Научная статья на тему 'MOTOBLOK BILAN AGREGATLANADIGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING PARAMETRLARINI ASOSLASH'

MOTOBLOK BILAN AGREGATLANADIGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING PARAMETRLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
motoblok / kartoshka kovlagich / elevator / quvur / baraban / g’ildirak / lemex / chiviq / osish qurilmasi / tuproq / kartoshka / parametr. / мотоблок / картофелекопатель / элеватор / труба / барабан / колесо / лемех / пруток / устройство навески / почва / картофель / параметр.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Norchaev Davron Rustamovich, G’aybullaev Burxonjon Shermatjonovich, Rustamova Nigora, Xusainov Baxtiyor Saparbaevich

Maqolada respublikamiz tomorqa va kichik dehqonchilik xo‘jaliklari uchun zarur bo‘lgan ixcham va sodda konstruktsiyaga ega bo‘lgan motoblok bilan qo‘shib ishlatiladigan kartoshka kovlagichning hozirgi kundagi zaruriyati, dolzarbligi va ahamiyati, texnik yechimlari, taklif etilayotgan konstruktiv sxemasi, texnologik ishlash jarayoni va ish printsiplari hamda uning geometrik va kinematik parametrlarini nazariy asoslari keltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, motoblok bilan agregatlanadigan kartoshka kovlagich elevatorining uzunligi 53 sm, qazish lemexining uzunligi 27 sm, kovlagichning umumiy uzunligi 1 m, g’ildiragining diametri 45 sm, barabanlarning o‘zaro orasidagi bo‘ylama masofa 1 sm dan kam bo‘lmasligi, baraban diametri esa 7 sm bo‘lishi lozimligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Justification of parameters of potato digger integrated with motor-block

В статье рассмотрена актуальность и значение картофелекопателя, компактность и простота его конструкции необходимой для приусадебных и небольших фермерских хозяйств нашей республики, технические решения, предложенная конструктивная схема, технологический процесс и принципы работы, а также его геометрические и кинематические параметры и приведены теоретические основы. По результатам исследований длина элеватора картофелекопателя агрегатированный с мотоблоком составляет 53 см, длина подкапывающего рабочей органа 27 см, общая длина картофелекопателя 1 м, диаметр колеса 45 см, продольное расстояние между барабанами должно быть не менее 1 см, а диаметр барабана должен быть 7 см.

Текст научной работы на тему «MOTOBLOK BILAN AGREGATLANADIGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING PARAMETRLARINI ASOSLASH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK 631.356.43

MOTOBLOK BILAN AGREGATLANADIGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING

PARAMETRLARINI ASOSLASH

Norchaev Davron Rustamovich

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, direktor maslahatchisi, texnika fanlari doktori,

professor, davron_1983k@mail.ru

G'aybullaev Burxonjon Shermatjonovich Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, texnika fanlari bo'yicha PhD, katta ilmiy xodim,

burxo n83 @mail. ru

Rustamova Nigora

TIQXMMI MTU Qarshi filiali, Katta o'qituvchi, texnika fanlari bo'yicha PhD

Xusainov Baxtiyor Saparbaevich Urganch davlat universiteti, Katta o'qituvchi

Annotatsiya. Maqolada respublikamiz tomorqa va kichik dehqonchilik xo'jaliklari uchun zarur bo'lgan ixcham va sodda konstruktsiyaga ega bo'lgan motoblok bilan qo'shib ishlatiladigan kartoshka kovlagichning hozirgi kundagi zaruriyati, dolzarbligi va ahamiyati, texnik yechimlari, taklif etilayotgan konstruktiv sxemasi, texnologik ishlash jarayoni va ish printsiplari hamda uning geometrik va kinematik parametrlarini nazariy asoslari keltirilgan. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, motoblok bilan agregatlanadigan kartoshka kovlagich elevatorining uzunligi 53 sm, qazish lemexining uzunligi 27 sm, kovlagichning umumiy uzunligi 1 m, g'ildiragining diametri 45 sm, barabanlarning o'zaro orasidagi bo'ylama masofa 1 sm dan kam bo'lmasligi, baraban diametri esa 7 sm bo'lishi lozimligi aniqlangan.

Annotation. The article discusses the need, relevance and importance of the potato digger, the compactness and simplicity of its design necessary for household and small farms in our republic, technical solutions, the proposed design diagram, technological process and operating principles, as well as its geometric and kinematic parameters, and provides theoretical foundations. According to the research results, the length of the potato digger elevator aggregated with a walk-behind tractor is 53 cm, the length of the digging working element is 27 cm, the total length of the potato digger is 1 m, the wheel diameter is 45 cm, the longitudinal distance between the drums must be at least 1 cm, and the diameter of the drum must be 7 cm.

