Научная статья на тему 'MULTIMEDIALI TARMOQLAR UCHUN XIZMATLARNI TA’MINLASH'

MULTIMEDIALI TARMOQLAR UCHUN XIZMATLARNI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
534
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
abonent / manzil / kanallar kommutasiyasi / tranzit / kadr / trafik / sarlavha.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov

Ushbu maqolada multimediali aloqa tarmoqlarda uzatilayotgan ma’lumot turi, axborotlar almashish turi, mijozning ulanishi va mijoz turiga nisbatan xizmatlarining sinflash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Intellektual xizmatlarni taqdim etish, xosting xizmati, telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar, ma’lumot uzatish xizmatlarini ta’minlash usullari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MULTIMEDIALI TARMOQLAR UCHUN XIZMATLARNI TA’MINLASH»

O.O. Olimov, Sh. Yu. Djabbarov

MULTIMEDIALI TARMOQLAR UCHUN XIZMATLARNI

TA'MINLASH

Ushbu maqolada multimedial aloqa tarmoqlarda uzatilayotgan ma 'lumot turi, axborotlar almashish turi, mijozning ulanishi va mijoz turiga nisbatan xizmatlarining sinflash usullari to 'g 'risida ma 'lumotlar keltirilgan. Intellektual xizmatlarni taqdim etish, xosting xizmati, telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar, ma 'lumot uzatish xizmatlarini ta 'minlash usullari keltirilgan.

Kalit so 'zlar: abonent, manzil, kanallar kommutasiyasi, tranzit, kadr, trafik, sarlavha.

Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko'pincha bir darajali prinsip bo'yicha sinflanadi va bunday xizmatlarning ro'yxatlarini IP, VPN (Virtual Private Network), DSL (Digital Subscriber Line), telefon aloqalarini ko'rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo'lmagan sinflanishi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muommolarga olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarini ko'p o'lchamli tuzilishini ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga asoslanib, sinflash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ularning asosiylari muhimlik darajasi bo'yicha quyida keltirilgan:

- uzatilayotgan axborot turi tartibi bo'yicha xizmatlar sinflanishi (kontenti);

- mijozning xizmatga ulanishini ta'minlash usuli bo'yicha xizmatlarning sinflanishi;

- mijoz turi bo'yicha xizmat sinflanishi;

- axborot almashish turi bo'yicha xizmatlar sinflanishi.

Yuqorida keltirib o 'tilgan sinflanishlardan tashqari, xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar bo'yicha bo'lib chiqish mumkin:

- tadbiq etish va muhimlik darajasi bo'yicha - asosiy va qo'shimcha xizmatlar, bunda ko'rsatilgan qo'shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo'lgandagina mavjud bo'ladi;

- marketing funksiyasi bo'yicha - foyda olish uchun qaratilgan xizmatlar va mijozlarning e'tiborini o'ziga tortishga qaratilgan xizmatlar (bunda mij ozlarni e 'tiborini qaratish usuli bilan mij ozlarni xizmatlardan foydalanishi hisobiga foyda olinadi).

Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni sinflash asosiy hisoblanadi. Biroq sinflashining boshqa usullari ham kerakli hisoblanadi. Chunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini ajratib beradi. Bunda u uning qo'llanilish sohalarini aniq ko'rsatib beradi.

Uzatilayotgan ma'lumot turiga qarab xizmatlarni sinflash (Kontenent). Ushbu usul bilan mos ravishda xizmatlarni sinflanishi quyidagilarga bo'linadi:

- telefon (va videotelefon) xizmatlari;

- ma'lumot uzatish xizmatlari;

- keng eshittirishli xizmatlar;

- ajratilgan kanallar xizmatlari (uzatilayotgan ma'lumotlar turiga umuman bog'liq bo'lmagan xizmatlar);

- infrastrukturali xizmatlar.

Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushinish mumkin. Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida boshqa huddi shunday mijozlar bilan interaktiv rejimda o'zaro munosabatda bo'ladigan individual mijozlar bo'lishi mumkin. Bu xizmatlar o'z navbatida belgilangan va uyali telefon aloqasi xizmatlariga bo'linishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ushbu turdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video uzatish hizmat turi ajralib chiqmoqda. Bunda bu xizmatlarning asosiy turlaridan biri bu videokonferens aloqa hisoblanadi.

