Научная статья на тему 'MUBOLAG'A KENG OMMALASHGAN ADABIY JANR'

MUBOLAG'A KENG OMMALASHGAN ADABIY JANR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2966
117
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she'riy san'atlar / aruz vazni / mumtoz qofiya / badiiy timsol / talmeh / tazod / tajnis / istiora / iyhom / irsoli masal / tashxis / husni ta'lil / talmeh / poetic arts / aruz stylistic device / classical rhyme / artistic symbol / talmeh / tazod / tajnis / istiora / iyhom / parable / diagnosis / husni talil / talmeh

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Diyorbek Rozmamat Ogli Turgunpolatov

Maqolada mubolag'a janrining barcha xususiyatlari o'rganiladi. Ma'no nozikliklarini yuzaga keltirishi xususida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article explores all the features of the genre of rhetoric. It is said to create subtleties of meaning.

Текст научной работы на тему «MUBOLAG'A KENG OMMALASHGAN ADABIY JANR»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-186-188

MUBOLAG'A - KENG OMMALASHGAN ADABIY JANR

Diyorbek Ro'zmamat o'g'li Turg'unpo'latov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada mubolag'a janrining barcha xususiyatlari o'rganiladi. Ma'no nozikliklarini yuzaga keltirishi xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: she'riy san'atlar, aruz vazni, mumtoz qofiya, badiiy timsol, talmeh,tazod, tajnis, istiora, iyhom, irsoli masal, tashxis, husni ta'lil, talmeh

ABSTRACT

The article explores all the features of the genre of rhetoric. It is said to create subtleties of meaning.

Keywords: poetic arts, aruz stylistic device, classical rhyme, artistic symbol, talmeh, tazod, tajnis, istiora, iyhom, parable, diagnosis, husni talil, talmeh

KIRISH

Ko'p asrlik mumtoz adabiyotimizning bezavol xazinasini yaratgan atoqli shoir va nosirlarimizning san'atkorlik salohiyatlari sehrini kashf etish uchun ularning barchalariga zamin bo'lib xizmat qilgan badiiyat asoslari - she'riy san'atlar, aruz vazni, mumtoz qofiya nazariyasi va amaliyotidan atroflicha ma'lumotga ega bo'lish talab qilinadi. Bu, ayniqsa, maktablarning til va adabiyot o'qituvchilari, qolaversa, o'quvchilar uchun ham nihoyatda zarurdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aruz ilmidan bexabar o'qituvchi yoki o'quvchi ming yillik adabiyotimiz tarixida yaratilgan nodir asarlarni ifodali o'qiy olmaganidek, she'riy san'atlar ilmidan uzoq kishilar buyuk bobokalon shoirlarimizga xos yuksak salohiyat mohiyatini anglab yetishlari qiyin.

Ma'lumki, amaldagi adabiyot dasturlariga ko'ra maktablarda mubolag'a, tashbeh, tazod, tajnis, istiora, iyhom, irsoli masal, tashxis, husni ta'lil, talmeh kabi she'riy san'atlar o'rganiladi. Bularning ichida keng ommalashgan, ko'p qo'llanadigani mubolag'a janridir.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-186-188

Mubolag'a janriga oid ma'lumotlar maktab darsliklarida qisqa tarzda berilgan. Mubolag'aning asl mohiyati, qanday ma'no nozikliklarini keltirib chiqarishi, uning barcha turlarini atroflicha ko'rib o'tamiz.

Mubolag'a arab tilida "kattalashtirish", "kuchaytirish" ma'nolarini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo'rttirib, kuchaytirib ifodalash san'ati demakdir.

Ul sanamkim, suv yaqosindaparitek o'lturur, G'oyati nozikligindin suv bilayutsa bo'lur, -

Atoyinig ushbu baytida noziknihol qiz tasvir etilayotganiga shunga yo'q. She'rda mubolag'a bilan birga tashbeh ( -dek (-tek) qo'shimchasi tashbeh janrining asosiy formalaridan biri) ham qo'llangan.

