Научная статья на тему 'MODIFIKATSIYALANGAN OLTINGUGURTLI BETONNING KОRROZIYAGA BARDOSHLILIGI'

MODIFIKATSIYALANGAN OLTINGUGURTLI BETONNING KОRROZIYAGA BARDOSHLILIGI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
oltingugurtli beton / modifikatsiya / sopolimer / korroziya / gressiv muhit.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — N. Amanova, D. Shavkatova, Yu. Mahmudova

Ushbu maqolada organik birikmalar asosida oltingugurtli beton olish maqsadga muvofiq deb topildi. Shu o’rinda siliko-PB va MAPEG modifikator sifatida foydalanildi. Hosil qilingan oltingugurtli beton namunalarining korroziyaga bardoshliligi hamda agressiv muhitlar jumladan: 10%-li H2SO4, HCl, HNO3, H3PO4 kislota eritmalarida, 3%-li Na2SO4, NaCl, NaF eritmalarida, 10%-li NaOH, pH=4-10 va mashina moyi, dixloretan hamda dizel yoqilg‘ilarida o‘rganildi. Tadqiqot davomida olingan natijalar oltingugurtli betonning korroziyaga bardoshliligini oshirishi va mexanik xossalarini yaxshlashi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODIFIKATSIYALANGAN OLTINGUGURTLI BETONNING KОRROZIYAGA BARDOSHLILIGI»

MODIFIKA TSIYALANGAN OLTINGUGURTLIBETONNING KORROZIYAGA BARDOSHLILIGI

N. Amanova1,D. Shavkatova2, Yu. Mahmudova3

1Termiz davlat universiteti, Termiz, Ozbekiston 2Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,Qarshi,O'zbekiston 3M.Ulug^beknomidagi Ozbekiston milliy universiteti, Toshkent, Ozbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.11507096

Annotatsiya: Ushbu maqolada organik birikmalar asosida oltingugurtli beton olish maqsadga muvofiq deb topildi. Shu o'rinda siliko-PB va MAPEG modifikator sifatida foydalanildi. Hosil qilingan oltingugurtli beton namunalarining korroziyaga bardoshliligi hamda agressiv muhitlar jumladan: 10%-li H2SO4, HCl, HNO3, H3PO4 kislota eritmalarida, 3%-li Na2SO4, NaCl, NaF eritmalarida, 10%-li NaOH, pH=4-10 va mashina moyi, dixloretan hamda dizel yoqilg'ilarida o'rganildi. Tadqiqot davomida olingan natijalar oltingugurtli betonning korroziyaga bardoshliligini oshirishi va mexanik xossalarini yaxshlashi aniqlandi.

Kalit so'zlar: oltingugurtli beton, modifikatsiya, sopolimer, korroziya, gressiv muhit.

Аннотация: В данной статье было признано целесообразным получение серобетона на основе органических соединений. В качестве модификаторов использовались Силико-ПБ и МАПЭГ. Коррозионная стойкость полученных образцов серобетона изучались в агрессивных средах, в том числе: 10% растворы кислот H2SO4, HCl, HNO3, H3PO4, 3% растворы Na2SO4, NaCl, NaF, 10% NaOH, pH=4-10 и машинное масло, дихлорэтан и дизельные топлива. Полученные результаты в ходе исследований показывают повышение коррозионную стойкость и улучшение, механические свойства серобетона.

Ключевые слова: серобетон, модификация, сополимер, коррозия, агрессивная среда.

Abstract. In this article, it was considered expedient to obtain sulfur concrete based on organic compounds. Silico-PB and MAPEG were used as modifiers. The corrosion resistance of the obtained samples of sulfur concrete was studied in aggressive environments, including: 10% solutions of acids H2SO4, HCl, HNO3, H3PO4, 3% solutions of Na2SO4, NaCl, NaF, 10% NaOH, pH=4-10 and machine oil, dichloroethane and diesel fuels. The results obtained in the course of research show an increase in corrosion resistance and an improvement in the mechanical properties of sulfur concrete.

Key words: sulfur concrete, modification, copolymer, corrosion,aggressive environment.

Kirish.Respublikamizda sanoat chiqindilari, gaz va neftni qayta ishlash sanoati ikkilamchi mahsulotlari asosida modifikatsiyalangan oltingugurtli bog'lovchilarlar asosida modifikatsiyalangan oltingugurtli beton yaratish bо'yicha ma'lum ilmiy va amaliy natijalarga erishilgan.Hozirgi kunda dunyo bо'yicha qurilish sohasidagi ishlab chiqarish sanoatining maqsadi mavjud ishlab turgan texnologiyalarni takomillashtirish va yangi texnologiyalarni kiritish orqali fizik-mexanik ta'sirlarga va kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli va uzoq muddatlarda ham yuqori samaradorlikka ega ьо'^п, ekologik jihatdan xavfsiz va iqtisodiy samarador qurilish materiallarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Oltingugurtli qurilish materiallari maxsus kо'rinishdagi kompozitsion materiallar turiga mansub bо'lib, uni tayyorlashda bog'lovchi sifatida oltingugurt yoki oltingugurtli birikmalarning chiqindilaridan foydalaniladi [1-3]. Oltingugurtli

