Научная статья на тему 'Moliyaviy hisobotning xalqaro Standartlari o'zbekiston uchun Qanday afzallik tomonlari mavjud'

Moliyaviy hisobotning xalqaro Standartlari o'zbekiston uchun Qanday afzallik tomonlari mavjud Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Область наук
Ключевые слова
to'g'ri tashhis / correct diagnosis

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tuychiyev Alisher

O'zbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro standartlarga o'tkazish jarayoni mas'uliyatli va og'ir sinov hisoblandi. Bu esa bizdan yanada bu ishga qat'iyatlik bilan yondoshish hamda keng mushohada bilan ish yuritishimizni talab etadi. Masalan, har qanday tadbirkorlik sub'ektining moliya-xo'jalik faoliyati holati va moliyaviy natijalari haqidagi ma'lumotlarni olish, boshqacha aytganda korxonaga "to'g'ri tashhis" qo'yish muhimdir. Zero, "to'g'ri tashhis" natijasida olingan korxona haqidagi izchil ma'lumot kelgusida ta'sirchan va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy holat va moliyaviy natijani o'z ichiga oluvchi ma'lumotlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro Standartlari asosida hisobotlar holatida shakllantirish ishlarini, albatta, korxonalarda moliyaviy hisobchilar yoki buxgalterlar bajaradilar. Jahon olimlari tomonidan Standartlar, Buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini yoritadi, Standartlar to'plami esa buxgalteriya hisobi asoslaridir, deb izox berish odat tusiga aylangan. Masalan, AQSh olimlari Standartlar moliyaviy hisobotni tuzish qoidalari bo'lib, umumqabul qilingan tamoyillarni aks ettiradi, deb hisoblashsa, rus olimlari, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish uchun ishlatiladigan norma yoki standartlar Buxgalteriya hisobi Standarlaridir, deb xulosa bergan, mamlakatimiz iqtisodiyotida korxonalarning Moliyaviy hisobotlarning xalqaro Standartlari asosida hisobotlarini yuritishi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по экономике и бизнесу , автор научной работы — Tuychiyev Alisher

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

International financial reporting Standards for Uzbekistan What are the advantages?

The process of transferring the accounting system to international standards in Uzbekistan was considered a responsible and difficult challenge. This requires us to approach this work with determination and broad observation. For example, it is important to obtain information about the state of financial and economic activities and financial results of any business entity, in other words, to make a "correct diagnosis" of the enterprise. After all, consistent information about the enterprise, obtained as a result of "correct diagnosis," serves as the basis for making effective and efficient management decisions in the future. Financial accountants or business accountants are responsible for preparing information, including financial position and financial performance, in the form of reports based on international financial reporting standards. It has become common among world scientists to comment that the Standards cover the theoretical foundations of accounting, and the set of Standards is the basis of accounting. For example, American scholars believe that the Standards are rules for the preparation of financial statements and reflect generally accepted principles, while Russian scholars have concluded that the norms or standards used for the preparation and presentation of financial statements are accounting standards based on International Accounting Standards Financial reporting of enterprises in the economy of our country Reporting is one of the pressing problems of our time

Текст научной работы на тему «Moliyaviy hisobotning xalqaro Standartlari o'zbekiston uchun Qanday afzallik tomonlari mavjud»

TUYCHIYEV ALISHER J URAYEVICH

Iqtisodiyot fanlari doktori (Sc), professor, ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O'zbekiston. e-mail: doctortuychiyev@yandex.com ORCID: 0009-0004-3860-515X

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI- O'ZBEKISTON UCHUN QANDAY AFZALLIК TOM0NLARI MAVJUD

Annotatsiya: O'zbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro standartlarga o'tkazish jarayoni mas'uliyatli va og'ir sinov hisoblandi. Bu esa bizdan yanada bu ishga qat'iyatlik bilan yondoshish hamda keng mushohada bilan ish yuritishimizni talab etadi. Masalan, har qanday tadbirkorlik sub'ektining moliya-xo'jalik faoliyati holati va moliyaviy natijalari haqidagi ma'lumotlarni olish, boshqacha aytganda korxonaga "to'g'ri tashhis" qo'yish muhimdir. Zero, "to'g'ri tashhis" natijasida olingan korxona haqidagi izchil ma'lumot kelgusida ta'sirchan va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy holatva moliyaviy natijani o'z ichiga oluvchi ma'lumotlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro Standartlari asosida hisobotlar holatida shakllantirish ishlarini, albatta, korxonalarda moliyaviy hisobchilar yoki buxgalterlar bajaradilar.

