Karim Mirxodiyevlardan iborat aktyorlar ansambli betakror filmni taqdim qilishgan. Bosh qahramon ijrochisi Karim Mirxodiyev bebosh, qimrbozning kechinmalarini to'laqonli ochib berganligini alohida e'tirof etish mumkin.

Asar bugungi kunda ham o'zining dolzarbligini yo'qotmagan. Internet saytlari orqali turli onlayn qimorlarning targ'iboti kuchayib yoshlarni o'z domiga tortmoqda. Axborot kanallari orqali qimorga boy bergan yoshlarning o'z joniga qasd qilishlaridek mudxish xabarlar kelib turibdi. Asar mana shunday oqibatlarga olib keladigan "ko'ngil ochar" o'yinlarga berilmaslikni, mushoxada qilishni targ'ib qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.S.Stanislavskiy. Maqolalar. Suhbatlar. Moskva. «Iskusstvo»..1953 y.

2. A.D. Popov. "Ijodiy meroslar". Moskva. VTO. 1979 yil.

3. https://www.youtube.com/watch?v=HTVsfccCS2U

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.