Научная статья на тему 'MUSIQA DARSLARIDA ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING MUSIQIY IDROKINI RIVOJLANTIRISH'

MUSIQA DARSLARIDA ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING MUSIQIY IDROKINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
160
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
idrok / ta’lim / musiqa / ohang / pedagogik texnologiyalar / nazariy asos / interaktiv usullar / o‘yin / motiv / suhbat / tafakkut / tinglash

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — E.Qobilova

Mazkur maqolada musiqa darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning idrokini rivojlantirishni pedagogik texnologiya asosida o‘qish va bilim olishning nazariy asoslari, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning musiqiy idroki rivojlantirish usullari misollar yordamida tushuntirilgan. Eshitish nuqsoni bo‘lgan bolalar eshitish idrokini rivojlantirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish zarurati interaktiv usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalar egallashda ahamiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA DARSLARIDA ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING MUSIQIY IDROKINI RIVOJLANTIRISH»

MUSIQA DARSLARIDA ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNING MUSIQIY IDROKINI RIVOJLANTIRISH

E.Qobilova Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqa darslarida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning idrokini rivojlantirishni pedagogik texnologiya asosida o'qish va bilim olishning nazariy asoslari, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning musiqiy idroki rivojlantirish usullari misollar yordamida tushuntirilgan. Eshitish nuqsoni bo'lgan bolalar eshitish idrokini rivojlantirishda ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish zarurati interaktiv usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko'nikmalar egallashda ahamiyatlari ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: idrok, ta'lim, musiqa, ohang, pedagogik texnologiyalar, nazariy asos, interaktiv usullar, o'yin, motiv, suhbat, tafakkut, tinglash

DEVELOPMENT OF MUSICAL PERCEPTION OF CHILDREN WITH HEARING DEFECT IN MUSIC LESSONS

E.Kobilova

Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article explains the theoretical foundations of learning and learning on the basis of pedagogical technology for the development of the perception of hearing-impaired children in music lessons, the methods of developing the musical perception of hearing-impaired children using examples. The need to use advanced pedagogical technologies in the development of auditory perception of children with hearing impairment, the effectiveness of interactive methods, their importance in acquiring the necessary knowledge and skills has been shown.

Keywords: perception, education, music, tone, pedagogical technologies, theoretical basis, interactive methods, game, motive, conversation, reflection, listening

Kirish. Ma'lumki, pedagogik texnologiya - bu butun o'qitish va bilimlarini o'zlashtirish jarayonida o'z oldiga ta'lim shakllarining samaradorligini oshirish vazifasini qo'yuvchi texnik hamda shaxs zaxiralari va ularning o'zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarini yaratish, qo'llash va belgilashning tizimli uslubidir. Pedagogik texnologiya o'qitishga o'ziga xos bo'lgan yangicha yondashuv (innovatsiya)dan iborat bo'lib, o'yin usullarini ta'lim tizimi, dars jarayonida tatbiq

etilishi muhim va sarnarali natija beradi. Yangi pedagogik texnologiyalarnï maxsus maktab ta'lim tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli usullardan foydalanish, o'zining samarasini bermokda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hozirgi kunda maxsus maktab uchun o'quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri "shaxs manfaati va ta'lim ustivorligi^'dir. Demak, O'zbekiston xalq ta'limi tizimida ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv masalasi o'rtaga tashlandi. Bu bilan barcha oliygohlarda, pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotini o'rganish va hayotga tadbiq etish ijtimoiy buyurtma sifatida keng pedagogik jamoa oldiga qo'yildi. Ushbu vazifalar, yangi pedagogik texnologiya asosida o'quv tarbiya jarayoni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Chunki pedagogik texnologiya ilmiy texnik taraqqiyoti va ta'lim texnologiyasining uzviyligini ta'minlaydi.

Adabiyotlar tahlili. "Yangi pedagogik texnologiya" bilimli bo'lishni, iste'dodni rag'batlantirishni nazarda tutgan, o'quv tarbiya jarayonini san'at, mahorat darajasiga kutarishga imkon yaratidagan, ta'lim sohasidagi barcha islohotlarning harakatlantiruvchi kuchidir. Professor N.Avliyoqulovning ta'biricha "Texnologiyani o'qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifalaridan biri hisoblanadi"2.