Jahon olimlari tomonidan Standartlar, Buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini yoritadi, Standartlar to'plami esa buxgalteriya hisobi asoslaridir, deb izox berish odat tusiga aylangan. Masalan, AQSh olimlari Standartlar moliyaviy hisobotni tuzish qoidalari bo'lib, umumqabul qilingan tamoyillarni aks ettiradi, deb hisoblashsa, rus olimlari, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish uchun ishlatiladigan norma yoki standartlar Buxgalteriya hisobi Standarlaridir, deb xulosa bergan, mamlakatimiz iqtisodiyotida korxonalarning Moliyaviy hisobotlarning xalqaro Standartlari asosida hisobotlarini yuritishi kunningdolzarbmasalalaridan biridir.

Аннотация: Процесс перевода системы бухгалтерского учета на международные стандарты в Узбекистане считался ответственным и трудным испытанием. Это требует от нас решительного подхода к этой работе и широкого наблюдения. Например, важно получить HHtfiopMatsiio о состоянии финансово-хозяйственной деятельности и финансовых результатах любого субъекта хозяйствования, иными словами, поставить «правильный диагноз» предприятию. Ведь непротиворечивая информа1з1я о предприятии, полученная в результате «правильной диагностики», служит основой для принятия эффективных и действенных управленческих решений в будущем. Финансовые бухгалтеры или бухгалтеры предприятий несут ответственность за подготовку информа1зш, включая финансовое состояние и финансовые результаты, в форме отчетов, основанных на международных стандартах финансовой отчетности.

Среди мировых ученых стало привычным комментировать, что Стандарты освещают теоретические основы бухгалтерского учета, а совокупность Стандартов является основой бухгалтерского учета. Например, американские ученые считают, что Стандарты являются правилами подготовки финансовой отчетности и отражают общепринятые принципы, тогда как российские ученые пришли к выводу, что нормы или стандарты, используемые для подготовки и представления финансовой отчетности, являются стандартами бухгалтерского учета, основанными на Международных стандартах бухгалтерского учета. Финансовая отчетность предприятий экономики нашей страны Ведение отчетности является одной из актуальных проблем современности.

Annotation: The process of transferring the accounting system to international standards in Uzbekistan was considered a responsible and difficult challenge. This requires us to approach this work with determination and broad observation. For example, it is important to obtain information about the state of financial and economic activities and financial results of any business entity, in other words, to make a "correct diagnosis" of the enterprise. After all, consistent information about the enterprise, obtained as a result of "correct diagnosis," serves as the basis for making effective and efficient management decisions in the future. Financial accountants or business accountants are responsible for preparing information, including financial position and financial performance, in the form of reports based on international financial reporting standards.

It has become common among world scientists to comment that the Standards cover the theoretical foundations of accounting, and the set of Standards is the basis of accounting. For example, American scholars believe that the Standards are rules for the preparation of financial statements and reflect generally accepted principles, while Russian scholars have concluded that the norms or standards used for the preparation and presentation of financial statements are accounting standards based on International Accounting Standards . Financial reporting of enterprises in the economy of our country Reporting is one of the pressing problems of our time.

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

"Esingizda bo'lsin, asosiysi - g'oya. Maxsus bilimlarni esa har bir muyulishdan so'ng topsangiz bo'ladi, shuning uchun xam g'oyalarga talab katta..."

Birinchi fikr: "Moliyaviy hisobot-ning xalqaro standarti" so'zning ma'nosi nimadan iborat?

So'zga e'tibor qaratilsa, bu ikkita qismdan iborat bo'lyapti: "Xalqaro standart" va "Moliyaviy hisobot". Har ikki so'zning ma'nosini qisqacha yoritishga xarakat qilinadi.

"Standart" inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tilida me'yor, namuna yoki o'lcham ma'nosini anglatadi. Shuningdek, u o'xshash ob'ektlarni taqqoslash uchun asos hisoblangan étalon sifatida ham e'tirof etish mumkin. Standart so'zining huquqiy ma'nosi esa, ma'lum ob'ektga nisbatan qo'llaniladidan me'yorlar, qoidalar va talablar majmui mujassamlashgan rasmiy me'yoriy hujjatdir.

