Научная статья на тему 'MUQADDAS MANBALARDA SAXIYLIK VA XASISLIKNING TALQINI'

MUQADDAS MANBALARDA SAXIYLIK VA XASISLIKNING TALQINI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

475
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUQADDAS MANBALARDA SAXIYLIK VA XASISLIKNING TALQINI»

MUQADDAS MANBALARDA SAXIYLIK VA XASISLIKNING TALQINI

Ziyodullaevna Jo'rakulova Dildora

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi

Psixologiyada bir qator shaxs qadriyatlari tadqiq etilganligiga qaramay, aynan shaxsning shakllanishida saxiylik va xasislik sifatlarining o'rni, shakllanish mexanizmlarini o'rganish psixologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Jahonda shaxs ontogenetik taraqqiyotida axloqiy tushunchalarni shakllantirish, xususan saxiylikni namoyon bo'lishiga asoslangan xulq-atvor ko'nikmalarini rivojlantirish uchun keng ko'lamdagi dasturiy chora-tadbirlar tatbiq etilgan. Jumladan, 2010 yildan boshlab Charities Aid Foundation (CAF) ingliz kompaniyasi tomonidan dunyoning 153 mamlakati orasida saxiylik darajasi indeksi (World Giving Index) aniqlanib kelinmoqda. Mazkur indeks quyidagi uch mezon asosida aniqlanadi: notanish insonga yordam berish chastotasi, xayriya tashkilotlarining faoliyati, aholining volontyorlik faoliyatidagi faolligi. "World Giving Index"i bo'yicha 2021 yilning iyun oyida e'lon qilingan reyting bo'yicha O'zbekiston 29-o'rinni egallagan [2].

Bundan tashqari, 2012 yilning 29 noyabridan boshlab 100 ga yaqin dunyo mamlakatlarida "Saxiy seshanba"2 rukni ostida Xalqaro xayriya tashkil etilib kelinmoqda. Mazkur xayriya doirasida minglab insonlar saxiylikning misli ko'rilmagan ijobiy tomonlarini aholi orasida ham targ'ib qiladilar, ham shaxsiy namuna ko'rsatadilar. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan dunyo davlatlari bilan istiqbolli hamkorlik rejalarini tuzishda ham shaxsning har tomonlama yetuk barkamol avlod bo'lib voyaga yetishi uchun zarur bo'lgan kompetensiyalarni tarbiyalash masalalari bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon ilmiy tadqiqot muassasalari va markazlarida shaxslararo munosabatlar masalalarini takomillashtirish, bolalarda ilk yoshdanoq saxiylikni shakllantirish, bola - bola munosabatlarida xasislikni korreksiya qilish, saxiylikning shaxs kamolotidagi o'rni muammolarini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Xususan, bu tadqiqotlarda oilaviy tarbiya uslubining bolalarda xasislik va saxiylik shakllanishiga ta'siri, yolg'iz farzandlarning xasisligi, oilada bolaga muhabbat va iliq tuyg'ularning yo'qligi, aka-uka yoki opa-singillar o'rtasidagi hasad, bolaning tengdoshlari bilan munosabatlar qurishga qodir emasligi, emotsional intellektning

May 21

191

pastligi va boshqa sabablar xasislikni keltirib chiqaruvchi omillar masalalarini o'rganishga e'tibor berilmoqda. Sharq allomalarning bola ma'naviy rivojlanishi, tarbiyasi borasidagi fikrlari bugungi kunda ham ahamiyatini yo'qotmagan. Jumladan, Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Jaloliddin Davoniyning «Bola tarbiyasi haqida», Kaykovusning «Qobusnoma», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlardagi odob-axloq va yoshlar tarbiyasiga bag'ishlangan chuqur pedagogik-psixologik qarashlari bugungi kunda ham yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlashda insoniyat va jamiyatga nisbatan turli ezgu ishlarni amalga oshirishga undovchi muhim kuch hisoblanadi.

Islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan "Qur'oni Karim", "Hadisi-sharif'larda ham inson tarbiyasi, odob-axloq, vijdon, iymon, e'tiqod to'g'risida g'oyat qimmatli fikr-mulohazalar bildiriladi. Alloh taolo o'zining kalomi Qur'oni karimning Baqara surasi, 215- oyatida quyidagicha marhamat qiladi: "Sendan nimani nafaqa qilishni so'rarlar. "Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlarga bo'lsin. Qanday yaxshilik qilgan bo'lsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir", deb ayt" [5]. Ya'ni, Alloh qilinadigan barcha sadaqa va yaxshiliklar eng yaqin odamlardan: ota-ona, qarindosh-urug'lardan boshlab, keyin yetimlarga va muhtoj odamlar hamda musofirlarga qilinishi kerakligini buyuryapti va Alloh bizga shuni eslatyaptiki, nimaiki yaxshi amal qilsak (kichik yoki katta), Alloh, albatta, bu narsani biladi va bunga mukofot muqarrardir (shu shart bilanki: agar qilingan amal faqat Allohning roziligi uchun bajarilgan va Payg'ambarimiz (s.a.v) ko'rsatgan sunnatlariga muvofiq bo'lsa.

Xasislik mo'min-musulmonlarga xos bo'lmagan xislatdir. Alloh nazdida xasis kimsalarning darajasi qanday? Niso surasining 37 va 38- oyatlarida Alloh taolo shunday marhamat qiladi: "Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O'z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz. Ular mollarini kishilar ko'rishi uchun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton bo'lsa, u qanday ham yomon yaqin!" [6]. Ushbu oyatlarda Alloh taolo xasis odamlarning noshukr ekanliklarini namoyon qilyapti. Payg'ambarimiz (s.a.v): "Xasislikdan (qizg'anchiqlikdan)da jiddiyroq xastalik bormi?", deganlar [6]. Xasis odam nafaqat o'zi, balki boshqa odamlarni ham xasislikka da'vat qiladi va Alloh bergan ne'matlariga noshukrlik qilib, ularni berkitishga harakat qiladi (ya'ni, yeb-ichishda, kiyinishda va boshqalarga yordam berishga kelganda, xuddi uning puli yo'qdek o'zini ko'rsatadi va bor boyliklarini berkitadi). O'z pullarini sarf qiladigan, lekin uni Alloh roziligi

May 21

192

uchun emas, balki odamlaming maqtashlari uchun (riyo qilib) sarf qiladigan odamlar haqida so'zlayapti. Bunday odamlar o'z mol-mulklarini jamiyatda saxiy va boy deb nom chiqarish uchun sarf qiladilar. Ular shaytonning hiyla va makriga uchragan va Allohning emas, balki shaytonning aytganini qilgan odamlardir.

"Qur'oni Karim" da yaxshilikning foydasi - uni qiluvchining o'ziga qaytishi bayon qilinadi: «Agar chiroyli amallarni qilsangizlar, o'zingizga yaxshilik qilgan bo'lursizlar» deydi (Isro surasi, 7-oyat) [4]. Alloh taolo muhsin bandalarini sevishini bayon etib, "Oli Imron" surasining 134-oyatida: "Ular (taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr-cadaqa qiladigan, g'azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) kechiradiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar", deb marhamat qilgan bo'lsa, shu suraning 92 - oyatida shunday marhamat qiladi: "Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha, sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir" [3]. Mo'min banda saxovat bilan rizqim kamayib qolmaydi, balki baraka kiradi, deb ishongan holda saxovat ko'rsatishi shart. Chunki, Alloh taolo varasuli (sallallohu alayhi va sallam)ning va'dalariga ishonadi. Alloh taolo aytadi: "Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir" (Saba' surasi, 39 oyat) [6]. Payg'ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) esa: "Jonim izmida bo'lgan Zotga qasam, sadaqa bilan mol kamaymaydi", deganlar (Imom Termiziy rivoyati) [3]. Qolaversa, saxovatning fazilati uning ko'p yoki ozligi bilan belgilanmaydi. Boy sadaqa qilgan yuz ming so'm pulning savobi bilan kambag'al bergan ming so'm pulning savobi bir xil bo'lishi mumkin. Chunki har ikkisi o'z imkoniyatidan kelib chiqyapti. Ehsonning savobi ixlos-e'tiqodga ko'radir.

