Научная статья на тему 'MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI'

MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
179
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Psixologiya / tarix / Antik davr / o‘rta sharq / mutaffakkir / Evritmiya / ruh / jon / ong / sezgi / diqqat / idrok / xayol va fantaziya / qobiliyat / metroritmika. / Psychology / history / Antiquity / Middle East / thinker / eurythmy / spirit / soul / mind / intuition / attention / perception / imagination and fantasy / ability / metrorhythm.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xojimamatov, Azimjon, Muhammadjonova, Mohinur

Ushbu maqola musiqa orqali inson psixologiyasini qay tarzda namoyon bo‘lishi va musiqani inson ongiga ta’siri haqida bo‘lib, musiqa inson psixologiyasida qanchalik ahamiyatga egaligi haqida bayon etiladi. Shuningdek, maqolada inson psixologiyasini ilk tushunchalari va musiqa bilan bog‘langanligini va o‘rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutaffakkirlari musiqa psixologiyasini o‘rganishganini haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSIC AND HUMAN PSYCHOLOGY

This article is about how music manifests human psychology and the influence of music on the human mind, as well as how important music is in human psychology. The article also provides information about the first ideas about human psychology and its connection with music, that the great thinkers of the East studied the psychology of music in the Middle Ages.

Текст научной работы на тему «MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI

Xojimamatov Azimjon

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Vokal va cholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi Muhammadjonova Mohinur Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Musiqa ta'limi" yo'nalishi 1-bosqich talabasi

Ushbu maqola musiqa orqali inson psixologiyasini qay tarzda namoyon bo 'lishi va musiqani inson ongiga ta 'siri haqida bo 'lib, musiqa inson psixologiyasida qanchalik ahamiyatga egaligi haqida bayon etiladi. Shuningdek, maqolada inson psixologiyasini ilk tushunchalari va musiqa bilan bog'langanligini va o'rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutaffakkirlari musiqa psixologiyasini o'rganishganini haqida ma 'lumotlar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Psixologiya, tarix, Antik davr, o'rta sharq, mutaffakkir, Evritmiya, ruh, jon, ong, sezgi, diqqat, idrok, xayol va fantaziya, qobiliyat, metroritmika.

This article is about how music manifests human psychology and the influence of music on the human mind, as well as how important music is in human psychology. The article also provides information about the first ideas about human psychology and its connection with music, that the great thinkers of the East studied the psychology of music in the Middle Ages.

Key words: Psychology, history, Antiquity, Middle East, thinker, eurythmy, spirit, soul, mind, intuition, attention, perception, imagination and fantasy, ability, metrorhythm.

Musiqa psixologiyasi - psixologiyaning shunday sohasiki, u musiqaviy eshitish qobiliyatini, eshitish sezgisining chegaralari, musiqaning lad, ritmikasini his qilish, sozni taktil ya'ni paypaslab sezish, musiqaning anglanishi, yodda saqlanishi, ijro etilishi va undan bahramand bo'lish kabi masalalarni qamrab oladi. Musiqiy iste'dod va zakovat o'zining cheksiz imkoniyatlari, mo'jizaviy tabiati bilan insonni hayratga soladi va o'ziga maftun etadi. Musiqa psixologiyasi juda qadim davrlardanoq o'rganib kelinmoqda. Musiqa psixalogiyasi bo'yicha ilk izlanishlar antik davr faylasuflari asarlarida va o'rta asrlarga kelib sharqning buyuk mutaffakkirlari asarlarida ham ko'rishimiz mumkin. Masalan: Pifagor asarlarida, uning "evritmiya"

