Научная статья на тему 'MODULLI TIZIM SHAROITIDA TALABALARNI KASBGA YO‘NALTIRISH'

MODULLI TIZIM SHAROITIDA TALABALARNI KASBGA YO‘NALTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta'lim / sotsial menejment / globallashuv / boshqaruv / kordinatsiya / mutaxassis / kadrlar / oliy ta'lim / jarayon / madaniyat / koserpsiya / mehnat taqsimoti. / Education / social management / globalization / management / coordination / specialist / human resources / higher education / process / culture / concept / division of labor.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bozorova M.

Ushbu maqolada muallif tomonidan ta'limni zamon talabi darajasida isloh qilish, uning sifatini yuksak talab darajasiga ko‘tarish muammolari atroflicha ko'rib chiqilgan bo'lib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda milliy va xorijiy tajriba keng yoritilgan. Shuningdek maqolada yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ta'lim jarayonining sifatini belgilovchi asosiy xususiyatlar ko'rsatib berilgan hamda oliy o'quv yurtidagi sifat tizimi tushunchasini asosini ifodalovchi qoidalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTING STUDENTS TO THE PROFESSION UNDER THE CONDITIONS OF THE MODULAR SYSTEM

In this article, the author discusses in detail the problems of reforming education at the level of modern requirements, raising its quality to a high level of demand, the national and foreign experience in training highly qualified personnel. The rules that represent the basis of the concept of quality system in higher educations are given. Five universal elements of the management system based on the principles of quality management are substantiated and analyzed to determine whether these elements are specific to any organization.

Текст научной работы на тему «MODULLI TIZIM SHAROITIDA TALABALARNI KASBGA YO‘NALTIRISH»



www.in-academy.uz

l-'Á

^é'M

DIRECTING STUDENTS TO THE PROFESSION UNDER THE CONDITIONS OF THE MODULAR SYSTEM Bozorova M.

Teacher of Yangi asr university

EURASIAN JOURNAL OF TF.CIINOl.OCV AND INNOVATION

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th July 2024 Accepted: 07th July 2024 Online: 08th July 2024 KEY WORDS

Education, social

management, globalization, management, coordination, specialist, human resources, higher education, process,

culture, concept, division of labor.

MODULLI TIZIM SHAROITIDA TALABALARNI KASBGA YO'NALTIRISH

Bozorova M.

Yangi asr universiteti o'qituvchisi

In this article, the author discusses in detail the problems of reforming education at the level of modern requirements, raising its quality to a high level of demand, the national and foreign experience in training highly qualified personnel. The rules that represent the basis of the concept of quality system in higher educations are given. Five universal elements of the management system based on the principles of quality management are substantiated and analyzed to determine whether these elements are specific to any organization.

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th July 2024 Accepted: 07th July 2024 Online: 08th July 2024 KEY WORDS

Ta'lim, sotsial menejment, globallashuv, boshqaruv, kordinatsiya, mutaxassis, kadrlar, oliy ta 'lim, jarayon, madaniyat, koserpsiya, mehnat

taqsimoti.

Ushbu maqolada muallif tomonidan ta'limni zamon talabi darajasida isloh qilish, uning sifatini yuksak talab darajasiga ko'tarish muammolari atroflicha ko'rib chiqilgan bo'lib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda milliy va xorijiy tajriba keng yoritilgan. Shuningdek maqolada yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ta'lim jarayonining sifatini belgilovchi asosiy xususiyatlar ko'rsatib berilgan hamda oliy o'quvyurtidagi sifat tizimi tushunchasini asosini ifodalovchi qoidalar keltirilgan.

Shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan yoshlarni tayyorlash uchun asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb hisoblaydigan an'anaviy ta'lim yo'sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu darajada rivojlandiki, endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida saqlab qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o'zgarishlardan iborat bo'lib qolgan hayotga mustaqil qadam qo'yayotgan

www.in-academy.uz

yoshlar ana shunday o'zgarishlarga ham intellektual, ham ma'naviy jihatdan tayyor bo'lmasa, raqobatlar kurashidan iborat dunyoda o'z o'rnini topolmasligi mumkin. Hozirgi kunda ta'lim tizimida boy tajribalar yig'ilgan. Chunonchi, ishbilarmonlik o'yinlari, kompyuterli o'qitish, individuallashtirilgan o'qitish, insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin tarbiyalash va h.zo.

Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlar, o'quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg'or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo'yicha sohaga oid bilim va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi.Biroq o'tkazilgan tahlillar maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko'rsatmoqda1.

«Modulli o'qitish» termini xalqaro tushuncha modul bilan bog'liq bo'lib, uning bitta ma'nosi - faoliyat ko'rsata oladigan o'zaro chambarchas bog'liq elementlardan iborat bo Bu ma'noda u, modulli o'qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan informatsiya bloki sifatida tushuniladi2.