Yuqoridagi standart so'zining lug'aviy va huquqiy mazmunlaridan kelib chiqib, "Buxgalteriya hisobi standartlari"ga buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi aniq qoidalar to'plami deb ta'rif berishimiz mumkin. "Qoida" so'zi qonun hujjatlarida belgilangan qat'iy normalar yoki jamoatchilik tomonidan qabul qilingan asosiy tamoyillar bo'lishi mumkin. Standart buxgalteriya hisobi ob'ektiga yoki moliyaviy hisobot elementiga nisbatan aniq talablar o'rnatishi bilan, u buxgalteriya hisobining umumiy yo'nalishlarini belgilovchi buxgalteriya hisobi modellardan farq qiladi.

Jahon olimlari tomonidan Standartlar, Buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini yoritadi, Standartlar to'plami esa buxgalteriya hisobi asoslaridir, deb izox berish odat tusiga aylangan. Masalan, AQSh olimlari Standartlar moliyaviy hisobotni tuzish qoidalari bo'lib, umumqabul qilingan tamoyillarni aks ettiradi, deb hisoblashsa, rus olimlari, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish uchun ishlatiladigan norma yoki standartlar Buxgalteriya hisobi Standarlaridir, deb xulosa bergan. Demak, olimlar o'rtasida "Buxgalteriya hisobi Standarlari"ning mohiyatini yoritish bo'yicha jiddiy ziddiyatlar mavjud emas.

Bugungi kunda, buxgalteriya hisobining xaqaro standarti sifatida ikkita etalon:

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari - MHXS (International Financial Reporting Standards - IFRS), hamda

AQShning Buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan qoidalari BHUQ (Generally Accepted Accounting Principles

- GAAP) tan olingan.

Savol tug'iladi, nima uchun ikkita xalqaro standart mavjud? Chunki, jahon fond bozorlarida listingdan o'tish uchun taqdim qilinadigan moliyaviy hisobot, aynan shu ikki standart talablari asosida tayyorlanadi va taqdim qilinadi. Bunda shuni e'tiborga olish lozimki, AQSh fond bozori listingiga kirish uchun USGAAP talablari, qolgan fond birjalari uchun esa MHXS talablari asosida moliyaviy hisobot taqdim qilinadi.

To'g'ri, AQShning Buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan qoidalari nomida "standart" so'zi mavjud emas. Lekin, yuqoridagi standartlarga berilgan ta'riflarga muvofiq, USGAAPni buxgalteriya hisobining xalqaro standarti sifatida qarashimiz mumkin. Aksariyat xorij olimlari USGAAPni xalqaro standart sifatida tan olishadi.

ACCA

. . ssociation of bartered ertified ccountants

✓ J

w J7

Har qanday insonning moliyaviy savodxonligi birinchi navbatda korxonaning moliyaviy hisobotini tushuna olishiga bog'liq bo'ladi. Moliyaviy hisobot - bu korxonaning moliyaviy axvolini ko'rsatib beradigan asosiy hujjat. Ya'ni, umumiy foydalanish uchun mo'ljallangan moliyaviy hisobot orqali hisobot beruvchi korxonaga resurslarni ajratish bo'yicha qarorlarni qabul qilishda mavjud va potensial investorlar, kreditorlar va boshqa qarz beruvchi tashkilotlar uchun foydali bo'lgan axborotlar taqdim qilinadi.

XULOSA: demak, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) biz uchun yangi yoki mutlaqo begona bo'lgan qandaydir iqtisodiy tushuncha yoki til emas (bu yerda MHXSni tushunish uchun faqat ingliz tili talab qilinmaydi, hozirda dunyoning 30 dan ortiq tillariga tarjima qilinadi). Bizdan uning mohiyatiga ozgiga e'tibor qaratishimizni talab qiladi va hech ikkilanmay respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimini MHXS talablari asosida rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Chunki, qat'iy nazorat funksiyasiga ega bo'lgan bizning milliy buxgalteriya hisobi standartlarimiz yoki qoidalarimizning ham (bu yerda Kontinental model nazarda tutilmoqda) o'ziga yarasha yutuq tomonlariga ega.