qurilish materiallari to'ldiruvchilar va maxsus qo'shimchalarning eritilgan oltingugurt bilan aralashtirish orqali olinadi. To'ldiruvchilar va bog'lovchi birikmalar sifatida ma'lum bo'lgan barcha materiallardan foydalanish mumkin. Sement va beton qorishmalarini tayyorlash jarayonida to'ldiruvchilar va bog'lovchi birikmalar sifatida barcha ma'lum materiallardan foydalanish mumkin. Oltingugurtli qurilish materiallari tarkibiga bog'lovchi, to'ldiruvchi va modifikatorli qo'shimchalar kiradi [4-6]. Oltingugurtli materiallarda bog'lovchi sifatida texnik oltingugurt yoki oltingugurt saqlagan sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. To'ldiruvchilar sifatida kichik hajmdagi to'g'ri keluvchi tabiiy va sun'iy materiallardan foydalaniladi. Elementar oltingugurt molekulyar kristall tuzilishga ega bo'lib, kristallari yopiq molekulani tashkil etadi va bu kristall molekulyar tuzilishdagi oltingugurt atomlari mustahkam kovalent bog'lar bilan bog'langan [7] .

Biz tomonimizdan laboratoriya sharoitida hosil qilingan oltingugurtli betondan turli xil modifikatorlar asosida namunalar (namunalar tarkibi 1-jadvalda) keltirilgan va korrozion muhitlarga barqarorligi sinovdan o'tkazildi. Tadqiqot uchun olingan oltingugurtli beton namunalari 5x5x5 kattalikda olingan bo'lib, (I-namuna siliko-PB, , II-namuna MAPEG, ) 10%-li H2SO4, HCl, HNO3, H3PO4 eritmalarida, 3%-li Na2SÜ4, NaCl, NaF tuz eritmalarida, 10%-li NaOH, pH=4-10 va organik moddalar: mashina moyi, dixloretan va dizel yoqilg'ilari sifatida tanlangan agressiv muhitlarda, korroziyaga bardoshliligi o'rganildi. Namunalarning agressiv muhitlardagi korroziyaga barqarorlik koeffitsenti dastlabki namunalar turli agressiv sharoitlarda ma'lum muddat(54 kun)da sinovda ko'rilgandan so'ng qayta tortish (gravimetrik)usulda amalga oshirildi.1-jadval. Oltingugurtli beton tarkibi.

Qo' shimchalar oltingugurt qum Oq saja Organik modifikator hammasi

Massa % 28 56 14 2 100

Modifikatsiyalangan oltingugurtli beton namunalarining korroziyaga barqarorligi beton namunalarining massalari, tashqi ko'rinishi va mustahkamligi o'zgarishi bo'yicha aniqlandi. Kimyoviy barqarorlik koeffitsenti (Kb.k.) agressiv muhitlarda ishlov berilgandan keyingi siqilishga bo'lgan mustahkamligining o'zgarishi bilan aniqlandi Olingan natijalar quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval.Oltingugurtli betonning korrozion agressiv muhitlardagi

kimyoviy barqarorligi

Agressiv muhit Barqarorlik koeffitsenti (54 sutka)

I namuna II namuna

10%-li kislota:

- sulfat 0,33-0,51 0,30-0,48

- xlorid 0,52-0,61 0,51-0,60

- nitrat 0,53-0,62 0,52-0,61

- fosfat 0,71-0,75 0,70-0,77

3%-li tuz :

-sulfatlar 0,71-0,81 0,70-0,80

-x loridlar 0,71-0,81 0,70-0,80

- ftoridlar 0,90-0,95 0,89-0,96

10%-li NaOH 0,51 0,48

Muhit pH = 4-10 0,67-0,72 0,69-0,73

Organik moddalar:

- mashina moyi 0,66-0,90 0,68-0,92

- dixloretan 0,71 0,60

-dizel yoqilg'isi 0,85 0,67

Jadvaldagi ma'lumotlardan kо'rinib turibdiki, tadqiq etilgan uchta kislota muhitida I-namunaning barqarorlik koeffitsenti 0,33-0,77 oralig'ida bо'lsa, II-namunaning kislotali muhitdagi barqarorlik koeffitsenti 0,30-0,75 ga teng. Ushbu kislotali muhitdagi namunalarning barqarlorlik koeffitsenti kо'rsatkichlaridan ma'lumki, barcha namunalar bо'yicha oltingugurtli betonning kislotali muhitdagi korrozion barqarorligi sulfat kislotada pastroq ьо'^, fosfat kislotada boshqa muhitlarga qaraganda biroz yuqoriroq ekanligini te'rishimiz mumkin. Sulfat kislota muhitidagi barqarorlik koeffitsentining boshqa muhitlardagi kо'rsatkichlardan past bо'lishligining asosiy sababi, birinchidan sulfat kislota kuchli mineral kislota turiga mansubligida va elementar oltingugurtning boshqa kislotalardan te'ra sulfat kislotada erivchanlik koeffitsentining yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