Hazrat Jobir (raziyallohu anhu) aytadilar: "Bizga Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) xutba qilib aytdilar: "Ey insonlar! O'lishingizdan oldin Allohga tavba qilingiz, mashg'ul bo'lib qolishdan oldin yaxshi amallarni qilishga shoshilinglar, sizlarning va Rabbilaringizning orasidagi narsani (ya'ni, mag'firatni) u zotni ko'p zikr qilish bilan o'zlaringizga vasila qilinglar! Oshkor va pinhon sadaqa berishni ko'paytiringlar, shunda sizlar rizqlanasizlar, muzaffar bo'lasizlar va quvvatlanasizlar" (Ibn Moja rivoyati). Biz yaxshi bilishimiz kerakki, saxovat dunyoda ham baraka keltiradi, oxiratda ham ulkan ajrlarga sabab bo'ladi. Oyisha raziyallohu anhodan rivoyat

May 21

193

qilinadi: Payg'ambar sallallohu alayhi va sallam: "Saxiylik bir daraxtdir, uning tomirlari jannatda, shoxlari esa dunyoga tushgandir. Kim uning bir shoxiga osilsa, uni jannatga olib boradi. Baxillik ham bir daraxtdir, uning tomirlari do'zaxda va shoxlari dunyoga tushgan. Kim uning bir shoxiga osilsa, uni do'zaxga olib boradi" dedi^ [5].

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Bandalar tong ottirgan kun borki, unda ikki farishta tushib, ulardan biri: "Allohim! Infoq qiluvchiga evaz bergin" deydi, ikkinchisi: "Allohim! Mumsikka (badnafs, baxilga) talafot bergin", deydi" [1]. Saxovatpesha bo'lish eng oliy fazilatdir. Zero, bandaning rizqiga baraka kirishi, ziyon-zahmatlardan omonda bo'lishi va rizqining hamda umrining ziyoda bo'lishida aynan uning o'mi beqiyos. Hadisi qudsiyda Alloh taolo: "Ey odam bolasi, ehson qil! Shunda Men ham senga ehson qilaman", - deb marhamat qilgan. Demak, inson aslida yeganing emas, berganing seniki bo'ladi. Chunki, qiyomat kunida Alloh sadaqa qilingan molning ajrini ziyoda qilib qaytaradi. Bermay o'zi yegan mol-mulkni esa hisob kitobini qiladi", degan aqidaga ko'ra hayot kechirishi shart [5]. Abu Zarr G'iforiy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eng afzal sadaqa haqida so'rashdi. Shunda u zot: "Muhtojga maxfiy qilinganidir", - dedilar va quyidagi oyatni o'qidilar "Sadaqalaringizni oshkora bersangiz, qandoq ham yaxshi. Agar

kambag'allaTga pinhona bersangiz, o'zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o'tar Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir"(Baqara surasi, 271 - oyat) (Imom Ahmad rivoyati) [5].

Xayru saxovat insonlar o'rtasida mehr-muhabbat va oqibat rishtalarini bog'lashga, o'zaгo hurmat va totuvlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Qilinadigan xayru ehsonning ko'pi va ozida chegara yo'q. Bor boricha, yo'q holicha ehson qilsa, uning himmatiga yarasha Yaratgan o'z xazinasidan ajr-mukofot ato etadi. Zero, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "O'zlaringiz va o'liklaringiz uchun bir qultum suv bilan bo'lsa ham sadaqa qilinglar! Agar bunga qodir bo'lmasangiz, Allohning Kitobidan bo'lgan bir oyat bilan, ya'ni, uni o'qingla^ unga amal qilinglar, boshqalarga ham yetkazinglar. Bas, agar bunga ham qodir bo'lmasangiz, rahmat va mag'firat so'rab, Allohga duo qilinglar! Chunki U zot duoni ijobat qilishga va'da bergandir" [5]. Saxiylik — hammaga ma'lumki, xasislik illatining aksi, aniqrog'i, kishining o'zida borini birovdan ayamasligiga asoslangan fazilat. Zubayr ibn Avvom rivoyat qiladi: Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:

May 21

194

"Ey Zubayr! Alloh taolo aytadi: "Infoq-ehson qilsang, Men ham senga ehson qilaman; bersang, Men ham senga beraman; qissang, Men ham senga qisaman. Tilantirsang (yalintirsang), Men ham seni tilantiraman (yalintiraman). Rizq eshigi yetti osmondan Arshga qadar ochiqdir, kechayu kunduz yopilmaydi" [5].