Shuni e'tirof etish joizki, "Yangi pedagogik texnologiyalar" termini hali standartlashtirilmagan, uning mohiyati ilmiy jihatdan to'liq ochib berilmagan mahsuli, taraqqiyot omili va ta'lim islohotlarining kuchi sifatida unga ta'riflar berilgan. Bu ta'riflarda ma'lum darajada pedagogik texnologiyaning mohiyati, mazmuni, uning davr bilan hamnafaslik tomonlari yechimini topa olgan. "Pedagogik texnologiya - bu, ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyatini hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib, o'qitish va bilish, o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir", olim T.Sakamoto fikricha "Pedagogik texnologiya-bu majmuli fikr yuritish metodini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuaga keltirishdir"3. Mazkur, yuqoridagi ikki ta'rif, shubxasiz tayanch so'zlar "tizimli yondashuv" va "majmuali yondashuv" asosiy, pedagogik texnologiya mazmunini anglatuvchi tayanch so'zlar bo'lib, ta'riflardagi boshqa barcha so'zlar tizim sifatida pedagogik texnologiya mohiyatini tavsiflaydi.

V.P.Bespalko ta'biricha: "Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi

1 O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida" gi Qonuni 29- dekabr 1997

2 Fayziyeva U., Nazarova D., Qodirova F. «Surdopedagogika» Malaka oshirish institutlari va pedagogika institutlari -Toshkent: «Sano-standart» 2012.

3 Fayziyeva U., Nazarova D., Qodirova F. «Surdopedagogika» Malaka oshirish institutlari va pedagogika institutlari -Toshkent: «Sano-standart» 2012.

RÏÏVBi^^Hl 386 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir pedagogik texnologiya pedagogik jarayonning shunday mexanizmlarining umumlashgan texnologik asboblari tarzida qayd etiladiki, unga inson salohiyatidan qat'iy nazar ushbu asboblar oldindan tuzilganligi va loyihalanganligi tufayli shaxsning shakllanish jarayonini kafolatlay oladi.

Rus olimlaridan biri B.M.Monaxov pedagogik texnologiya mohiyatini

".....avvaldan rejalashtirilgan maqsadlar asosida natijalarga olib boruvchi va

bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimi deb fikr yuritib, "Pedagogik texnologiya - bu o'quv jarayonining texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub'ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi" deb ta'riflaydi.

Tadqiqot metodologiyasi. Ta'lim maqsadini aniqlash o'quv biluv faoliyatini optimallashtirish nuqtai nazaridan ham pedagogik texnologiyaga ta'riflar berilgan. Shulardan biri I.Y.Lernerning ta'rifidir. Uning fikricha "Pedagogik texnologiya -o'quvchilar harakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali ishonchi anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi"4. Zero, maxsus ta'lim-tarbiyada kam kuch va vaqt sarflab yaxshi natijalarni tezroq qo'lga kiritish uchun barcha imkoniyatlar-texnik vositalar, o'qituvchi mahorati, o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi iqtidori, salohiyatini inobatga olish shu kunning talabidir.

Eshitish nuqsoni bo'lgan bolalar eshitish idrokini rivojlantirishda ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish zarurati interaktiv usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko'nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini dalillamoqda.

Ta'limni motivlash o'quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki bu vazifani bajarishga qiziqish uyg'otadi. Zaif eshituvchi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, ularning yangi materialni o'rganishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta'minlovchi ta'lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir.

Hozirgi vaqtda zaif eshituvchi bolalarning nutqini o'zaro muloqotlar orqali rivojlantirish va eshitish idrokini rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga olgan holda o'qituvchi va o'quvchilar guruhi (o'qituvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'quvchi) faoliyat ko'rsatishlari zarurligi ma'lum. Chunki guruhdagi faoliyatlar o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'zaro muloqot zaif eshituvchi bolalarda fikr almashish va so'zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi.

Zaif eshituvchi bolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni amalga oshirish eshitish idrokini rivojlantirishda interfaol

4 Fayziyeva U., Nazarova D., Qodirova F. «Surdopedagogika» Malaka oshirish institutlari va pedagogika institutlari -Toshkent: «Sano-standart» 2012.

o'yinlarning ahamiyati katta. Ma'lumki, rolli o'yinlar ob'ektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta'lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o'yinlar zaif eshituvchi bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O'yin o'quvchilarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta'lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini hosil qilishda mashg'ulotlarni yosh hususiyatlariga muvofiq o'yin tariqasida uyushtirishga e'tibor berilmokda. Haqiqatan ham, bola har kanday mashg'ulotga qaraganda, o'yinga tez intiladi va qiziqadi.

