Научная статья на тему 'NAQSH KOMPOZITSIYASIDA RANG UYG‘UNLIGI'

NAQSH KOMPOZITSIYASIDA RANG UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
194
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy naqsh / ritm / shakli / tuzilish / hajm / shakl / kompozitsiya / dinamika / rang / vosita / metod. / artistic thinking / conditions / form / structure / volume / form / composition / dynamics / color / environment / method.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qurbonova, Barchinoy Mirzahamdamovna

Maqolada o‘zbek naqsh san’ati ritmik asoslari, rang tusi, elementlari, texnologiyasi haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COLOR HARMONY IN PATTERN COMPOSITION

The article tells about the rhythmic foundations, color, elements and technique of the Uzbek ornamental art.

Текст научной работы на тему «NAQSH KOMPOZITSIYASIDA RANG UYG‘UNLIGI»

NAQSH KOMPOZITSIYASIDA RANG UYG'UNLIGI

QURBONOVA Barchinoy Mirzahamdamovna

Farg'ona Davlat Universiteti Tasviriy san'at kafedrasi mudiri, katta o'qituvchi qurbonovamirzahamdamovnabarchn@gmail.com

f

14ж|

\ 1,111 /

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-189-193

ANNOTATSIYA Maqolada o 'zbek naqsh san'ati ritmik asoslari, rang tusi, elementlari,

texnologiyasi haqida gap boradi.

Kalit so^zlar: badiiy naqsh,ritm, shakli, tuzilish, hajm, shakl, kompozitsiya, dinamika, rang, vosita, metod.

ABSTRACT The article tells about the rhythmic foundations, color, elements and

technique of the Uzbek ornamental art.

Key words: artistic thinking, conditions, form, structure, volume, form, composition, dynamics, color, environment, method.

В статье рассказывается о ритмических основах, цвете, АННОТАЦИЯ И И *

элементах и технике узбекского орнаментального искусства.

Ключевые слова: художественное мышление, условия, форма, структура, объем, форма, композиция, динамика, цвет, среда, метод.

KIRISH (Introduction)

Hozirgi paytda naqshdan arxitekturada, mebellar, sovg'alar, mayda yog'och o'yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli buyumlarni yasashda foydalaniladi.

Naqsh san'atida ranglar muhim rol o'ynaydi. Naqshdagi har bir element o'zining mahnaviy va kom'ozitsion ahamiyati bilan alohida o'rin tutsa, uning rangi maxsus ajralib turishi mumkin, bunday holda naqsh kompozitsiyasining kolorit yaxlitligi buzilmaydi. Bunday element ikkinchi darajali, qo'shimcha bo'lgan hollarda esa uni ajratadigan rang kompozitsiyasidagi asosiy narsaning idrok etilishiga monelik qiladi, uning uyg'unligini buzadi. Tusi qarama-qarshi ranglarning qo'shilishi eng uyg'un bo'ladi. Ammo bunday uyg'unlik har doim ham foydali bo'lavermaydi.

189

14 www.birunijournal.uz

Ayrim hollarda tusi qarama-qarshi ranglaming birikishi haddan tashqari keskinlikni vujudga keltiradi.

Uyg'un birikishlar jumlasiga bir rangning tuslari sifatida idrok qilinadigan o'zaro yaqin ranglarni taqqoslash ham mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

Ranglar uyg'unligida spektr ranglarning och-to'qligi nisbatini ham saqlash, spektrdagi och rangni-ochroq, to'q rangni-to'qroq olish kerak. Och to'qlikning bunday nisbatini odatda atrofdagi voqelikda ko'ramiz va ular biz uchun tabiiyroq tuyuladi. To'q kontur soyani och kontur esa hoshiyani eslatadi.