Аннотация. В статье рассмотрена актуальность и значение картофелекопателя, компактность и простота его конструкции необходимой для приусадебных и небольших фермерских хозяйств нашей республики, технические решения, предложенная конструктивная схема, технологический процесс и принципы работы, а также его геометрические и кинематические параметры и приведены теоретические основы. По результатам исследований длина элеватора картофелекопателя агрегатированный с мотоблоком составляет 53 см, длина подкапывающего рабочей органа - 27 см, общая длина картофелекопателя - 1 м, диаметр колеса - 45 см, продольное расстояние между барабанами должно быть не менее 1 см, а диаметр барабана должен быть 7 см.

Kalit so'zlar: motoblok, kartoshka kovlagich, elevator, quvur, baraban, g'ildirak, lemex, chiviq, osish qurilmasi, tuproq, kartoshka, parametr.

Keywords: walk-behind tractor, potato digger, elevator, pipe, drum, wheel, ploughshare,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

rod, hitch device, soil, potatoes, parameter.

Ключевые слова: мотоблок, картофелекопатель, элеватор, труба, барабан, колесо, лемех, пруток, устройство навески, почва, картофель, параметр.

Kirish. Respublikamizda yildan yilga aholining ko'payib borishi va ularni oziq ovqat mahsulotlariga bo'lgan ichki talabini oshishi hamda eksport hajmini ham barqaror ravishda oshirib borish vazifalari kartoshka yetishtirish bo'yicha ham samarali texnika va texnologiyalarni yaratishni talab etadi [1, 2, 3].

Hozirgi kunga kelib kartoshkani aholi tomorqasida yetishtirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Aholi tomorqasida yoki kichik konturli dalalarda yetishtirilayotgan kartoshka asosan qo'l mehnati hisobiga bajariladi. Ammo, bunda mehnat sarfi va boshqa harajatlarni oshishi mahsulotni tannarxini oshishiga sabab bo'lmoqda. Kartoshkani yetishtirishda uni yig'ishtirish jarayoni eng murakkab jarayonlardan hisoblanadi.

Tadqiqot usullari. Hozirda jahonda kichik konturli dalalarda motoblok bazasida ishlaydigan kartoshka kovlagichlar qo'llaniladi. Ularning turli xil variantlari mavjud bo'lib, shundan elakli kartoshka kovlagichlar samarali hisoblanadi. Ammo, bu turdagi kovlagichlarning konstruktsiyasi murakkab va metallhajmdor bo'lib, ish jarayonida turli xil tuproq iqlim sharoitlari uchun imkoniyatlari past. CHunki kovlagichning elagini uzunligi cheklangan b o'lib, bunga sabab kovlagich motoblok bilan agregatlanganda motoblokning mashinist tomonidan boshqarish qulay bo'lishi lozim. SHunga ko'ra, uning uzunligi motoblokni boshqarish rulidan uzun bo'lmasligi lozim. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Biz tomonimizdan motoblok bazasida ishlaydigan kartoshka kovlagich taklif etiladi (1-rasm). Kartoshka kovlagich qazish lemexi 1, elevator 2, elevator chivig'i 3, elevator chivig'iga kiygizilgan quvur 4, barabanlar 5, g'ildirak 7, g'ildirakdan elevatorga harakat beruvchi yulduzcha 7 lardan iborat. Kartoshka kovlagich motoblok osish qurilmasiga o'rnatiladi, ya'ni kovlagich osma mexanizm yordamida agregatlanadi. Motoblok harakati davomida kartoshka kovlagich g'ildiragi aylanma harakatlanadi va unga joylashgan yulduzcha elevator o'qini aylantiradi. Natijada elevator agregatning harakat yo' nalishiga qarama qarshi harakatlanib, tuproq-kartoshka massasini elashni boshlaydi.elevatorning harakati kovlagichning g'ildiragi va unga joylashgan yulduzcha o'lchamlariga bog'liq. Elevator chivig'iga kiygizilgan quvurlar harakat davomida kovlagich ramasiga mahkamlangan barabanlar bilan ta'sirlashib, ham aylanma harakat qiladi hamda o'zining diametri bo'yicha yuqoriga tikka nisbatan ko'tarilib keyin qaytadan birinchi holatiga tushadi. Bu jarayon har bir baraban bilan ta'sirlashganda uzviy davom etadi. Bunda tuproq -kartoshka massasini elevatorda elaklanishi ortadi.