Rollarga asoslangan o'yin ta'lim usuli sifatida o'quvchilarni uyushtiradi va bilim imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli o'yinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga nimanidir aytishi, so'rashi, isbot qilishi, tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. Dialogdan farqli ravishda, rolli o'yinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad, sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday qilib, o'yinda qatnashayotgan o'quvchilarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi. O'quvchilar o'yin jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshi nutqini labidan, imo-ishoralaridan o'qish, savollar berish, savollarga javob berish kabi malakalarni egallaydilar.

O'quvchilar o'yinni aniq maqsadga yo'naltirgan holda amalga oshirsa, kutilgan natijaga erishishi mumkin.

Tahlil va natijalar. Rolli o'yin o'quvchilar guruhi tomonidan qiziqib qabul qilingan, ularga tanish bo'lishi kerak. Oldindan har bir obrazni izohlab berish lozim. O'quvchi o'yin jarayonida ikkilamchi darajali rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas. Chunki bu holda rolli-o'yin ta'limning an'anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. Muloqotda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni o'yin jarayonida emas, balki undan keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini rivojlantirish davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi usullarni qo'llash muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarni yangi material bilan tanishtirishda, oldin o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so'z boyligini oshirish va tafakkurini rivojlantirishda didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin. O'quvchilarga individual yondoshib, mos topshiriq berish ularning qobiliyatini o'stirishni ta'minlaydi. O'quvchilar diqqatini topshiriqning eng muhim va murakkabroq jihatlariga qaratish, ularni belgilariga qiziqishlarini oshirish joiz. Bu ulardagi ijodkorlik xususiyatlarini rivojlantiradi. Ta'kidlash joizki, soddalik, bir xillik, xohishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, befarq qilib qo'yadi. O'yin davomida «Kim tez bajaradi?» - deb faolliklarini oshirish ularda qiziqish uyg'otadi. Shuningdek, topshiriqlarni bajarishda bolalar g'olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini ko'rsatish hissi bilan harakat qiladilar.

Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar eshitish idrokini rivojlantirishda, o'zaro bog'lik gaplardan matn tuzish malakasini hosil qilish, erkin fikr yuritish,

munosabatini bemalol bayon qilishga o'rgatish uchun R.Djonson, D. Djonson usuli uch-to'rt o'quvchining bir vazifani bajarishga asoslangan usul-nihoyatda samaralidir.

Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar eshituv idrokini rivojlantirish jarayonida quyidagi usul ijobiy natija beradi: «1» dan «10» gacha raqam yozilgan qog'oz bo'laklari o'qituvchi stoliga qo'yiladi yoki qo'lida bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilariga «omadini sinab ko'rishini taklif etadi. Qaysi o'quvchiga necha rakami chiqsa, shunga sodda gap tuzish kerak. Muhimi, ikki va undan katta raqam chiqqan bo'lsa, mazmunan o'zaro bog'lik matn tuzish kerak. Mavzu erkin. O'quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar tashigan ma'no xususiyatlari ham aniqlanishi zarur.

Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar eshituv idrokini rivojlantirishda klaster metodi unumli ekanligini alohida ta'kidlab o'tish zarur. Klaster metodi umuman bir tushunchaga oid turli tushunchalarni birlashtirib tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Masalan, o'kuvchilarga muayyan tushunchani berib, uning sifatlovchilarini aniqlash topshirilishi mumkin. «O'zbekiston qanday davlat?» so'rog'i «mustaqil», «boy», «xuquqiy», «buyuk», «ilg'or», «yetakchi», «demokratik), «obod» kabi sifatlarni birlashtiradi. Bu so'zlar, shuningdek, tuzilishiga ko'ra ham guruxlashtirilishi mumkin. Yoki o'kuvchilarga tanish bo'lgan asar, teatr, kino, multfilm qahramonlarini sifatlash topshiriladi. Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagi kahramoni Zumradga shunday ta'riflar berish mumkin; «jabridiyda», «bardoshli», «chidamli», «kuchli», «ishonuvchan», «mehribon», «go'zal», «g'amxo'r». Bu ta'riflarning nechog'li asosli yoki asossiz ekanligi dars jarayonida baxs munozara vositasida aniqlanadi.