Ko'pincha bir-biriga yaqin boy ranglarni yonma-yon ishlatishda konturdan foydalaniladi va shu orqali ularning kontrastli o'zaro tahsiri kamaytiriladi hamda bir rangdagi elementlarni boshqa rangli elementlardan ko'proq ajratiladi, vaholanki, bir xil tusli ranglar bitta fonda yaxshi ajralib turmaydi. Qora fondagi naqshda kontur bo'lishining hojati yo'q.

To'q rangli kontur chegaralangan yuzaning yorqinligini kamaytiradi. Och rangli kontur esa uni orttiradi, rangli kontur yuzaning idrok etilayotgan rangini o'zgartiradi.

Agar bir tusdagi rangli yuzaga intensiv rangli nafis rasm chizilsa, fonning rangi ancha o'zgarib, rasm rangiga yaqinroq rangli bo'lib ko'rinadi. Masalan, och havorang fonga qora rang bilan chizilsa, bu fon ko'kroq bo'lib ko'rinadi yoki yashil fonga qizil bilan chizilsa, fon pushti rangga o'xshab qoladi. Ranglar uyg'unligini tanlashda ularning tusi o'xshashligi muhim ahamiyatga ega. Odatda tusi bir xil ranglar to'plamida umumiy o'rta tus asosiy rang hisoblanadi. Masalan, gruppani jigarrang oxra, sariq, to'q sariq tuslar tashkil etsa, uning toni tillarang oxra bo'ladi yoki ko'k, havorang, och yashil ranglardan iborat va ko'k bilan havo rang ko'proq gruppaning tusi ko'k hisoblanadi. Rang gruppasidagi ranglarning farqi qanchalik katta bo'lsa, gruppaning umumiy o'rta tusini ajratish shunchalik qiyin bo'ladi. Rang gru''asida bahzi o'rta tusni ko'rib, shu gruppadagi ayrim ranglarni boshqacha idrok etamiz va ularni qandaydir o'rta tusga bo'ysundiramiz.

Ranglarning uyg'unligi har-hil bo'ladi: ulardan bahzilari eng ko'p o'ynoqiligi bilan, boshqalari bir tonliligi yoki qattiq keskin koloritliligi bilan xarakterlanadi.

Mana shunday uyg'unliklarning har biri badiiy maqsadga va berilgan rang vazifasining talablariga qarab tanlanadi.

O'zbek naqshlarida oq, ko'k, qizil, sariq, havorang, och jigar rangdan eng ko'p foydalaniladi. O'zbek xalqining tabiatdan osmonning yorqin tusini, lojuvardligini olganini bizgacha yetib kelgan Samarqanddagi qadimiy minoralarning gumbazlari, Buxorodagi maqbaralar ana shu sof moviy ranglar bilan bezalganini va ularda dastlabki kalorit saqlanib qolganini ko'ramiz. O'zbekistonlik ustalarga jilvador sariq,

190

www.birunijournal.uz

qizil, yashil tuslarni ana shu saxiy o'lkaning o'simliklari, alvon lolalari, gullari, tokzorlari, oq rangni esa qorli tog' cho'qqilari, asosiy boyligimiz paxta ato etgan.

O'zbek naqshining ritmik asosi asrlar mobaynida o'zgarmay keldi, faqat uning mazmuni madaniyat va kishilarning hayoti o'zgarishi natijasida yangilandi. Lekin naqsh hech qachon o'zining milliy harakterini yo'qotmaydi.

Keyingi paytlarda naqsh ustalari o'z san'atlarini boyitib, davr talablariga javob beradigan yangi kompozitsiya elementlarini va naqshlarni yaratmoqdalar.

Ana shu elementlar orasida eng keng tarqalganlari paxta, uning shonasi va gullari, besh qirrali yulduz, qushlar, ka'tarlar, kishilarning portretlaridir. Yevro'a san'ati bilan kelgan kom'ozitsion bezaklar ham yaratilmoqda.

O'lkamizning har qaysi hududidagi naqshlar o'zining uslubiy xususiyatlariga

ega.