Ikkinchi fikr: O'zbekistonda Moliyaviy hisobotning xalqaro standar-ti (MHXS)ga o'tish qachondan bosh-langan va u qanday samara bermoqda ?

Bugungi global pandemiya sharoitiga qaramasdan Moliyaviy barqarorlik forumi (Financial Stability Forum) tomonidan MHXS global iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan 12 global standartning biri sifatida tan olindi. Bu esa, MHXSni qabul qilayotgan mamlkatlar sonini oshishiga xizmat qildi, ya'ni ular soni kundan-kunga ko'payib 150 dan ortiq buxgalteriya hisobi va audit soxasidagi kasbiy uyushmalarlarni o'z ichiga qamrab oldi.

Ma'lumki, 2015 yildan

respublikamizda MHXSga o'tish va uning qoidalariga muvofiqlashtirish bo'yicha muhim islohotlar davri boshlandi:

birinchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli "Aksiyadorlik jamiyatlari-da zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va uning 9-bandida 2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotlarini chop etishi va uni Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari asosida tashqi auditdan o'tkazishi belgilangan edi. Mazkur PF-4720-sonli Farmon bilan aksiyadorlik jamiyatlari ijro etuvchi organiga chet ellik menejerlarni tayinlash huquqi berilgan. Mazkur holat, ya'ni chet ellik menejerlarni va boshqa investorlarni jalb etilishi, mazkur Aksiyadorlik jamiyatlari bilan hamkorlik qilayotgan tijorat banklarining moliyaviy hisobotlarini o'rganish va tanishib chiqishga bo'lgan qiziqishini ortiradi. Bu esa, tijorat banklarining MHHS talablari asosida tuzilgan yillik moliyaviy hisobotlarini o'z vaqtida tuzilishini taqozo etadi.

ikkinchi, 2020 yil 24 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasida MHXSga o'tish tarixida yangi sahifa ochgan "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4611-son qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq MHXSga o'tishnining zaruriyati shundaki, respublikamizdagi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlarining moliyaviy faoliyati haqida xorijiy investorlarni ishonchli va zarur axborotlar bilan ta'minlash, korxonalarni xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot va va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlashdan iborat.

m

28

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

Approved Employer

'Uzbekistan GTL"LLC

ACCA Approved Employer -Trainee Development, Platinum

No: 29417139 Approval valid from: 22 February 2021 Approval valid until: 31 December 2024

Association of Chartered Certified Accountants

Shu maqsadda majud aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va yirik soliq to'lovchilar:

2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobining yuritilishini tashkil etishlari;

xalqaro standartlarni sifatli qo'llash uchun yetarli bo'lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta'minlashlari lozim bo'ladi.

Natijada bu ro'yxatdagi tashkilotlar 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi. Ya'ni moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlarga transformatsiya qiladilar.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushiga ega xo'jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o'tish jadvalini har yili tasdiqlaydi va 1 iyunga qadar e'lon qiladi.

uchinchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 iyundagi "Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5161-son qarori. Qarorning maqsadi zamonaviy talablarga mos keladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, nodavlat ta'lim tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar ishtiroki uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratishga qaratiladi.

XULOSA: yuqorida MHXS talablariga moslashish va o'tish bo'yicha Hukumatimizning eng muhim bo'lgan hujjatlariga e'tibor qaratildi, mazkur me'yoriy hujjatlar asosida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o'tgan 8 yil davomida 10 ga yaqin qonunosti hujjatlar qabul qilindi. Xo'sh, o'tgan 8 yillik isloxotlar qanday samara berdi va biz

MHXSga to'liq o'tdikmi yoki unga yana nimalar to'sqinlik qilmoqda, degan savol tug'ilishi tabiiy albatta. Tan olishimiz kerak, ushbu isoxotlar iqtisodiyotimizda "ochiq eshiklar" davrini ham boshlab berdi, bir necha yirik korxonalarimiz bemalol xorijga chiqish imkoniyatiga ega bo'ldi (eksport saloxiyati bir necha barobar ortdi) va investitsiya soxasida xorijning kuchli sarmoyadorlari pul oqimini iqtisodiyotimizga jalb qilish imkoniyatiga ega bo'ldik.

Uchinchi fikr: Aksiyadorlik jami-yatlarini MHXS talablariga muvofiq-lashtirilishi oddiy xalqimizning turmush darajasiga qanday ta'sir ko'rsatdi ?

