Научная статья на тему 'MODIFIKATSIYALANGAN KARBAMID-FORMALDEGID SINTEZI, USULLARI HAMDA JARAYONI'

MODIFIKATSIYALANGAN KARBAMID-FORMALDEGID SINTEZI, USULLARI HAMDA JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ruziboyeva G.S, Nurxonova U.Y, Qurbonova S.Q

Jahonda organik va noorganik materiallar asosidagi mustahkam, issiqbardosh, yong‘inga va agressiv muhitlarga chidamli kremniyorganik polimerlar, jumladan, polisiloksanlar va polifunksional kremniyorganik birikmalar olish; polimer materiallarning kompleks xossalarini yaxshilash uchun kremniy saqlovchi modifikatorlar bilan ishlov berishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODIFIKATSIYALANGAN KARBAMID-FORMALDEGID SINTEZI, USULLARI HAMDA JARAYONI»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

MODIFIKATSIYALANGAN KARBAMID-FORMALDEGID SINTEZI, USULLARI HAMDA JARAYONI

1Ruziboyeva G.S., 2Nurxonova U.Y., 3Qurbonova S.Q.

1,2'3Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11114978

Jahonda organik va noorganik materiallar asosidagi mustahkam, issiqbardosh, yong'inga va agressiv muhitlarga chidamli kremniyorganik polimerlar, jumladan, polisiloksanlar va polifunksional kremniyorganik birikmalar olish; polimer materiallarning kompleks xossalarini yaxshilash uchun kremniy saqlovchi modifikatorlar bilan ishlov berishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga katta e'tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda kimyo sanoatining yangi turdagi materiallar ishlab chiqarish yo'nalishida muayyan natijalarga erishildi, jumladan mahalliy bozorni import o'rnini bosuvchi kimyoviy reagentlar bilan ta'minlash sohasida keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirildi.

Tajribani amalga oshirish uchun 500 ml lik to'rt og'izli kolbaga 205 gr 36,9% li (pH=3,6) formalin va 8,4 gr 26,9% li ammiak eritmasi solindi, 10 minut aralashtirildi. Aralashtirib turgan holda 120 gr karbamid solindi va yana 20 daqiqa davomida aralashtirildi, karbamid to'liq erib ketdi (pH=9,1). Aralashma yana 1,5 soat davomida 80-90°C haroratda qizdirilgandan keyin zichligi 1,474 g/sm3 va silikat moduli 1,08 bo'lgan bo'lgan natriy silikatining 5 gr suvli eritmasi qo'shildi (pH=8,2). Reaktsion aralashma aralashtirib turgan holda 70°C haroratgacha sovutildi. So'ngra reaktorga 18 gr modifikator va yana 24 gr karbamid solindi hamda aralashma 60-65°C haroratda 40 daqiqa davomida ushlab turildi. Keyin 30°C haroratgacha sovutildi.

Modifikator suvli dispers holatda bo'lib, uning tarkibida 10% metil metakrilat, 7,2% akril kislota, 12% tetraetoksisilan, 4% tetrafurfurilsilan va 6,8% poliakrilamid mavjud. Tayyor modifikator (pH=8,0) qovushqoqligi 4 mm diametrli VZ-246 viskometrida o'lchanganda 48 s ga teng .

Namunalarning mustahkamligini aniqlash uchun 24 soat davomida sovuq suvda namlanganidan so'ng perpendikulyar kuchlanishga chidamliligi sinab ko'rildi.

Eritmalar tayyorlash uchun va sinov uchun distillangan suv GOST 6709-72 bo'yicha ishlatiladi, agar aniqlash usuli uchun me'yoriy hujjatlarda boshqa suv nazarda tutilmagan bo'lsa. Eritmalar tayyorlashda va tahlillarni o'tkazishda har bir reaktiv qo'shilgandan keyin eritma aralashtiriladi. Agar aralashtirish vaqtining ko'rsatkichi bo'lmasa, aralashtirish bir necha soniya davomida amalga oshiriladi. Eritmalar yoki indikator aralashmalarini tayyorlash ko'rsatkichlari og'irligi grammda uchinchi o'nli kasr aniqligi bilan tortiladi. Titrlangan va buferli eritmalarni tayyorlash uchun tortilgan qism ikkinchi o'nli kasrning aniqligi bilan grammda tortiladi. Tayyorlangan eritmalar yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan eritmalarining pH qiymati universal ion o'lchagichda tekshiriladi va agar kerak bo'lsa, tegishli pH ga erishish uchun kislota, ishqor yoki suvli ammiak qo'shiladi.

Titrlash hajmi 250 sm dan 750 sm3 gacha bo'lgan konusli kolbalarda hajmi 50 sm3 bo'lgan 2-aniqlikdagi byuret yordamida amalga oshiriladi. Titrlangan eritmalarning hajmi, shuningdek tahlil uchun olingan eritmalarning bir qismi, 2-aniqlik sinfidagi pipetkalar yoki byuretkalar yordamida o'lchanadi. Eritmalarning hajmi pipetkalar bilan, reaktivlar eritmalarining hajmi -pipetkalar yoki silindrlar bilan, suv miqdori - silindrlar yoki stakanlarda o'lchanadi.

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

Tahlillarni o'tkazishda elektr pechkalar, suv hammomlari, termometrlar, fotoelektrik kolorimetrlar, spektrofoto kolorimetrlar, spektrometrlar, pH o'lchagichlardan foydalaniladi.

Amaliyotda qurilish materiallariga kremniorganik qo'shimchalarning ishlatilishi betonning gidrofoblik darajasini va namga chidamliligini, plastiklik hususiyatini oshirishda, mustahkamligini oshrishda, sovuqqa va korroziyaga chidamli betonlar olishda qo'llaniladi.

Foydalanilgan dabiyotlar

1. Turkeltaub G. N., Chernbishev Ye.A. Ispolzovanie otechestvennbix kremniyorganicheskix jidkostey v kachestve nepodvijnbix faz v gazojidkostnoy xromatografii // Tonkie ximicheskie texnologii. 2019. Vol. 2, № 1. c. 46-49.

2. Eshmurodov X.E., To'raev X.X., Djalilov A.T., Geldiev Yu.A. Kremniyorganik birikmalar bilan modifikatsiyalangan smolalar olish // "Actual problems of modern science and innovation in the Central Asian region" xalqaro konferensiya materiallari. Jizzax. 280-281-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.