Научная статья на тему 'MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING ASOSIY KONSTRUKTIV O‘LCHAMLARI VA ISH REJIMLARINI MAQBULLASHTIRISH'

MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING ASOSIY KONSTRUKTIV O‘LCHAMLARI VA ISH REJIMLARINI MAQBULLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mosh / dukkak / don / savag‘ich / qurilma / burchak / amplituda / tebranish / bunker / silindr. / Mung bean / bean / grain / device / angle / amplitude / vibration / hopper.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Achilov Elyor Temirovich

Maqolada eksperimental tadqiqotlar natijasida mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning asosiy konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlarini maqbullashtirish natijalari keltirilgan. Eksperimental tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, taklif qilinayotgan qurilmada mosh donini dukkaklaridan ajratib olish to‘liqligini yuqori va ularning shikastlanish darajasini kam, don nobudgarchiligi kam hamda don tozaligini yuqori bo‘lishi valning aylanishlar soni 350 min-1, savag‘ichlar soni 18 dona, savag‘ichlarning uzunligi 170 mm, g‘alvirning tebranishlar soni 300 min-1, g‘alvirning tebranishlar amplitudasi 11,5 mm va uning qiyalik burchagi 12 gradusga teng bo‘lganda ta’minlash mumkin ekan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPROVAL OF THE MAIN CONSTRUCTION DIMENSIONS AND WORKING MODES OF THE DEVICE FOR PRIORLY CLEANING THE GRAINS

As a result of experimental studies, the article presents the results of optimization of the main design dimensions and operating modes of the device for separating mung bean from the pods. The results of experimental studies have shown that the proposed device has a high degree of completeness in separating mung bean from its pods and a low degree of damage to them, low grain damage and high grain purity, which can be ensured with the length of its processing. The deflections are 170 mm, the number of vibrations of the beam is 300 min-1, the amplitude of vibrations of the beam is 11.5 mm, its inclination angle is 12 degrees.

Текст научной работы на тему «MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING ASOSIY KONSTRUKTIV O‘LCHAMLARI VA ISH REJIMLARINI MAQBULLASHTIRISH»

UO'T 631.361.022, 631.362.3

MOSH DONINI DUKKAKLARIDAN AJRATIB DASTLABKI TOZALAYDIGAN QURILMANING ASOSIY KONSTRUKTIV O'LCHAMLARI VA ISH REJIMLARINI

MAQBULLASHTIRISH

Achilov Elyor Temirovich JizPI, assistenti. Tel.: +99894 037 21 08 e-mail.: achilovel1988@gmail. com

Annotatsiya. Maqolada eksperimental tadqiqotlar natijasida mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning asosiy konstruktiv o'lchamlari va ish rejimlarini maqbullashtirish natijalari keltirilgan. Eksperimental tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, taklif qilinayotgan qurilmada mosh donini dukkaklaridan ajratib olish to'liqligini yuqori va ularning shikastlanish darajasini kam, don nobudgarchiligi kam hamda don tozaligini yuqori bo'lishi valning aylanishlar soni 350 min-1, savag'ichlar soni 18 dona, savag'ichlarning uzunligi 170 mm, g'alvirning tebranishlar soni 300 min-1, g'alvirning tebranishlar amplitudasi 11,5 mm va uning qiyalik burchagi 12 gradusga teng bo'lganda ta'minlash mumkin ekan.

Аннотация. В результате экспериментальных исследований в статье представлены результаты оптимизации основных конструктивных размеров и режимов работы устройства отделения маша от стручков. Результаты экспериментальных исследований показали, что предлагаемое устройство имеет высокую степень полноты отделения маша от его стручков и низкую степень их повреждения, низкую повреждаемость зерна и высокую чистоту зерна, которую можно обеспечить при длине его обработки. Прогибы 170 мм, число колебаний балки 300 мин-1, амплитуда колебаний балки 11,5 мм, угол ее наклона 12 градусов.