Respublikamizda faoliyat yurita-yotgan aksiyadorlik jamiyatlarini MHXSga o'tishi yoki ulardagi moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilinishi natijasida ularni xalqaro Fond bozorlarda ishtirok etish imkoniyatini yaratdi.

Masalan, dastlab bundan roppa rosa 4 yil muqaddam 2019 yilda AT "O'zsanoatqurilishbank"ning 300

million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari London fond birjasida listingga kiritilib, xalqaro kapital bozorlarida sotuvga chiqarildi va bu investorlar tomonidan yuqori baholandi. Yevroobligatsiya yoki yevrobondlar - bu emitent uchun chet el valyutasida ko'rsatilgan uzoq muddatli qimmatli qog'ozlar bo'lib, ularni uzoq muddat davomida (1 yildan 40 yilgacha) mablag' jalb etishga qiziqqan tomonlar, ya'ni xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, yirik korporatsiyalar chiqaradi.

O'zbekiston tarixida ilk bora ushbu bank tomonidan chiqarilgan korporativ xalqaro obligatsiyalar boshqa tijorat banklari va korxonalar uchun "benchmark" bo'lib xizmat qildi. Demak, yevroobligatsiyaga ega bo'lish va xalqaro Fond birjalarda ishtirok etish uchun, avvalo moliyaviy hisobotlar MHXSlariga muvofiq tuzilgan yoki transformatsiya qilingan bo'lishi kerak. Mazkur talablar AT "O'zsanoatqurilishbank" tomonidan to'liq amalga oshirilgan va moliyaviy ekspertlar tomonidan xulosa berilgan. Bu esa iqtisodiyotimizga millionlab doll xorijiy sarmoyalarini jalb qilish imkoniyatini berdi. O'z-o'zidan ayonki bu sarmoyalar evaziga bank arzon kreditlarni aholiga beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, aholining oddiy turmushida endi o'zgarish yuz berishi tabiiy, ya'ni xalqimiz endi arzon bank kreditlari hisobiga o'zining tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yadi, uy-joy masalasini hal etadi va h.k. Demak, MHXSga o'tish qog'ozlarda qolib ketadigan ish bo'lib qolmasligi kerak, uning amaliy natijasi iqtisodiyotiz

uchun, provardida axolimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratishda ("temir daftar", "ayollar daftari" 'yoshlar daftari"ga kiritilgan aholini shu daftarlardan chiqarish uchun) beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Moliyaviy hisobotlari MHXS talablariga to'liq javob beradigan korxonalar soni so'nggi yillarda oshib bormoqda, masalan bular qatoriga O'zmilliy bank, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "O'zAvtoMotors" kabi korxonalarini kiritish mumkin.

XULOSA: o'rnida ta'kidlash mumkinki, bu kabi korxonalar sonining ortishi iqtisodiyotimizga xorijiy investorlarni qiziqishiga sabab bo'lib, ular tomonidan xorij sarmoyalarini kirib kelishini yanada oshiradi. Bu esa oddiy insonlarimiz turmush tarzida ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishga yordam beradi. Demak, MHXSning mohiyati va uning zaruriyatini xalqimizning oddiy kundalik xayotiga bog'lab tushuntirib berishimiz darkor.

To'rtinchi fikr: MHHSga o'tishda moliyaviy hisobotlar yagona talab bo'la oladimi ?

O'zbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro standartlarga o'tkazish jarayoni mas'uliyatli va og'ir sinov hisoblandi. Bu esa bizdan yanada bu ishga qat'yatlik bilan yondoshish hamda keng mushohada bilan ish yuritishimizni talab etadi. Masalan, har qanday tadbirkorlik sub'ektining moliya-xo'jalik faoliyati holati va moliyaviy natijalari haqidagi ma'lumotlarni olish, boshqacha aytganda korxonaga "to'g'ri tashhis" qo'yish muhimdir. Zero, "to'g'ri tashhis" natijasida olingan korxona haqidagi izchil ma'lumot kelgusida ta'sirchan va samarali boshqaruv qarorlarini qabul uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy holat va moliyaviy natijani o'z ichiga oluvchi ma'lumotlarni hisobotlar holatida shakllantirish ishlarini, albatta, korxonalarda moliyaviy hisobchilar yoki buxgalterlar bajaradilar.

