Научная статья на тему 'MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING YILLIK IQTISODIY SAMARADORLIGI'

MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING YILLIK IQTISODIY SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
18
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mosh / dukkak / don / qurilma / bunker / silindr / iqtisod / samaradorlik / kishi / energiya. / Mash / bean / grain / device / hopper / cylinder / economy / efficiency / person / energy.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Achilov Elyor Temirovich

Maqolada eksperimental tadqiqotlar natijasida mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning yillik iqtisodiy samaradorlik natijalari keltirilgan. Qurilmaning yillik iqtisodiy natijasi shuni ko‘rsatdiki, , mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalab olish jarayonida qo‘l mehnatiga nisbatan ish unumi oshib bir tonna mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalashdan 401569,3 so‘m iqtisodiy samaraga erishish mumkin ekan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANNUAL ECONOMIC EFFICIENCY OF THE EQUIPMENT FOR PRIMARY CLEANING OF MASS GRAIN

The article presents the results of the annual economic efficiency of the mung bean separation device from the pods as a result of experimental studies. The annual economic result of the device showed that in the process of initial cleaning of mash grain from its pods, productivity increased compared to manual labor, and it is possible to achieve 401569.3 soums of economic benefit from the initial cleaning of one ton of mash grain from its pods.

Текст научной работы на тему «MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING YILLIK IQTISODIY SAMARADORLIGI»

Scientific journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2024

QISQA XABARLAR

UO'T 631.361.022, 631.362.3

MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING YILLIK IQTISODIY SAMARADORLIGI

Achilov Elyor Temirovich JizPI, assistenti. Tel.: +99894 037 21 08 e-mail.: achilovel1988@gmail. com

Annotatsiya. Maqolada eksperimental tadqiqotlar natijasida mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning yillik iqtisodiy samaradorlik natijalari keltirilgan. Qurilmaning yillik iqtisodiy natijasi shuni ko'rsatdiki, , mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalab olish jarayonida qo'l mehnatiga nisbatan ish unumi oshib bir tonna mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalashdan 401569,3 so'm iqtisodiy samaraga erishish mumkin ekan.

Аннотация. В статье представлены результаты годовой экономической эффективности устройства отделения маша от стручков в результате экспериментальных исследований. Годовой экономический результат работы устройства показал, что в процессе первичной очистки мешанки от стручков производительность труда увеличивается по сравнению с ручным трудом, а от первичной очистки одной тонны мешанки можно достичь экономического эффекта в размере 401569,3 сума. из своих капсул.

Abstract. The article presents the results of the annual economic efficiency of the mung bean separation device from the pods as a result of experimental studies. The annual economic result of the device showed that in the process of initial cleaning of mash grain from its pods, productivity increased compared to manual labor, and it is possible to achieve 401569.3 soums of economic benefit from the initial cleaning of one ton of mash grain from its pods.

Kalit so'zlar. Mosh, dukkak, don, qurilma, bunker, silindr, iqtisod, samaradorlik, kishi, energiya.

Ключевые слова. Маш, фасоль, зерно, аппарат, бункер, цилиндр, экономика, эффективность, человек, энергия.

Key words. Mash, bean, grain, device, hopper, cylinder, economy, efficiency, person,

energy.

Ma'lumki qishloq xo'jaligi ekinlari urug'ini boshog'i va dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalash jarayonlarini sifatli bajarilishini ta'minlaydigan texnologiyalar va ularni amalga oshiradigan texnik vositalar ishlab chiqishga, ularning samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib boorish ahamiyatga molik vazifalardan hisoblanadi. Ushbu yo'nalishda, qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishni fermer xo'jaliklarida to'g'ri yo'lga qo'yish va sarf xarajatlarni kamaytirishga ularning donlarini dukkaklaridan agrotexnik talablar darajasida ajratib dastlabki tozalash uchun tuzilishi jihatdan sodda qurilmalari energiya va resustejamkorligini oshirish qishloq xo'jalik mashinasozligining yechilishi lozim bo'lgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Fermer xo'jaliklarida yuqorida keltirilgan ishlarni bajarish uchun takomillashtirilgan energiya-resurstejamkor qurilmalarni yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Ushbu masalani bartaraf etish uchun avval bajarilgan ilmiy tadqiqot, ilmiy adabiyotlar va nazariy tadqiqotlar natijasida yangi konstruksiyadagi kichik hajmli mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning tajriba nusxasi ishlab chiqildi (1-rasm) [1-14].