Masalan, Xiva naqshi foydalanilgan ranglari bilan Toshkent naqshidan farqlanadi. Farg'ona naqshi Toshkent naqshiga birmuncha yaqin. Samarqand naqshi Buxoro naqshidan avvalo o'z koloriti bilan farq qiladi.

Toshkent naqshi uchun o'simlik shakllarining qo'shilib ketishi, chiziqlarning grafik aniqligi va ranglarning o'ziga xosligi xarakterlidir. Toshkentlik ustalar koloritning nozikligi, naqsh chiziqlarining bejirimligiga alohida ahamiyat beradilar. Ular naqshda takrorlanib uning ritmik sxemasini yaratadi. Masalan, ko'p gulbargli to'r yoki chiroyli guldan iborat bo'lishi mumkin. Uning yuqori qismi olddan ko'rinishda, pastki qismining esa to'rtdan uch bo'lagi tasvirlanadi. SHu tariqa gulning qiyofasi yaratiladi.

Naqshning qolgan elementlari jonliroq ritmda fonni to'ldiradi.

Xalq ustasi har bir gulbargni dekorativ shartni buzmagan holda boshqa ranglardan surtib ishlaydi, nur va soyani jilvalantiradi, qizil, yashil, tilla, ko'k va boshqa anhanaviy ranglarning tusini muloyim uyg'unlashtiradi. Tilla va kumush rangli fonni yengil shtrixlab bo'yoqning yorqinligini yumshatish orqali koloritning yaxlitligiga erishadi.

XULOSA (Conclusion)

Hozirgi o'zbek naqqoshlari bir rangning boshqa tusga o'tishini nozik his etadilar, yarim tonlardan mohirlik bilan foydalanadilar, yashil va qizil, havorang va tillarang, qora va oq kabi ranglarning keskin kontrastligini ham yaxshi qo'llaydilar.

Mayda va yirik gullarning joylashtirilishi, qo'shimcha elementlar va ritmlarning takrorlanishi naqsh san'atini boyitadi.

Xukumatining qator xujjatlari Vatamimizning har tomonlama jaxon andozalari asosida rivojlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, gadriyatlarimiz, milliy san'atimiz

191

www.birunijournal.uz

namunalaridan. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jaxonga mashxur bo'lgan ajoyib san'at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.

REFERENCES

1. Artikov G'.A. "Materialshunoslik, rangtasvir texnika va texnologiyasi" O'quv qo'llanma. Toshkent "INFO CFPITAL GROUP" 2018 yil.

2. Artiqov G.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi", O'quv qo'llanma. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T. 2007.-71 b.

3. Artiqov G'.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi" , O'quv qo'llanma. T., Sharq, 2007 y. 72 b. 4 nusxa.

4. Xudayberganov R.A. "Rangshunoslik asoslari", O'quv qollanma. T., Nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2006 y. 92 b. 3 nusxa.

5. N.Abdullaev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007.

6. A.Egamov. Kompozitsiya asoslari. "San'at". Toshkent-2005.

7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi/ "xalq ta'limi" jurn. 1998-1 son.

8. Tasviriy san'at fanidan tajribaviy standart nazorat ishlarini o'tkazish yuzasidan tavsiyalar. I-VII sinf uchun. Toshkent-2005.

9. B.Jabborov. Rangshunoslikka oid atama va iboralarning izohli lug'ati-Namangan-2001.

10. N.Oydinov. Rassom o'qituvchilar tayyorlash muammolari. T.-1997.

11. N.Oydinov. Ajdodlarimiz san'ati va e'tiqodi. Nizomiy. T.D.P.I. 1992.

12. B.Ahmedov. O'zbekiston xalqlari tarixi manbalari. "O'qituvchi"-1991.

13. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

14. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

15. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

16. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

192

www.birunijournal.uz

17. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

18. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

19. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

20. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

21. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

22. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

23. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

193

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.