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ta'limotida musiqa psixologiyasi haqida gap boradi. Pifagor evritmiya deganda olim insonning barcha hayotiy hodisalardan munosib ritm, usul topa olish qobiliyatini tushungan. Shu tarzda ijtimoiy hayotni musiqaga ya'ni ladga, orkestrga qiyoslash Pifagordan qolgan. Orkestrda har bir ijrochi ma'lum bir cholg'uni chalganidek, hayotda har bir insonning o'z vazifasi bor. Pifagor kuy va ritm inson qalbiga muayyan ta'sir ko'rsatishini ham aniqlagan va shu tariqa musiqa va inson pisixologiyasi bir biriga chambachas bog'liqligi haqidagi fikrlar taraqqiy eta boshlagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Umidsizlik, ruhiy iztirob, asabiylashish, g'azab va boshqa psixologik vaziyatlarda musiqaning inson psixikasiga sezirlarli ta'siri aniqlanib borgan. Boshqa bir Yunon faylasufi Platonning fíkricha, davlatning kuch - qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va ritmda yangrayotganligiga to'g'ridan - to'g'ri bog'liqdir degan fikrni ilgari surgan. Platon va uning izdoshlari davlat uchun insonni yuksaklikka ko'tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblashgan.

Aristotel ham musiqani individning ijtimoiy hayot bilan uyg'unlashish vositasi deb hisoblagan. Aristotel insonning ichki olami va unga musiqa yordamida ta'sir o'tkazish usullarini ochib bergan "mimesis" ta'limotini ishlab chiqdi. Mimesis nazariyasida "katarsis" konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, qadim Yunon tragediyalari tomoshabin ko'nglini xastalik jazavalaridan tozalagan. Chuqur kechinmalar jarayonida inson ruhan poklanadi, uning qalbi o'zining xususiyligi, yagonaligidan umumiylikka ko'tariladi. Aristotel inson psixologiyasini o'zgartiradigan musiqiy ladlarni batafsil tasvirlab bergan. Bir laddagi musiqa kishini rahmdil va muloyim qilib qo'yadi, boshqa biri esa asabiylashish yoki hayajonlanishga olib kelishi mumkin. Shunday qilib doriy, frigiy, lidiy ladlaridagi musiqa kishining ruhi va sog'lig'iga ijobiy ta'sir ko'satgan, boshqa ladlarda yozilgan musiqani esa yosh avlod qulog'iga yetkazmaslik tavsiya etilgan. Shu ma'lumotlardan bilishimiz mumkinki, inson psixologiyasi va musiqa bir - biriga o'zaro muayyan bo'g'liqdir.

Demokrit, Platon kabi antik davr mualliflarining ko'pchiligi musiqaning inson holatiga ta'sir qilishi haqida ko'plab dalillar keltirilgan. Odisseya haqidagi eposda musiqa ta'sirida yaraning bitib ketishi tasvirlangan, hayotda juda qahrli bo'lgan Sparta hukmdori Likurg o'z qo'shinlari uchun musiqa yaratgan. Qadimgi Xitoyda musiqa tartib va sivilizasiya ramzi hisoblangan, u tarbiyaning eng muhim vositasi hisoblangan va o'rganilishi shart bo'lgan fanlar qatoriga kiritilgan. Ma'lumki, Konfutsiy ham "sin" degan musiqa cholg'usida chala olgan. Hindistonda esa qadimda shifokorlar musiqadan davolash vositasi sifatida foydalanishgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Musiqa psixologiyasi yo'nalish va tarmoqlarga egadir. Masalan: musiqiy ijod psixologiyasi - bu asosan bastakor va kompozitorlarning xayol, tasavvur, musiqa yaratish, yangi musiqiy asarni dunyoga keltirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatidir. P.I.Chaykovskiy mazkur jarayon va o'sha daqiqada paydo bo'luvchi ilhom haqida shunday degan edi: "Ilhom kelgan paytda, odatdagi holatdan chiqa boshlaysan. Bir fikr boshqa birini haydamoqchi bo'ladi, bu tushuntirib bo'lmas ilhom tuyg'usidir". Kompozitor nota yozish bilan birga asarni tinglovchiga aniq yetkazib bera oladigan ijrochini ham yaxshi tasavvur qilishi kerak.