So'nggi yillarda mamlakatimizda turli darajada tadbirkorlik

sub'ektlarining sonini ortib borishi o'z navbatida, amaliyotchi buxgaterlarga bo'lgan talab hajmining ham ortishiga sabab bo'lmoqda (aynan xalqaro sertifikatga ega bo'lgan). Bundan

29

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

te

tashqari so'nggi yillarda tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarning kamaygani, ya'ni korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatidagi rejali tekshirishlarga moratoriy e'lon qilib kelinayotgani, soliq yukining kamayishi korxonalar sonining ortishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek hududlarda ishlab chiqarish infratuzilmasining sezilarli yaxshilanishi, aholi soning barqaror ortib borayotgani, mehnatga layoqatli yoshlarning umumiy aholi sonidagi ulushi barqaror saqlanib qolayotgani, naqd pul va naqdsiz pul qiymatidagi ko'zbo'yamachilikka asoslangan

qiymat farqining yo'q qilinganligi va albatta valyuta konvertatsiyasi bilan bog'liq tartib-taomilning uzoq kutilgan liberalizatisiya qilinishi ham iqtisodiy faollikka ulkan hissa qo'shmoqda.

Endigi vazifa O'zbekistonga xorijiy to'g'ridan to'g'ri investorlarni yanada ko'proq jalb qilish, ular uchun yurtimizni yangi "Eldorado"ga aylantirish, buning natijasida iqtisodiyotni yanada liberalizatsiyalash va yangi sanoat hamda iqtisodiy g'oyalarni mamlakatimizga kirib kelishini oshirish hisoblanadi. Albatta buning uchun eng avvalo, yurtimizda xorijiy investorlarni o'z korxonalari haqidagi o'zlari uchun tushunarli moliyaviy ma'lumotlar bilan ta'minlash darkor. Bunga faqat dunyoda "biznes tili"ga aylangan MHXSni mamlakatimizdagi xo'jalik sub'ektlari faoliyatiga tezroq keng joriy etish orqaligina erishiladi. Biroq hozirgi paytda mavjud talabni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha xalqaro sertifikatga ega buxgalter mutaxassislar bilan ta'minlash a'lo darajada amalga oshirilmoqda, deb bo'lmaydi.

Fikrimizcha, MHXSni keng joriy qilishda quyidagi murakkabliklar va muammolar kuzatilmoqda:

birinchidan, Kadrlar tayyorlashdagi murakkabliklar. Bizningcha, ushbu muammo moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tishdagi eng asosiy muammo hisoblanadi. Biror bir sohada mutaxassis tayyorlash uchun eng avvalo, ushbu mutaxassislarni o'qituvchi kadrlarning mavjudligi va sifati asosiy shart hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-sonli qaroriga asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari, davlat ulushi bo'lgan korxonalar va yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobining yuritilishi hamda 2021 yil yakunidan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi belgilangan.

Biroq so'nggi ikki yilda Moliya

vazirligi boshchiligida qilingan ishlarga qaramasdan hozirgi paytda shu narsa ma'lum bo'lmoqdaki, sohada xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar talab darajasi yetishib chiqmadi, ular soni bozordagi mavjud talabni qondiradigan darajada yetarli emas. Bunga sabab sifatida o'qitadiganning pedagoglarning kamligi, borlari ham o'zlari uchun moliyaviy qulay shartlarda yirik korxonalarda ishlayotgani va dars o'tishni xohlamasligi, MXHS murakkab bilimlar tizimi ekanligi va uni o'qib - o'rganishning qiyinligi sabab hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizda so'ngi yillarda soliq va hisob tizimidagi mavjud qonunchilikning o'zgaruvchanligi, xususan elektron hujjat aylanishi va onlayn kassa tizimi yo'lga qo'yilganligi buxgalterlar diqqatini band qilib qo'ydi hamda MXHSlarini o'rganishga e'tibor qaratishda imkoniyatlarni chekladi.

