MUSTAQIL TA'LIM MASHG'ULOTLARI ORQALI TALABALARNING
IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH
M.Djumaboyeva Qo'qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini tashkillash orqali iqtidorni shakllantirish, rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: ijod, tafakkur, qobiliyat, taqlid, bilim, ko'nikma
DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVITY THROUGH INDEPENDENT STUDY ACTIVITIES
M.Djumabayeva Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: This article discusses the formation and development of talent through the organization of independent educational activities.
Keywords: creativity, thinking, ability, imitation, knowledge, skill
Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda bilimga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirish, mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini shakllantirish orqali salohiyatli, qo'yilgan muammoni hal qila olish layoqatiga ega yetuk mutaxassislarni tayyorlash oliy ta'lim tizimini oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Yoshlarning mustaqil bilim olishlari oliy o'quv yurtlarida o'quv reja va dasturda aniq belgilangan. Xuddi shunday tartib umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida ham amal qilinsa bilim egallashdagi izchillik va uzluksizlik yanada takomillashdi. Ayrim hollarda umumiy o'rta ta'limdagi tartib-qoidalar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan farqlanadi. Xuddi, shuningdek, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bosqichida o'quvchining bilim olishi oliy o'quv yurtlaridagidan keskin farq qiladi. Ushbu tafovutlar talabalarning bilim olishi va kasb egallashlarida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bo'lajak mutaxassisning kompetentligi shakllanishi uchun ta'lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi, izchilligi , tizimliligi katta ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz kerak.Ma'lumki, keyingi yillarda talabalarning keng ma'nodagi mustaqil mutaxassis bo'lib kamol topishlariga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Ular oldiga har bir fan materiallarini atroflicha, puxta egallash, egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotda o'rinli qo'llay olish, zamon bilan hamnafas bo'lish, mustaqil qaror qabul qila olish, qo'yilgan hayotiy yoki ilmiy masalalarga to'g'ri va ijodiy yondashgan holda eng maqbul yechimni topish, o'z
I ibiSi^^Bl ^83 http://oac.dsmi-qf.uz
malakasini muntazam oshirib borish, tanlagan sohasi yoki kasbiga oid dunyo miqiyosidagi yangiliklardan, erishilayotgan yutuqlardan doimo boxabar bo'lish va ularni o'z o'qish va ish faoliyatiga bevosita tatbiq qilish, innovatsion faoliyat olib borish, bunda masofaviy ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi jiddiy va o'rinli talablar qo'yildi. Talaba-yoshlarning yangi avlodini yuqoridagi talablarga javob bera oladigan mutaxassis qilib yetishtirish milliy ta'lim tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lib, u ta'lim jarayonini mustaqil bilim olish asosida zamonaviy usullarda, yangicha ko'rinishlarda tashkil qilishga undaydi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlaridagi fan, yoshlarga ta'lim berish hamda ularga jahon andozalariga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalari, O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga xalqimiz tomonidan tanlangan rivojlanishning o'ziga hos yo'liga asoslangan yangi jamiyat va davlat qurilishining bosh tamoyillari bilan chambarchas bog'liqdir. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o'zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari mustaqil ta'lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta'lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg'ulotlarida talabalarni o'qitish bilan bir qatorda ularni ko'proq o'qishga o'rgatish, bilim olish yo'llarini ko'rsatish, mustaqil ta'lim olish uchun yo'llanma berish oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri pedagogic texnologiyani milliy modelini ta'lim-tarbiya jarayonida tatbiq qilish bo'lib, buning asosi esa o'quv fanlarining dars loyihalarini tuzishdir. Loyihalash asosida o'qitish nazariy jihatdan to'la asoslangan bo'lib, bugungi kunda buni ta'lim jarayoniga tatbiq etish eng dolzarb masaladir.Hozirgi zamon mutaxassislari davr talabiga mos holda yangi informatsion texnologiyalardan xabardor bo'lishi, kommunikativ usullardan foydalana olishi, olgan bilimlarini innovatsion texnologiyalarga tatbiq qila olishi va yagona jamoa orqali ishlay olishi, o'z ko'nikma malakalarini mustaqil holda foydalana olishi, ba'zi intellektual qobiliyatlarini yetishmasligini hisobga olish har bir talabani individual-psixologik qobiliyatlarini shakllantirish zarur. Maqsad hozirgi davr talabiga mos talabalarning o'quv jarayonini mustaqil ravishda o'zlashtira borishida faol ishtirok etishdir.
Mustaqil ish oliy ta'lim muassasalari talabalarini o'qitishda individuallashtirish uslubi sifatida bo'lg'usi mutaxassislarning mustaqil ishlashi, o'qitishning faol usullari va shakllariga tayangan holda ularning ijodiy qobiliyatini oshirish uchun ommaviy umumiy o'qitishdagi individual yondashish tomon keskin burilish yasashni amalga oshirish kerak. O'quv jarayoni o'qitish shaklidan qat'iy nazar shartli ravishda 2 toifaga bo'linadi. Jumladan,
- bevosita o'qituvchi rahbarligidagi o'quv jarayoni shakllari:
- talabalarning mustaqil ishi kabi toifalarga bo'linadi.
