Научная статья на тему 'MULOQOTNING PEDAGOGIK FAOLIYATDA O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK TA’SIRI'

MULOQOTNING PEDAGOGIK FAOLIYATDA O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6626
264
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muloqot / Shaxs / Seminap / Munozar / Xulq-atvor / Ta’lim-tarbiya / Pedagog. / Communication / Person / Seminap / Discussion / Behavior / Education / Pedagog.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdiyeva, Dilfuza Qurbonovna

Maskur maqolada pedagogik muloqotning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratar ekanmiz, shaxslararo muloqotning boshqa shakllariga nisbatan pedagogning o‘quvchilar bilan muloqoti va hamkorligidagi o‘ziga xoslik o‘quvchilarning rivojlanishlariga xizmat qilishi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC PSYCHOLOGICAL EFFECT OF COMMUNICATION ON PEDAGOGICAL ACTIVITY

In this article, we will focus on the specifics of pedagogical communication, and unlike other forms of interpersonal communication, the specificity of the teacher’s communication and interaction with students contributes to student development.

Текст научной работы на тему «MULOQOTNING PEDAGOGIK FAOLIYATDA O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK TA’SIRI»

Scientific Journal Impact Factor

О

MULOQOTNING PEDAGOGIK FAOLIYATDA O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK TA'SIRI

Abdiyeva Dilfuza Qurbonovna

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

ANNOTATSIYA

Maskur maqolada pedagogik muloqotning o 'ziga xos jihatlariga e'tibor qaratar ekanmiz, shaxslararo muloqotning boshqa shakllariga nisbatan pedagogning o'quvchilar bilan muloqoti va hamkorligidagi o'ziga xoslik o'quvchilarning rivojlanishlariga xizmat qilishi o 'rganilgan.

Tayanch so'zlar: Muloqot, Shaxs, Seminap, Munozar, Xulq-atvor, Ta'lim-tarbiya, Pedagog.

В данной статье мы остановимся на специфике педагогического общения, и в отличие от других форм межличностного общения, специфика общения учителя и взаимодействия с учащимися способствует развитию учащихся.

Основные слова: Общение, Личность, Семинар, Дискуссия, Поведение, Воспитание, Педагог.

In this article, we will focus on the specifics ofpedagogical communication, and unlike other forms of interpersonal communication, the specificity of the teacher's communication and interaction with students contributes to student development.

Keywords: Communication, Person, Seminap, Discussion, Behavior, Education, Pedagog.

Insonning yashashi, rivojlanishi, shaxs bo'lib shakllanishi uning jamiyat bilan bo'lgan aloqasini muloqotsiz tasavvur qilish juda qiyin.

Muloqot - bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo'lgan ehtiyoji bo'lib, ularning o'zaro munosabatlari, ta'sirlari, ma'lumot hamda axborot almashishiga doir ularning birgalikdagi faoliyati hisoblanadi. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim.

Taniqli psixolog S. L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: "Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo'ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma'lumotlariga, ma'lumotlari mohiyatini go'yo o'qib

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

ya'ni mag'zini chaqib chiqamiz va shu yo'sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo'lgan mazmunini aniqlaymiz"

Bugungi kunda oldimizda turgan asosiy vazifalarimiz ma'lum darajada ancha qiyin hamda murakkabdir. Zero, oldimizda turgan vazifani ado etish faoliyatda ancha keng bilim va tafakkurni talab etadi. Bugun kishining ichki hoxish-irodasi, shaxsiy qarorigina bunday majburiyat hissini uyg'ota oladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Shuning uchun ham muloqot ta'lim-tarbiya jarayonida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Muloqotsiz ijtimoiy tajribani ta'lim oluvchilarga taqdim etish imkonsizdir. O'qituvchidan esa nutq va muloqot madaniyatini, notiqlik san'atini puxta egallashi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Yoshlarning bilim olishlari, intilishlarini, o'qituvchiga yoki tengdoshlarining ichki olamiga yaqinlashtirish uchun atrofidagilarga uning nazari bilan qarash, yondashish, ularni tinglash va tushunish ular uchun muhim o'rin egallaydi. O'quvchilarning ta'lim jarayonida muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi ham muhim o'rin egallaydi. Ta'lim berish jarayonida yoshlarga kuchli ta'sir etadigan so'zlarni qo'llasangiz ham u qabul qilmasligi, o'qituvchining bergan ko'rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki bolada yoshligidan muomala madaniyatini shakllantirib borishda maqsad to'g'ri qo'yilishi lozim bo'ladi.

