Anorov T.N.
Surxondarya viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich maxsus ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi
MUSIQA MADANIYATI TA'LIMI VA TARBIYASI MASALALARI
Annotatsiya: mazkur maqolada ta'lim tizimida musiqa madaniyatining ahamiyati, uning ta'limiy va tarbiyaviy masalalari bo'yicha fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, insonning ma 'naviy-ma 'rifiy yetuklikga erishishida musiqa san 'atining ijobiy ta 'siri yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, ta'lim tizimi, tarbiya, pedagogika, kontsepsiya, mumtoz musiqa, san 'at.
Anorov T.N.
Retraining of public educators of Surkhandarya region regional center for training and retraining
Lecturer at the Department of Preschool and Primary Special Education
ISSUES OF EDUCATION AND TRAINING OF MUSIC CULTURE
Annotation: This article discusses the importance of music culture in the education system, its educational and pedagogical issues. It also highlights the positive impact of the art of music on a person's spiritual and enlightenment maturity.
Keywords: music culture, education system, education, pedagogy, concept, classical music, art.
O'zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruxiyati, oliy insoniy fazilatlari, badiiy ma'naviyati, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi hamda orzu-umidlari yorqin ifodasini topadi. Shuningdek o'zbek musiqasi ta'lim-tarbiyasi uslubiyotiga doir mukammal maktablar shakllangan. Milliy an'anaviy musiqa pedagogikasida quyidagi musiqa ta'lim-tarbiyasi uslubiyotlari mavjud:
1. Ommaviy xalq musiqa pedagogikasi. Bu xalqning kundalik hayotida, oilaviy marosim, mexnat jarayoni va boshqalarda o'z ifodasini topib, tabiiy ravishda va beixtiyor amalga oshirilib boriladi. To'y-hashamlarda, ta'ziyalarda musiqaning ommaviy janrlari yakka va jamoaviy tarzda ijro etiladi. Shu jarayonda yangi kuy hamda qo'shiqlar vujudga keladi. Bu esa xalqning badiiy musiqiy rivojida, musiqa merosimizni boyitishda, ayniqsa yosh avlodni axloqiy-badiiy tarbiyalashda bebaho omil hisoblanadi.
2. Kasbiy musiqa ta'limi uslubiyoti mukammal maktabga ega. Uning amaliyotida ta'limning ilmiyligi, davomiyligi va izchilligi mantiqan bog'langan.
мЭкономнка h соцнумм №6(85) H.1 2021
www.iupr.ru
48
Ta'lim mazmuni kasb fazilati va nafosati hamda sharqona axloqiy tarbiya tufayli boydir. Bunda ustoz-shogird amaliyotida ustozni tajribada ega ekanligi ayniqsa, mohir ijrochiligi va ma'naviy boyligi muhim rol o'ynaydi. Yosh san'atkorlar yillar davomida musiqani nazariy va amaliy mukammal o'rgangandan so'nggina xalq xizmatiga bel bog'lashga, ustozlar oq fotihasini olganlar. Kasbiy musiqa ustozligida mohir ijrochilar- cholg'uchilar-xalfalar, dostonxonlar va maqomchilar uetishib chiqadi. Ayni holda ularning ko'pchiligi bastakorlik ilmidan ham saboq olib, musiqa merosimizni boyitib kelmoqdalar. Xalq va kasbiy musiqa pedagogikasi amaliy o'zaro bog'liq bo'lib, bir-birini boyituvchidir.
3. Milliy musulmon maktablari va madrasalarida musiqa falsafa ilohiyot va adabiyot ta'limi bilan uyg'un tarzda bog'lanib o'qitiladi. Bu ko'proq savod chiqarish va Qur'oni Karim suralarini qiroat qilish jarayonida yakka, guruhli va jamoaviy talaffuz ifodaliligi va musiqiy ohangdorligi (aniq-burroligi, mantiqiyligi, tovush hosil qilish, nafas tartiblari v.b.) ustida muayyan usullarni qo'llab ish olib boriladi. Adabiyot fanini o'qitilishi ham san'at sifatida azaldan musiqa bilan uzviy bog'langan. Bunda she'riyat va musiqa vaznlari aruz o'lchovlari asosida mushtarak o'rganilgan. Shu bois ko'pchilik adiblar va olimlar musiqa ilmining rivojiga salmoqli ulush qo'shganlar. Madrasalardagi o'ziga xos badiiy ta'lim musiqa merosimizning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bu ko'proq so'fiylar ta'limoti ta'sirida maqomlar hamda darvishlar, zikrchilar va qalandarchilikning musiqiy-badiiy mazmunida falsafiy g'oyalarning rivojlanishi uchun muhim rol o'ynagan. Sho'ro davrida O'zbekiston maktablarida musiqa san'ati fan sifatida o'qitilganligi, ijobiy hol bo'lgan, albatta. Bunda muayyan tajribalarga, maxsus kadrlar tayyorlashga erishilgan.
