Научная статья на тему 'MUSIQA VA BOLA TARBIYASI'

MUSIQA VA BOLA TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1312
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
musiqa / ota-ona / musiqiy harakat / raqs / musiqa tinglash / hissiyot / nuqson / ritm / mashq. / music / education / musical movement / dance / listening to music / emotion / defect / rhythm / training.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Maxfiratxon Ismoiljon Qizi Sattarova

Maqolada musiqa va tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari, bolalarni tarbiyalashda musiqaning ahamiyati, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan ishlashda musiqaning o'rni haqida ma'lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSIC AND CHILDHOOD

The article presents information about music and parenting, state requirements for the development of preschoolers, the importance of music in raising children, the role of music in working with children with speech impairments.

Текст научной работы на тему «MUSIQA VA BOLA TARBIYASI»

MUSIQA VA BOLA TARBIYASI

Maxfiratxon Ismoiljon qizi Sattarova

Qoqon davlat pedagogika instituti Musiqa talimi yonalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada musiqa va tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari, bolalarni tarbiyalashda musiqaning ahamiyati, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan ishlashda musiqaning o'rni haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, ota-ona, musiqiy harakat, raqs, musiqa tinglash, hissiyot, nuqson, ritm, mashq.

MUSIC AND CHILDHOOD

Makhfiratkhon Ismoiljon kizi Sattarova

Kokand State Pedagogical Institute, student of music education

ABSTRACT

The article presents information about music and parenting, state requirements for the development of preschoolers, the importance of music in raising children, the role of music in working with children with speech impairments.

Keywords: music, education, musical movement, dance, listening to music, emotion, defect, rhythm, training.

KIRISH

Musiqa insonga quvnoq kayfiyatni bag'ishlaydi inson qalbining yo'ldoshidir, go'zallikni his etishga o'rgatadi. Musiqa nafosat tarbiyasining bir bo'lagi.

Inson bolaligidan musiqa tinglash, qo'shiq xirgoyi qilish, turli musiqali ovoz ostida raqs xarakatini bajarishga intilib boradi. Manashu intilish natijasida insonda qobiliyat, iqtidor va iste'dod rivojlanib boradi.

"Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo'yilgan davlat talablari" da musiqiy ta'limni bolalarda rivojlantirish ijtimoiy - hissiy rivojlanish yo'nalishida va jismoniy rivojlanish yo'nalishlarida ko'rsatib o'tilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha ta'lim muassasasi bola tarbiyasida muhim bosqich sanaladi. Musiqa tarbiyachisi bolalarni estetik va ahloqiy jixatdan tarbiyalashda alohida o'rin tutadi. Muassasadagi musiqiy tarbiya estetik tarbiyaning muhim sohasidir.

Musiqa bolalar uchun quvonch va kechinmalar dunyosi bo'lib, musiqiy va amaliy faoliyat turlarida namoyon bo'ladi, ya'ni musiqa tinglash, qo'shiq aytish, musiqa jo'rligida xarakat qilish va bolalar musiqa asboblarini chalish jarayonida ularda hissiy tuyg'ulari rivojlanib boradi.

Musiqa bolalarni rivojlantirish uchun boy manbadir. Bolalarda hissiyotning rivojlanishiga ko'maklashishi musiqaning eng yaqqol namoyon bo'ladigan rolidir: alla bolalarni tinchlantiradi va xotirjam qiladi, alla eshitib uxlagan bolalar o'z qo'g'irchoqlariga ham alla aytadilar. Tinchlantiruvchi musiqa albatta qo'shiq bo'lishi shart emas. Barcha zamonlarda va xalqlarda onalar o'z go'daklariga takrorlanuvchi ikki notali ohangni past ovozda kuylaganlar. Har bir madaniyatda mehr-muhabbat va bayramlar xaqidagi oddiy qo'shiqlar mavjudki, bolalar ularni yodlay oladilar va bu ularga o'z his- tuyg'ularini ifodalashga yordam beradi. Marsh bolaga faxr tuyg'usini va g'ayrat, tetiklikni bag'ishlaydi.

MUHOKAMA

Musiqani butun kun davomidagi ko'plab faoliyat turlari qatoriga kiritish mumkin.Biroq musiqa foniga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondoshmoq zarur. Musiqa chalinayotgan aksariyat hollarda u bolalarning diqqat markazida bo'lmog'i lozim. Fonli musiqa, ayniqsa, bu kattalarning mashhur musiqasi bo'lsa, kattalar uchun yoqimli bo'lishi mumkin, lekin u bolalarni chalg'itishi mumkin.