Bugungi kunda ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanib ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ijobiy fikrlar, usullar barchani qiziqtirib bormoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan mashg'ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, taxlil qilishlariga qaratilgan. Talabalarning takomillashib yetuk oliy ma'lumotli kadr bo'lishida eng avvalo uning bilim bazasi yaxshi bo'lishi va zamonaviy bilimlarni o'rganib, xotirasini tobora kengaytirib borishi lozim. Shu bilan birga, yozma va og'zaki nutq madaniyatini ham rivojlantirib borishi shart. Talaba o'z imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishi uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirgan bo'lishi va texnika sohasidagi so'ggi yutuqlardan foydalana olishi lozim. Fan, texnika, texnologiyalar, ishlab chiqarishning, shuningdek ular bilan birga ma'naviy dunyoqarashning tez sur'atlarda rivojlanib borishi insonni shunday sharoitga qo'ymoqda. Yangi faoliyat, yangi mehnat sharoitida talabalar ongini uzluksiz qayta shakllantirishi, yuzaga kelgan shartlardan voz kechish va ularni tegishli o'zgargan shartlari bilan birga ijodiy ishlanmalarga almashtirish talab etilmoqda. Ijodiy mehnat o'zining yangiligi, originalligi, ahamiyatliligi va qiymati bilan ajralib turuvchi faoliyat mahsulotini yaratishga olib keladi. Mustaqil ta'lim talabadan bajarishi lozim bo'lgan ishni rejalashtirish, qo'yilgan vazifani aniq belgilab olish, vazifalar ichidan eng muhimlarini ajratib olish, qo'yilgan maqsadga erishish uchun eng maqbul yo'lni to'g'ri tanlab olish, ishni bajarish holatini doimo nazoratda tutish, lozim bo'lganda bajarilishiga tezlik bilan tegishli o'zgartirishlar kirita olish, yakuniy xulosa chiqarish, kuzatilgan kamchiliklarni tahlil qilish hamda keyingi faoliyatda bunday kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilash ko'nikmasini rivojlantirishni taqoza etadi.
Mustaqil ta'lim talabining umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga yo'naltirilgan bilim faoliyati turlaridan biridir. Oliy ta'lim muassasasida mutaxassislik fanlari bo'yicha o'quv adabiyotlari va boshqa didaktik vositalar bilan mustaqil ishlash, muammoli topshiriq va vazifalarni bajarish uchun kichik guruhlarda ishlashga tayyorlanish va boshqa shu kabi jarayonlarni amalga oshirish katta ahamiyatga egadir. Mustaqil ta'lim rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi funksiyalarini bajaradi, ya'ni mashg'ulot paytida olingan bilimlarni kengaytiradi, chuqurlashtiradi, o'quv adabiyotlari bilan ishlash malaka va ko'nikmalarini rivojlantiradi, vazifani mustaqil bajarish, ijodkorlik hamda o'ziga ishonch ruhida tarbiyalaydi.Talabaning musitaqil ravishda o'quv materialini o'zlashtirishga intilishi, maxsus adabiyotlar, ilmiy manbalar ustida ishlashi, egallagan bilimlarini amaliyotda tatbiq etishi, o'zining mutaxassisligi bo'yicha kengroq bilimni egallashga bo'lgan ehtiyoji muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus adabiyotlar bilan mustaqil ishlash jarayonida talabaning shaxsiy fazilatlari yanada takomillashadi, shu bilan birga uning irodasi, fikrlash qobiliyati, xotirasi
I icclT^^^^H 285 http://oac.dsmi-qf.uz
kuchayadi. Mustaqil ta'lim Respublikamiz OTM lari boshlang'ich bosqichlarda me'yoriy jihatdan ta'lim dasturlarini o'zlashtirishda talabalarning mustaqil ta'limi o'quv fanlari masalalari va muammolari qatorida ko'zda tutilmog'i lozim. Mustaqil ta'limning bugungi kundagi real holatiga kelsak, uning mexanizmlari (tashkiliy, psixologik-pedagogik, o'quv-uslubiy, axborot, moddiy-texnik va boshqalar) endi ishlab chiqilmoqda. Bir so'z bilan aytganda uy vazifalari, referat va kurs ishlari (loyihalar)ni bajarish, labaratoriya va amaliyot mashg'ulotlariga tayyorgarlik va bosshqalar bilan bog'liq bo'lgan an'anaviy talabaning mustaqil ishi amalga oshirilmoqda. Ushbu ko'rinishdagi mustaqil ishlar mustaqil ta'limning talablariga javob bermaydi. Chunki harakatdagi namunaviy o'quv fanlari hajmining kamida 20 foizi mustaqil ta'lim sifatida o'zlashtirilishi lozim.