Modulli o'qitishga o'tishda quydagi maqsadlar ko'zlanadi

- o'qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta'minlash;

- o'qitishni individuallashtirish;

- o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;

- o'qitishni jadallashtirish;

- fanni samarali o'zlashtirishga erishish.

Shunday qilib, modulli o'qitishda talabalarni o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olishi uchun to'la zarur shart-sharoitlar yaratiladi. O'qitishning modul tizimiga o'tish samaradorligi, quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi:

O'quv muassasasning moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;

- professor-o'qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;

- talabalarning tayyorgarlik darajasi;

- ko'zlangan natijalarni baxolash;

- didaktik materiallar ishlab chiqish;

- natijalarning taxlili va modullarni optimallashtirish.

Modulli o'qitishga o'tishda quyidagilarni amalga oshirish ko'zda tutiladi :

- ishchi o'quv rejani chuqur taxlili asosida, o'zaro chambarchas bog'liq fanlar guruhi aniqlanadi, ya'ni butun o'quv rejasi alohida makromodullar to'plami sifatida qaraladi.

Ko'pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin:

A) gumanitar fanlarni o'z ichiga oladigan;

B) iqtisodiy fanlarni o'z ichiga oladigan;

V) umumta'lim, umutexnik, umumkasbiy va maxsus fanlarni o'z ichiga oladigan.

1 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - B. 488.

2 Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta'lim, ilm-fan ( metodik qo'llanma. Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.

Open access journal

www.in-academy.uz

Har qaysi makromodulning mutaxassisni shakllantirishda, o'z maqsad va vazifasi bo'ladi. Ma'lum makromodulni o'rganish maqsadi, unga kiradigan fanlarning o'rganish maqsadlaridan kelib chikadi.

Har qaysi makromodulning o'rganilish maqsadlari to'plami, davlat ta'lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maqsadini tashkil etadi.

Har qaysi makromodulning maqsadi aniq tuzilgan bulib, uning birinchi Fani o'rganila boshlaganida, talabalarga yetkazilishi lozim. Makromodulning har bir keyingi fani o'rganila boshlanganida, u fanning o'rganish maksadlari talabalarga yetkazilishi zarur3.

Har qaysi makromodul ichida, o'rganiladigan fanlarning optimal ketma-ketligi va ularni muddatlari o'rnatiladi. Ya'ni o'qitishning uzluksizligini ta'minlab, fanlarning o'rganilish muddatlarini va shu orqali makromodulning o'rganilish muddatlarini qisqartirishga erishish zarur.

O'quv soatlari hajmi katta bo'lmagan (haftada 1-2, ayrim hollarda 3 soatli auditoriya mashg'ulotlari) fanlar, blok fanlar ro'yxatiga kiritilishi, maqsadga muvofiq bo'ladi va ular o'quv semestrining birinchi yoki ikkinchi yarmida o'tilishi mumkin.

Makromodullar, vertikal o'zaro bog'liqlarni hisobga olish asosida tuziladi, ammo ularning o'rganilishi muddatlarini o'rnatishda makromodullar orasidagi gorizontal bog'liqliklar xisobga olinishi lozim:

- o'quv materialining takrorlanishini oldini olish maqsadida, makromodulga kiruvchi fanlar, o'quv dasturlarini o'zaro bog'liqligi ta'minlanadi.

KASBIY PEDAGOGIKA — umumiy pedagogikaning bir sohasi bo'lib, u tarbiya, ta'lim, o'qitish haqida qator nazariy va amaliy ma'lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug'ullanadi. Kasb-hunar ta'limi pedagogikasi bir necha bo'limlariga bo'linib, bu bo'limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim masalalarini, ya'ni kasbhunar ta'limi yo'nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalami qamrab oladi. Shuningdek, kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari, kasb-hunar ta'limi nazariyasi, huquqiy asoslari o'rganiladi. KASB TA'LIMI TEXNOLOGIYASI - o'qitish va o'qish jamyonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholash usuli bo'lib, maqsadga erishishga yo'naltirilgan holda insonlaming o'rganish qobiliyati va ular o'rtasida muloqot to'g'risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta'lim jarayonini yanada samarali tashkiUashtirishning j onli va jonsiz vositalari bilan shug'ullanishga asoslanadi. DIDAKTIKA — grekcha «didaskiyen» so'zidan olingan bo'lib, o'qitaman, o'qishni o'rgataman ma'nolarini anglatadi. Didaktika bu o'qitish nazariyasidir. Didaktika o'qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. METODIKA-pedagogikaning o'qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalarini o'zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog'idir. Har bir o'quv fani, o'qitish sohasi o'rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkil etish shakllari metodika asosiga qurilgan. 0 'QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo'lib, o'quvdidaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar paytida qo'llaniladigan usullar majmuasidir.

3 Xamidov A. Yangi pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2004.

www.in-academy.uz

References:

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - B. 488.

2. Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta'lim, ilm-fan ( metodik qo'llanma. Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.

3. Xamidov A. Yangi pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.