Abstract. As a result of experimental studies, the article presents the results of optimization of the main design dimensions and operating modes of the device for separating mung bean from the pods. The results of experimental studies have shown that the proposed device has a high degree of completeness in separating mung bean from its pods and a low degree of damage to them, low grain damage and high grain purity, which can be ensured with the length of its processing. The deflections are 170 mm, the number of vibrations of the beam is 300 min-1, the amplitude of vibrations of the beam is 11.5 mm, its inclination angle is 12 degrees.

Kalit so'zlar. Mosh, dukkak, don, savag'ich, qurilma, burchak, amplituda, tebranish, bunker, silindr.

Ключевые слова. Маш, бобы, зерно, прибор, угол, амплитуда, вибрация, бункер.

Key words. Mung bean, bean, grain, device, angle, amplitude, vibration, hopper.

Ma'lumki qishloq xo'jaligi ekinlari urug'ini boshog'i va dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalash jarayonlarini sifatli bajarilishini ta'minlaydigan texnologiyalar va ularni amalga oshiradigan texnik vositalar ishlab chiqishga, ularning samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib boorish ahamiyatga molik vazifalardan hisoblanadi. Ushbu yo'nalishda, qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishni fermer xo'jaliklarida to'g'ri yo'lga qo'yish va sarf-xarajatlarni kamaytirishga ularning donlarini dukkaklaridan agrotexnik talablar darajasida ajratib dastlabki tozalash uchun tuzilishi jihatdan sodda qurilmalari energiya va resustejamkorligini oshirish qishloq xo'jalik mashinasozligining yechilishi lozim bo'lgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Fermer xo'jaliklarida yuqorida keltirilgan ishlarni bajarish uchun takomillashtirilgan energiya-resurstejamkor qurilmalarni yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Ushbu masalani bartaraf etish uchun avval bajarilgan ilmiy-tadqiqot, ilmiy adabiyotlar va nazariy tadqiqotlar natijasida yangi konstruksiyadagi kichik hajmli mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning tajriba nusxasi ishlab chiqildi (1-rasm) [1-14].

a) b)

a) old tomondan ko'rinishi; b) yon tomondan ko'rinishi 1-uzatish bunkeri; 2-silindr; 3-himoya vasitasi; 4-elektrodvigatel; 5-yuqori g'alvir; 6-pastki g'alvir 1-rasm. Mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning tajriba nusxasini umumiy ko'rinishi

Ushbu mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning texnologik ish jarayoniga ta'sir ko'rsatadigan omillar orasidagi bog'lanishlarni hamda ularning maqbul qiymatlarini aniqlashda ko'p omilli eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi. Bundan oldin bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy adabiyotlar, nazariy va amaliy tadqiqotlarning natijalari hamda dastlabki eksperimental tadqiqotlar asosida, mosh donini dukkaklaridan ajratib olish texnologik jarayoniga valning aylanishlar soni, savag'ichlar soni va savag'ichlarning uzunligi, dastlabki tozalash texnologik jarayoniga g'alvirning tebranishlar soni, g'alvirning tebranishlar amplitudasi va g'alvirnig qiyalik burchagi eng ko'p ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Shu sababdan mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalaydigan qurilmaning asosiy konstruktiv o'lchamlari va ish rejimlarining maqbul qiymatlarini aniqlash uchun qo'p omilli tajribalar B3 rejasidan foydalanib ko'p omilli tajribalar o'tkazildi. Ko'p omilli tajribalarni baholash mezoni sifatida mosh donini dukkaklaridan ajratib olish jarayoni uchun donlarni dukkaklaridan ajratib olish to'liqligi hamda ularni shikastlanish darajasi, mosh donini dastlabki tozalash jarayoni uchun don tozaligi va nobudgarchiligi qabul qilindi.

O'tkazilgan dastlabki tajribalar va nazariy-amaliy tadqiqotlarning natijalariga asoslanib, omillarning o'zgarish chegaralari va oraliqlari aniqlandi.

1-jadvalda asosiy omillar, ularning o'zgarish chegaralari va oraliqlari keltirilgan.