Barcha tadqiq qilingan namunalarning 10%-li NaOH eritmasidagi korrozion barqarorlik koeffitsentlari 0,48-0,53 oralig'ida ekanligi ma'lum ьо'ыь Bu yerda past ^rsatkich I-namunada ьо'^, eng yuqori ^rsatkich II-namunada (0,53) kо'rindi. Bir xil sharoitda ikkitta namunaning korrozion barqarorlik koeffitsenti turlicha ьо'^ыш namunalar molekulasining tuzilishi bilan tushuntirish mumkin. Tadqiq qilingan muhitdagi II-namunadagi ^rsatkichning biroz ustunligini molekuladagi aromatik halqa va nitroguruhlarning mavjudligi, uning eruvchanlik koeffitsenti va suyuqlanish haroratining farqi bilan izohlash mumkin.Muhitning pH=4-10 oraliqlarida namunalar sinovdan о'tkazilganda I-namunaning barqarorlik koeffitsenti 0,67-0,72 oralig'ida ьо'^, II-namunaning barqarorlik koeffitsiyenti 0,69-0,73 ga tengligi aniqlandi. Ushbu pH = 4-10 muhiti kislotalikdan ishqoriyga о'tgan sari barqarorlik koeffitsiyentining barcha namunalar bо'yicha unchalik te'p darajada о'zgarmaganligini kuzatish mumkin.

Tadqiqot natijasiga ko'ra, modifikatsiyalangan oltingugurt va modifikatorlar: siliko-PB, MAPEGlar asosida olingan oltingugurtli beton 10%-li H2SO4, HCl, HNO3, H3PO4 eritmalarida, 3%-li Na2SO4, NaCl, NaF tuz eritmalarida agressiv muhitlariga bardoshlililigi sulfat kislotaning 10%-li va natriy gidroksidining 10%-li eritmalarida boshqa agressiv muhitlardagiga nisbatan biroz pastroq natijani bergani aniqlandi. Buning asosiy sababi oltingugurtli beton tarkibidagi qisman modifikatsiyalanmagan elementar oltingugurt, sulfat kislota eritmasida va ishqor eritmasida erishi tufayli agressiv muhitga nisbatan barqarorligi boshqa agressiv muhit bilan taqqoslanganda pastroq natijani ko'rsatdi..Oltingugurt- siliko-PB, MAPEGlar bilan modifikatsiyalangan beton turli agressiv eritmalarda mustahkam barqarorlikni ko'rsatdi. Xulosa qilib aytganda, ushbu tadqiqotdagi oltingugurtli beton olish uchun siliko-PB, MAPEG modifikatorlari boglovchi sifatida yuqori natijani berdi Adabiyotlar

1. Amanova N.D., Turayev Kh.Kh., Beknazarov Kh.S. Properties of new modified polymer sulfur concrete // Actual problems of modern science and innovation in the Central Asian region: collection of articles of the international conference. -Jizzahk, -2020. -p.71.

2. Amonova N.D., Turayev X.X., Beknazarov X.S., Eshkurbonov F.B. Issledovaniye kinetiki termookislitelnoy destruksii isxodnogo i modifisirovannix obrazsov seri metodami DTA i TGA

[Study of the kinetics of thermal-oxidative destruction of the original and modified samples of a series by DTA and TGA] Science and World. International Scientific Journal, No. 6 (82), 2020, Volume 1.

3. Amanova N.D., To'rayev X.X., Beknazarov X.S. Sintez i issledovaniye novogo polimernogo serobetona. [Synthesis and study of new polymeric sulfur concrete] Universum: technical sciences: scientific journal. Part 3.M., Ed. "MSHO" -2020.-No. 6 (75).-C.5-8.

4. Mohamed A. M. O, Gamal M. E. Sulfur concrete for the construction industry; a sustainable development approach. J. Ross Publishing, Inc., 5765 N. Andrews Way, Fort Lauderdale, FL 33309.

5.Хаит Тураев,Дильноза Шавкатова ,Нодира Аманова,МоханадХатем Шадхар,Эльёр Бердымуродов,Бектенов Несипхан и Ахмад Хоссейни-Бандегараэ. Application of Sulfur-2,4-dinitrophenylhydrazine as Modifier for Producing an Advantageous Concrete// Baghdad Science Journal 2023, 20(6 Suppl.):2414-2433

6.D.Shavkatova,Kh.Turaev,N.Amanova,BasantLal,Kh.Beknazarov,E.Berdimurodov,A.Hosseini-Bandeg.Preparing a New Type of Concrete Based on Sulfur-melamine Modifier// Baghdad Science Journal, August, 0000P-ISSN: 2078-8665 - E-ISSN: 2411-7986 https://dx.doi.org/10.21123/bsj.2023.

7. Grugel R.N. Sulfur 'Concrete' for Lunar Applications - Environmental Considerations, NASA/TM - 2008-215250.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.