NATIJALAR

Muloqot nafaqat ta'lim-tarbiya jarayonida, avvalo oilada, mahallada, jamoada, guruhda shakllanib boradi. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo'pol munosabatda bo'lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.

Ta'lim jarayonida o'quvchilar nafaqat bilimlarni o'rganishga jalb etiladilar, balki ularning muloqotga bo'lgan ehtiyojlari ham qondiriladi. Shu asosda o'quvchilarda o'z-o'zini namoyon etish, ijod qilish, o'zliklarining yaxshi jihatlarini ko'rsatish ko'nikmalari ham shakllantiriladi. Shaxsda ko'nikma, bilim, malakalarning hosil bo'lishida esa muloqotning o'rni beqiyos.

MUHOKAMA

Shu sababli ham o'qituvchi mehnatining natijasi sifatida uning o'quvchilar bilan hamkorlikda ishlashni to'g'ri tashkil etishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ular faoliyatiga rahbarlik qilishini ko'rsatish mumkin.

O'qituvchi bilan o'quvchilar orasidagi muomala va muloqotni to'g'ri yo'lga qo'yilmasligi ularning o'zaro bir-birlarini tushunmasligi ular orasida qiyinchilikni vujudga keltiradi, hamda o'quv-tarbiya jarayonini murakkablashtiradi, ijtimoiy

Scientific Journal Impact Factor

tajribasini ta'lim oluvchilarga yetkazilishini qiyinlashtiradi. Bu esa o'quvchilarning yangi xarakterdagi shaxsiy tajribani hosil qilishlariga to'sqinlik qiladi. O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayoni kasbiy pedagogik faoliyatning mazmuni va muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.

Pedagogik muloqotning o'ziga xos jihatlariga e'tibor qaratar ekanmiz, shaxslararo muloqotning boshqa shakllariga nisbatan pedagogning o'quvchilar bilan muloqoti va hamkorligidagi o'ziga xoslik o'quvchilarning rivojlanishlariga xizmat qilishidadir. Pedagogik muloqot o'qituvchining shunday muloqotiki, uning yordamida o'quvchilarning istak va hohishlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o'quv faoliyatining ijodiy xarakterga ega bo'lishini ta'minlanadi, ularning shaxsiyatini samarali shakllantirish imkoniyatlarini vujudga keltiriladi, o'quv jarayonida qulay hissiy muhit yaratiladi, jamoada ijtimoiy-psixologik jarayonning boshqarilishi ta'minlanadi. Shu bilan bir qatorda, o'quv jarayonida o'qituvchi ning shaxsiy xususiyatlaridan yuqori darajada foydalanish imkoniyati tug'iladi.

Samarali pedagogik muloqotni yo'lga qo'yish uchun o'qituvchi quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishi talab etiladi:

- o'z xulq - atvorini boshqara bilishi;

- diqqatning sifatini ta'minlashi;

- ijtimoiy persepsiyaga ega bo'lishi va o'quvchining qiyofasidan uning kechinmalarini o'qiy olishi;

- o'quvchi shaxsiyatini mos tarzda modellashtirish, tashqi belgilar asosida uning ruhiy holatini anglash;

- nutq orqali muloqotni o'rnatish;

- o'quvchilar bilan nutq yordamida hamda nigohlar orqali aloqaga kirishish va shu kabi ko'nikmalar.

Har qanday ta'limning maqsadi - ta'lim oluvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo'ladi. O'quv faoliyatida ta'lim maqsadining barcha jihatlarini amalga oshirishda turli ta'lim metodlarini birgalikda qo'llash zarur. Bunday faol shakllar sirasiga:

- Guruhli yoki individual-guruhli;

- Juftliklarda;

- Jamoaviy ish shakllarini kiritish mumkin.

