Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK NE’MATIGA SHUKRONA QILISH VA UNING MUSTAHKAMLIGINI SHAQLASH'

MUSTAQILLIK NE’MATIGA SHUKRONA QILISH VA UNING MUSTAHKAMLIGINI SHAQLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
499
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
mustaqillik / tinchlik / vatan taraqqiyoti / sohalar rivojlanishi / tashabbus / takliflar / yoshla uchun imkoniyatlar / inson qadri. / independence / peace / development of the country / development of industries / initiatives / proposals / opportunities for young people / human dignity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulzoda Baxtiyorovna Ergasheva, Shahinabonu Tohirova

Mustaqillik bebaho boylik ekanligi, istiqlol yillarda millat o‘z huquqiga ega bo‘lib, hur-ozod va o‘z bilganidek baxtli hayot kechirishi, ushbu oliy ne’matni qadrlab avaylashimiz kerakligi haqida fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GRATEFULNESS FOR THE BENEFIT OF INDEPENDENCE AND FORMATION OF ITS STRENGTH

It is said that independence is a priceless treasure, that during the years of independence the nation has the right to live a free and happy life, and we must cherish this supreme blessing.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK NE’MATIGA SHUKRONA QILISH VA UNING MUSTAHKAMLIGINI SHAQLASH»

MUSTAQILLIK NE'MATIGA SHUKRONA QILISH VA UNING MUSTAHKAMLIGINI SHAQLASH

Gulzoda Baxtiyorovna Ergasheva Shahinabonu Tohirova

BuxDU Maktabgacha va boshlang'ich BuxDU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi ta'lim fakulteti o'qituvchisi talabasi

ANNOTATSIYA

Mustaqillik bebaho boylik ekanligi, istiqlol yillarda millat o'z huquqiga ega bo'lib, hur-ozod va o'z bilganidek baxtli hayot kechirishi, ushbu oliy ne'matni qadrlab avaylashimiz kerakligi haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: mustaqillik, tinchlik, vatan taraqqiyoti, sohalar rivojlanishi, tashabbus, takliflar, yoshla uchun imkoniyatlar, inson qadri.

GRATEFULNESS FOR THE BENEFIT OF INDEPENDENCE AND FORMATION OF ITS STRENGTH

ABSTRACT

It is said that independence is a priceless treasure, that during the years of independence the nation has the right to live a free and happy life, and we must cherish this supreme blessing.

Keywords: independence, peace, development of the country, development of industries, initiatives, proposals, opportunities for young people, human dignity.

Istiqlolning ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi. U biz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Odamlarimiz ko'ksiga shamol tegdi, yelkasi oftob ko'rdi. Erkin va farovon hayot barpo etishga bo'lgan chin istak-xohish paydo bo'lib, kelajakka ishonch tuyg'ysi uyg'ondi. Milliy an'ana hamda qadriyatlarimiz qayta tiklandi, ajdodlarimizga xurmat-ehtirom ko'rsatildi. O'z navbatida, boshlangan ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari tufayli shaharu qishloqlarimiz qiyofasi o'zgarib, zamonaviylashib borayotir. Ta'lim muassasalari, yo'llar, ko'priklar, sport majmualari barpo etilayapti. Qisqasi, inson baxtli yashashi uchun nimaiki zarur bo'lsa, barchasi muhayyo qilinmoqda. Kishi qalbidan joy olish xuddiki, yozuvlar bilan to'la daftardan bo'sh joy izlashga o'xshaydi. Avval daftarni yaxshilab, birma bir varaqlaganing kabi, insonni ham obdon o'rganib, u bilan yaxshi-yomon kunda birga bo'lish kerak.

Siz kimningdir mo'jazgina qalbidan olgan joyingiz bu sizning - Vataningiz. Siz yashayotgan mitti yurak siz uchun bir kichik Vatan, keyinchalik sizning kattaroq Vataningiz darvozalari ochila boshlaydi: siz yashayotgan qalb istiqomat qiluvchi boshqa

bir qalblar - oilangiz, kichik qishloq, mahallangiz, tuman, viloyatingiz, butun boshli Respublikangiz. Qarangki, bularning barchasi sizniki, sizning Vataningizdir.