1-jadval

Asosiy omillar, ularning o'zgarish chegaralari va oraliqlari_

Mosh donini dukkaklaridan ajratib olish texnologik jarayoni uchun

№ Omillarning nomlanishi Belgilanishi O'zgarish chegarasi O'zgarish oralig'i

Haqi qiy rt 10 ^ cö -1 0 +1

1 Valning aylanishlar soni, r/min N X1 300 350 400 50

2 G'avag'ichlar soni, dona Zk X2 15 18 21 3

3 G'avag'ichlarning uzunligi, mm l X3 160 165 170 5

Mosh donini tozalash texnologik jarayoni uchun

3 G'alvirning tebranishlar soni, min-1 nteb Yi 300 350 400 50

4 G'alvirning tebranishlar amplitudasi, mm Ateb Y2 9 12 15 3

5 G'alvirning qiyalik burchagi, grad. Ag'al Y3 6 9 12 3

y = bo+Z bx + Z b-üxv+ Z bcx?, (i)

Texnologik jarayonlarga ta'sir ko'rsatadigan omillar va olinadigan natijalar orasidagi bog'liqlik quyidagi regressiya tenglama ko'rinishida ifodalanadi [15].

k k k

/ S b x / b x * rt

0 ¿^ i i ¿^ ij ij

i i>y i=1

bunday - tadqiq qilinayotgan jarayonning maqbullashtirilgan mezoni;

bo, bij, bü - o'zgarmas regressiya koeffitsientlari;

xi, Xjj - o'zgaradigan omillar.

Hisoblashlarni osonlashtiruvchi omillar quyidagi ifoda bilan kodlandi

— _ —

— = -L_-SL , (2)

bunda Xi - omillarning shartli qiymati;

Xi - omillarning haqiqiy qiymati;

Xoi - nol sathdagi omillarning haqiqiy qiymati;

s - omillarning o'zgarish oralig'ini haqiqiy qiymati.

Regressiya koeffitsientlarining ahamiyatliligini aniqlash jarayonida 0,05 sathda Styudent mezonidan foydalanildi.

Jarayonlar modelining adekvatliligi Fisher mezoni bo'yicha tekshirildi.

Agar

Fmax ^ Fwad(0,05) , (3)

bo'lsa, texnologik jarayonning modeli adekvat hisoblanadi.

Har bir tajriba uchun uchta kuzatishlar olindi. Eksperimental tadqiqotlarni o'tkazish ketma-ketligini bilish uchun tasodifiy sonlar jadvalidan foydalanildi. Mosh donini dukkaklaridan ajratib olish to'liqligi va ularni shikastlanish darajasi hamda mosh donini dastlabki tozalashda don tozaligi va nobudgarchiligi bo'yicha regressiya tenglamalari olindi. Ushbu tenglamalardan texnologik jarayonga ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillarning maqbul qiymatlari aniqlandi.

Mosh donini dukkaklaridan ajratib dastlabki tozalash bo'yicha o'tkazilgan ko'p omilli eksperimental tadqiqotlarda olingan natijalarni kompyuterda mavjud bo'lgan maxsus dastur yordamida hisoblab chiqilib, qayta ishlov berildi. Ushbu dastur orqali donlarni dukkaklaridan ajratib olish texnologik jarayonida donlarni dukkaklaridan ajratib olish to'liqligi va ularning shikastlanish darajasi hamda mosh donini dastlabki tozalash texnologik jarayonida don tozaligi va nobudgarchiligini adekvat ifodalaydigan quyidagi regressiya tenglamalari olindi:

Qurilish va Ta 'lim ilmiy Jurnali 3-jild, 3-son https://jurnal.qurilishtalim.uz

- donlarni dukkaklaridan ajratib olish to'liqligi bo'yicha

Y1 = 94,645+ 2,615 Xi+ 4,511X2 - 9,762X3-1,06GXi2 -- 8,864X1X2+1,5 80X1X3-9,3 20X22 + 3,3 00X32, %;