Alloh taolo rizqni har bir kishiga uning niyati, bergan hadyasi, sadaqasi va infoq-ehsoniga yarasha tushiradi, kim ko'paytirsa, ko'paytiradi, kim ozaytirsa, ozaytiradi, kim qissa, qisadi. "Ey Zubayr, yeb-ich va boshqalarni ham yedirib-ichir... Alloh taolo infoqni yaxshi ko'radi, xasislikni yomon ko'radi. Saxovat aniq ishonchdan, baxillik gumon (ishonchsizlik)-dan bo'ladi, ishonchi komil (imonli) odam do'zaxga kirmaydi, gumon qilgan esa jannatga kirmaydi. Ey Zubayr, Alloh taolo saxiylik qilishni, bir bo'lak xurmo bilan bo'lsa ham saxovat ko'rsatishni yaxshi ko'radi..." (Hakim Termiziy, "Navodirul usul") [3].

Totuvlikning asosiy omillaridan biri saxiylikdir. Kimgadir muruvvat ko'rsatish, shu yo'l bilan savob olish insoniylikning bosh mezonlaridandir. Haqiqiy obro' uchun boylik asos bo'lolmaydi. Aksincha, insonning martabasini saxiylik ulug' qiladi, oxiratda yuqori darajaga etishiga sabab bo'ladi. Alloh taolo bunday insonlarning gunohlarini kechishi hadisda aytilgan. Payg'ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam)ning hadislaridan birida aytiladi: "Kimki bir mo'minni shu dunyodagi biror tashvishidan xalos etsa, Alloh uni oxiratdagi tashvishlaridan xalos etadi. Kimki bechorahol kishiga yordam bersa, Alloh unga ikki dunyoda yordam beradi. Kimki bir mo'minning aybini yopsa, Alloh uning ikki dunyodagi ayblarini yopadi. Banda birovning yordami uchun harakat qilar ekan, Alloh ham uning yordamida bo'laveradi" (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyati) [3].

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Islom dinining muqqadas manbaalarida saxiylik ulug'lanib, bu amallarni bajarganlar ma'nan va ruhan yetuk shaxslar hisoblanadi, xasislik esa inson ziynatini yo'q qiluvchi xususiyat ekanligi ta'kidlanadi. Qolaversa, muqaddas manbalarimizda xulq-odob haqidagi hadislarda eng ezgu insoniy xislatlar iffat, sabr-qanoat, muruvvat, shukronalik, saxiylik kabi axloqiy xususiyatlar ulug'lanib, nafs, qanoatsizlik, yovuzlik, xasislik inson kuchsizligini namoyon bo'lishini ko'rsatuvchi xislat ekanligi namoyon bo'ladi. Ushbu muqaddas manbaalardan yoshlarga ta'lim- tarbiya berish jarayonida keng foydalanish, ularda saxiylik, mehr - oqibatlilik kabi xususiyatlarni shakllantirishda mustaxkam zamin yaratadi.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

REFERENCES

1. Beruniy A.R. Ruhiyat va ta'lim - tarbiya xaqida. - T.: O'qituvchi. 1992. B.

2.Vsemirniy indeks blagotvoritelnosti. Gumanitarntie texnologii. Analiticheskiy portal (murojaat holati 2021 yil 15 dekabr).

3. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. -Qohira: Dor ar-rayyon, 1988. 2 jildlik. - 700,

4. Xoshimov K, Nishonova S. Pedagogika tarixi. - T.: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. B. 87-89.

5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Qur'oni Karim: tafsiri hilol. Ma'nolar tarjimasi 7-juz. T.: "Sharq" nashriyoti. 2008 y.

6. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va b. Oltin silsilasi - Sahihi muslim 1-juz. T.: "Hilol nashri". 2019 y. 672 b.

55-57.

720 b.

May 21

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.