Mana yaqinda mustaqillik degan ulug' ne'matga, bebaho boylikka erishganimizga ham 30 yil to'ladi. Bugun o'zbek diyori o'zgacha ko'rkka,havas qilarli husnga ega. Chiroyi kundan kunga oshib, yashnab bormoqda. Mustaqillikka erishganimizdan beri, qilinayotgan o'zgarish va yangilanishlar maqtanishga arzigulik. Bugun qay sohaga yuzlanmang, qaysi yo'nalishga boqmang o'z yutuqlari bilan bo'ynini g'oz qilib turibdi. Mamlakatimizda barcha sohalarda dadil islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarini zamon talablariga moslagan holda yangilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Tashabbus va takliflar qo'llab -quvvatlanib, moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo'llab kelinyapti. Bunday keng ko'lamli ishlar natijasi har jabhada sezilmoqda. Fan va madaniytat, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, turizm, qurilish, qishloq xo'jaligi taraqqiyoti, farmaseftika, meditsina, televediniya, radio, kinomatagrafiya... Bularning har biri bir olam, suhbat uchun bir mavzu, soatlab, kunlab so'z yuritsa bo'ladi. Aytib ado qilolmaysiz. Zamon talablariga mos yurish bilan birgalikda, milliylik bilan hamohang tazrda olib borilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimiz uchun nihoyatda shinam va ko'rkam uy - joylar, qulay o'qishxona va darsxonalar, maktab va universitetlar, joriy yildan o'z faoliyatini boshlovchi ko'pgina imtiyozlarga ega bo'lgan kasb - hunar maktablari, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlangan va ta'mirlangan, yangitdan qurilgan shifoxonalar, sayyohlar e'tiborini o'ziga jalb qilib kelayotgan turistik bino majmualari, mehmonxonalar, yurtdoshlarimiz vaqtini yanada mazmunli o'tkazilishini maqsad qilib bunyod etilgan istirohat bog'lari, tarixiy, ijtimoiy mavzudagi ekranbop kinofilmlarning suratga olinayotgani bugungi kunning ko'zga ko'ringan yutuqlaridandir. Yurtimizdagi o'zgarishlarni jahon hamjamiyati ham tan olmoqda. Xususan, dunyodagi eng nufuzli nashrlardan biri bo'lgan Buyuk Britaniyaning "Ekonomist" jurnali O'zbekistonni 2019-yildagi eng jadal islohotlarni amalga oshirgan davlat - "Yil mamlakati' deb e'tirof etdi. Islohotlar 2021-yilda ham davom etib, o'z sonini oshirimoqda. Joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida "Yangilanayotgan O'zbekiston uchun yangi avlod kadrlari" mavzusidda xalqaro konfrensiya tashkil etildi. Ushbu konfrensiya har bir yosh uchun qiziq bo'ldi."El - yurt umidi" jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan bu anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan 18ta davlatdan kelgan 300dan ziyod "Umid" jamg'armasi bitiruvchilari ishtirok etdi. Bu 300 o'zbek bitiruvchilari yosh polaponlik kezlarida vatan tomonidan qo'llangan, go'yoki ilk qadamlarini onasi qo'lidan tutib tashlovchi go'dak singari, kelgusi hayot yo'lida Vatanga suyangan yoshlar edi. Ular ishtirokida o'tkazilgan ushbu anjuman bitiruvchilar o'rtasida doimiy aloqa o'rnatish uchun o'ziga xos platforma sifatida tashkil etildi. Konfrensiya ko'pchilik uchun qiziqarli bo'lganini isbotlovchi dalillardan biri

http : //conference.eyuf.uz sayti orqali 600dan ziyod yosh avlodning ro'yxatdan o'tganidir. Barchamizga ma'lumki,ushbu yilda fan, madaniyat, adabiyot, san'at sohasida bir qancha yangilanishlar, islohotlar, turli masalalarni hal qilishga qaratilgan konfrensiyalar tashkil etilmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida Buxoro, Nukus, Samarqand,Guliston, Urganch shaharlarida IT- parklar tashkil etilishini, yaqin ikki yil ichida barcha qishloq va mahallalarda tezkor internet xizmati yo'lga qo'yishni ta'lim sohasida esa davlat grantlari sonini yanada ko'paytirish, qizlar uchun alohida grantlar tashkil qilishni, ona tili bo'yicha bilimlarni baholashning milliy test tizimi paydo bo'lishini aytib o'tdilar.