Biror so'zning har bir tovushi uchun alohida so'z topish taklif qilinadi. Masalan, «odob», «oy», «do'st», «oyna», «bosh» kabi.

O'qituvchining topshirig'i bo'yicha bir o'quvchi yig'ma polotnoga boshqa bolalar esa stolning chap tomoniga olma rasmini, o'ng tomoniga pomidor yoki meva-sabzavotlarining rasmini qo'yadidar. Ular shu narsalarga daxldor sifatlarni daktil harflar yordamida og'zaki talaffuz qiladilar. Masalan, «olma» - «shirin», «nordon», «cho'zinchoq», «qizil», «sariq», «dumaloq». Pomidor - «nordon», «qizil», «dumaloq», «cho'zinchoq».

So'ngra meva-sabzavotlarning belgi-xususiyatlarini solishtirib o'xshash va farqli jihatlarini topadilar.

O'qituvchi: «Tun» - deganda, o'kuvchilar ko'zlarini yumadilar.

«Kun» - deganda, ko'zlarni ochib, javob beradilar. Ma'lum bir narsaning belgisini, xossasini aniqlash vazifasini beradi. Masalan, «Xushbo'y gul», «oq gul», «chiroyli gul», «qizil gul», «sun'iy gul» va hokazo.

O'qituvchi bu ko'rinishdagi o'yin jarayonini tashkil etishda o'z faoliyatini rejaga va qo'yilgan maqsadga muvofiq olib borishi kerak. U mashg'ulotga tayyorlanishi, jarayonida oldindan zarur didaktik materiallarni tayyorlashi, o'yinni uyushtirishni nazorat qilishi, yakunlash, baholash va rag'batlantirish kabi barcha

tadbirlarni belgilab olishi lozim.O'yinlarning ta'limiy resurslarini anglash, bolalarning fizik, psixik va shaxsiy rivojlanishidagi kamchiliklarni diagostika profilaktika va korreksiya qilish maqsadida o'yinlarda o'yinlardan to'g'ri foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lish maktabgacha ta'lim muassasalarining ta'im jarayonida o'yinli korreksion rivojlantiruvchi texnologiyalardan foydalanish asosida yotadi. Quyida eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda eshituv idrokini rivojlantirishga oid interfaol o'yinlardan namuna keltiramiz:

Bu o'yin metodi "O'z o'rniga qoying". eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ijobiy natija beradi. Mazkur jadvaldagi bo'g'inlarni o'z o'rniga qo'ysangiz interfaol o'qitish shakllari nomi kelib chiqadi.Harakat qilib ko'ring va interfaol ta'lim shakli to'g'risida fikr yuriting.

jufit

viy

a i

mo

"Diqqat qildim, diqqat qilaman, diqqat qilmoqchiman" strategiyasi Maqsadi Eshituv diqqatini rivojlantirishga qaratilgan. Bolalarda eshituv diqqatini bir nuqtaga to'play olish. Bolalarni tovushga taqlid qilishni, eshitib qaysi o'yinchoq shunaqa ovoz chiqarishni aniqlashga o'rgatish

Qo'llanishi: Surdopedogog oldindan tayyorlab qo'ygan o'yinchoqni bittadan olib uni bolalarga ko'rsatadi. So'ngra ovoziga taqlid qiladi va bolalardan bu qaysi hayvon ovozi ekanligini so'raydi. O'yinchoqni yashirgan joydan olib ko'rsatishdan oldin, o'yinchoqni ovozini chiqaradi va bolalardan:

-Topinglar-chi, hozir bizga qaysi xayvon mehmon bo'lib keladi?-deb so'raydi. So'ngra surdopedogog bir bolaga boshqa xonaga o'tib, xona eshigini bir oz ochib qo'ygan xolda birma-bir hayvonlarning ovoziga taqlid qilishini aytadi. Boshqa bolalar esa u qaysi hayvonning ovozi ekanligini topadilar.

O'yinni 5-6 marta takrorlash mumkin.Bolalarning diqqat bilan eshitishlarini kuzatib turish kerak.

"Izla, top !" strategiyasi

Maqsadi: Bolalarda tovush yo'nalishini aniqlay olishga o'rgatish, fazoviy mo'ljal olishni rivojlantirish. Bolalarda ma'lum ob'ektga eshituv diqqatini to'play olish malakasini tarbiyalash.