She'rda ma'shuqa shu qadar nozik, shunchalik go'zal qiz sifatida tasvirlanadiki, go'yo uni bir qoshiq suv bilan yutib yuborish mumkinday (vaholanki, bir qoshiq suv bilan butun bir inson tanasini yutib yuborish mumkin bo'lsa? ! )

NATIJA

Mubolag'a janriga oid bir nechta misollarni ko'rib o'tamiz:

Ko'zumdin yoshunib ey bahri altof, Ko'zumningyoshini daryo qilibsan.

(Bobur)

Ul pari hajrinda men devona cheksam o'tlug' oh, Ey malak, gar bo'lmasang vofiq, qanoting churkanur.

(Navoiy)

Mehringdin, ayo, oy-u falakka yetar ohim, Qilmas, netayin, ko'nglunga bir zarra siroyat.

(Lutfiy)

Mubolag'aning quyidagi uch turi bir-biridan farqlanadi:

• TABLIG' - aqlan ishonish mumkin bo'lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo'lgan mubolag'adir.

• IRG'OQ - belgi yoki harakatni aqlan ishonish mumkin bo'lsa ham, hayotda yuz berishi mumkin bo'lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash.

• G'ULUVV - aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo'lmaydigan tarzda tasvirlash.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-186-188

MUHOKAMA

Ma'lumki, she'riy san'atlar badiiy asarda ifodalangan g'oyalarning hayotiyroq, ta'sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar va bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta'minlashga xizmat qilgan.

XULOSA

Mubolag'a o'quvchining tasavvur olamiga asoslanadi, timsol holati yoki harakati belgisi ana shu tasavvur olami singdirilganchalik bo'rttirilishi mumkin. Umuman olganda, mubolag'a janridan deyarli barcha shoir va yozuvchilar foydalangani uchun "ommaviy janr" guruhiga allaqachon kirib ulgurdi. Ayniqsa bu janrning o'rni beqiyos. Usiz yozuvchi o'zining fikrlarini kitobxonga yetarlicha yetkazib berolmaydi. Shuning uchun ham she'riy san'atlar adabiyotning poydevori sanaladi.

REFERENCES

1. Hojiahmedov A. "She'riy san'atlar va mumtoz qofiya" - Toshkent. "Sharq", 1998.

2. V. Rahmonov. "She'riy san'atlar" 1962.

3. Ak. A. Rustamov. "Qofiya nima?" (1976), "Navoiyning badiiy mahorati" (1979).

4. A. Husayniy. "Badoyi'u-s-sanoyi" (1981)

5. Y. Is'hoqov. "Alisher Navoiyning ilk lirikasi" (1965), " Navoiy poetikasi" (1983)

6. O'rta ta'lim muassasalarining 10-sinfi va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining o'quvchilari uchun darslik-majmua. Birinchi nashr. Toshkent, 2017.

7. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA TURG'UNBOY G'OYIPOV. O6pasoeaHue и наука в XXI веке 2(15), (pp. 1688-1690).

8. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). BUGUNGI YANGILANAYOTGAN TA'LIM TIZIMIDA KLASTER TUSHUNCHASI. Студенческий вестник, 23(168).

9. Turg'unpo'latov, D. R (2021). XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI. Scientific progress, 2(1).

10. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). HAKIM NAZIR IJODI, UNING ASARLARIDAGI TARBIYAVIY JIHATLARNING YORITILISHI. Scientific progress, 2(3), (pp. 192-195).

11. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). SHUHRATNING "MARDLIK AFSONASI" BALLADASI VA MIRKARIM OSIMNING "TO'MARIS" TARIXIY HIKOYALARIDA VATANPARVARLIK, VATANGA BO'LGAN MUHABBAT TUYG'ULARINING ULUG'LANISHI. Scientific progress, 2(3), (pp. 187-191).

12. Turg'unpo'latov, D. R. (2021). JONAJON O'ZBEKISTON, MANGU BO'L OMON! Ilm-fan va ta'limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif vayechimlar. 14 (pp. 1112).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.