Musiqa psixologiyasining yana bir yo'nalishi bu - musiqiy ijrochilik psixologiyasidir. Bu yo'nalishda musiqa san'atidagi asosiy faoliyatlardan biri musiqa ijrochiligidir. Zo'r ijroni tinglab, lazzat, quvonch, ilhom tuyg'ularini his etamiz yoki yunonlar aytganidek, "ichki", ruhiy poklanish va yangilanish ro'y beradi.

Musiqiy idrok psixologiyasi - musiqani tinglab idrok etishini ham huddi musiqa yozish va ijro etish kabi musiqa san'atidagi asosiy faoliyat turi deb hisoblash lozim. Qolaversa, tinglovchisiz musiqa san'ati o'z ma'nosini yo'qatadi va yashashdan to'xtaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi. Aytishlaricha, musiqani barcha eshitadi, biroq uni hamma ham tinglab idrok eta olmaydi. Musiqiy asarning to'liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi. Ana shu tarzda tinglash jarayoni tinglovchining tarbiyasi, individual qobiliyatlari va tayyorgarligi bilan ajralmas holat deb xulosa qilish mumkin.

Musiqiy ta'lim-tarbiya psixologiyasi - musiqa psixologiyasining mazkur tarmog'i psixologik yo'riqlariga asoslanadi, o'quvchilar bilan ishlashning aniq usullarini topishga yordam beradi. Bu tarmoq o'quvchilarning tabiiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltiruvchi va musiqiy qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi musiqa pedagogikasiga uzviy bo'g'liqdir. Musiqani eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritmni aniqlash, tekshirish kabi an'anaviy usullar bilan bir qatorda musiqa psixologiyasida musiqiy zehn, is'tedod, qobiliyatlarni aniqlash, asarni o'rganish va uning ustida ishlash, konsertda chiqish uchun tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilar va konsert jamoasi bilan o'zaro munosabatlar va boshqa testlar ishlab chiqilgan. Musiqa ta'limi va tarbiya psixologiyasi ikki yo'nalishda o'rganiladi: bu maxsus musiqa ta'limi va umumiy musiqa tarbiya yo'nalishidir.

Musiqashunoslik, musiqa targ'iboti va musiqiy ma'rifat psixologiyasi - musiqa tarixchilari, tanqidchilari, nazariyotchilari, targ'ibotchilari, musiqa ma'rifati bilan shug'ullanuvchilar musiqa holatidagi fanlarni o'rganishadi, tahlil qilishadi, boyitishadi, rivojlantirishadi hamda klub, istirohat bog'lari, dam olish uylari, radio,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

telvideniya, matbuot va boshqa joylarda omma o'rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni olib borishadi.

Musiqa psixoterapiya psixologiyasi - sog'lomlashtirish maqsadida foydalanilgan musiqa musiqiy psixoterapiyada o'rganiladi. Buning uchun tinglash va ijod qilishga mo'ljallangan musiqa tavsiya etiladi. O'zbekistonda musiqa psixologiyasining mazkur sohasi deyarli o'rganilmagan, negaki u ham meditsina, ham musiqa sohalari bo'yicha jiddiy ilmga ega bo'lishni taqazo etadi. Biroq buyuk mutaffakir - olim Ibn Sino tadqiqotlarida bu sohadagi izlanishlarni ko'rish mumkin. Musiqaning inson salomatligi, emotsional holatiga ta'sir etish imkoniyati, musiqani tinglash va ijro etish jarayonidagi chuqur musiqiy kechinmalarning ijobiy ta'siri tibbiyotda ham, musiqada ham ilmiy izlanishlar olib borish uchun muhim asosdir. San'at ustalari shaxsning xususiyatlarini odatda rus tilida "t" harfi bilan boshlanadigan beshta so'zga bog'lashadi. Bular "талант" - is'tedod, "творчество"-ijod, "трудолюбие"- mehnatsevarlik, "терпения"-sabr", "требовательность"-talabchanlik. Bu yerda musiqachining iste'dodi katta ahamiyatga ega. Masalan, yosh Motsart Vatikanda xor ijrosidagi murakkab asarni atigi ikki marta eshitib, ikki kundan so'ng o'z xotirasida saqlab qolgan o'sha to'liq partiturasining qo'lyozmasini Rim Papasiga topshirgan. Mashhur Italyan dirijori Arturo Toskanini deyarli butun konsert repertuarini yoddan dirijorlik qilgan. U o'n yil avval yodlagan asarini ham esda saqlagan. Ferens List murakkab asarlarni konsertga aravada ketayotib yodlab olgan. Bu misollarning barchasi shaxsning musiqiy xotira deb ataluvchi psixologik xususiyatiga bog'liq.1