Hozirda sodir bo'layotgan tarmoqlarning konvergensiyasi telefon va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi chegara unchalik ajratilmaydi. Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallarni kommutasiyasi bilan bog'liq.

Ma'lumotlar yetkazib berish xizmati o'z navbatida IP (Internet Pratacol), ATM (Asynchronous Transfer Mode), Frame Relay (FR), X.25 va boshqa shu kabi xizmatlarga bo'linadi. Bular abonentni kommutasiya bilan bog'lab beradigan paketlar sarlavhasini tahlil qilish asosidagi protokollarga bog'liqligi bilan farqlanadi. Hisob kitoblar uzatiladigan trafikdan kelib chiqqan xolda, bilvosita yoki bevosita xizmat ko'rsatish darajasi bo'yicha

© O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov, 2022.

muvofiqlik asosida yoki kanal sig'imi va uni ishlatish vaqtlarga bog'liq uzatilayotgan trafikdan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Agar xizmat ko'rsatishda ko'p protokolli ma'lumot uzatishdan foydalanilganda va tarmoqda ko'p turdagi trafik mavjud bo'lganda xizmat turini aniqlash oson bo'lmaydi, ya'ni ulardan o'tayotgan trafik qismini belgilash oson bo'lmaydi. Bularni IP - paketlari, ATM - yacheykalari, FR va X.25 kadrlar asosida hisoblash oson bo'ladi. Bu hisoblashlarning natijalarini foydalanuvchiga ishlatgan pul qiymati sifatida uzatiladi. Keng eshittirishli xizmatlar bir vaqtda ko'p sonli mijozlarga ma'lumot yetkazib berishi mumkin. Unga birinchi navbatda tele va radio eshittirishlar kiradi. Hozirda bu xizmat turlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu say harakatlar tufayli interaktiv televidie vujudga keldi.

Ajratilgan kanal orqali ma'lumot yetkazib berish tarif siyosatiga ega bo'ladi. Bu siyosatda trafikning turi, qiymati va kanalni ishlatish darajasi hisobga olinmaydi. Turli xil tariflarda kanalning turi va uning o'tkazuvchanlik qobiliyati bo'yicha ajratish mumkin.

Mijozlarga ma'lumot yetkazib berish bilan bog'liq bo'lmagan xizmatlarni infrastrukturali xizmatlar deb atash mumkin. Bu xizmat turlariga misol tariqasida infrastruktura (qurilma yoki joy)ni ijaraga berishni va turli xildagi konsultasion xizmatlarini olish mumkin. Bundan tashqari bir turdagi ish ham bo'lishi mumkin. Masalan, boshqa operator yoki korporativ mijozning telekomunikatsion tarmog'ini loyihalash yoki qurish.

Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni sinflash. Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni sinflash quyidagi xizmatlar guruhidan tashkil topgan:

- boshqa aloqa operatorlariga ko'rsatiladigan xizmatlar (provayderlarga);

- korporativ mijozlarga ko'rsatiladigan xizmat turlari;

- individual foydalanuvchilarga ko'rsatiladigan xizmat turlari.

Bu guruhlar bir biridan xizmatlar nomenklaturasiga va operator infrastrukturasini rivojlantirish darajasiga bo'lgan talabga nisbatan ajralib turadi.

Korporativ mijoz yirik va kichik bo'lishi mumkin. Kichik korporativ mijozlar individual foydalanuvchilar ishlata oladigan xizmatlar (bazaviy telefon, kommutasiyalangan ulanish, DSL va boshqalar) to'plamidan foydalanishlari mumkin.

Mijozning ulanishi bo 'yicha xizmatlarni sinflash. Mijozning ulanishi bo'yicha xizmatlar sinflanishi bazaviy xizmatlarni taqdim etish usulini aniqlashtirishga imkon yaratib beradi va ushbu xizmatni yetkazib berish uchun ishlatiladigan infrastruktura asosida yotuvchi tarmoq ierarxiyasining quyi sathlarini ko'rsatadi. Ulanish usullari quyidagilar bo'lishi mumkin:

- kommutatsiya qilinayotgan telefon kanallari yoki ISDN (Integrated Services Digital Network) kanallari;

- turli xil o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega SDH (Synchronous Digital Hierarchy), FR, ATM, Ethernet kanallari;

- xDSL (ADSL, SDSL, SHDSL) texnologiyalari;

- passiv optik tarmoqlar (Passive Optical Network - PON);

- koaksal sim va optik tola asosidagi gibrid tarmoqlar (HFC);

- simsiz aloqa tarmoqlari.

