Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK DAVRIDA O’ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA EKOLOGIK HOLATNI BARQARORLASHTIRISH MASALALARI'

MUSTAQILLIK DAVRIDA O’ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA EKOLOGIK HOLATNI BARQARORLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
86
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqillik / O’zbekiston / ekologiya / atrof-muhit / Surxondaryo / tabiat / ko’kalamzorlashtirish. / independence / Uzbekistan / ecology / environment / Surkhandarya / nature / greening.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A’Zamov, Asliddin Akramovich

Ushbu maqolada mustaqillik davrida O’zbekistonning janubiy hududlarida ekologik holatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida mulohazalar keltirilgan. Bu boradagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari borasida xulosalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF STABILIZATION OF THE ECOLOGICAL SITUATION IN THE SOUTHERN REGIONS OF UZBEKISTAN IN THE PERIOD OF INDEPENDENCE

This article presents comments on the work done to stabilize the ecological situation in the southern regions of Uzbekistan during the period of independence. Conclusions on existing problems and measures to eliminate them have been presented.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK DAVRIDA O’ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA EKOLOGIK HOLATNI BARQARORLASHTIRISH MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

MUSTAQILLIK DAVRIDA O'ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA EKOLOGIK HOLATNI BARQARORLASHTIRISH

MASALALARI

A'zamov Asliddin Akramovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turlari) yo'nalishi I bosqich magistranti

Ushbu maqolada mustaqillik davrida O'zbekistonning janubiy hududlarida ekologik holatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida mulohazalar keltirilgan. Bu boradagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari borasida xulosalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: mustaqillik, O'zbekiston, ekologiya, atrof-muhit, Surxondaryo, tabiat, ko 'kalamzorlashtirish.

This article presents comments on the work done to stabilize the ecological situation in the southern regions of Uzbekistan during the period of independence. Conclusions on existing problems and measures to eliminate them have been presented.

Key words: independence, Uzbekistan, ecology, environment, Surkhandarya, nature, greening.

Butun dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan, bu yo'nalishda insoniyatning faol sa'y-harakatlarini talab qiladigan global va mintaqaviy ekologik muammolarni hal etish zarurati hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Aytish mumkinki, O'zbekiston 1992-yil 8-fevralda MDH davlatlari rahbarlari tomonidan imzolangan shartnomaga muvofiq tuzilgan Davlatlararo Ekologiya Kengashining to'la huquqli a'zosi hisoblanadi.

1996-yilda O'zbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun qilingandan keyin O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda atmosfera havosiga salbiy ta 'sirni kamaytirish choralari ma'lum tizimga solindi.

2007-yil yakunlariga ko'ra atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy hajmi 2 mln tonnagacha qisqardi. 2000-yilda "Ekologik ekspertiza to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinishi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Mazkur qonunning

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qabul qilinishi bilan Davlat ekologik ekspertizasining aniq vazifalari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi farmoniga muvofiq Respublikada ekologik xavfsizlikni ta'minlash va atrof-muhitni davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog'ligiga zararli ta'sirini oldini olish, aholi darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig'ish, saqlash tashish, utilizasiya qilish, qayta ishlash va ko 'mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi qaytadan O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi etib tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro hamkorligi milliy qonunchilik va xalqaro hamkorlikning konvensiyalari asosida tartibga solinadi. O'zbekistonning atrof-muhit muhofazasi borasidagi milliy siyosati va mazkur masaladagi xalqaro hamkorligi mamlakatning ekologik salohiyatini saqlashga asoslangan. Ushbu maqsadda O'zbekiston Respublikasi 1993-yilda "Ozon qatlamini muhofaza qilish bo'yicha" Vena konvensiyasiga, 1995-yilda "Biologik xilma-xillik to'g'risida"gi Konvensiyaga, "Butun jahon madaniy va tabiiy meroslarni muhofaza qilish to'g'risida"gi konvensiyaga, 1997-yilda "Yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to'g'risida"gi konvensiyaga, 1998-yilda esa "Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish" bo'yicha konvensiyaga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish bo'yicha hamkorlik sohasidagi qator davlatlararo bitimlarga qo'shilgan1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mana shu farmon va hujjatlardan kelib chiqqan holda O'zbekistonning janubiy viloyatlari, xususan Surxondaryo viloyatida ham ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, tabiatni asrab-avaylash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida vohaning barcha hududlarida ko'chat ekish va bog'lar tashkil etish borasida amaliy ishlar olib borilayotgani fikrimizning dalilidir. Zero, "Yashil makon" loyihasi hududlarda toza atmosfera barqarorligi va atrof-muhit musaffoligini ta'minlash imkonini yaratadi.