Katta sozandaning shaxsi doimo ko'pqirralidir. Bunga fanni ham, san'atni ham birdek tushuna oladigan O'rta Sharqning qomusiy olimlari Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Marog'iy, Kavkabiy kabi buyuk mutaffakkirlar ijodi yaqqol misoldir. Masalan, Forobiy "Musiqa haqida katta kitob"ida musiqaning inson psixologiyasi va ruhiy olamidagi ulkan ahamiyati haqida yozgan. Musiqa kishilarni xursand qilishi, quvontirishi, tinchlantirishi, o'ylantirib qo'yishi, xotirjamlik baxsh etishi, sergaklantirishi va bir vaqtning o'zida uxlatib qo'yishi ham mumkin. Ibn Sino musiqaning ruh bilan birgalikda tanaga ham shifobaxsh ta'sir ko'rsatishi haqida aytib o'tgan. U musiqani ham fiziologik, ham psixologik nuqtai nazardan o'rgangan. Abdurahmon Jomiy "Risolai musiqa"sida, shuningdek, interval oraliqlarining his etilishi, ularning melodik va garmonik tuzilishlari konsonans va dissonans bo'lishlari haqida fikr yuritgan.

O'rta asrlarda G'arbda bu sohani Boesiy, Gvido Aretinskiy, Sarlino kabi nazariyotchi musiqachilar hamda Kunau, Kirxer, Matteson va boshqa musiqachi

1 "Musiqa psixologiyasi" R.G'.Qodirov. „Musiqa " nashryoti Toshkent 2005 .

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

faylasuflar taraqqiy ettirdi. Umuman olganda, ilmiy musiqa psixologiyasi nemis tabiatshunosi German Gelmgol'sning "Uchenie o sluxovo'x oshusheniyax kak fiziologicheskaya osnova teorii muziki" asaridan boshlangan. Gelmgol's eshitish rezonansi nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko'ra, eshitish sezgilari ichki eshitish organlarining tashqi ta'sirga javoban aks-sado berishi tufayli yuzaga keladi. Musiqa psixologiyasining fiziologik asoslari fiziolog olimlar I.M.Sechenovning «Refleksi golovnogo mozga» va I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati, ikkinchi signal sistemasi haqidagi asarlarida bayon qilingan.2

Fan taraqqiyotiga psixolog musiqashunoslar Karl Shtumpf "O psixologicheskom proisxojdenii prostranstvennix predstavleniy", «Psixologiya muzikal'nix vospriyatiy», Kurt Zaks, shuningdek, ularning izdoshlari M.Mayer, G.Revesh, V.Kyoler katta hissa qo'shishgan. Musiqa psixologiyasi ravnaqida E.Jak-Dal'kroz, N.A.Garbuzov, S.M.Maykapar, B.V.Asafev, Y.N.Tyulin, B.M.Teplov, M.V.Blinova, L.A.Mazel, E.V.Nazaykinskiy, V.V.Medushevskiy, G.S.Tarasov, Y.B.Aliev, Z.Rikyavichus, L.Komes va boshqa olimlarning munosib hissalari bor.

Musiqachilar doimo sabrli, mehnatsevar va serqirra bo'lishadi. Musiqachining mehnatsevarligi haqida P.I.Chaykovskiy: "Eng keragi, avvalo, mehnat, mehnat va yana mehnat. "Men har kuni ertalab ijodga o'tirib, to biror narsa chiqmaguncha ishlayveraman", degan edi. Mashhur pianinochi va pedagog M. Klementi sakkiz, ba'zan o'n ikki va hatto o'n tort soatlab mehnat qilgan.