Yuqorida keltirilgan sinflanishilar asosida tavsiflab berilgan xizmatlarni aniqlashtirish mumkin. Masalan, «Internet tarmog'iga FR kanali bo'yicha va ADSL texnologiyasini ishlatgan holda ulanish» ikkita turli xil xizmatlarga bo'linadi. Ulardan birinchisi operatorlar va korporativ mijozlar uchun mo'ljallangan, ikkinchisi korporativ va individual mijozlarga.

Axborotlar almashish turi bo 'yicha xizmatlarni sinflash. Mijozlar va xamkorlar bilan munosabatlar teng xuquqli bo'lishi va teng xuquqli bo'lmasligi mumkin va shunga bog'liq holda u quyidagi tuplarga bo'linadi:

- o'zining tarmog'idagi resurslaridan foydalana olish (o'zining tarmog'idagi resurslar orqali boshqa tarmoq resurslaridan foydalanish);

- ikki tomonlama axborot almashish;

- tranzit;

- axborot almashish markazi (hisoblash markazi bilan yoki u bo'lmagan holda).

Tarmoq resurslaridan foydalana olish xuquqi - korporativ va individual mijozlar bilan o'zaro munosabatning asosiy formasi, biroq u xizmat operatorlarga ham ko'rsatilishi mumkin. Shu bilan birga agar o'zining tarmog'i orqali operator boshqa tarmoq resurslariga ulanishni ta'minlasa, u xolda ulanishning hududiy, mahalliy va halqaro turlarida bo'linishi mumkin.

Ma'lumot almashish uchun ikki tomonlama muvofiqlikda, operatorlar xizmatlarni taqdim etishlari yoki xamkor xizmatlaridan foydalana olishlari mumkin. Bunda ular trafik terminatsiyasidan yoki xizmat turiga bog'liq holda trafikdan foyda oladilar. Bunday almashish muvofiqlikka bog'liq holda mahalliy, hududiy va halqarolarga bo'linishi yoki bo'linmasligi mumkin. Tranzit muvofiqlik ikkita operator yoki bitta operator (yoki korporativ mijoz) bo'lgan holda, tugunlar orasida axborot uzatish uchun operatorlar tarmog'i resurslarini ishlatish imkonini beradi va hududiy prinsip bo'yicha bo'linishi mumkin. Uzatilayotgan trafik ta'rifikasiyasi mavjud bo'lmagan holda bunday xizmat turi ajratilgan kanalni ijaraga berish bilan mos tushadi.

Operatorda tranzit haqida katta miqdorda ikki tomonlama muvofiqlik bo'lgan holda operator tarmog'i asosidagi ma'lumotlar almashish markazi bo'lishi mumkin. Bu holda Markaz xizmatlaridan foydalanadigan operatorlar boshqa operatorlar bilan o'zaro ma'lumot almashish to'g'risida ikki tomonlama muvofiqlik tuzmaydilar. Umuman olganda ular ma'lumot almashish uchun Markaz tomonidan yetkazilib berilayotgan boshqa operatorlar bilan tranzit xizmatlaridan foydalanishadi. Tabiiyki, bunday turdagi Markazni tashkil etish har biri bir biri bilan ikki tomonlama muvofiqlik bitta muvofiqlikga qaraganda kamroq foydaliroq bo'ladi. Bu infrastruktura va umumiy harajatlarni kamaytirish hisobiga yuzaga keladi va bu qo'shimcha xizmat turlarini yuzaga keltiradi.

Agar o'zining ofislarini birlashtirib turadigan va bu yerda sotali, uy foydalanuvchilari turli xil foydalanish texnologiyalarini ishlatadigan korporativ mijoz uchun ma'lumotlar almashish Markazi xizmatini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu holda bu xizmat turi mijozning virtual hususiy tarmog'i xizmatini namoyon etadi.