1 - qazish lemexi; 2 - elevator; 3 - elevator chivig'i; 4 - quvur (truba); 5 - baraban (intensifikator); 6 - g'ildirak; 7 - elevatorni harakatga keltiruvchi yulduzcha 1-rasm. Motoblok bilan agregatlanadigan kartoshka kovlagichning umumiy sxemasi Bunda kartoshka kovlagichning elagi chiviqlariga trubalar kiritilgan bo'lib, elevator tagida barabanlar o'rnatilgan. CHiviqlarga kiydirilgan turbalar barabanlar bilan ta'sirlashganda ham aylanma harakat qiladi hamda pastga yuqoriga ko'tarilib tuproq palaxsasini uvalaydi [4].

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI

Kartoshka kovlagichning asosiy parametrlari quyidagilar hisoblanadi (2-rasm):

Lku - kartoshka kovlagichning uzunligi, m;

Lei - elevator uzunligi, m;

Li - lemex uzunligi, m;

Vi - lemex eni, m;

Dg'i - g'ildirak diametri, m;

btd - chiviqlarga kiygizilgan truba diametri, m;

Db - chiviqlarga kiygizilgan trubalar bilan ta'sirlashuvchi barabanli intensifikator diametri, m;

Tadqiqot natijalari. Motoblok bazasida ishlaydigan kartoshka kovlagichning asosiy parametlaridan biri uning uzunligi Lku hisoblanadi. Uning uzunligi kovlagich osish qurilmasining uzunligiga Los, elevator uzunligiga Lei, g'ildirak diametri Dg'i o'lchamlariga bog'liq. Bularning umumiy uzunligi o'z navbatida motoblok rulining uzunligidan kichik bo'lishligi lozim. CHunki motoblokni boshqarishda mashinist to'liq boshqarish imkoniga ega bo'lishi lozim. SHuning uchun kartoshka kovlagichning umumiy uzunligi motoblokning rul uzunligidan kichik yoki teng bo'lish shartidan quyidagi shart orqali aniqlanadi

Lru ^ Lku ■ (1)

Kartoshka kovlagichning uzunligi o'z navbatida quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi [4]

L = L + L, + - (d ,. - d ),

ku lu el 2 V g1 yu '

(2)

bunda dyu - yulduzcha diametri, m.

Lemex uzunligi kovlagich osish qurilmasi uzunligi oralig'ida bo'lishi lozim. Lemexning uchi motoblok bilan kovlagich osish qurilmasi tutashgan joydan oldinda bo'la olmaydi chunki motoblokni burayotganda lemex uchlari motoblok g'ildiraklariga tegmasligi lozim. SHuning uchun lemexning uzunligi quyidagi shart orqali aniqlanadi [4]

Llu ^ Los COS«,

(3)

1-lemex; 2-motoblokning osish qurilmasi; 3-elevator; 4-truba; 5-baraban; 6-g'ildirak 2-rasm. Motoblok bazasida ishlaydigan kartoshka kovlagichning asosiy parametrlarini

aniqlash bo'yicha sxema

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

bunda a - lemexning gorizontga nisbatan o'rnatilish burchagi, o.

(3) ifodaga LoS=30 sm, a=24o ekanligini qo'ysak, Lu=27 sm ga ega bo'lamiz. (2) va (3) ifodalardan foydalanib elevator uzunligini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin [4]

f 11 Ï

Lu, - L cosa--+-- b cosß,

Ld =

'ku I n. g ' i yu

V 22 j

(4)

bunda b - lemex va elevator orasidagi oraliq masofa, m;

( - elevatorni gorizontga nisbatan o'rnatilish burchagi, 0.

(4) ifodaga Lku=100 sm, (= 300, Los=30 sm, Dgi=45 sm, dyu=10 sm, b=2,5 sm qiymatlarni qo'yib, quyidagi Lel=53 sm ega bo'lamiz.

Elevatorda chiviqlarga kiygizilgan quvurlar orasidagi masofa btr =2,5 sm ni tashkil etishi

lozim.