Musiqa ta'lim-tarbiyasining yangi Kontsepsiyasiga asosan musiqa ta'limtarbiyasi maqsadi - yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qilib, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan hamda qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Buning uchun har bir o'quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim, amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o'quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shartsharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Mazkur oliy maqsad va vazifani amalga oshirishda «Musiqa» faniga ijtimoiy rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, muammolarni hal etishda keng o'qituvchilar ijodiga tayanish, musiqa o'qitish uslubiyotini har tomonlama ilmiymetodik izlanish natijalari va ilg'or tajribalar asosida takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Musiqa ta'lim tarbiyasi Kontseptsiyasining 3-bobi «Musiqa ta'limtarbiyasida mazmuni, tuzilishi va tabaqalanishi» deb nomlanadi. Musiqa sabog'i tarbiyalovchi, shaxsning badiiy tafakkurini shakllantiruvchi ta'lim sifatida muhimdir. Uning vositasida nafosat hissiyotlarini tarbiyalash bilan birga yosh avlodda oliy insoniy fazilatlarini tarkib toptirish nazarda
'^KOHOMHKa h соцнумм №6(85) H.1 2021
www.iupr.ru
49
tutiladi. Bunda milliy va umumbashariy musiqa ta'limshunosligi hamda o'qitish uslubiyotiga tayanish lozim bo'ladi. Musiqa ta'lim va tarbiyasi mazmunida esa milliy musiqa merosimiz asosiy o'гin egallaydi.
Milliy musiqamiz qonuniyatlariga qiyoslab qardosh xalqlar va umumbashariy musiqa madaniyati bilan tanishish, ya'ni «ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustivorligi»ga amal qilish musiqa o'qitishning muhim didaktik yo'nalishi hisoblanadi. Ta'lim jaгayoni ikki shaklda - dars va sinfdan (shuningdek, maktabdan) tashqari musiqiy mashg'ulotlaг tarzida amalga oshiгiladi. O'qitishning asosiy hamda barcha o'quvchilaг uchun zaruгiy shakli musiqa daгslaгidiг. SHu bois dars tuzilisЫaгi va o'qitish usullarining xilma-xil shakl tuгlaгini qo'llash va tajriba jaгayonida daгsning yangi tuzilma, usullarini kashf etish dolzaгb masala bo'lib turadi. Bunda milliy va Sharq musiqa ta'limshunosligini o'гganish, undan unumli foydalanish muhim omil hisoblanadi. Musiqa ta'limi nazariyoti va amaliyoti ilg'or tajгibalaгga tayanadi, uning mazmuni musiqa san'atining umumiy qonuniyatlariga tayangan va musiqiymavzuviy tizim asosida ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Unda ta'lim-tarbiya uyg'unligiga amal qilinadi va maktab bitiгuvchilaгining baгcha fanlaг qatori musiqa san'ati sohasida ham ijobiy ko'nikmalami shakllantiгib, madaniy hayot uchun zarur bo'ladigan umumiy bilim malakalariga ega bo'lisЫaгi ko'zda tutiladi.
Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko'plab omillari qatoгi musiqa tarbiyasi alohida o'гin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat taгbiyasining asosiy va murakkab qiггalaгidan biгi bo'lib, insonni atrofdagi go'zal naгsalaгni to'g'гi idrok etishga va qadriashga o'гgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta'siг ko'гsatish imkoniyatiga ega bo'lib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy g'oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidiг. Musiqa insonni yuksak did bilan quгollantiгadi va unga ma'naviy ozuqa beradi. Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo'l topa olishi, uning rnhiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehT oqibat, sabг-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo'shiq aytishga, so'z chalishga o'rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so'zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, tuгli qo'l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg'u asboblaridan dutor, doiгa, гubob saqlash uгf-odat bo'lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma'naviyatli, go'zallikni his eta oladigan inson bolishi kerak. Xalqimiz kelajagi mustaqil O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga uning dunyoqarashiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisoslarga doir fanlarni o'qitish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga o'rgatish bugungi kun talabidir. Uzluksiz pedagogik ta'lim tizimini amalga oshirilishi munosabati
bilan o'qituvchilami malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlari diqqat markazidadir. O'qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, kasbiy qobiliyatlar bilan birga jismoniy va ruhiy sog'lom bo'lishi darkor. Buyuk pedagog A.Avloniy shunday degan edilar "Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, o'qituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta'sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg'ulami tarbiyalaydi". "Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot-yo halokat. Yo saodat-yo falokat masalasidir" deb yozgan edi. Shunday ekan, hozirgi davrda, musiqa o'qituvchisidan mas'uliyat, fanga yangicha yondashuv uning metodologiyasini chuqur o'rganish talab etadi. Umumta'lim maktablarida esa, musiqa madaniyati darslarning asosiy maqsadi, o'quvchilarda musiqaga qiziqish uyg'otish vositasida musiqiy madaniyatini tarkib toptirish. Zero, kuy va ohang ta'sirida inson ezgulikka intilish, go'zallikni asrash, ona tabiatga, ona Vatanga muhabbat his-tuyg'ularini shakllantirib, ma'naviy dunyosini boyitadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O.Fayzieva boshqalar.«0'zbekistan maktablarida musiqiy nafosat tarbiyasini tashkil etish buyicha metodik qo'llanma». - Т.: «Navoiy azot» nashriyoti, 1992 y.
2. G.M.Sharipova. «Boshlang'ich sinflarda musiqa o'qitish uchun metodik qo'llanma». -Т .: RTM nashriyoti, 2001 yil.
3. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo'yicha sinf dasturi. (1-7 sinflar). - T., 1998. 2. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. Musiqa, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya. - T., 1999.
4. CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART
T. Ismailov; "Экономика и социум" №3(82) 2021 www.iupr.ru
5. "DEVELOPMENT OF VARIETY ART IN CHILDREN'S MUSIC AND ART SCHOOLS" T. Ismailov; "Образование и наука в XXI веке" (ISSN 2658-7998)
№A3- 20210329-77 29.03.2021.