Qo'llanishi: Bolalar aylana shaklida o'tirishadi. Surdopedogog o'yin boshlovchisini tanlaydi. Boshlovchi o'rtada (doira markazida) turadi. Surdopedogogning signali bilan boshlovchi ko'zini yumadi. Shu vaqt surdopedogog

bolalardan birontasiga qo'ngiroqni beradi va chalishni taklif etadi. Boshlovchi ko'zini ochmay, qo'ngiroq ovozi kelayotgan tomonni qo'li bilan ko'rsatadi. Agar bola tovush kelayotgan tomonni to'g'rii ko'rsatsa, surdopedogog "bo'ldi" deb aytadi. O'yin boshlovchisi ko'zini ochadi, qo'ngiroqni chalgan bola esa qo'ng'irokni yuqoriga ko'tarib,uni ko'rsatadi. Agar o'yin boshlovchisi adashsa, yana bir marta ko'ngirok ovozi qaerdan kelayotganini topish taklif etiladi. Keyin boshka o'yin boshlovchisi tayinlanadi.

O'yin 3-5 minut takrorlanadi. O'yin boshlovchi o'yin vaqtida ko'zini ochmasligi kerak, buni kuzatib borish lozim. O'yin boshlovchi tovush kelayotgan tomonni qo'li bilan ko'rsatib shu tomonga burilishi kerak.

Xulosa. Zamonaviy surdopedagogikaga oid adabiyotlar tahlili hamda o'rganuvchi tadqiqotimiz zaif eshituvchi bolalar ta'lim-tarbiyasini amalga oshirishda, uni takomillashtirish masalasini hal qilishda eshitish idrokini rej a asosida shakllantirish jarayoni markaziy o'rinni egallashi lozimligini yana bir bor isbotladi O'quvchilar eshitish idrokini ko'rsatkichlarining qoniqarsiz darajada ekanligi pedagoglarning kasbiy salohiyati darajasini aniqlash hamda eshitish idrokini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini ifodaladi. Zaif eshituvchi bolalarning eshitish idrokini rivojlantirish, ularning yangi materialni o'rganishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta'minlovchi pedagogik texnologiyalar kuchli motivlashtiruvchi omildir. Maxsus ta'lim tizimidagi o'quv-korreksion jarayoni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish eshitishda nuqsoni bo'lgan va zaif eshituvchi bolalar eshitish idrokini rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Zero, bu metodlar samarali va effektiv metod ekanligi tajribalarda o'z isbotini topmoqda. Ayni paytda har bir surdopedogog pedagogik texnologiyalarga ijodiy yondashish kerakligini ta'kidlab o'tish joiz. Eshitish idrokini rivojlanish darajasini, aniqlashga yo'naltirilgan metodika asosida taxlil natijalari eshitish nuqsoni bo'lgan bolalar eshitish idrokini rivojlantirishda ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish zarurati interaktiv usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko'nikmalar egallashda ahamiyatli ekaniligini isbotladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston PF-da harakatlanish harakati"F-4947-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yana yordam va takomil boshqarishga doir-tadbirlar" gi Qarori. 2017 yil 31-may №PQ-3022. "Xalq so'zi" gazetasi 1 iyun, 2017 y.

3. Sh.M.Mirziyoev. huquq barqarorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq xalqligining garovi. T.: "O'zbekiston", 2017

4. E.Qobilova The role of a music teacher in the process of educating Children's moral feelings Scopus(International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.240 ISSN: 1308-5581 V0ol 14, Issue 06 2022

5. E.Qobilova Classical music and youth education Impact factor((Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities ISSN: 2249-7315 Vol. 12, Issue 09, September 2022 SJIF 2022 = 8.625 A peer reviewed journal)

6. E.Qobilova Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience Impact factor(ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)

7. E.Qobilova Educationsinificance of teaching the history of Turkish Art and culture to students Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Volume 12. 02 february 2023

8. E.Qobilova Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience Impact factor(ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)

9. E.Qobilova Technologies of forming musical creativity of school children Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Volume 12. 02 february 2023

10. E.Qobilova The role of Azerbaijan classical music of forming the virtue of internationality in students Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Vol 12. 2 february 2023.

11. E.Qobilova. Forming a sense of internationality in students through the traditional music of Azerbaijan.IBAST issn;2750-3402/volume 3,isseue10 oktober.

12. Maktabgacha tarbiya yoshidagi zaif eshituvchi bolalami o'qitish va tarbiyalash dasturi. Tuzuvchi: Rasulova N.A. - Toshkent: RO'MM, 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.