Научная статья на тему 'Moliya bozorining iqtisodiyot real sektori rivojlanishiga ta’sirini baholash'

Moliya bozorining iqtisodiyot real sektori rivojlanishiga ta’sirini baholash Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
880
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
moliya bozori real sektori / barqaror industrial likvidliligi / investorlar moliyaviy globallashuv banklar moliyaviy resurslari valyuta kursi / valyuta bozori / valyuta siyosati / revalvatsiya / toʻlov balansi / devalvatsiya / rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti / milliy moliya / valyuta cheklovlari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Odiljon Sheraliyevich Olimboyev, Akbar Aqmirzayevich Shernayev

Ushbu maqolada bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlashga katta e’tibor berilayotganligi tufayli mamlakatimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yoʻlidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof boʻyicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Moliya bozorining iqtisodiyot real sektori rivojlanishiga ta’sirini baholash»

Moliya bozorining iqtisodiyot real sektori rivojlanishiga

ta'sirini baholash

Odiljon Sheraliyevich Olimboyev Akbar Aqmirzayevich Shernayev Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada bank-moliya tizimi barqarorligini ta'minlashga katta e'tibor berilayotganligi tufayli mamlakatimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e'tirof bo'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: moliya bozori real sektori, barqaror industrial likvidliligi, investorlar moliyaviy globallashuv banklar moliyaviy resurslari valyuta kursi, valyuta bozori, valyuta siyosati, revalvatsiya, to'lov balansi, devalvatsiya, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, milliy moliya, valyuta cheklovlari

Assessment of the impact of the financial market on the development of the real sector of the economy

Odiljon Sheralievich Olimboyev Akbar Akmirzayevich Shernayev Tashkent Financial Institute

Abstract: In this article, due to the fact that a lot of attention is paid to ensuring the stability of the banking and financial system, the stable and reliable functioning of the banking and financial system established in our country, its increasing influence in the world financial market, as well as our bold steps towards the modernization of our country, the world community , as well as proposals for recognition by a number of prestigious international financial organizations.

Keywords: real sector of the financial market, stable industrial liquidity, investors, financial globalization, financial resources of banks, exchange rate, foreign exchange market, foreign exchange policy, revaluation, balance of payments, devaluation, economy of developing countries, national finance, currency restrictions

Jahondagi moliyaviy globallashuv sharoitida amalga oshirilayotgan progressiv makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosati amalga oshirilmoqda. Shuningdek,

O'zbekiston moliya bozorining iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish natijasida, jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan o'zgarishlarga qaramasdan, mamlakatimizda iqtisodiyotining yuqori barqaror o'sish sur'atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi ta'minlanmoqda. Milliy moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini oshirish muammosi iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqaror industrial va iqtisodiy o'sishni ta'minlash, inflyatsiyani pasaytirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish zarurligidan kelib chiqadi. Ushbu muammoni samarali echimi moliya bozorining raqobatbardoshliligi va havfsizligi, barqarorligi va likvidliligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta'minlash bilan uzviy bog'liq. Bunda turli tashqi va fundamental ichki omillar ta'sirini hisobga olish muhim hisoblanadi.

Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o'z muhitiga ega munosabatlar va institutlar majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo'lmoqda. Bunda moliya bozorlari na faqat milliy iqtisodiyot rivojini, balki global iqtisodiyot rivojini ham belgilamoqda. Bunga tasdiq sifatida iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligini keltirish mumkin.

Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o'z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo'lmoqda. Bunda moliya bozorlari na faqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi kontseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi. Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta'riflash mumkin: moliya bozori - bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog'liq tashkillashgan iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta'minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub'ektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo'luvchi tizim. Ushbu tizim mexanizmi iqtisodiyotning barcha sub'ektlari tomonidan ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi. Boshqa sohalardan farqli moliya bozori esa ushbu imkoniyatni beruvchi, uning uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratuvchi muhit, alohida iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta'minlangan, institutlari (qatnashchilari) va ularning moliyaviy instrumentlar bilan bog'liq munosabatlari majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi tizimdir.

Moliya sohasini yanada takomillashtirish, ushbu sohada jahonda to'plangan tajribalardan unumli foydalanish, xususan, moliya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha zamonaviy usullar va innovatsion jarayonlar moliya kompaniyalarining bozorni egallash bo'yicha strategiyalari va bu sohani takomillashtirish bo'yicha olib borayatgan chora tadbirlarini o'rganish ahamiyatli hisoblanadi.

Jahon moliya bozori ishlashining ijobiy samaralaridan biri bo'lib, xalqaro miqyosda muhim investitsion va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida pul kapitalini mamlakatlar o'rtasida qayta taqsimlash hisoblanadi (masalan. La Mansh bo'g'ozi ostida tunel qurilishi).