Ushbu shakllar umumiy va tarkibli shakllar sifatida baholanadi.

Shu bilan bir qatorda o'qitishning aniq va maxsus shakllari ham mavjud. Ular:

- Seminarlar;

- O'quv konferensiyalari;

Scientific Journal Impact Factor

о

- Munozaralar;

- Guruhli bahs-munozaralar kabilardan iborat. XULOSA

Shu tariqa pedagogik muloqot tushunchasi ostida o'qituvchi bilan o'quvchilarning o'zaro munosabatlari tizimi, o'zaro axborot almashinish jarayoni, ta'lim-tarbiyani optimallashtirish imkoniyatlari, alohida o'quvchilar bilan birgalikda ishlashni tashkil etish imkoniyatlari shakllanadi. O'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi harakatlarini tarbiyaviy ta'sir ko'rsatilishi, o'quvchilarning bilish imkoniyatlari, ularning mustaqil muloqotga kirishishlari uchun qulay sharoitlarning yaratilishiga imkoniyat yaratiladi. Bunday vaziyatda o'qituvchi pedagogik jarayonni faollashtiruvchi, uni tashkil etuvchi va boshqaruvchi sub'ekt sifatida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

2. Буриев, И. И., & Мамасалиев, М. М. (2020). ПАТРИОТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

3. Курбонова, М. Б., & Мамасалиев, М. М. (2020). СТРУКТУРА СОЦИАЛЬНОГО СТАТУСА МОЛОДЕЖНОГО СООБЩЕСТВА.

In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 210-213).

4. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).

5. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

6. Мамасалиев, М. М., & Нематов, Д. С. (2019). ВОПРОСЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-4),

70-72.

Scientific Journal Impact Factor

О

7. Очилова, Н. Р., Мамасалиев, М. М., & Астанов, А. Р. (2020). ВНИМАНИЕ ВОСПИТАНИЮ ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. International Independent Scientific Journal,(14-2), 18-20.

8. Очилова, Н. Р., & Мамасалиев, М. М. (2016). Структура образа жизни молодежи Узбекистана на современном этапе развития. Молодой ученый, (5), 587-588.

9. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRISHNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

10. Мамасалиев, М. М., & Буриев, И. И. (2019). ИНФОРМАЦИОННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ УЧАЩИХСЯ-ОДНО ИЗ ОСНОВНЫХ НАПРАВЛЕНИЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА. In ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ НА УКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 188-190).

11. Turaeva, Sanobar Khalimovna (2021). THE PROBLEMS OF SOCIAL AND ETHNIC CONFLICTS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (4), 1532-1536.

12. Очилова Нигора Рузимуратовна, & Мамасалиев Мирзоулуг Мирсаидович (2021). ХАРАКТЕРИСТИКИ ВОСТОЧНОЙ И ЗАПАДНОЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. Проблемы науки, (3 (62)), 43-46.

13. Mamasaliyev, Mirzoulug' Mirsaidovich (2021). THE STATE OF SAHIBQIRAN AMIR TEMUR PHILOSOPHICAL AND ETHICAL ISSUES IN MANAGEMENT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (8), 456-462.

14. Mamasaliyev Mirzoulug' Mirsaidovich, & Elboyeva Shaxnoza Buriniyozovna (2021). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (3), 100-404.

15. Мaxсудoвa М.А. Мулoк;от псиxoлoгияси. -Т. Янги аср авлоди, 2006. - 204б.

16. Алимжонова З., Тулаганов А.Н., Нут; санъати / - Т., Фан, 2005.

17. Бобоназарова Б. Нут; санъати. -Т., УзДСИ, 2004

18. Каримова В.М. Психология. Т.: Шар;, 2000. -256 б.

19. Еозиев 3.F. Умумий психология. -Т.: Узбекистон файласуфлари миллий жамияти. 2010. -488б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.