ikkinchidan, Xorijiy til bilan bog'liq muammolar. Shuni aloxida ta'kidlab o'tish joizki, respublikamizda milliy standartlar bo'yicha tajribali buxgalter asosan, xalqaro standartlarni xam milliy standart kabi tushunishga xarakat qiladi, ya'ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ham qiyinchiliksiz o'rganaman, deb o'ylashi mumkin. To'g'ri yuqorida ta'kidlaganimizdek, Moliya vazirligi hozirgacha 41 ta MHXSni rasmiy davlat o'zbek tiliga tarjimasini amalga oshirdi (loyixasini e'lon qildi), shunday bo'lsada MHXS haqida chuqurroq bilimga va amaliy ko'nikmaga ega bo'lish uchun ingliz yoki rus tilini yaxshi bilishni talab etadi.

uchinchidan, Kelgusida "Hisobva-raqlar" rejasidan foydalaniladimi yoki yo'qmi bunga aniqlik kiritilmaganligi. Agar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini davlat tiliga rasmiy tarjima qilish bitta muhim vazifa hisoblansa, xalqaro standart qoidalariga asosan qanday schotlar tizimi bo'lishini belgilab olish yana bir muhim vazifa hisoblanadi. Butun umr milliy standartlar bo'yicha schotlar rejasiga asoslanib ishlayotgan buxgalterlar uchun xalqaro standartlarga asosan muayyan schotlar rejasining mavjud bo'lishi shart emasligi, yumshoq qilib aytganda, sarosimaga tushurib qo'ymoqda va xalqaro standartlarga o'tish bo'yicha e'tirozlarni keltirib chiqarmoqda. Bu borada Prezidentning

PQ-4611-sonli qarorning 3-bandi va "Yo'l xaritasi"ning tegishli bandlari bajarilmay qolmoqda.

to'rtinchidan, Soliq qonunchiligi-dagi nomutanosibliklar. Barchamizga ma'lumki, mamlakatimizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi. Biroq Soliq kodeksi qismlarida ayniqsa, foyda solig'i bo'yicha kechiktirilgan daromadlar va xarajatlarni tan olish yuzasidan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalariga nisbatan nomuofiqliklar va tushunarsizliklar mavjud. Soliq xizmati organlari esa ushbu nomuofiqliklarni va tushunarsizliklarni yechish bo'yicha faol ish olib boryapti, deb bo'lmaydi.

beshinchidan, Adabiyotlarning yetishmasligi. Hozirgi paytda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar qoidalarini yorituvchi va ularni amaliy misollarda tushuntirib beruvchi davlat tilidagi adabiyotlar deyarli yo'q. Rus va ingliz tilidagi adabiyotlar esa mamlakatimizda taqchil va qimmat. Shuningdek, soxaning nazariyotchi olimlari va amaliyotchilari tomonidan MHXS qo'llash (soha va tarmoqlar xususiyatini inobatga olgan holda) bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni yaratilishi, nafaqat amaliyotda balki, Oliy ta'lim jarayonida ham talabalarni MHXS talablari bo'yicha bilim olish imkoniyatini beradi;

oltinchidan, Koronavirus pandemi-yasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish

bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4611-sonli qarori 2020 yil 24 fevralida e'lon qilingan bo'lsa, oradan hech qancha kun o'tmay butun dunyoda va mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi boshlandi va davom etib kelmoqda. Afsuski, shunday muhim qaror vazifalarini to'laqonli amalga oshirish mutlaqo kutilmagan tarzda murakkab davrga to'g'ri kelib qoldi va soha mutaxassislari vazifalarini qiyinlashtirib yubordi.

yettinchidan, Dasturiy mahsullarni ishlab chiqaruvchilarning nofaolligi. Ma'lumki, bugungi kunda buxgalteriya hisobi sohasini dasturiy mahsullarsiz, xususan "1C buxgalteriya" dasturisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ushbu dastur buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida korxonalar hisob tizimini avtomatlashtirish imkonini beradi va hozirgi paytda mamlakatimizda juda keng ommalashgan. Yurtimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari keng joriy qilinishi bo'yicha ishlar olib borilayotganiga qaramasdan "1C buxgalteriya" dasturini qo'llab

H

3C

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

quvvatlovchi tadbirkorlik sub'ektlari dasturni xalqaro standart qoidalariga moslashtirish ishlarini olib borayotgani sezilmayapti. Bunga balki bozordagi bunday mahsulotga talab hajmining mavhumekanligi va ishlab chiqaruvchilar bu loyihaning rentabelligiga shubxa bilan qarayotganligi sabab bo'lishi mumkin.

Beshinchi fikr: MHHSga o'tishda

¡moliyaviy hisobotlar yagona talab bo'lib qoladimi ?