Ta'lim sohasi bilan birgalikda . ma'daniyat sohasiga ham e'tibor katta. Xususan, 2020-yil 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'ida barpo etilgan "Adiblar xiyoboni" buning yaqqol misolidir. Bu boradagi reja 2017 -yil 3-fevral kuni Alisher Navoiy bog'ida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning tashrif chog'ida belgilangan bo'lsa, o'sha yilning 18-aprelida davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me'moriy - g'oyaviy loyihasi ishlab chiqildi. O'tgan vaqt mobaynida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib,8 gektardan ziyod maydonda"Adiblar xiyoboni"ning yaxlit me'moriy ansambli yaratildi. Xiyobonni g'oyaviy - badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Berdaq,Ogahiy, Muqumiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, To'lipbergan Qayupberganov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Feynberg singari atoqli namoyondalar xotirasiga bag'ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi. Ushbu islohot yosh avlodlarga o'z ajdodlarini yanada yaqindan tanitish, o'z yurti bilan tanishtirish, yuraklarda Vatanga nisbatan muhabbat va iftixor tuyg'ularini oshirishga ko'maklashadi, yordam beradi.

Ha, shuncha imkoniyat va yengillliklar yaratilgan yurtda yashagan har bir shaxs har nafasini "Vatan!" deya olsa arziydi. Yuqorida sanab o'tilganlar dengizdan tomchi, xamir uchidan kichik kulcha kabidir. Negaki, bunday islohot va o'zgarishlar yildan yilga, har kuni o'z sonini oshirmoqda, ortmoqda. Taraqqiy etayotgan yurtimiz yorqin kelajak sari oldinga tomon odimlasa odimlayaptiki, aslo to'xtagan emas.

Ey, aziz tengdosh, Vatan - sening taqdiring, sening qismating va shu bilan birga kelajaging hamdir! U - seni qo'llaguvchi, u seni hammadan ham ulug'ing, hammadan azizing. Sen uchun borini nisor qilib, sendan bular evaziga faqat mehr - muhabbat kutguvchi mehrga zoring va mehrga boyingdir!

Vatan kishi uchun hamdard, sirdosh, yuzini yuzingizga bosib dardingizdan dard chekuvchi darddosh, ham aziz va suyukli singil, ham mehribon onadir. Mening nazdimda esa, Vatan - ko'zi muhabbatga to'la suyukli, mehr quyoshi, nur sochguvchi nurafshon, chechaklarga to'la guliston va, albatta, O'zbekistondir! O'zbek diyori har bir dilbandiga mehrini teng taqsimlagani uchun, uni har bir farzandi birdek suyadi. "Vatan ne deb so'rganlarga, bir kaftgina tuproq berdim"

deydi shoir. Haqiqatdan ham, siz -u biz sevib ardoqlaydigan, ko'zimizga to'tiyo qilguvchi Vatan aslida bir kaftgina tuproq emasmi?! Vatan bir kaft tuproq bo'lsa biz uning tarkibidagi qum zarrachalarimiz, Vatan dengiz bo'lsa biz suv tomchilarimiz, na biz undan ayrila olamiz, na u bizni tashlab keta oladi. Bir -birimizga shu qadar bo'gliqmizki, dunyoning qaysi chetiga bormaylik bir birimiz tomon talpinaveramiz.

REFERENCES

1. Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Основы организации самостоятельной работы учащихся //Молодой ученый. - 2014. - №. 8. - С. 852-854.

2. Эргашева Г. Б., Рахматова Г. Б. К. Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в учебном процессе //Проблемы педагогики. - 2020. -№. 1 (46).

3. Ismatova N. B. et al. Innovative techniques and their importance in the learning process //The Second International Conference on Eurasian scientific development. - 2014. - С. 101-104.

4. Эргашева Г. Development of teachears innovative activities //Ученый XXI века. -2018. - №. 4-3.

5. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.

6. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.

7. Алимов А. Т., Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Особенности применения метода" изучение случаев" в обучении //Молодой ученый. - 2016. - №. 10. - С. 1163-1165.

8. Эргашева Г. Б., Хожиева М. У. Одаренность детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 31.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

15. Nurulloyev F. Oilada sog'lom, ma'naviy-axloqiy muhit //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

16. Nurulloyev F. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oilaga nisbatan hurmat munosabatini hakllantirish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

17. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «1НТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

18. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

19. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

20. Hamroyeva N. ИЛТИФОТ-ФАТИК МУЛО^ОТНИНГ БИР КУРИНИШИ СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

21. Toirova G., Hamroeva N. THE IMPORTANCE OF LINGUISTIC MODELS IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGE BASES //Sciences of Europe. - 2020. - №. 59-2 (59).

22. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

23. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

24. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

25. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

26. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

27. Kamilova G. Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

28. Olimovna K. G. The importance of the criteria of pedagogical technologies at training highly qualified personnel //Достижения науки и образования. - 2017. - №. 5 (18).

29. Камилова Г. А., Тураева О. С. ФОРМИРОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Проблемы науки. - 2021. - С. 50.

30. Хамроева Н. А. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы науки. - 2021. - №. 3 (62). - С. 74-76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.