Ushbu iqtisodiy samarani aniqlashda ishlab chiqilgan qurilma va qo'l mehnati orqali 1 tonna mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalash uchun ketadigan sarf-xarajatlar

Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2024

QISQA XABARLAR

hamda donni chiqitga chiqishini kamayishidan olinadigan samaradan keladigan daromadlarni hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi. Hisob-kitob ishlarida yangi qurilma, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflaridan ishlab chiqarishda foydalanishning iqtisodiy samaradorligini

aniqlash usullariga oid qo'llanmalar ma'lumotlardan foydalanildi [15, 16].

hamda me'yoriy yo'riqnomalarda keltirilgan

a) b)

a) old tomondan ko'rinishi; b) yon tomondan ko'rinishi; 1-uzatish bunkeri; 2-silindr; 3-himoya vasitasi; 4-elektrodvigatel; 5-yuqori g'alvir; 6-pastki g'alvir 1-rasm. Mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning tajriba nusxasini umumiy ko'rinishi

Sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda qurilmadan foydalanishdagi yillik iqtisodiy samara quyidagi ifoda orqali aniqlandi

Is = (H1- H2) Tm, (1)

bunda H1- qo'l mehnatidan foydalanishdagi to'g'ridan to'g'ri xarajatlar, so'm/t;

H2— taklif qilinayotgan qurilmadan foydalanishdagi to'g'ridan-to'g'ri xarajatlar, so'm/t;

Tm- mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning bir yillik ish hajmi, t.

Agar bir kishi bir kunda qo'l mehnati orqali 110 kg mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalab olsa, bir tonna mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalab olish uchun o'rtacha 9 kun sarflaydi, ya'ni 1 kishining qo'l mehnatidan foydalanishdagi to'g'ridan-to'g'ri xarajatlar H1=976484,8=408542,4 so'm/t ga teng bo'ladi.

Bir birlik ish hajmiga to'g'ri keladigan foydalanishdagi to'g'ridan-to'g'ri xarajatlar ushbu ifoda yordamida hisoblandi:

(2)

bunda H2 - yangi qurilmadan foydalanishdagi to'g'ridan-to'g'ri xarajatlar, so'm/t; Ixj - xizmatchilarning ish haqi xarajati, so'm/t; Ax-j - amortizatsiya xarajati, so'm/t;

Tx-j- TXK, joriy va mukammal ta'mirlash xarajatlari, so'm/t; Ex_j - elektr energiya xarajatlari, so'm. Ushbu sarf-xarajatlar mos ravishda quyidagicha aniqlanadi: Ish haqi xarajati:

(3)

bunda Kx - xizmat qiluvchi kishilar soni, kishi;

Tish - izmat qiluvchi kishiga tarif bo'yicha vaqtbay to'lov, so'm/soat; Wsm - qurilmaning smena vaqtidagi soatlik ish unumi, t/soat.

Scientific journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2Q24

QISQA XABARLAR

Amortizatsiya xarajati:

^x-j

• Agj

,

yil

(4)

bunda Bm - qurilmaning balans bahosi, so'm;

Aaj - qurilmaning amortizatsiya ajratmasi; Wyil - qurilmaning yillik ish hajmi, t. TXK va ta'mirlash xarajatlari:

(5)

"yil

bunda Bm - qurilmaning balans bahosi, so'm; Taj - TXK va tamirlash ajratmasi; Elektr energiya xarajatlari:

bunda Bgl - 1 kVt elektr energiya narxi, so'm/kVt;

Qgl- 1 soatdagi elektr energiya sarfi, kVt/soat;

Weks - ekspluatatsiya vaqtdagi soatlik ish unumi, kg/soat.

Mashinaning yillik ish hajmi navbatdagi ifoda orqali aniqlandi:

Wyil = Weks Tm (7)

Barcha xarajatlarni hisoblash uchun qabul qilingan me'yoriy ma'lumotlar va yangi qurilmadan foydalanishdagi iqtisodiy samarani hisoblash natijalari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalash qurilmasidan foydalanishdagi yillik iqtisodiy samara 69824869,9 so'mni tashkil qiladi.

1-jadval

-la i O'lchov birligi Ko'rsat-

№ Ko'rsatkichlarning nomlanishi "ab 'S el ni m kichlarning qiymati

1 2 3 4 5

1. Yillik ish hajmi: Weks x Tm Wyil t 173,880

2. Ish haqi xarajati: (Kx x Tish) / Wsm Ix-j. so'm/t 23,2

3. Amortizatsiya xarajati: Bm x Aaj / Wyil Ax-j so'm/t 5693,6

4. TXK va ta'mirlash xarajatlari: Bm xTaj/Wyil Tx-j so'm/t 1252,6

5. Elektr energiya xarajatlari: Bel x Qel/Weks Ex-j so'm/t 3,7

6. Foydalanishdagi to'g'ridan-to'g'ri xarajatlar: Ixj+A-+ Txj+ Exj. H2 so'm/t 6973,1

7. 1 tonna mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki

tozalash uchun foydalanishdagi xarajatlarning kamayishidan olinadigan samara: H1- H2 Id so'm 401569,3

8. Jami yillik ish hajmi bo'yicha foydalanishdagi xarajatlarning kamayishi-dan olinadigan samara: Id x Wyil Is so'm 69824869,9

Demak, mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilma, donlarni dukkaklaridan agrotexnik talablar darajasida ajratib dastlabki tozalaydi, balki katta miqdorda iqtisodiy samara olish imkonini berib, qo'l mehnatiga barham beradi.