Asosiy va qo 'shimcha xizmatlar. Katta foyda keltiruvchi va marketing funksiyasini amalga oshiruvchi xizmatlar. Asosiy xizmatlar bilan birga beriladigan qo'shimcha xizmatlar asosiy xizmatlardan keladigan foyda bilan bir xil, ba'zi hollarda ko'proq ham bo'lishi mumkin. Ba'zi hollarda qo'shimcha xizmatlar foyda keltirmasligi ham mumkin, ba'zi hollarda esa, ya'ni asosiy xizmatlarni hisobga olmagan hollarda zarar keltirishi ham mumkin. Bu holni asosan mijozlarni asosiy xizmatga jalb qilishda ishlatilishida ko'rish mumkin.

Bir necha bunday qo'shimcha xizmatlarni keltirib o'tamiz.

- O'zining tarmog'ida Internetga kommutatsiyalanadigan ulanish serverini o 'rnatish. Bu xizmat turi operatorlar uchun foydali bo'lib, tarif turiga qarab Internetdan foydalanuvchilardan qo'shimcha foyda olishadi. Biroq UFTT ning barcha foydalanuvchilari tomonidan operator tarmog'ida amalga oshirilayotgan qo'ng'iroqlar operator tarmog'ida terminlashtiriladi. Shuning uchun har bir shunday qo'ng'iroq uchun operator qo'shimcha "terminlashtirilgan minut" iga ega bo'ladi. Bu "terminlashtirilgan minut" operatorlar orasida muvofiqlik asosida bo'lib, buning uchun qaysi operator bilan muvofiqlik amalga oshirilganiga qarab operatorlar to'lovlarni amalga oshiradilar. Shuning uchun Yevropa va AQShda hozirda "Internetga bepul ulanish" xizmati mashhur bo'lib ketgan. Bu shunchaki bepul emas, balki ular qo ' shimcha xizmatlardan foydalanganlari uchun bu operatorlar to'lovi asosida amalga oshiriladi.

- Intellektual xizmatlarni taqdim etish xizmati ikki barobar foyda keltiradi. Birinchidan, bu xizmat turlari yaxshigina foyda keltiradi, shuningdek bunday har bir qo'ng'iroq avvalgi misolimizda ko'rganimizdek qo'shimcha foyda keltirgan holda operator kirish trafigidan oshib ketadi.

- Xosting xizmati, masalan, mijozlarning Web serverlari unchalik katta foyda keltirmaydi. Biroq katta kontent provayderning Web sahifasi ma'lum bir ma'lumotga murojaat qiluvchi boshqa operatorlar mijozlari hisobiga chiquvchi IP - trafigi oshib ketishi mumkin. Bu esa boshqa Internet (Internet Service Provider - ISP) provayderlari bilan tuzilgan axborot almashish shartnomasi bo'yicha qo'shimcha foyda keltirishi mumkin. Shuning uchun odatda bepul Web hosting ham katta foyda olib kelishi va trafikni oshishiga olib kelishi mumkin. MRK qo'shimcha xizmatlarni ham foyda keltiruvchi zahira sifatida, ham mijozlarni jalb qiluvchi sifatida, ham asosiy xizmatlardan foyda kelishini ta'minlovchi sifatida keng ishlatishi mumkin.

Telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar. MRK ning eng ko'p ishlatiladigan xizmatlaridan bo'lib individual mijozlarga ko'rsatiladigan xizmatlardir va bu xizmat turlariga ko'proq e'tibor ajratish kerak bo'ladi. Shu bilan birga aloqa operatorlari va korporativ mijozlar uchun xizmatlar bozori xizmatlarni umumiy sonda sotish hisobiga katta foyda olib kelishi mumkin. Shunday qilib MRK barcha uchta mijoz segmentlari uchun xizmatlar to'plamini aniqlashi lozim.

