u
I MUHANDISLIK GRAFIKASI MASHG'ULOTLARDA O'QITISH * TEXNOLOGIYALARINING KONSEPTUAL
ASOSLARI
Annotatsiya.Ta'lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo'ladi. Bu o'qituvchining mahoratigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, qobilyati va bilimi darajasini ham belgilaydi. Ta'lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bil esa ta'limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo'lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo'lsa, ta'lim umumiylikka egadir. Ta'lim barcha uchun birxilda davom etadigan jarayon.
Kalit so'zlar: Kommunikatsiya, san'at, tasviriy va amaliy san'at, kompyuter grafikasi.
ИНЖЕНЕРНАЯ ГРАФИКА КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ТЕХНОЛОГИЙ ОБУЧЕНИЯ НА УРОКАХ
Омонов D. E-Узбекско-Финляндский педагогический институт, Саитова М., Хазратова. З. Узбекско-Финляндский педагогический
институт магистры 2 курса
Аннотация. Знания формируются в зависимости от качества и метода обучения. Он определяет не только навыки учителя, но и уровень желаний, способностей и знаний слушателя. Образование-длительный процесс. С другой стороны, бил-это явление с абстрактным пониманием, которое дается посредством непрерывности обучения. В то время как знания имеют частное, образование имеет общее. Образование-это процесс, который продолжается в бирхиле для всех.
Ключевые слова: Коммуникация, искусство, Изобразительное и прикладное искусство, компьютерная графика.
I>
D. E. Omonov. O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Sayitova M., Xazratova Z. O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-kurs magistrlari
ENGINEERING GRAPHICS CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF LEARNING TECHNOLOGIES IN THE CLASSROOM Omonov D.E. Uzbek-Finnish pedagogical instituti Saitova M., Khazratova Z. Uzbek-Finnish pedagogical instituti 2nd
year masters
Annotation. Knowledge is formed depending on the quality and method of teaching. It determines not only the skills of the teacher, but also the level of desires, abilities and knowledge of the listener. Education is a long process. On the other hand, bil is a phenomenon with an abstract understanding that is given through continuous learning. While knowledge is private, education is general. Education is a process that continues in birkhil for everyone.
Keywords: communication, art, Fine and applied arts, computer graphics.
O'zbekiston o'z istiqloli va taraqqiyoti yo'lidan rivojlanish, xalqoro maydonda o'zining munosib o'rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyoti yo'lini ta'minlash uchun ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, ma'daniy va marifiy sohalarda chuqur islohatlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaaatiga qaratilgan bu islohatlarning samatasi bevosita ta'lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasi Pirizidenti va hukumati jahon andazolariga mos keladigan kadrlar tayyorlash masalalariga e'tiborini qaratib kelmoqda. Dars jarayonini boshqarish va tashkillashtirishda professor - o'qituvchining bilimi, tajribasi, ko'nikmasi, ilmiy-pedagogik salohiyati, mahorati, qobilyati asosiy omil hisoblanadi. Shunga ko'ra, jumladan ma'ruzani oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib qo'llaniladigan o'quv qo'llanmalar va vositalar tayyorlanadi. O'quv xonasi dars uchun tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi ma'ruza qila turib quyidagilarga e'tibor qaratadi:
• talabalarni savol-javobga undash orqali guruhda muhokama muhitini yaratadi, ijobiy javoblarni shakllantiradi;
• vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat beradi;
• kundalik xayotdan ibratli misollar keltiriladi;
• talabalarni savol berishga undaydi;
• ilgari o'rganilgan xodisa va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni amalga oshiradi;
• fan doyrasida turli ma'lumotlarni jonli, qiziqarli bayon qiladi. Dars jarayonida talabalarni tanqidiy (tahliliy) fikrini shakllantirishda, uchta bosqichdan foydalaniladi:
1. Yo' llanma berish;
2. Ahamiyatini oshrish;
3. Fazoviy fikrlash.
Talabalarning tanqidiy (tahliliy) fikrini tivojlantirishda intiraktif usullarning muhim o'rni bor, ular hamkorlik sub'ektlarini ijodiy izlanishga yo'naltirish,
■w-
'¿S---'
noma'lum holatni ochishga, kashf etishga ko'mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanadi.
Darsni boshlash jarayonida talabalarda ko'tarinki kayfiyat, yuksak ehtiros, ijodiy ruxlanish kuzatilsa dars jarayonining samaradorligi yuqori bo'ladi. Bunda o'qituvchining faoliyati aniq reja asosida, oldindan tayyorlangan holda bo'lishi zarur. Demak, o'qituvchi tamonidan dars davlat ta'lim standartlari asosida olib boriladi.
Kadirlar tayyorlash Milliy daturining ikkinchi bosqichi ta'lim jarayonidagi sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash, ya'niy jaxon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo'lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo'llash oily ta'lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o'quv jarayonini yaxshilash, o'quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosida masofadan o'qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.