Xulosa Taklif qilinayotgan qurilmadan foydalanilganda, mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalab olish jarayonida qo'l mehnatiga nisbatan ish unumi oshib bir tonna mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalashdan 401569,3 so'm iqtisodiy samaraga erishiladi.

Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2024

QISQA XABARLAR

ADABIYOTLAR

1. Pardayev O. R. Achilov E.T. Mosh urug'uni dukkaklaridan ajratadigan qurilma. \\ Ishlab chiqarishning texnik muxandislik va texnologik muammolarni inavatsion yechimlar

Xalqaro Ilmiy -texnik anjuman. - Jizzax, 29-30 oktyabr-2021. B. 510-512.

2. Pardayev O. R. Achilov E.T. Urug'lik moshni dukkaklaridan ajratib olish uchun talab etilgan kuchni asoslash.\\ Ishlab chiqarishning texnik muxandislik va texnologik muammolarni inavatsion yechimlar Xalqaro Ilmiy-texnik anjuman. - Jizzax, - B. 507-510

3. Pardayev O. R. Achilov E.T. Энерго -и ресурсосберегающее устройство для отделения семян сельскохозяйственных культур // Интернатцонал конференсе он. Можва 28 02 2022-год. - C. 195-199.

4. Pardayev O. R. Achilov E.T. THE RESULT OF STUDYYING THE GYOMETRIC DEMESIONS OF MUNG BEAN // Namangan muhandislik texnologiyalari instituti ilmiy texnikum jurnal. - Namangan. 2022-yil.

5. Pardaev O. R., Tukhtabayev M. A., Achilov E. The result of studying the geometric dimensions of mung bean grains //Scientific and technical journal of NamlET. - 2021. - Т. 6. -№. 3. - С. 29-34.

6. Egamnazarov G'.G'., Pardayev O. R. Achilov E.T. Qishloq xo'jaligi ekinlari boshog'i,dukkagi va poyasini namligi. // Zamonoviy Tadqiqotlar inovatsiyalar, texnika va texnologiyalarining dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari. Ilmiy texnik anjuman 1-qism. Jizzax. 2022-yil. B. 251-256.

7. Tukhtabayev M. A., Pardaev O. R. Moisture and hardness of the soybean stem //Механика и технология. - 2021. - Т. 4. - №. 5. - С. 67-73.

8. Egamnazarov G'. G'., Pardayev O. R., Achilov E.T. Qurilmadagi g'alvir ko'zlarining diametrini asoslashda urug'larning geometrik o'lchamlarini o'rganish natijasi. // Andijon mashinasozlik ilmiy texnik jurnal. Andijon. №2. 2022 yil iyul. B. 198-202.

9. Pardayev O. R., Achilov E.T., Xiloliddinova F.R. Qishloq xo'jaligi ekinlari donini boshog'i va dukkaklaridan ajratadigan qurilmaning tuzilishi hamda navning parametrlarini asoslash.// Andijon mashinasozlik ilmiy texnik jurnal. Andijon. №2. 2022 yil iyul. B. 209-214.

10. Egamnazarov G. G'.,Pardayev O. R., Achilov E.T. Qishloq xo'jaligi ekinlari donini ajratadigan qurilmada boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining qamrab olinish jarayonini tadqiq etish.// NAMDU axborat nomasi ilmiy texnik jurnal 2022 yil iyul. Namangan. №2(7),2022. B. 75-80.

11. Igamberdiev D. X., Achilov E.T. Moshning halq xo'jaligidagi ahamiyati.// PROSPECTS FOR THE DEVELOP7MENT OF DIGITAL ENERGY SYSTEMS, PROBLEMS AND SOLUTIONS FOROBTAINING RENEWABLE ENERGY. - Jizax. 19-20 may 2023 yil. B 810-812.

12. Pardayev O. R., Achilov E.T. Optimizing the main structural dimensions and operating modes of the device that separtest the seeds of agricultural crops from the ears and pods.// Ekonomika I sosium. Можва 3(106)2023

13. ISSN 2225-1545 172-175. https://www.iupr.ru/3-106-2023

14. Pardayev O. R., Achilov E.T. Theortical study Process of separation of agricultural crops seeds from heand and pods under the influence of winders.// Modern journal of social. Sciences and humanities. ISSN 2795-4846.Partugaliya. B 36-41

15. ГОСТ 53056-2008. Техника сельскохозяйственная. Методы экономической оценки. М.: Изд-во стандартов, 2009. - 23 с.

ГОСТ 53056-2008. Техника сельскохозяйственная. Методы экономической оценки. М.: Изд-во стандартинформ, 2009. - 19 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.