Tasdiqlangan namunaviy fan dasturlarida faqat mustaqil ish shakli va mazmuni berilgan, xolos. Shuning uchun tayanch OTMlar oldida aniq maqsad va vazifalar qo'yilmog'i zarur, shuningdek mustaqil ta'limning barcha mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Biz tajribadan kelib chiqib mustaqil ta'limni bir nechta shakllardan tashkil topadi, degan ma'noda o'z takliflarimizni kiritmoqchimiz: Birinchidan, har bir darslik yoki o'quv qo'llanmalar bo'yicha fanlar boblari va mavzularini o'rganish. Bunday tashkiliy shakl odatga ko'ra amaliy jihatdan mustaqil ta'lim tajribasiga ega bo'lmagan birinchi kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlarning natijalari bajarilgan referatlar, shaxsiy topshiriqlarni seminar yoki kollokviumlarda tekshiriladi. Ikkinchidan, tarqatma materiallar bo'yicha ma'ruzalar qismini o'zlashtirish, bu esa professor-o'qituvchilar uchun asosiy materialni bayon etishga katta e'tibor ajratishga imkon beradi. Tarqatma materiallar har bir ma'ruza uchun tayyorlanadi. Mustaqil ta'limning bunday tashkiliy shakli umumkasbiy va maxsus fanlar uchun odatga ko'ra yuqori kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlarning natijalari tegishli nazorat bosqichlarida tekshiriladi. Uchunchidan, avtomatlashtirilgan o'rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash, bu esa ma'ruza mashg'ulotlari doirasida ham, labaratoriya ishlariga yoki amaliyot mashg'ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi. Mustaqil ta'limning bunday shakli barcha kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiq bo'lib, axborot texnologiyalari mavjud OTMlarida qo'llaniladi. To'rtinchidan, maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqollar) bo'yicha fanlar bo'limlari yoki mavzulari ustida ishlash: hisoblash-grafik topshiriqlar yoki referatlar, kurs ishlari yoki loyihalar, bitiruv malakaviy ishlarni bajarishda mustaqil ta'limning ushbu tashkiliy shakli barcha kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Uning natijalari tegishli reyting-nazorat bosqichlarida tekshiriladi.
Beshinchidan, talabalarning ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi yoki kichik korxonalardagi ishlari: o'qituvchi yoki mataxassislar rahbarligida davlat byudjetidagi ham OTMning xo'jalik shartnomasi asosidagi mavzulari doirasida mustaqil ta'limning
I [ccñ^^BI 286 http://oac.dsmi-qf.uz
ushbu shakli odatga ko'ra yuqori kurs talabalari uchun taklif qilish xarakterlidir. Oltinchidan, talabaning ilmiy tekshirish ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan fanlar bo'limlari yoki mavzularini chuqur o'rganish mustaqil ta'limning bu shakli barcha kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir.
Yettinchidan, faol o'qitish uslubidan foydalaniladigan o'quv mashg'ulotlari ( xizmat o'yinlari, diskussiyalar, seminarlar, kollokviumlar va b.), talabalar tomonidan fan, texnika va texnologiyalar , iqtisodiyot va madaniyat dolzarb muammolari chuqur o'rganish. Mustaqil ta'limning ushbu shakli odatga ko'ra yuqori kurs talabalari uchun taklif qilinadi.Sakkizinchidan, masofaviy ta'lim ham mustaqil ta'limning shakli sifatida foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil ta'limning yuqoridagi taklif qilinayotgan shakllaridan oqilona foydalanganda, talabalarning tom ma'nodagi ijodiy faoliyati yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lishi;
adabiy, ilmiy va maxsus manbalardan kerakli ma'lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarin aniqlashi;
o'quv adabiyotlari, internet tarmog'i, axborot resurslari va me'yoriy hujjatlar bilan ishlashi;
ma'lumotlar bazasidan oqilona foydalanishi va tahlil qilishi;
mustaqil ravishda topshiriq va vazifalarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishi;
insonning faolligi, prinsipialligi, ma'naviy boy ligi, uning hayotga to'g'ri qarashlari va ma'naviy-ma'rifiy yakdilligi bilan belgilanishi ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g'oyani asoslash va jamoada himoya qilish kabi bir qator muhim vazifalarni bajarishda yordam beradi. Shu ma'noda, mustaqil ta'limda talabaning tom ma'nodagi ijodiy faoliyati rivojlanadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.Demak, mustaqil ta'lim talabalar o'rtasida ijobiy ma'nodagi raqobatni keltirib chiqaradi. Bir-biridan ibrat olgan holda o'zlarining aqlini, kuchini, vaqtini foydali faoliyat bilan shug'ullanishga yo'naltiradilar. Turli xil tanlovlarga tayyorgarlik ko'rish, fan olimpiadalarida ishtirok etish va g'olib bo'lishga intilish, ilmiy-ijodiy ko'rgazmalarda qatnashish orqali talaba iste'dodining noma'lum qirralari ochiladi. Talabaning o'ziga, aqli va qobiliyatiga bo'lgan ishonchi ortadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoyev.Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko'taramiz.
2. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009 yil 14 avgust 286-sonli «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to'g'risida»gi buyrug'i.
3. Boltayeva M., Dadamirzayev F. Mustaqil ta'limni shakllantirishning metodologik asoslari // Ta'lim muammolari, 2008. №1. B.78-79.
4. G.M. Sharipova F.Najmeddinov "Musiqa tarbiyasi metodikasi" fanidan darslik "Toshkent"2018