Musiqa san'atida musiqiy faoliyatning barcha turlari diqqat bilan bog'liqdir. Ayniqsa ommaviy ijrochilikda diqqat juda muhim. Namoyishda avval dirijorning ko'tarilgan qo'llari, auftakt, yakkaxon va jo'rnavoz o'rtasidagi ishora va harakatlar -bularning hammasi musiqa terminologiyasida "diqqat" deb ataladi. I.Gofman shunday degan edi "Ish to'la aqliy diqqat jamligida bajarilganidagina serunum bo'ladi. Biroq shu narsani esda tutish kerakki, mashg'ulotlarda miqdoriy tomon faqat sifat tomoni bilan qo'shilgandagina ma'no kasb etadi" E'tiborlilik, diqqatini jamlash qancha muddat ishlash kerak, degan savolga chek qo'yadi. I.Gofman har yarim soatdan so'ng tanaffus qilishni va hech qachon tanaffussiz bir yoki ikki soat ishlamaslikni tavsiya qilgan. Musiqachi diqqati, agar u o'zining kundalik ishida iloji boricha e'tiborli va intizomli bo'lsa, o'z professional ishiga tushunib va mas'uliyati bilan yondoshsa, maxsus mashqlarsiz ham takomillashishi mumkin. Shuningdek barcha musiqachilar diqqatining shakllanishida o'zini tashqaridan turib eshita olishi qobiliyatini g'oyat muhim hisoblanishini ta'kidlashgan. Shuning uchun ham musiqachining chalayotgan narsasini nazorat qila olishi, o'zini tashqaridan eshita olishi - musiqa san'atining asoslaridan biridir. Musiqachining diqqati turlicha: keng

2 "Muzikikalnaya psixologiya" V.I.Petrushin M.1997

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

va tor, kech qoluvchi va ilgarilab ketuvchi bo'lishi mumkin, harakatlarning avtomatlashuvi diqqatning bir yerga jamlanishiniga yordam beradi.

Musiqaning inson organizmiga samarali ta'siri ham avvaldan ma'lum. Qadimgi yunon shifokorlari bemorlarni davolashda puflab chalinadigan asboblardan foydalangan. Faylasuf Demokrit nay nafaqat tinglash, balki, inson salomatligi uchun ham foydali ohang taratishini aytgan bo'lsa, o'rta asr odamlari musiqaning asl maqsadi "Xudoni ulug'lash, shaytonlarni quvib chiqarish, bemorlarni davolash va sevgini paydo qilish"dan iborat, deb bilgan. Hindistonda ham Raga nazariyasiga asosan, musiqiy terapiyadan keng miqyosda foydalanilgan. Har bir raga ma'lum kayfiyat turiga mos kelib, inson holatining o'zgarishiga sabab bo'la olgan. Ushbu o'zgarish, o'z o'rnida bemorlardagi depressiya va boshqa ruhiy buzilish holatlarini davolashda yaxshi samara bergan.

Jismoniy va ruhiy salomatlikka ham musiqaning ijobiy ta'sirini ilmiy tomonlama o'rgangan ilk mutaxassislardan biri faylasuf Pifagor bo'lsa, Sharqda esa tibbiyotning yetuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino o'zining "Tib qonunlari" asarida ushbu san'at turini davolovchi vosita sifatida qayd etib, "Kitab Ash-shifa" ya'ni "Davolash kitobi" nomli qomusiy asarida to'liq bir bo'limni musiqa va puls o'rtasidagi o'zaro aloqalarga bag'ishlaydi. Musiqiy terapiya bilan bog'liq eng qadimiy masal qadimgi Ahdda keltiriladi - Dovud arfa chalib, Saulni depressiyadan davolaydi. Aristotel ham musiqani nafaqat davolash, balki ruhni tozalash vositasi deb hisoblagan. Qadimgi arab shifokorlari esa musiqa inson ruhidan o'tib, uning tanasini davolashi mumkinligini ta'kidlagan va buni amaliyotda sinab, ijobiy tomonlama o'zgarishlar guvohi bo'lgan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, musiqa va inson psixologiyasi bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Musiqa inson ongiga ta'sir etib uni turli xil stresslardan, kasalliklardan halos etadi va inson hayotida muhim o'rin egallaydi.