- donlarning shikastlanish darajasi bo'yicha

Y2 = 1,43 + 0,156X1 -0,467X2 - 0,891X3 +0,123X12

(4)

(5)

+0,3 68X1X3+ 0,6 1 4X22 +0,468 X2X3- 1,28 5X32, %

- don tozaligi bo'yicha, (%)

Utoza = 98,168 + 0,325X1 + 0,368X2 + 0,321X3 + 0,276X1X2 -

- 0,204X22 + 0,357 X2X3; (6)

- don nobudgarchiligi bo'yicha, (%)

Unob = 0,023 + 0,005X1 + 0,005X2 + 0,006X3 + 0,003X12 +

+ 0,003X1X2 +0,013X1X3 + 0,014X22 +0,008X2X3 - 0,003X32. (7)

(5) va (6) regressiya tenglamalarini mosh donini dukkaklaridan ajratib olish to'liqligi Y1max> 98 foiz va ularni shikastlanish darajasi Y2<2 ga intilish sharti hamda (7) va (8) regressiya tenglamalarini don nobudgarchiligi 0,05 foiz [min] qiymatga, don tozaligini 98,0 foiz [max] qiymati bilan yechish texnologik jarayonlarga ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillarning maqbul qiymatlari aniqlandi .

2- va 3-jadvallarda asosiy omillarning maqbul qiymatlarini aniqlash natijalari keltirilgan.

2-jadval

Ko'rsatkichlarning nomlanishi Omillar va ularning qiymatlari

n, r/min Zk, dona l, mm

Shartli +0,121 0 +1

Haqiqiy 353,6 18 170

Yaxlitlangan 350 18 170

Asosiy omillarning maqbul qiymatlari

3-jadval

Ko'rsatkichlarning Omillar va ularning qiymatlari

nomlanishi Nteb, min-1 Ateb, mm W g'al, grad.

Shartli 0 -0,56 1

Haqiqiy 304,46 11,65 12

Yaxlitlangan 300 11,5 12

2- va 3-jadvallarda keltirilgan natijalardan ko'rinib turibdiki, taklif qilinayotgan qurilmada mosh donini dukkaklaridan ajratib olish to'liqligini yuqori va ularning shikastlanish darajasini kam, don nobudgarchiligi kam hamda don tozaligini yuqori bo'lishi valning aylanishlar soni 350 min-1, savag'ichlar soni 18 dona, savag'ichlarning uzunligi 170 mm, g'alvirning tebranishlar soni 300 min-1,

g'alvirning tebranishlar amplitudasi 11,5 mm va uning qiyalik burchagi 12 gradusga teng bo'lganda ta'minlanadi.

Xulosa

1. Mosh donini dukkaklaridan ajratib olish to'liqligi yuqori, ularning shikastlanish darajasini past, don tozaligi yuqori va uning nobudgarchiligi past bo'lishiga savag'ichlar mahkamlangan valning aylanishlar soni, savag'ichning uzunligi, savag'ichlar soni, g'alvirning tebranishlar soni, g'alvirning tebranishlar amplitudasi va uning qiyalik burchagini to'g'ri tanlash orqali erishish mumkin.

2. Taklif qilinayotgan qurilmada mosh donini dukkaklaridan ajratib olish to'liqligi yuqori, ularni shikastlanish darajasi past, don tozaligi yuqori hamda uning nobudgarchiligi kam bo'lishi pichoqsimon savag'ich foydalangan holda valning aylanishlar soni 350 1/min, unga

o'rnatilgan savag'ichlar soni 18 dona, savag'ichlarning uzunligi 170 mm, g'alvirning tebranishlar soni 300 1/min, g'alvirning tebranishlar amplitudasi 11,5 mm hamda uning qiyalik burchagi 12 gradusni tashkil etganda ta'minlanadi.

ADABIYOTLAR

1. Pardayev O. R. Achilov E.T. Mosh urug'uni dukkaklaridan ajratadigan qurilma. \\ Ishlab chiqarishning texnik muxandislik va texnologik muammolarni inavatsion yechimlar Xalqaro Ilmiy -texnik anjuman. - Jizzax, 29-30 oktyabr-2021. B. 510-512.