SHuning uchun biz taklif etayotgan elevatorda har bir oraliqda bitta chiviq olib tashlangan. SHunda chiviqlar orasidagi masofa Vo=5 sm ni tashkil etadi. CHiviqlarga kiydiriladigan trubalarning diametrini btd tanlashda elevator chiviqlar orasidagi masofa 2,5 sm ni tashkil etishi lozim. SHuning uchun trubalarning diametri btd quyidagi ifoda orqali aniqlanadi [4]

b < BPO + 2br

btd <---• (5)

(5) ifodaga qiymatlarni qo'yib, trubalarning diametri btd=5 sm bo'lishligini aniqlaymiz. Elevator uzunligini qiymatini hisobga olib, kovlagich elevatori tagiga o'rnatilgan

barabanlarning sonini aniqlashimiz mumkin. Bunda elevator yulduzchalarining diametri hisobga olinishi lozim. Barabanlarning soni quyidagi ifoda orqali aniqlanadi [4]

L - 2dyu - 2Bp0

"b = 2B • (6)

po

(6) ifodaga ma'lum qiymatlarni qo'yib, nb=3,3 dona bo'lishligini aniqlaymiz. Aniqlangan qiymatni yaxlitlash orqali barabanlarning sonini 3 dona deyishimiz mumkin.

CHiviqlarga kiydirilgan trubalar barabanlar bilan ta'sirlashganda ularning orasidagi oraliq masofaning bek eng minimal qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi [4]

b, = B - d, -1 b , en

ek op ch 2 (7)

bunda dch - chiviq diametri, m.

(7) ifodaga ma'lum qiymatlarni qo'yib, bek=1,3 sm ga teng bo'ladi.

Barabanlarning diametrini aniqlashda chiviqlar orasidagi masofani aylanaga ichki chizilgan kvadrat tomonlari deb qabul qilib olamiz. SHunga ko'ra baraban diametri quyidagi aniqlanadi

Db =V2Bp0. (8)

(8) ifodaga ko'ra baraban diametri Db=7 sm ni tashkil etadi.

Barabanlarning o'zaro orasidagi bo'ylama masofa Bbo ning qiymati quyidagi ifodaga ko'ra aniqlash mumkin

Bbo = Bpo - M - Bpo ) (9)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

(9) ifodadagi ma'lum qiymatlarni qo'yib, Bbo=1sm ekanligini aniqlaymiz.

Kartoshka kovlagich elevatori chiviqlariga o'rnatilgan quvurlarning barabanlar bilan o'zaro ta'sirlashishini tadqiq etish uchun kartoshka kovlagich elevatori chiviqlariga o'rnatilgan quvurlarning barabanlar bilan o'zaro ta'sirlashishini 3.3-rasm rasmda keltirilgan sxemaga qarab aniqlashimiz mumkin. Elevator chiviqlariga o'rnatilgan quvurlar aylana shaklidagi barabanlar bilan ta'sirlashganda uning tezliklar farqi, ya'ni kinematik paramedian 3.3-rasmga muvofiq aniqlangan [5].

3-rasm. Kartoshka kovlagich elevatori chiviqlariga o'rnatilgan quvurlarning barabanlar

bilan o'zaro ta'sirlashishini sxemasi

3-rasmda elevator chivig'iga kiygizilgan quvur va ularni aylanma harakatini ta'minlovchi (intensifikator) barabanlarning parametrlari quyidagilardan iborat: dch - chiviq diametri, m; rch - quvurning ichki diametri, m; bqq - quvur qalinligi, m;

hch - elevator chivig'i markazidan barabangacha bo'lgan masofa, m; S - elevator chivig'i va quvurning to'qnashish nuqtasi, m; at - M va K nuqtalar orasidagi burchak, m.

Elevator chivig'iga kiygizilgan quvurlar elevatorning harakati davomida aylana shaklidagi barabanlar bilan ta'sirlanib, o'z o'qi atrofida aylanma harakat qiladi va tuproq massasini biroz uvalaydi. SHu harakat davomida baraban bilan ta'sirlashib uning harakat tezligi quyidagi ifoda keltirilgandek o'zgaradi [5]

V =

vel [rlch ( D + K ) - ( d btd + D rich ) cos«]2

2

2b

td

b

d

td

ch

2

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

(10)

yoki (10) ifodani (5) va (8) qo'yib quyidagicha aniqlash mumkin

J2bop

Vc = Ki

[rch + hch ) - ( 2 2

dch Bpo + 2b 42bp

-+-

2

rwh )cos«]2

2

B po + 2btr

2

Bpo + 2btr dch

2

2

(11)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI Elevator chiviqiga kiygizilgan quvurning tangentsial tezlanishi quyidagi ifoda orqali

[5]

a,

dVç dt

md )(rldl - df )(

btd + rich

2

) • sma-Vc

[rwh ( D + ) - ( df

+D

ich

yoki

r dVç

aA =■ ç

2(H,. - f)(df

B po + 2b, 2

)cosa]2

D.