Surxon vohasi o'zining go'zal tabiati, maftunkor tog'lari, daryolari bilan azaldan o'ziga jalb qilib kelgan. Viloyatda 4000 ga yaqin o'simlik turlari o'sadi. O'zbekiston

1 Abdunazarov H.M., Choriev.A.Q., Embergenov N.J., Oteuliev M.O. Issues of human economic activity and environmental protection. "Экономика и социум" №11(78) 2020, P. 23-26.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Qizil kitobiga kiritilgan 163 o'simlik tundan 74 turi Surxondaryoda ro'yxatga olingan. Surxondaryo viloyatida ham 100 dan ortiq turdagi dori vositalari tayyorlash imkonini beruvchi dorivor o'simliklar mavjud. Mintaqaning faunasi juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu hududda sut emizuvchilarning 97 turi, qushlarning 332 turi, baliqlarning 83 turi mavjud. Ushbu flora va fauna dunyosini asrash bugungi kunda vohadagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyat hududida Surxon tog'-vodiy qo'riqxonasi joylashgan. Uning maydoni 24583 gektar. Qo'riqxona hududida 200 dan ortiq qush va 20 dan ortiq hayvon turlari aniqlangan. Ulardan ba'zilari alohida himoya ostida2.

Oxirgi yillarda Surxondaryo viloyati aholisi orasida qalqonsimon bez kasalliklari butunlay bartaraf etildi. Bu kasallikka moyillikning yuqori darajasi Sariosiyo, Uzun rayonlarida aniqlangan. Buning sababi mintaqaga Tojikiston alyuminiy zavodi ishlab chiqarish chiqindilarining ta'siri yuqori darajada ekanligidadir.

Ushbu ekologik inqirozni bartaraf etish uchun mustaqillik yillarida Surxondaryo vohasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Buning uchun tegishli hujjat va materiallarni tayyorlashda o'zaro manfaatli, yaxshi qo'shnichilik va muvozanatli yondashuv namoyon bo'lmoqda. Surxondaryo viloyatining shimoliy-sharqiy qismida atmosfera havosining ifloslanishi va aholi salomatligiga salbiy ta'sirining oldini olish maqsadida bir qancha amaliy tadbirlar ishlab chiqilgan3.

Shu bilan bir qatorda tabiatni asrab-avaylash maqsadida ekoturizmni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Zero, viloyatning Sariosiyo, Denov, Boysun va boshqa tumanlari o'zining betakror tabiati bilan ekoturizm rivojiga zamin yaratadi. Mavjud salohiyatdan oqilona foydalanilib, viloyatda 2015-yilda 77 gektar yerda tokzor, 400 gektar maydonda intensiv bog' yaratilganligi mintaqalarda ekoturizm rivojining istiqbolida muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Xususan, viloyatning Termiz, Angor, Boysun va Oltinsoy tumanlarida mana shunday diqqatga sazovor manzarali go'shalarga sayyohlarni taklif qilish uchun imkoniyat va maskanlar yaratilganligi ekoturizmni bog'dorchilik turizmini rivojlantirish istiqbolini belgilab beradi.

2 K.A.Allanov, A.Q.Choriev, N.J.Embergenov. Ecological Condition of Surkhan Oasis and its Impact on the Health of the Population. Science and education in Karakalpakstan. №1. - Nukus, 2020. p.101-103.

3 Navruzbaeva, G. T., Embergenov, N. J, Oteuliev, M. O. (2018) "Study of The Contemporary State of the Environment and The Status of Population Health in The Conditions of Southern Aral Region, Karakalpak Scientific Journal. Vol. 2, Iss. 1. 2018, -P. 29-31.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

XULOSA

Mustaqillik yillarida Surxon vohasida ekologik muhitni sog'lomlashtirish, tabiatni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar doirasida voha tabiatini boyitish, o'simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish, suv havzalari qurib ketishining, havo ifloslanishining oldini olish borasida bir qancha yutuqlarga erishildi. Bu borada qabul qilingan "O'rmon to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni, "O'zbekiston Respublikasi hukumatining davlat ekologik nazoratini takomillashtirishga yo'naltirilgan ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, "O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Abdunazarov H.M., Choriev.A.Q., Embergenov N.J., Oteuliev M.O. Issues of human economic activity and environmental protection. "Экономика и социум" №11(78) 2020, P. 23-26.

2. K.A.Allanov, A.Q.Choriev, N.J.Embergenov. Ecological Condition of Surkhan Oasis and its Impact on the Health of the Population. Science and education in Karakalpakstan. №1. - Nukus, 2020. p.101-103.

3. N.J.Embergenov, Kh.Abdunazarov, M.Umarova, Kh.Niyozov. Issues of Development of Industrial Sectors in Surkhandarya Province. Science and education in Karakalpakstan. №3. - Nukus, 2019. p.99-102.

4. Navruzbaeva, G. T., Embergenov, N. J, Oteuliev, M. O. (2018) "Study of The Contemporary State of the Environment and The Status of Population Health in The Conditions of Southern Aral Region, Karakalpak Scientific Journal. Vol. 2, Iss. 1. 2018, -P. 29-31.

5. Turdimambetov I., Madreymov A., Foldvary L., Oteuliev M., Kurbanov M., Utarbaeva K., Bekanov K. Influence of Adverse Ecological Factors on the Incidence of Malignant Neoplasms. E3S Web Conf. Volume 227, 2021, Annual International Scientific Conference on Geoinformatics - GI 2021: "Supporting sustainable development by GIST". https://doi.org/10.1051/e3sconf/202122702001.

6. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 334-337.

7. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

8. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

9. Saidov, S. (2023). "TARIXI GARDIZIY" ASARINING TARIXIY QIYMATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(2), 842-847.

10. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

11. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУ^АФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 19-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.