REFERENCES

1. "Musiqa psixologiyasi" R.G'.Qodirov. "Musiqa" nashryoti Toshkent 2005 .

2. "Muzikikalnaya psixologiya" V.I.Petrushin M. 1997

3. Hasanov. A . "Musiqa va tarbiya" -T O'qtuvchi 1993 .

4. Yusupova N. "Musiqa savodi ,metodika va ritmika" Toshkent 2010. "Musiqa" nashryoti.

5. Achildiyeva M. Ikromova F. The ballet "To'maris" in the culture of Uzbek ballet plase and significance Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development ISSN (E):2751-1731 15-19 bet (Berlin Germany 2022)

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

6. Achildiyeva M. Ikromova F. "O'zbek musiqa san'atida maqomning o'rni" Proceedings of Global Technovation 2nd International Multidisciplinary Scientific Conferense . London 2020 90-93 bet

7. Achildiyeva M. Xojimamatov A. Yuldasheva D. Ikromova F. "Uyghur Folk Singing Genre" Turkish Online Journal of Qualitative (TOJQI) Inquiry (Turkiya 2021) 3509-3517 bet (SCOPUS)

8. M.Achildiyeva 2021 Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heristage Annals of Romanian Society for Cyell Biology 25(4) 9092-9100

9. Achildiyeva M, Xojimamatov A, Ikromova F (2022) Shashmaqom saboqlari: "Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH 11(01) 55-58

10. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open accyess, peyer reviyewyed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463

11. Xojimamatov A. Nazarxodjayeva R. Korrupsiya - asr vabosi

12. Ikromova F. O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI OCHILXON OTAXONOVNING HAYOT YO'LI CHIZGILARI. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE Vol. 1 No. 3 (2022): 151-156

13. Achildiyeva M, Ikromova F REYNGOLD GLIER VA TOLIBJON SODIQOVNING «LAYLI VA MAJNUN» OPERASIDA MAQOM YO'LLARINING QO'LLANILISHI UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4 23-28 bet

14. Xojimamatov A, Ikromova F. MUSIQIY SAHNAVIY ASARLARNING IJROCHILIK MUAMMOLARI (O'ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODI MISOLIDA) UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4 29-33 bet

15. Ikromova, F. (2022). SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI. Science and innovation, 1(C4), 34-37.

16. Hojimamatov, A. (2022). CHANG CHOLG 'USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 265-275.

17. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 344-352.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

18. Xojimamatov, A., & Muhammadjonova, M. (2023). VIKTOR ALEKSANDROVICH USPENSKIYNING IJODIY YO 'LI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 587-591.

19. AHHngneBa, M., & AraneeBa, P. (2023). AMKP TEMYP BA TEMYPHHTAP ^ABPH^A CAHLATHHHT TYTrAH YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 578-583.

20. Achildiyeva M, Ikromova F "The third renaissance towards ascending" EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" (Spain 2021 sentyabr) ISSN (E): 2660-5562 17-20 bet

21. Achildiyeva M, Ikromova F Choir Art in Uzbekistan Botir Umidjonov Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Brussel, Belgium 2022) ISSN 27957683 54-56 bet

22. Khojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). Look at the Polyphony and Theoretical Heritage of SI Taneev. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 8, 87-89.

23. Achildieva, M., Butabayeva, N., & Nasirova, M. (2023). A GLANCE AT THE SCIENTIFIC AND CREATIVE HERITAGE OF BORBAD MARVAZI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.