(12)

+ Ta-) • ^ Fç

dt

[r<hh D + hh ) - (

B poo + 2btT 2

+

D 2

(13)

Tcch )coSa]2

Normal tezlanishni esa quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin [5]

2bd (

a = 2a> • 2b,

td

[Tch ( D+hh ) - (

(Tich dch 2 )2

Ah ' 2 btd + Db 2

■•V2

ich

)cosa]2

(14)

yoki

( B_ + 2h \

a = 2a> • 2

(B +2h \

2

2

d

ch\ 2

(Tch —f )

d

[Tch (^ + hch ) - (-2

( B + 2K \ D

-•V2 V ç ■

(15)

po

2

+ ^Tich )c0Sa]

Yuqorida keltirilgan ifodalarga ko'ra, motoblok bilan agregatlanadigan kartoshka kovlagichning asosiy parametrlari, ya'ni elevator uzunligi 53 sm, qazish lemexining uzunligi 27 sm, kovlagichning umumiy uzunligi 1 m, g'ildiragining diametri 45 sm, barabanlarning o'zaro orasidagi bo'ylama masofa 1 smdan kam bo'lmasligi, baraban diametri esa 7 sm bo'lishi lozimligi aniqlandi. 10^15 ifodalardan elevator chivig'iga kiydirilgan quvurlar baraban bilan ta'sirlashganda uning tezligi va tezlanishlari qanday qiymatga ega bo'lishini aniqlash mumkin.

Xulosalar

1. Motoblok bilan agregatlanadigan kartoshka kovlagichni ishlab chiqishda uning konstruktsiyasi turli xil tuproq iqlim sharoitlari uchun mos va ish unumi yuqori bo'lgan yengil va sodda konstruktsiyaga ega bo'lgan kartoshka kovlagichning parametrlari nazariy asoslandi va konstruktsion sxemasi ishlab chiqildi.

2. Nazariy tadqiqotlar asosida kovlagichning uzunligi Lku=100 sm, osish qurilmasi Los=30 sm dan oralig'ida bo'lishligi, g'ildirak diametri Dgv=45 sm, elevator yulduzchasi ^=10 sm, trubalarning diametri btd=5 lemex va elevator orasidagi oraliq masofa b=2,5 sm elevator uzunligi Lel=53 sm, lemex uzunligi Lu=27 sm, baraban diametri Db=7 sm, quvur dimateri btd=5 sm bo'lishligi va barabanlar soni m=3 donadan kam bo'lmasligini lozimligi aniqlandi.

3. Elevator chiviqlariga kiygizilgan quvurlarning baraban bilan ta'sirlashganda inertsiya momenti hosil bo'lib aylanma harakat qilishi va unda tangentsial hamda normal tezlanishlarga ega bo'lgan kinematik parametrlarini aniqlash imkonini beradigan ifodalar keltirib chiqarildi.

ADABIYOTLAR

1. Norchaev D.R., Norchaev R., Egamov J. Prospects for improving technical tools for

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

2

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

growing and harvesting potatoes // German International Journal of Modern Science. Germany, 2022. -№47. -Р.45-49.

2. Norchaev D.R., Norchaev J.R., Khusainov B.S. Results of experimental studies of a potato groomer motoblock // German International Journal of Modern Science. Germany, 2022. -№47. -Р.42-45.

3. Норчаев Д.Р., Норчаев Ж.Р., Хусаинов Б.С. Технические средства для возделывания овощей и картофеля к мотоблоку и результаты экспериментальных исследований // Евразийский Союз Ученых. Международный научно-исследовательский журнал. Санкт-Петербург, 2022. -№47.-С.10-14.

4. Norchaev D.R., G'aybullaev B.SH.., Xusainov B.S. Motoblok bazasida ishlaydigan kartoshka kovlagich elevatori parametrlarini asoslash // Yuqori samarali qishloq xo'jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyasi. Gulbaxor. - B. 266-269.

5. Суздалева Г.Ф. Технология сепарации почвенно - картофельного вороха с обоснованием конструктивно-режимных параметров элеватора с комбинированными прутками и интенсификатором. Автореф. дисс. ... канд.техн.наук. - Рязань, 2005. - 24 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.