Globalizatsiya va zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida jahon moliya bozori rolini jiddiy ravishda qayta baholash yuz berdi. Bu eng muhim loyihalarga pul kapitalni qayta taqsimlashga va o'z ishtirokchilari sonini ko'paytirishga yo'naltiriladigan kelishuvlar o'rniga spekulyativ va virtual kelishuvlar hajmining o'sishi; real iqtisodiyot va jahon moliya bozori o'rtasidagi uzilish tendentsiyasining kuchayishi; takror ishlab chiqarish nomutanosibligining o'sishi, miliy va jahon iqtisodiyoti beqarorligining kuchayishi; o'zining turli fond bozori, kredit bozori, valyuta bozori va sug'urta bozori kabi - segmentlarida inqiroz zarari risklarining kengayib borishi kabi bir qator sabablarda namoyon bo'ldi.

Dunyo davlatlarida xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qulay investitsiya muhit yaratish, tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish, investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha qonun yo'li bilan keng ko'lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar yaratish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olingan. Hitoyda kuchli markazlashtirilgan tartibda davlat investitsiya siyosati yuritilishi natijasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'sishi barqaror dinamikaga ega bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatga tegishli pul mablag'laridan, masalan, Davlat byudjeti mablag'laridan muomaladagi pul massasini tartibga solishda foydalanadi. Davlat byudjeti daromadlarini kelib tushish vaqti bilan byudjet xarajatlarini moliyalashtirish vaqti o'rtasidagi farq tufayli ma'lum miqdordagi pul mablag'larini to'planishi yuz beradi. Markaziy bank ana shu pul mablag'laridan vaqtinchalik foydalanadi. Germaniya Markaziy banki, ya'ni Bundesbank amaliyotida ushbu pul mablag'lari muomaladagi pul massasini boshqarishning "nozik vositasi" deb ataladi.

Markaziy bank tijorat banklarining "Nostro" vakillik hisobraqamlaridagi ortiqcha pul mablag'larini o'zining depozit hisobraqamlariga jalb etish yo'li bilan bank tizimining likvidligiga va tijorat banklarining kreditlash imkoniyatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Shunisi muhimki, Markaziy bankning depozit siyosati qayta moliyalash va ochiq bozor siyosatlari bilan uyg'unlikda olib borilsa katta samara berishi mumkin. Ammo respublikamizda mazkur instrumentlar o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashning hozircha imkoni yo'q. Buning sababi shundaki, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga lombard kreditlari berish amaliyoti mavjud emas. Buning ustiga, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari amalga oshirilmayapti. E'tirof etish joizki, inflyatsion targetlash rejimiga o'tish masalasi kun tartibiga qo'yilishi bilan Markaziy bankning kurs siyosatini takomillashtirishning dolzarbligi yanada oshdi. Buning sababi shundaki, inflyatsion targetlash rejimiga o'tilgandan so'ng monetar

siyosatning yangi indikatori, ya'ni inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi paydo bo'ladi. Bunday sharoitda monetar siyosatning amaldagi indikatorlaridan foydalanish amaliyoti qanday o'zgaradi, degan jiddiy masala yuzaga keladi.

O'zbekiston iqtisodiyotini zamonaviy bozor munosabatlari asosida qayta qurish uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri iqtisodiyotning real sohalarida faollikni jonlantirishga yordam beruvchi investitsiya oqimlari uchun sharoit tug'dirish, davlat investitsiyalarini amalga oshirish va korxonalar investitsiya jozibadorligini oshirish hisoblanadi. Tijorat banklarining kapitallashuv darajasining ortishi mamlakatdagi eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga yanada keng imkoniyat yaratadi, bu esa "mamlakatimiz tashqi savdo balansini yaxshilash, valyuta siyosatini liberallashtirishda muhim ahamiyatga ega", deb hisoblaymiz.

Tijorat banklari resurs bazasining mustahkamlanishi yaqin kelajakda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini miqdor va sifat jihatidan o'sishiga hamda tashqi savdo balansini yaxshilanishiga ko'rsatishi mumkin bo'lgan yana bir ijobiy ta'siridir.

Hozirgi davrda jahon moliya bozori ishlashining ijobiy samaralaridan biri bo'lib, xalqaro miqyosda muhim investitsion va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida pul kapitalini mamlakatlar o'rtasida qayta taqsimlash hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qulay investitsiya muhit yaratish, tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish, investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha qonun yo'li bilan keng ko'lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar yaratish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olingan. xitoyda kuchli markazlashtirilgan tartibda davlat investitsiya siyosati yuritilishi natijasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'sishi barqaror dinamikaga ega bo'lmoqda.

Investitsiyalarni jalb qilish ko'lami kengayib borishi bilan ular bo'yicha amalga oshiriladigan xarajatlarni nazorat qilishning qonunchilik-me'yoriy asoslari yanada rivojlantirilishi bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi talab etiladi.

Moliya bozori yordamida iqtisodiyotda pul mablag'lari harakati ta'minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto'xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. U investitsiyaga aylanayotgan pulning xo'jalikning turli sohalari o'rtasida erkin ko'chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta'minlaydi.