2. Tukhtabayev M. A., Pardaev O. R. Moisture and hardness of the soybean stem //Механика и технология. - 2021. - Т. 4. - №. 5. - С. 67-73.

3. Pardayev O. R. Achilov E.T. Энерго и ресурсосберегающее устройство для отделения семян сельскохозяйственных культур // Интернатцонал конференсе он. Москва 28 02 2022-год. - C. 195-199.

4. Pardayev O. R. Achilov E.T. THE RESULT OF STUDYYING THE GYOMETRIC DEMESIONS OF MUNG BEAN // Namangan muhandislik texnologiyalari instituti ilmiy texnikum jurnal. - Namangan. 2022-yil.

5. Pardaev O. R., Tukhtabayev M. A., Achilov E. The result of studying the geometric dimensions of mung bean grains //Scientific and technical journal of NamlET. - 2021. - Т. 6. -№. 3. - С. 29-34.

6. Egamnazarov G'.G'., Pardayev O. R. Achilov E.T. Qishloq xo'jaligi ekinlari boshog'i,dukkagi va poyasini namligi. // Zamonoviy Tadqiqotlar inovatsiyalar, texnika va texnologiyalarining dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari. Ilmiy texnik anjuman 1-qism. Jizzax. 2022-yil. B. 251-256 .

7. Pardayev O. R., Achilov E.T.,Xiloliddinova F.R. Qishloq xo'jaligi ekinlari boshog'i,dukkaklaridan ajratadigan qurulmani ishlab chiqarish natijasi.// Zamonoviy Tadqiqotlar inovatsiyalar, texnika va texnologiyalarining dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari.Ilmiy texnik anjuman. . Jizzax. 1-qism 2022-yil.8-9-aprel. B. 261-264.

8. Egamnazarov G'. G'., Pardayev O. R., Achilov E.T. Qurilmadagi g'alvir ko'zlarining diametrini asoslashda urug'larning geometrik o'lchamlarini o'rganish natijasi. // Andijon mashinasozlik ilmiy texnik jurnal. Andijon. №2. 2022 yil iyul. B. 198-202.

9. Pardayev O. R., Achilov E.T., Xiloliddinova F.R. Qishloq xo'jaligi ekinlari donini boshog'i va dukkaklaridan ajratadigan qurilmaning tuzilishi hamda navning parametrlarini asoslash.// Andijon mashinasozlik ilmiy texnik jurnal. Andijon. №2. 2022 yil iyul. B. 209-214.

10. Egamnazarov G. G'.,Pardayev O. R., Achilov E.T. Qishloq xo'jaligi ekinlari donini ajratadigan qurilmada boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining qamrab olinish jarayonini tadqiq etish.// NAMDU axborat nomasi ilmiy texnik jurnal 2022 yil iyul. Namangan. №2(7),2022. B. 75-80.

11. Igamberdiev D. X., Achilov E.T. Moshning halq xo'jaligidagi ahamiyati.// PROSPECTS FOR THE DEVELOP7MENT OF DIGITAL ENERGY SYSTEMS, PROBLEMS AND SOLUTIONS FOROBTAINING RENEWABLE ENERGY. - Jizax. 19-20 may 2023 yil. B 810-812.

12. Pardayev O. R., Achilov E.T. Optimizing the main structural dimensions and operating modes of the device that separtest the seeds of agricultural crops from the ears and pods // Ekonomika I sosium. Москва 3(106)2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. ISSN 2225-1545 172-175. https://www.iupr.ru/3-106-2023

14. Pardayev O. R., Achilov E.T. Theortical study Process of separation of agricultural crops seeds from heand and pods under the influence of winders // Modern journal of social. Sciences and humanities. ISSN 2795-4846.Partugaliya. B 36-41

Аугамбаев М.А. и др. Основы планирования научно-исследовательского эксперимента. - Т.: Укитувчи, 1993. - 336 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.