Bilim ob'ektiv borliqdagi voqiya-xodisalarning in'kosi natijasida inson miyasidagi mushoxodalar va tasavvurlar natijasida hosil bo'ladigan tushunchalar yig'indisi sifatida nomoyon bo'ladi. Ta'limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individvallikka ega bo'ladi. Ta'limning amalga oshiradigan yoki dars beradiga kishilarning saviyasi turlicha bo'lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalargqa beradigabn ta'lim bir xildir. O'qituvchi bilim ema, balki ta'lim beradi. Talaba esa ana shu ta'lim jarayonida bilimga ega bo'ladi. Buning uchun u mustaqil o'qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, fazaoviy tasavvurlarga ega bo'ladi, eshitganlari va o'qiganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo'ladi.
Aytiladiganlardan kelib chiqqan holda, "Muxandislik grafikasi" o'quv kursi bo'yicha ta'lim texnologiyasini loyixalashtirishdagi asosiy konseptual yondashuvlarni keltiramiz:
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to'laqonli rivojlantirishlarini ko'zda tutadi. Bu esa ta'limni lo7ihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxasiskik faoliyati bilan bog'liq o'qish maqsadlaridankelibchiqgan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o'ziga mujassam etmog'i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bug'unlarini o'zaro bog'langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo'naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakillantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o'quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabuskorligini ochishga yo'naltirilgan ta'limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o'quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o'zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
3s----
natijasida shaxsning o'z-o'zini faollashtirish va o'z-o'zini ko'rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratlik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi sub'ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakillantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikdaishlashni joriy etishga e'tiborini qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzida taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama -qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakillantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatiga ularni ijodiy tarizda qo'llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo'llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llash.
Keltirilgan konseptual yo'riqlarga asoslangan holda, "Kompyuter grafikasi" kursining maqsadi, tuzilmasi, o'quv axborotining mazmuni ba hajmidan kelib chiqgan holda, ma'lum sharoit va o'quv rejasida o'rnatilgan vaqt oralig'ida o'qitishni, komunikasiyani, axborotni va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshiriladi.
O'qitishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muamoviy usul, keys-stadi, pinbord, pardokslar va loyhalar usullari, amaliy ishlash usuli.
O'qitish vositalari o'qitishning an'anaviy shakillari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari.
Komunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o'zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so'rov, oraliq va joriy, yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o'qitish diaginostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o'quv mashg'uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko'rinishidagi o'quv mashg'ulotlarini rejalashtirish, qo'yilgan maqsadga erishishda o'qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg'ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni nazorati.
Monitoring va baholash: o'quv mashg'ulotida ham butun kurs davomida ham o'qitishning natijalarini rejali tarizda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Xulosa
O'quv jarayoni bilan bog'liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy - pedagogik darajada dars berish, muommoli ma'ruzalar o'qish, darslarni savol-javob rarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg'or pedagogik texnalogiyalardan va multemediya qo'llanmalardan foydalanish tinglovchilarni undaydigan, o'ylantiradigan muommolarni ular oldiga qo'yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individval ishlash, ijodkorlikka undash erkin muloqat
3s----
yuritishga, ijodiy fikrlashga o'rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta'lim ustuvorligini ta'munlaydi.
Adabiyotlar
1. O.K.Apuxtin. "Tasviriy san'at asoslari". 1967 y. Toshkent. O'qituvchi. 1984 y.
2. B.A.Azimova. "Natyurmort chizish va tasvirlash metodikasi". Toshkent. O'qituvchi. 1984 y
3. G.M.Abduraxmonov. "Tasviriy san'at kompozitsiyasi". 1996 y. Toshkent.
4. A.Egamberdiyev. "Janrovaya jivopis Uzbekistana". Izd. Gafur Gulyam. Toshkent. 1989 y.
5. D.E.Omonov, J.T.Kholikov, Sh. X. Egamova., The Role and Importance of Using Graphic Programs in Shaping Students' Knowledge and Skills. Nexus : Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7578 http://innosci.org/ 45 | Page
6. D.E.Omonov, S.M.Suvankulov, J.Kh.Kadyrov., The Role of Continents and Neighborhoods in the History of Samarkand Nexus : Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 27517578 http://innosci.org/ 27 | Page
7. D.E.Omonov, S.M.Suvankulov, J.Kh.Kadyrov., Decorations Used in the Interior of Historical Residences of Uzbekistan and Their Situation Today (in the example of the city of Samarkand) Nexus : Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7578 http://innosci.org/ 32 | Page
8. I.U.Izbasarov, I.Sh.Suvonkulov, D.E.Omonov., Spatial Imagination and Logical Thinking as a Pedagogical Basis for Teaching Students to Design Nexus : Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7578 http://innosci.org/ 37 | Page
9. D.E.Omonov., Conceptual Bases of the Production of Teaching Technologies in Exposure and Practical Training (In the Example of the Engineering Graphics Course) Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 104 | Page
10. D.E.Omonov., The Role of Engineering Graphics in the Training of "Fine Arts and Drawing" Teachers Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 108 | Page
11. I.U.Izbosarov, D.E.Omonov, S.Abduvohidova., Stages of Working Thematic Composition in Fine Arts Lessons Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 112 | Page