Ma'lumki, har qanday ivestor va kreditor yoki boshqa qarz beruvchi biror korxonaga resurslarni ajratish to'g'risida qaror qabul qiladi va o'zlari investitsiya kiritayotgan tadbirkor to'g'risida ishonchli bo'lgan moliyaviy axborotga ega bo'lishni xoxlaydi. Ba'zan, taqdim qilingan moliyaviy axborotlardan qanoatlanmasdan korxonadan

o'zlarini qiziqtirgan boshqa maxsus ma'lumotlarni (masalan, soliqqa tortish doir bo'lgan qimmatbaho qog'ozlar to'g'risidagi emissiya prospektlari, davlat va boshqa nazorat organlari bilan yozishmalar, statistika organlariga topshiriladigan hisob-kitoblar, ayrim aniq operatsiyalar tavsilotlari, xodimlar

to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar) talab qiladi. Bunday foydalanuvchilarning axbrotga bo'lgan talab va istaklari turlicha, hatto ular bir-biriga zid bo'lish ehtimolidan ham holi emas.

Har qanday iqtisodiy sub'ektning moliyaviy holatini uning resurslari, unga bo'lgan talablar hamda uning sof pul oqimlarining mavjudligi belgilab beradi. Binobarin, hisobot beruvchi korxonaning iqtisodiy resurslari va unga bo'lgan talablarning xususiyati va ko'lami to'g'risidagi axborot foydalanuvchilarga ushbu hisobot beruvchi korxonaning moliyaviy jixatdan kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, ushbu axborot foydalanuvchilarga hisobot beruvchi korxonaning likvidlilik va to'lov qobiliyatini, uning qo'shimcha moliyalashtirishga bo'lgan ehtiyojlari va ushbu moliyalashtirishga erishish ehtimolini baholashga imkon yaratadi. Mavjud talablarni to'lash shartlari va imtiyozlari to'g'risidagi axborot foydalanuvchilarga talablarni qo'ygan tomonlar o'rtasida kelgusi pul oqimlari qay tarzda taqsimlanishini oldindan bilishga yordam beradi. Bu yerda gap, Moliyaviy holat" (balans) hisoboti to'g'risida ketayotganligini anglagan

bo'lsangiz kerak. Demak, har qanday iqtisodiy sub'ektning moliyaviy holati uning resurslari, unga bo'lgan talablar hamda uning sof pul oqimlarining mavjudligiga bog'liq bo'ladi.

METODOLOGIYA

Deloitte IFRS bo'yicha qo'llanma (2017): UFRSga rioya qiluvchi tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan global afzalliklar haqida tushuncha olish uchun Deloitte-ning to'liq qo'llanmasini tahlil qilish kerakligi ma'lum.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

«Qiyosiy xalqaro buxgalteriya» (Nobes & parker, 2016): UFRSning qabul qilinishi global moliyaviy hisobot amaliyotiga qanday ta'sir qilganini tushunish uchun Nobes va Parkerning ishlarini ham o'rganib chiqilgan.

UMUMIY XULOSA O'RNIDA:

Respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimini Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirilishi jarayoni Prezident Shavkat Mirziyoevning ta'biri bilan aytganda "Uchinchi Renessansga muhim poydevor" bo'lib hizmat qilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Deloitte Touche Tohmatsu Limited. (2017). «IFRSs—A guide to the Standards.» Deloitte. Link to Deloitte's IFRS Guide

2. Methodological issues of the Analysis of intellectual Property objects European Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN 2515-8260 Volume 7, Issue 2, 2020 A.J.Tuychiev, N.Rizaev

3. Directions of insurance organizations using international financial reporting standards in and increasing the financial sustainability ISSN 2181-1016 2020 yil 6 dekabr A.J.Tuychiev, M.Abdurimova

4. Nobes, C., & Parker, R. (2016). «Comparative International Accounting». Pearson.

5. Levitt, A. (2010). «Take on the Street: What Wall Street and Corporate America Don't Want You to Know.» Random House Trade Paperbacks.

6. International Accounting Standards Board. (2021). «IFRS Foundation.» IFRS Foundation Website

7. Epstein, B. J., & Jermakowicz, E. K. (2016). «Wiley IFRS 2016: Interpretation and Application of International Financial Reporting Standards.» Wiley.

31

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.