Ma'lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya bozori o'zining barqaror va ishonchli ekanini isbotladi. Shu bilan birga, O'zbekiston moliya bozorini yanada rivojlantirish va barqarorligini ta'minlash uchun kuyidagi tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

- jahon amaliyoti talablariga muvofiq O'zbekiston moliya bozori faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va barqaror rivojlanishini ta'minlash, shuningdek,

moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilari va investorlarining huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish;

- jahon standartlari talablariga muvofiq moliya bozorini yanada erkinlashtirish, uning barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish;

- mamlakatimiz moliya bozori raqobatbardoshligini mustahkamlash va uning yangi segmentlarini shakllantirish;

- moliya bozoriga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, milliy iqtisodiyotga xorijiy valyuta tushumlarini ko'paytirish maqsadida mamlakatning xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyasini ta'minlovchi samarali vositalarni rivojlantirish;

- O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni ta'minlash, shuningdek, ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun resurslarni shakllantirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda sohalar va korxonalar o'rtasida samarali kapital oqimini tashkil etishda moliya bozori salohiyatidan yanada keng foydalanish;

- tijorat banklari va nobank moliya institutlarining investitsion faolligini yanada kuchaytirish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;

- moliya bozorini yanada rivojlantirish hamda mablag'lardan samarali foydalanish maqsadida moliya bozorida hisob-kitob, kliring tizimi barqarorligini oshirish va unga zamonaviy xalqaro tajribalarni joriy etish;

- mamlakatimiz moliya bozorida real iqtisodiyot yoki moliya bozoridagi bazis aktivlar muomalasi doirasida hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish. Bunda hosila moliyaviy vositalar bilan spekulyativ amaliyotlarni cheklash mexanizmlarini joriy etish;

- moliyaviy aktivlar likvidliligini oshirish, moliya bozorida innovatsiyalarni yaratish maqsadida moliyaviy aktivlar sekyuritizatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;

- moliya bozoridagi likvidlilikni tartibga solish maqsadida REPO, SVOP operatsiyalarini yanada rivojlantirish;

- moliya bozorida faoliyat yurituvchi moliya institutlari tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini oshirish hamda zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko'lamini yanada kengaytirish;

- global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida jahon moliya bozori rivojlanishining ilg'or xorij tajribasini tahlil qilish va undan O'zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini baholash.

Xalqaro fond birjalarining listingiga kirish iqtisodiyotning real sektori korxonalariga xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarini bozor baholarida sotish yo'li bilan valyuta mablag'larini jalb qilish imkonini beradi. Bu esa, ularning investitsion xarajatlarni moliyalashtirish imkonini oshiradi.

Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini tijorat banklarining sinditsiyali kreditlari hisobidan kreditlash amaliyotini rivojlantirishni ta'minlash maqsadida:

- birinchidan, yirik investitsion loyihalarni kompleks ekspertiza qilish sifatini oshirish yo'li bilan yuqori rentabelli loyihalarni tanlash lozim;

- ikkinchidan, tijorat banklarining sinditsiyali kreditdan oladigan foizli daromadlarini foyda solig'idan ozod qilish lozim. Soliq imtiyozining berilishi tijorat banklarining real sektor korxonalarini sinditsiyali kreditlashdan manfaatdorligini oshiradi Respublikamiz amaliyotida sinditsiyali kreditlashni rivojlanmaganligining asosiy sabablaridan biri - bu mazkur kreditlash jarayonini moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimining mavjud emasligidir.

O'ylaymizki bildirilgan tavsiyalarimiz mamlakatimiz bank-moliya sohasida modernizatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish, mamlakatimiz moliya bozorini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish va jahon talablariga mos keladigan zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish, moliya bozorida raqobatni yanada kuchaytirish, moliya-kredit institutlari tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish va ko'lamini yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratadi hamda xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in joint stock company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.

2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

4. Shernaev, A. A. (2021). Sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

10. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.

11. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.

12. Karimova, G. A. (2021). Qobulov XA Banklarning raqamli xizmatlari turlari va ularning ommabopligini oshirish masalalari. Интернаука: электрон. научн. журн, 45(190), 76-77.

13. Kobulov, K. (2020). МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИКНИ ОШИРИШГА "ЯШИЛ ЧИРОК"-ДАВР ТАЛАБИ. Архив научных исследований, 35.

14. Kobulov, K. (2020). ВОПРОСЫ ФИНАНСОВОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Архив научных исследований, 35.

15. Kobulov, K. (2023). INTERBUDGETARY EQUALIZATION IN FORMING THE INCOME POTENTIAL OF THE REGION. EPRA International Journal of Economics, Business and Management Studies (EBMS), 10(3), 84-87.

16. Kobulov, K., Jalilov, S., Sultonov, S., & Soatova, N. (2020). Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 1210-1216.

17. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛИКДАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.

18. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.

19. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O 'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

20. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.