Musiqa har kungi rejimli daqiqalarga rioya etishni yoqimliroq qiladigan tarzda foydali omil bo'lishi mumkin. Buning uchun tegishli qo'shiqlarning, masalan, tabrik qo'shiqlarini to'qish yoki tanlab olish mumkin. Butun gurux yig'ilgan mahalda ashula aytish ajoyib mashg'ulot. Qo'shiqlar dam olish vaqtida bolalarni tinchlantirishning ajoyib vositasi hisoblanadi.

NATIJA

Ma'lumki, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda musiqa mashg'ulotlari katta o'rin tutadi. Bunday gurux bolalari bilan musiqa rahbari logoped o'qituvchi bilan hamkorlikda ishlasa o'z maqsadiga etadi. CHunki bu soha bo'yicha musiqa mashg'ulotlarini tashkillash bo'yicha xozirgi kunda metodik qo'llanmalar kam.

Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa rahbarlari ko'proq logoritmikaga e'tibor qilishlari ko'zda tutiladi. Bunda:

♦ to'g'ri nafas olishni yo'lga qo'yish;

♦ ovozni rivojlantirish ustida ishlash;

♦ temp va ritm ustida ishlash;

♦ eshitish va xotirani rivojlantirish;

♦ umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;

♦ so'zlarni xarakatlar bilan to'g'ri ishlay olish;

♦ intonatsiya va shu registrlar ustida ishlash;

♦ o'yinlar.

Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg'ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko'rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. Mashg'ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:

♦ mashg'ulot bayoni, yangi qo'shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg'u asboblari uchun tayyorlangan ko'rgazmalar;

♦ qismlarni bir-biriga uzviy bog'lay olish;

♦ bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo'lish;

♦ texnika vositalaridan foydalana olish;

♦ testlar va boshqotirmalar yordamida bolalar bilim va ko'nikmalarini mustahkamlab borish;

♦ musiqaviy xarakatli o'yinlarni atributlar va o'yinchoqlar yordamida tashkillash. Mashg'ulotni rejalashtirishda quyidagilarga e'tibor berishi kerak:

♦ - Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;

♦ - Ovoz sozlash mashqlarida musiqali zinacha ko'rgazmali qurollardan, tarqatma test banklaridan va rasmlardan foydalanish;

♦ - Qo'shiq aytishda rasmlarga qarab qo'shiq nomini topish;

♦ - Laparlar va raqslarda katta rasmli kubiklardan, magnit tasmalardan foydalanish;

♦ - Musiqali xarakatli va obrazli o'yinlarni o'rgatilganda shu o'yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o'rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarni mustaqil xarakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o'rin egallaydi.

Yuqorida ko'rsatilgan tavsiyalar mashg'ulot jarayonida o'z samarasini beradi.

XULOSA

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bolalarning musiqa tafakkurini rivojlantiradi. Idroki va hissiyotini tarbiyalaydi.

Jajji kichkintoylar orasida kelajakdagi musiqa rahbarlari borligini unutmasligimiz kerak. Musiqa rahbari o'z mehnati orqali etishtirgan bog'dan meva olsa, bu meva bizning kelajakdagi shogirdlarimizdir.

REFERENCES

1. Dmitriyeva, G.Chernoivanova «Metodika muzmkalnogo vospitaniya v shkole»

2. Dastur T.I997y.«Musiqa tarbiyasi metodikasi»

3. Apraksina. «Metodika muzmkalnogo vospitaniya»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

4.O.Faziyev va boshqalar «O'zbekiston maktablarida musiqiy nafosat tarbiyasini tashkil etish bo'yicha metodik qo'llanma» 1992.

5. D.Kabalevskiy «Bolalarga musiqa darsida qanday so'zlash kerak» 1977y.

6. CynTOHOBa H. A., Y^acoBa K. KMHK MAKTAE EmH^ArH Y^YB^H^APHMHr H^O^HH ^OEH^H^T^APHHH PHBO^AHTHPHm //HHTepHayKa. - 2020. - №. 3-2. - C. 84-86.

7. N.A Sultonova, Ibragimova Sh, D. Xolqoziyeva // TECHNOLOGIES OF URBRINGING CHILDREN IN MODERN FAMILIES / 2020/3 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences - 2- 3 p 115-119

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.