Tashkent Institute of Economics and Pedagogy
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
NaCl1-xBrx KRISTALLARIDA AKUSTIK TO'LQINLARNING GURUH TEZLIGI VA ENERGIYA OQIMI
F. B. Tugalov
O'zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti. O'zbekiston. [email protected]
Bu ishda NaQ0.7Br0.3 kristallarida bo'ylama va ko'ndalang to'lqinlarda qutblanish vektori va energiya oqimi vektorini, to'lqin vektoriga bog'liqligi birinchi marta tadqiq qilindi. Bunga asosan namunada tarqaluvchi bo'ylama va ko'ndalang akustik to'lqinlar guruh tezligining fazaviy tezligidan chetlanishi tushuntirildi. O'rganilgan namunalar parallelepipedlar bo'lib, ularning uzun tomoni asosiy kubik yo'nalishlar [100] va [110] bo'ylab yo'naltirilgan. Namunalarni yo'naltirish kristallarni silliqlash va parlatish paytida parchalanish tekisliklari bo'ylab amalga oshirildi. Tadqiqotlar xona haroratida 0,3-1,6 GHz chastota diapazonida o'tkazildi. Akustik to'lqinlar qalinligi 50-100 mkm bo'lgan kvarts yoki niobat litiydan tayyorlangan piezoelektrik o'zgartirgichlar yordamida qo'zgatilgan [1].
Kristallardagi akustik xususiyatlar Gren-Kristoffel tenglamalar tizimi yordamida o'rganildi. Umumiy holda qutblanish vektori q va Energiya oqimi vektori yo'nalishi, akustik to'lqin vektori q yo'nalishiga mos kelmaydi. Xususan, (110) tekislikda kvazi bo'ylama va kvazi ko'ndalang to'lqinlar uchun [110] yo'nalishga nisbatan to'lqin vektorining yo'nalishi 9 burchakka o'zgarganda, qutblanish vektorining bu o'qdan og'ish burchagi y quyidagicha aniqlandi [2]:
Bu yerda V-akustik to'lqin tezligi, p-kristallning zichligi, Гll, Гl2, T^va Г23Gren-Kristoffel tenzorining haqiqiy komponentalari.
Energiya oqimi vektorini q [110] yo'nalishga nisbatan og'ish burchagi quyidagicha aniqlanadi:
(1)
Ai — cijklKk
(2)
204
May 15, 2024
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tashkent Institute of Economics and Pedagogy
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current
bunda (i=1,2,3) qabul qiladi. cijkl-to'rtinchi rangli elastik tenzori [3]:
^ = arctg
A,
Ja±2+A 22
(3)
To'rtinchi rangli tenzorni hisoblab Ai uchun A1, A2 va A3 o'qlardagi energiya oqimi o[i 10] tenzori komponentalari proyeksiyalarini topishimiz mumkin. Energiya oqimi vektorining energiya zichligi guruh tezligi Vg yo'nalishida tarqaladi. Bu tezlik (4) bilan hisoblanadi:
y _ cijklVjVlKk v9i = pv
(4)
Bunda Kk- to'lqin vektorining yo'nalish kosinusi, p- namuna zichligi, V-akustik to'lqinlar fazaviy tezligi va n nrqutblanish vektorining yo'nalish kosinuslari.
1-rasmdan ko'rinib turibdiki, bu tekislikda uchta maxsus yo'nalish [110], [111] va [001] bo'lib, ular bo'ylab sof bo'ylama va sof ko'ndalang to'lqinlar tarqaladi. Qutblanish vektorining to'lqin vektoridan maksimal og'ish burchagi 8.6 gradusni tashkil qildi. Bo'ylama to'lqinlar uchun energiya oqimi vektorining to'lqin vektoridan og'ish burchagi 11.3 gradusga, ko'ndalang to'lqinlar uchun 20.8 gradusga teng ekanligi aniqlandi.
2-rasmda (110) tekislikda bo'ylama akustik to'lqinlarda fazaviy tezlik va guruh
tezliklari ustma-ust tushgan. Ko'ndalang to'lqinlarda esa to'qin vektori 20 gradus burchakda eng katta farq kuzatildi. [110], [111] va [001] maxsus yo'nalishlarda faza va guruh tezliklari teng ekanligi aniqlandi.
REFERENCES
205
May 15, 2024
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tashkent Institute of Economics and Pedagogy
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
1. E. Dieulesain, D.Royer. Elastic waves in solids. Application for treatment of signals.1982. M. Nauka,342 p.
2. R. Nava, M. P. Vecchi, J. Romero and B. Fernandez. Akhiezer damping and the thermal conductivity of pure and impure dielectrics. Phys. Rev. B. Vol. 14, No 2. 1975, pp. 800-807.
3. F.R. Akhmedzhanov, F.B. Tugalov, V.N. Avdievich. " Deviation of displacement vector and energy flow from the wave vector of acoustic waves in NaQo.7Bro.3 crystals" IC0DAM-2024. Tashkent. C.64.
206
May 15, 2024