Ma'lumot uzatish xizmatlari. Yuqorida aytib o'tilganidek, aloqa xizmatlarini tizimlashtirish bir muncha qiyinchiliklar yaratadi. Bunda ma'lumot uzatish xizmatlarini tartiblash ham oson bo'lmaydi, chunki ularni turli xil sinflanishi bo'yicha ko'rib chiqiladi. Aloqa xizmatlari sinflashning turlaridan biri axborot uzatish turi bo'yicha xizmatlarni ajratish (kontent):

- ATM protokoli bo'yicha ma'lumotlar uzatish xizmati;

- FR protokoli bo'yicha ma'lumotlar uzatish xizmati;

- IP va boshqa protokollar bo'yicha ma'lumotlar uzatish xizmati.

Biroq yuqoridagi ro 'yxat telekomunikatsion tarmoq va qurilmalar bilan amalga oshiriladigan asosiy, formal funksiyani tavsiflaydi. Hozirda xizmatlarni axborot almashish turi bo'yicha tizimlashtirish taklif etiladi. Bu holda xizmatlar nomenklaturasi yuqorida ko'rsatilgan asosiy xizmatlarni kombinatsiyalashni amalga oshiradi va u quyidagi asosiy xizmatlardan tashkil topgan:

- resurslarga va aloqaning IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosidagi MRK magistral tarmog'i xizmatlariga ulanishni ta'minlab beradi;

- IP, ATM, FR, X.25 protokollari bo'yicha ma'lumotlar trafigi almashish;

- IP, ATM, FR , X.25 trafigining tranzili;

- IP, ATM, FR, X.25 protokollar asosidagi shaxsiy virtual tashkilotlar.

Bundan tashqari ma'lumotlarni uzatishga asoslangan xizmatlar:

- ajratilgan kanal xizmatlari, N*64 kbit/s, E1, E3 tezlikda raqamli kanallarni ijaraga berish;

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127)

- keng polosali video konferensiyalarni tashkil etish xizmatlari;

- tele va radioeshittirish dasturlarini taqsimlash tarmog'ini tashkil etish xizmatlari.

Oxirgi yilda ma'lumotlar uzatish xizmatlarining eng ko'p ishalatiladigan IP protokoli bo 'yicha ma'lumotlar uzatish xizmati hisoblanadi. Bu xizmatlarning ko'p tarqalishi Internetning va uning asosida yetkaziladigan xizmatlarning tarqalishi hisoblanadi (Internet provayder va oddiy foydalanuvchi resurslardan foydalanish imkoni, elektron savdoning xizmatlari va boshqalari). Biroq Internet xizmatlarning keng qo'llanilishining oshishi ushbu xizmatlar yetkazib beradigan aloqa operatorlarining foydasi ko'payishidan dalolat bermaydi va bu Internet xizmatlari yetkazib beradigan tariflarning narxlari tushib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari odatiy muommolar: aholidan kam foyda kelishi va hududiy kompaniyalarning odatiy bo'lmagan siyosati. Buning oqibatiga aholining katta qismi Internet xizmatlarining doimiy foydalanuvchilaridan bo'lib hisoblanadilar.

Biroq Internet xizmatlari bozori katta foyda keltirishdan yiroq hisoblanadi. Shuning uchun Internet xizmatlarini boshqa ma'lumotlar uzatish xizmatlaridan tashkil topgan bitta multiservisli aloqa tarmog'i bo'yicha uzatishni yo'lga qo'yish darkor.

Фойдаланилган адабиётлар:

1. Ершов В.А., Кузнецов Н.А. Мультисервисные телекоммуникационные сети. - М.: Изд.во МГТУ им. Н.Е. Баумана. 2003

2. ГургенидзеА.Т. Кореш В.И. Мультисервисные сети и услуги широкополосного доступа. -СПб.: Наука и техника, 2001

3. R.I. Isayev, D.X. Ibatova. Multimediyali aloqa tarmoqlari. (Darslik). - T. «Aloqachi», 2019 y. -304 b.

4. Джураев Р.Х., Джаббаров Ш.Ю., Умирзаков Б.М. Технологии передачи данных. Учебное пособие. 2008

5. Shahram, A., Umida, K., & Zarina, R. (2020). Information technology's role in the study of foreign languages. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(3), 96-98.

6. Аслонов, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.

7. Sherzodovich, A. S. (2020). The role оf опИм teaching and innоvative mettods. Science and education, 1(3), 524528.

OLIMOV O.O. - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, MUT va T kafedrasi magistri. DJABBAROVSH.YU. - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, MUT va T kafedrasi dotsenti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.