Научная статья на тему 'MUSIQA DARSLARIDA O’QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH'

MUSIQA DARSLARIDA O’QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
154
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta'lim / daraxtlarni o'ylash / muhokama qilish / ta'lim faollashtirish / o'z-o'zini o'ylash / Training / tree thinking / discussing / education activates / self – thinking.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilorom Tursunovna Namozova

Ushbu maqola bir xil o'quv yurtlarini o'qitishni tashkil etish orqali mustaqil fikrlashni shakllantirishning to'rtta fikrlash uslublarini ochib beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING CREATIVE AND FREE THINKING OF STUDENTS IN MUSIC LESSONS

This article descries methods of formation of independent thinking four thinking through the organization of training unhinge educational institutions.

Текст научной работы на тему «MUSIQA DARSLARIDA O’QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH

Dilorom Tursunovna Namozova

Qo'qon davlat pedagogika instituti dnamozova@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola bir xil o'quv yurtlarini o'qitishni tashkil etish orqali mustaqil fikrlashni shakllantirishning to'rtta fikrlash uslublarini ochib beradi

Kalit so'zlar: Ta'lim, daraxtlarni o'ylash, muhokama qilish, ta'lim faollashtirish, o'z-o'zini o'ylash

ORGANIZING CREATIVE AND FREE THINKING OF STUDENTS IN MUSIC

LESSONS

Dilorom Tursunovna Namozova

Kokand State Pedagogical Institute dnamozova@mail .ru

ABSTRACT

This article descries methods of formation of independent thinking four thinking through the organization of training unhinge educational institutions.

Keywords: Training, tree thinking, discussing, education activates, self -thinking.

Jamiyatimizda, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va ma'naviy - ma'rifiy yo'nalishlar islohotini 1- Prezidentimiz I.A.Karimov asos solgan o'zbek modelini amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri: mustaqil fikrlovchi, erkin shaxs tafakkurini tarkib toptirishdan iboratdir.

Binobarin, shaxsning erkin tafakkurini shakllantirmay turib, demokratik, fuqarolik jamiyatini mustahkamlab bo'lmaydi. Ushbu ijtimoiy zaruriyat ta'lim tizimi oldiga shaxs tarbiyasi uning ongi, tafakkurini shakllantirishda katta ijtimoiy buyurtmani belgilagan. Demak, uzluksiz ta'lim tizimida shaxsning mustaqil, erkin tafakkurini shakllantirish jarayonining bosh maqsadlaridan biridir. SHunday ekan, talabalarning ijodiy tafakkurini shakllantirish murakkab jarayon bo'lib, u pedagogdan o'qituvchi -texnolog kasbiy sifati darajasiga erishishni talab qiladi.

Ta'lim - tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagog dastlab ta'lim - tarbiya mazmuniga, ilmiy, zamonaviyligiga, DTSga mosligiga e'tiborni qaratishi lozim.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishlar - qo'shimcha talim olishning asosiy formalaridan bo'lib, uning o'zaro xosligi shundaki, talabalar vaqtdan unumli foydalanishni, mustaqil, ishlash, qarorlar qabul qilishni o'rganadi.

Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishni tashkil etish va o'tkazishda shunday metodlar mavjudki, ular universal xarakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, o'yin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalar.

Guruhli - munozara - bu metod muammoli savollarni hamkorlikda muhokama etishda qatnashchilarni nazariy va amaliy, ijodiy qatnashchilarni talab etadi. Bunday metodlar masalaning echimiga turli tomonlardan qarashga mo'ljallanadi, masalani echimiga har bir ishtirokchi alohida fikr bildiradi va shular asosida qandaydir echimga olib kelinadi. Trener munozarani turli savollarni qo'yish asosida boshqaradi va ularni echim sari boshlaydi. Agar guruh azolari biror savolni o'rtaga tashlasalar, boshqaruvchisiz o'zlari echimni izlab topishlari ham mumkin.

Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirish qoidali tashkil etish bo'yicha munozara o'tkazish bilan boshlanishi, guruh deganda nimani tushuniladi, guruhning shakllanishi, qaysi kriteriyalar orqali shakllantiriladi kabi savollar muhokamasi bilan yakunlanishi mumkin. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishni samarali kechishi yangi ko'nikmalarni egallash, ijodiy, mustaqil faoliyatning rivojlanishiga olib keladi.

Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishda mustaqil ishlarni guruxlarda tashkil etishning o'ziga xosliklari mavjud.

- Bu shaklda talabalar guruhlarga bo'linib, har bir guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi.

- Har bir guruh alohida (yani bir xil yoki tabaqalashgan) topshiriqlar ustida ishlaydi.

- Topshiriq o'zaro muloqotga asoslanadi yoki biror etakchi rahbarligida tashkil etiladi.

- Guruhlarda topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg'ulot yakunida har bir ishtirokchi yoki guruh azosining qanchalik hissa qo'shganini hisobga olinadi.

Guruh tarkibi doimiy bo'lmasligi mumkin, ular shunday guruh azosiga o'zining maksimal hissasini qo'shish imkoniyati muhiti yaratiladi.

Guruhlar turli kattalikda shakllantirilishi mumkin. Odatda guruhlarda 4-6 nafar azo ishtirok etadi.

Uning tarkibiga beriladigan topshiriqlarning mazmuni va xarakteriga qarab o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Guruhni shunday shakllantirish kerakki, har bir guruh tarkibida mustaqil ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan talabalarning bo'lishi kutilgan natijalar beradi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

Guruhli mustaqil ishlarni tashkil etishda ayrim talabalarning individual yordamga muhtojliklari sezildi. Shunday vaziyatlarda o'qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmagan talabalarga yordam berib borishi maqsadga muvofiq.

Guruhli o'quv - biluv faoliyati labaratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, tabiiy fanlardan tashkil etilgan amaliyot, nutq tabiiy fanlardan tashkil etilgan amaliyot, nutq o'stirish mashg'ulotlari (dialog) matnlarni o'zlashtirish, tarixiy materiallarni o'rganishi va pedagogika darslarida juda qo'l keladi. Bu holatlarda guruhlarda o'zaro muloqot o'rnatish, mustaqil ishlash yaxshi natija beradi.

Guruhli o'quv - biluv faoliyati yana o'quv - mavzuviy konferensiyalar, munozara, mushoira, debat, savol-javob, ma lum mavzudagi kichik maruzalar, qo'shimcha mashg'ulotlar, o'quv dasturlaridan tashqari mavzularni o'rganishda ham juda qo'l keladi.

Bunday o'quv-biluv faoliyatida guruh azolari juda faollik ko'rsatadilar, o'z fikr, pozitsiyalarini himoya qilish ko'nikmalari shakllanadi. Guruhdagi hamkorlikdagi, kuchli talabalar kuchsiz talabaga yordam berish bilan ularni qo'llab quvvatlaydi, guruhda ham ijodkorlik vujudga keladi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishlar davomida mavjud bo'lgan yangi metodlar muhokama qilinadi, o'rganiladi, ko'nikmalar hosil qilinadi. O'zlari shu asosda mustaqil ishlash faoliyatini o'rganadilar.

REFERENCES

1. I.A.Karimov. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. Sharq. 1997

2. O'zbekiston Respublikasining "Talim to'g,risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" 1997yil.29 avgust.

3. O'.Q.Tolipov., M.Usmonxo'jaeva "Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari" T-"FAN" 2006 yil.

4. J.G\Yo'ldoshev., F.Yo'ldosheva., G.Yo'ldosheva "Interfaol talim -sifat kafolati" Toshkent-2008 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.